Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Normal va  nuqsonli rivojlanishning  umumiy va  o‘ziga  xos



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

8.1.  Normal va  nuqsonli rivojlanishning  umumiy va  o‘ziga  xos
qonuniyatlari
Rivojlanish — falsafiy kategoriya  sifatida.  Prezidentimiz I.A. Ka­
rimov:  «Ta’limning  yangi  modeli jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi  er- 
kin  shaxsning  shakllanishiga  olib  keladi.  0 ‘zining  qadr-qimmatini 
anglaydigan,  irodasi baquvvat,  iymoni butun,  hayotda aniq maqsad- 
ga  ega  bo‘lgan  insonlarni  tarbiyalash  imkoniga  ega  bo‘lamiz» 
deb  ta’kidlagan  edilar.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim
138


to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  bu- 
gungi  kunda  shaxs tarbiyasiga jiddiy  e’tibor qaratilmoqda.
Bolalar  maktab  yoshiga  yetgach,  shaxs  shakllanishining  yangi 
mazmuni  boshlanadi.  Kichik  maktab  yoshi,  o‘smirlik  yoshi  va  kat­
ta  maktab  yoshi  davrlarida  shaxs  shakllanishining  yuqori  bosqichi 
namoyon  bo‘ladi.  Inson  shaxsini  o‘rganish  masalasi  bilan  falsafa, 
psixologiya,  pedagogika  kabi  fanlar  shug‘ullanadi.  Hozirgi  davrda 
inson  muammosi  aniq  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlarning  umumiy 
tadqiqot  obyektiga  aylanib  bormoqda.  Shunga  qaramasdan,  bir 
tomondan,  insonni  o'rganishda  differensiatsiya  hodisasi  yuz  ber- 
moqda,  ikkinchi  tomondan,  inson  taraqqiyotining  sintetik  tavsifi 
bo‘yicha  integratsiya  holati  ko‘zga  tashlanmoqda.  Bir  qator  fan­
larning  tadqiqot  obyekti  bo‘lib  turgan  insonni  bir  butun,  yaxlit 
tarzda tasavvur etish  uchun uni biosotsial  va sotsiobiologik jihatdan 
o‘rganish  maqsadga  muvofiq,  Ma’lumki,  inson  hayoti  va  faoliyati­
ning  operatsional  (o‘qish,  operatsiya,  harakat,  malaka)  mexanizmi 
uning  ontogenezida funksional mexanizmga  o‘sib o‘tadi,  binobarin, 
unda komillik belgisi  shakllanadi,  natijada  u kamolot  cho'qqisining 
muayyan darajasiga  erishadi.
Inson  — jamiyat  —  tabiat  —  turm ush  munosabatlarini  tekshir- 
gan  rus  olimlari  S.L. Rubinshteyn,  L.S. Vigotskiy,  A.N.Leontev, 
B.G.Ananev odam  va  ular o‘rtasida  har xil  turdagi  va  ko‘rinishdagi 
strukturaviy,  funksional,  fazoviy  va  makoniy  aloqalar  tizimi  mav- 
judligini  ta’kidlab  o‘tganlar.  Birinchidan,  inson  u  yoki  bu  alo­
qalar  tizimiga  binoan  biologik  mahsul  —  Homo  Sapins  sifatida 
o‘rganiladi.  Ikkinchidan,  tarixiy  jarayonning  ham  obyekti,  ham 
subyekti  tariqasida  tadqiq  etiladi.  Uchinchidan,  taraqqiyotning 
genetik  dasturiga  asoslanuvchi,  muayyan  koiam da  o'zgaruvchan 
alohida  xususiyatlarga  ega  (individ)  jonzot  tarzida  ilmiy  jihatdan 
o‘rganiladi.  Insonning jamiyat  ishlab  chiqarishining  yetakchi  tarki- 
bi,  bilish,  kommunikatsiya  va  boshqaruv  subyekti,  tarbiya  predmeti 
sifatida tadqiq etilishi  muhim  ahamiyatga  ega.
Odamga  individ  sifatida  tavsif  berishda  uning  yosh  jihatdan 
rivojlanish  bosqichlari  va  individual-tipologik  xususiyatlariga  asos- 
lanadi.  H ar bir rivojlanish  davri  o‘ziga xos xususiyatlarga  ega  boiib, 
ontogenetik evolutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon boiadi
139


va  takomillashuv jarayonida  o‘z  ifodasini  topadi.  Shaxsning  indivi­
dual  xususiyatiga  konstitutsion  (tana  tuzilishi,  bioximik  individual- 
lik)  holatlar,  simmetriya  va  asimmetriya juft  retseptorlari,  effektor- 
larining  funksiyalari  kiradi.  Bu  xususiyatlar  va  xossalar  birlamchi 
hisoblanib,  hujayra  va  molekular  tuzilishning  barcha  darajalarida 
ishtirok  etadi.
Ma’lumki,  odam  ongining yuksak belgilaridan  biri  uning  o‘zini 
anglashidir.  O'zini  anglash  shaxsning  muhim  belgisi  hisoblanadi. 
Odam  o‘z  tevarak-atrofidagi  olamni  biluvchi  va  shu  olamga  ta’sir 
etuvchi  subyektdir.  Barcha  idrok  etiladigan,  tasavvur  qilinadigan 
narsalar uning uchun  obyektdir. Ana shu nuqtayi nazardan  olganda, 
odamning  o‘zini  anglashi  subyektiv  ravishda  o‘zini  «men»  deb  his 
qilishida  ifodalanadi.
Odam  ijtimoiy  zot  bo‘lganligidan  unga  o‘zligini  anglash  qo ­
biliyati  xosdir.  Faqat  ijtimoiy  hayotda,  o‘zga  kishilar  bilan  qila­
digan  turlicha  munosabatlarda  odam ning  o‘zini  anglashi,  o‘zini 
«men»  deb  bilishi  vujudga  keladi  va  taraqqiy  etadi.  Odam  o‘zini 
alohida  shaxs  sifatida  kim  deb  bilishi,  o'zining  o‘tmishi  va  kela- 
jagini  anglashi,  o'z  huquq  va  burchlarini  anglashi  va,  nihoyat 
o‘zining  fazilat  hamda  kam chiliklarini  anglashi  o‘zini  anglashiga 
kiradi.
Insonning  rivojlanishida,  uning  shaxs  sifatida  tarkib  topishida 
biologik  va  ijtimoiy  omillar  muhim  o‘rin  tutadi.  Inson  shaxsi- 
ning  tarkib  topishiga  ta’sir  qiluvchi  kuchli  omil  uning  o‘zi  orttir- 
gan tajribalarni  ta’lim-tarbiya  orqali bolalarga  berilishidir.  Shunday 
qilib,  inson  shaxsi  juda  murakkab  psixologik  kategoriya  bo‘lib,  u 
kishining  individual  hayoti  davomida  ma’lum  konkret  omillarning 
ta ’siri  ostida  sekin-asta tarkib  topadi.
Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlari- 
ning tarkib  topishida  biologik  hamda  ijtimoiy  muhit  va  tarbiyaning 
roli  hal  qiluvchi  ahamiyatga  egadir.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish