Alohida individuumning barcha psixik xarakteristikalarini bir
butun (yaxlit) o‘rganish tamoyili
determ inizm va tizimlilikning
umummetodologik tamoyillarini yanada aniqlashtiradi. Bu tamoyil
L.S. Vigotskiyning biron buzilishning tizimli tahlilini amalga oshi
rish imkonini beradigan nuqson tuzilishi haqidagi konsepsiyasining
asosini tashkil qiladi. Bu tamoyilning mohiyatini faoliyatli psi
xologiya doirasida ko'proq ochib berish mumkin. Unga ko'ra inson
o'zini predmetli-manipulyativ, o'yin, o'qish va mehnat faoliyatida
imkon darajada to‘liq namoyon etadi. Bunday yondashuv sinalayot-
gan
shaxs
psixikasining barcha sohalarini — shaxsi, intellekti, xulq-
alvorini ochish imkonini beradi.
Insonga shaxs sifatida yondashish tamoyili nutq kamchiligiga
ega shaxslarni tekshirishda g'oyat muhimdir. Bolaning emotsional-
irodaviy holatini belgilab beradigan xulq-atvor yo‘nalishini hisobga
olmasdan turib, psixologik yordam samarali bo‘la olmaydi. Psixolog
liar bir bolani va uning ota-onasini nodir, avtonom individlar sifati
da qabul qilishi hamda ularning erkin tanlash, o‘zini-o‘zi belgilash
huquqini, o‘z hayoti bilan yashash huquqini tan olishi va hurmat
qilishi lozim.
Faoliyat orqali yondashuv tamoyili. Tekshiruv bolaning
yetakchi faoliyati hisobga olingan holda amalga oshirilishi
lozim. Agar bu m aktabgacha yoshdagi bola bo'lsa, o'yin feoli-
yati kontekstida, m aktab bolasi bo'lsa, o'quv faoliyatida. Ayrim
hollarda, agar rivojlanishda, shu ju m lad an nutq rivojlanishida
orqada qolish kuzatilsa, o‘yin m etodikalari m aktab yoshida ham
o'z aham iyatini saqlab qoladi. B undan tashqari bola va o'sm ir
129
uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya
etiladi.
Bolani dinamikada o‘rganish tamoyili. U bolalarning mav-
jud imkoniyatlarinigina emas, balki ularning kelgusida bilim-
lari va ko'nikm alarini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga
yo'naltirilgan. L.S. Vigotskiyning ta ’lim va rivojlanish nisbatlari
haqidagi konsepsiyasi shu tamoyilga asoslanadi. Unga ko'ra bola
o'zi mustaqil hal qiladigan masalalar bilan belgilanadigan ak-
tual rivojlanish zonasi va bola kattalar yordamida hal qiladigan
masalalar belgilab beradigan eng yaqin rivojlanish zonasi farqla
nadi.
Individual va kollegial tekshirish shakllarini birga qo'shib olib
borish tamoyili kam kuch sarflab, eng yuqori natijalarga erishish
imkonini beradi. Tekshirishning kollegial shaklida bir mutaxassis
ikkinchisining yordamchisi sifatida ish olib borishi va o'z o'rnida
sinovdan o'tuvchining xatti-harakatlarini tashkil qilishi, ijobiy
emotsional fon yaratishi va, ayniqsa, olingan diagnostika natijala-
rini tahlil qilishda faol qatnashishi mumkin. Bunda bir xil faktlarga
har xil nuqtayi nazar bilan qarash va optimal xulosaga kelish im-
koni bo'ladi.
Rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, nuqsonning yuzaga
kelish jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuq-
sonni bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etishini o'rganish na-
zarda tutiladi. Ruhiy holatlarning to'g'ri tavsifnomasi nuqsonning
kelib chiqish sabablari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda
ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni inobatga olgan holda
tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so'zni, tovushni tahlil —
sintez qilish malakasini egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda
agramatizmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, noaniq
talaffuz nutqiy faollikning susayishiga, muloqotga kirishishda ehti-
yojning kamayishiga olib keladi. Bola atrofdagilarning masxara-
lashlaridan uyalib muloqotga kirishmaydi, natijada esa, bolaning
faol va passiv lug'ati kamayadi.
Rivojlanish tamoyiliga ko'ra, nuqsonni statistik jihatdan
ta ’riflashga emas, balki uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga
alohida urg'u beriladi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |