Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili.
Korreksion ish
ning vazifalari bola rivojlanishining to iiq psixologik diagnostikasi-
ga asoslanganidagina to ‘g‘ri belgilanishi mumkin. Psixologik diag
nostika va korreksiya bir-birini to'ldiradigan jarayonlardir. Shuning
uchun bolaga psixologik korreksiya kerakmi yoki yo'q degan savol-
ga javob berishdan oldin, bolaning psixologik rivojlanish xususi
yatlarini, muayyan yangi psixologik hosilalarning shakllanganlik
darajasini, malakalar, bilimlar, ko‘nikmalar, shaxsiy va shaxslararo
aloqalarning rivojlanganlik darajasining bola yoshi bosqichlariga
muvofiqligini aniqlab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |