Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Suhbat  metodi. 
Bu  metoddan  bolaning  atrof-muhit  haqidagi  bi- 
limlarini, xulq-atvori, oila va ta’lim muassasasiga munosabatini aniq­
lash  uchun foydalaniladi.  Bolalarga beriladigan savollar tushunarli va 
qiziqarli bo'lishi  kerak.  Suhbatga alohida tayyorgarlik ko'riladi,  ya’ni 
mavzu,  savollar  oldindan  o'ylangan  bo'ladi.  Ko'p  hollarda  bolalar­
ning javobi savollarning mazmuni  bilan bir qatorda,  bolalarning tek- 
shiruvchiga  nisbatan  munosabatiga  ham  bog'liq.  Bolalarning javob-
132


lari  yozib  boriladi.  Ushbu  metod  natijalari  bilan  boshqa  tekshiruv 
metodlari  orqali  olingan  ma’lumotlar tahlil  qilinadi.
Test  metodi.  Test  inglizcha  so‘z  bolib,  tekshirish,  sinash 
ma’nolarini  anglatadi.  Bu  usulning  afzalligi  shundaki,  qisqa 
vaqt  ichida,  ommaviy  tarzda  ko‘p  tekshiruvchilarni  tekshiruvdan 
o‘tkazish  mumkin.  Testlar  mazmuniga,  tuzilish  shakliga  ko'ra:  in­
dividual,  guruhli,  harakat,  intellektual,  psixologik  va  boshqa  tur­
larga ajratiladi.  Test  — bu bolalarga qat’iy aniq sharoitda tavsiya eti- 
ladigan,  maxsus tanlangan  vazifelar tizimi.  Bolaning  har bir to'g'ri 
javobi  uchun  baho  qo'yiladi.  Test  javoblari  bir  necha  variantlarda 
beriladi.  Vazifa  bir  xil  yoshdagi  bolalar  guruhiga  beriladi  va  ular­
ning  o'rtacha  o‘zlashtirish  ballari  hisoblab  chiqiladi.
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarga  tavsiya  etiladigan test­
lar  birlamchi  faoliyat  (o'yin,  qurish-yasash)  tarzida  tavsiya  etiladi. 
Testlar  yordamida  bolalarni  maktabda  ta iim   olishga  tayyorgarlik 
darajasini  aniqlash  mumkin.  Shuningdek,  testlardan  foydalanib, 
rivojlanishida  orqada  qolishlar  kuzatiladigan  bolalarni  aniqlash 
mumkin.  Lekin  testlar  bolalarning  rivojlanishidagi  kamchiliklarni 
keltirib  chiqaruvchi  sabablarni  aniqlash  imkonini  bermaydi.  Shu- 
ning  uchun test  metodini  boshqa  metodlar bilan  birgalikda  qo'llash 
tavsiya  etiladi.
Sotsiometriya  metodi.  Bu  metod  shaxslararo  munosabatlarni, 
shuningdek,  bolalarning  guruhdagi  o‘rnini  o‘rganish  imkonini  be­
radi.  Bunda asosan quyidagicha savollardan iborat anketalar tarqati- 
ladi:  «Sen kim bilan  sayrga borishni xohlaysan?»,  «Sayrda kim bilan 
o'ynashni  xohlaysan?»,  «Tug'ilgan  kuningga  kimni  taklif etasan?», 
«Kim  bilan bir partada  o‘tirishni  xohlaysan?»  va  h.k.
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarga  bunday  savollar  be­
rish tavsiya etilmaydi.  Bunda bolaga o'ziga yoqqan  3 ta o'yinchoqni 
tanlab  olish  taklif  etiladi.  So‘ng  bolaga  «maxfiy  tarzda»  shu 
o'yinchoqlarni  o'ziga yoqqan  bolalar shkafchasiga solib  qo'yish tav­
siya  etiladi.  Olingan  natijalar sotsiogramma jadvalida  aks ettiriladi. 
Jadvalda  aks  etgan  natijalar  yordamida  guruh  «yulduzlari»,  lider 
bolalar guruhi  aniqlanadi.  Shuningdek,  bu  metod  yordamida  bola­
larning  kirnlar bilan  do'stligi  yoki  do'stlashishga  intilishlari  haqida 
m aium ot  olinadi.
133


Sotsiometriya  metodi  xuddi  test  metodi  kabi  bolalarni  shaxs­
lararo  munosabati  haqida  tashqi  ko'rinishdagi  m a’lumotlarni  be­
radi.  Shuning  uchun,  to'Iaqonli  ma’lumotga  ega  bo'lish  uchun 
sotsiometriya  metodi  boshqa  psixologik  metodlar  bilan  birgalikda 
qo'llanilishi  tavsiya  etiladi.
Logopsixologiyaning  rivojlanish  tarixi 
Qadimgi  Rim  pedagogi  M.F. Kventilian  o'zini  «notiq  tarbi- 
yalovchi»  ustoz  deb  hisoblaganligi  uchun  ham  bolalar  nutqining 
o'zgarishiga,  nutqda  uchraydigan  nuqsonlarga  katta  e’tibor  bergan. 
U  bolalarning nutqi  yoshlik chogldanoq sof bo'lishi  uchun  kurash- 
gan va bolalarni uyda tarbiyalash uchun olinadigan enaga va murab- 
biylarning talaffuzi yaxshi bo'lishi kerak, deb uqtirgan. Shuningdek, 
Kventilian  musiqiy  ta’lim  berish  masalasiga  ham  bolaning  nutqini 
yaxshilash  nuqtayi  nazaridan  qaradi.  Tilni  o'rganishda  musiqadan 
foydalanish  talaffuzning  yaxshilanishiga  yordam  beradi,  nutqning 
uslubini  yaxshilaydi,  uni  ifodali  nutqqa  aylantiradi,  deb hisoblagan. 
Bu  ishlarda  nutqning  talaffuz  tomoni,  lug'at  boyligi,  grammatik 
tuzilishi,  mantiqiy  va  tovush  tomonlarini  o'zgartirish  masalalariga 
ham  alohida  e’tibor bergan.
Nutq  nuqsoniga  ega  bolalarda  intellektual  rivojlanish  sur’ati 
orqada  qolishi  mumkin.  U  atrofdagilar bilan  kam  muloqotga  kira­
di,  shunga  bog'liq  holda  tasavvur  doirasi  chegaralanadi,  tafakkur­
ning  rivojlanish tempi  orqada qoladi.  Shunday qilib,  nutqiy buzilish 
tahlili psixik rivojlanishning turli  tomonlari bilan bog'liqligi asosida 
nutqiy  patologiyalar  mavjud  bolalarni  o'rganishga  kompleks  yon- 
dashuv  bo'lishni  talab  etadi.  Uni  maxsus  psixologiyaning  tarkibi 
bo'lgan  logopsixologiya fani  o'rganadi.  Logopsixologiya  fani  rivojla­
nishining bir  necha bosqichlari  mavjud:
Klinik  bosqich.  Nutqiy  buzilishlar  logopediya  fanining  tadqiqot 
obyekti  bo'lgan.  Nutqiy  patologiyali  bolalarni  o'rganish  XIX—XX 
asrga to'g'ri keladi.  Nutq nuqsoni  mavjud bolalarni  o'rganish termi- 
nologiyasi  turli  bosqichlarda  turlicha  bo'lgan.  1920-yillarda  Rossi- 
yada  og'ir  nutqiy  buzilishlar  «alaliya»  atamasi  bilan  ifodalangan. 
Chet  elda  bu  buzilish  «rivojlanish  afaziyasi»,  «konstitutsional  nutq­
ning to'xtashi»,  «tug'ma afaziya»  (A.L. Kenton,  F. Jilr,  F. Koxar) deb 
nomlangan.
134


Nutq  buzilishlarining  dastlabki  tasnifi  A. Kussmaul  (1877)  ti- 
pologiyasidir.  Bu tasnif XX asrning birinchi choragida chet el va rus 
tadqiqotchilarining  ilmiy  ishlarida  keng  qoilanilgan  (G. Gutsman, 
E. Freshels,  S.M. Debragayev).  Ular  ilgari  surgan  tasniflarda  um u­
miy jihatlar  ko‘p  edi  (Klinik  yondashuvda  nutq  kamchiliklarining 
nomlari  lotin va  yunon  so‘z  yasovchi  elementlaridan  tashkil  topgan 
solzlardan  iborat  bo‘lgan).
Pedagogik  bosqich.  Rus  olimlari  M.Y.Xvatsev,  F.A.Rau,
O.V. Pravdina,  S.S.Lyapidevskiy  va  boshqa  olimlar  klinik  tas- 
nifga  o‘zgartirishlar  kiritadi.  Natijada  bir  shaklga  kiruvchi  nutqiy 
buzilishlar  haqidagi  tasavvurlar  sezilarli  darajada  o‘zgaradi.  Le­
kin  o‘zgarishlar  klinik  terminologik  apparatining  o‘zgarishiga 
olib  kelmaydi.  Tushuncha  va  term inlar  tibbiyotda,  logopediyada 
qoilanilgandek bir xilligicha  qolaveradi.
Psixologik  bosqich.  Nutqiy  va  ruhiy  rivojlanish  o‘zaro  bogiiq 
boiib,  korreksion-pedagogik  yordam  berishda  katta  ahamiyatga 
egadir.  A. Kussmaul,  P. Mori,  M.V.Bogdanov-Berezovskiy,  R.A.Be- 
lova-David  kabi  olimlar  intellektual  rivojlanishga  nutq  nuqsonlari 
katta ta’sir ko‘rsatadi,  deb  ta’kidlab  o‘tadilar.  Ular nutqiy  doiradagi 
birlamchi  buzilishlar  intellektual  darajaga,  psixik  rivojlanishning 
orqada  qolishiga ta’sir ko‘rsatadi,  degan  fikrni bildirganlar.
Nutq rivojlanishida nuqsoni bor maktabgacha yoshdagi bolalarda 
kuzatiladigan  nutqiy  va  psixologik  buzilishlar  R.Y. Levina  tom oni­
dan  tadqiq  etilgan.
R.Y. Levina  nutq  buzilishlarida  bilish  faoliyati  buzilishini 
ko‘rsatadi.  Bu  nuqtayi  nazar  bir  qator  olimlarning  ishlarida  ham 
o‘z  aksini  topgan  (T.A. Vlasova,  V.I. Lubovskiy,  L.S. Svetkova, 
IT . Vlasenko).
M aium ki,  nutq murakkab  funksional  tizim ni  o‘z  ichiga  oluvchi 
jarayondir.  Bu tizimning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlar bilan 
bogiangan.  R.Y. Levina  va  uning  shogirdlari  nutqni  uch  tarkibiy 
qismga b o iib  
0‘rganishni tavsiya  etadi:  fonetik-fonematik,  leksik va 
grammatik.  Olima,  shuningdek,  gapirmaydigan  (alalik)  bolalarni 
to'rt guruhga  ajratadi:  nutq  kamchiliklari  fonematik idrok buzilish­
lari  bilan  bogiiq  boigan  bolalar;  nutq  kamchiliklari  bilan  fazoviy 
tasavvurlari buzilgan bolalar;  nutq kamchiliklari motivatsiya — ehti-
135


yoj  doirasi  buzilishlari  bilan  bog'liq  bo'lgan  bolalar;  nutq  kamchi- 
liklari  ko'ruv  idrok buzilishlari  bilan  bog'liq bo'lgan bolalar.
Nutq  buzilishlari jarayonida  nutqiy  buzilishlar va bilish  faoliya- 
tining  o'zaro  munosabatlarini  Y.M. Mastyukova  ham  tadqiq  etgan. 
Bolalardagi  nutq  kamchiliklari  polimorf bo'ladi.  Y.M. Mastyukova 
bunday  buzilishlar  markaziy  nerv  tizimining  buzilgan joyiga  qarab 
organik va  funksional bo'ladi  va  differensial  yondashuvni  talab  eta­
di,  degan  fikrni  olg'a  surgan.
O.N.Usanova,  Y.F.Garkusha,  N.T. Sinyakova  kabi  olimlar  nut­
qiy patologiyasi  mavjud bolalar diqqati  xususiyatini  tadqiq etganlar. 
Ularning  fikricha,  bolalar  diqqatining  beqarorligi  o'z  harakatlarini 
rejalashtirishda  o'ziga  xos  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.
Nutq  kamchiligiga  ega bo'lgan bolalar tafakkurining  muammo- 
lari  I.Peresleni,  T.A. Fotekova,  l.T. Vlasenko  va  boshqa  olimlar  to ­
monidan  o'rganilgan.
Nutq  kamchiligiga  ega  bo'lgan  bolalar  shaxsiy  xususiyatlari
O.S. Orlova,  L.Y. Goncharuk,  L.M.Shipitsina,  L.S.Volkova  va 
boshqalarning  ishlarida  o'rganilgan.  Logopsixologiyaning  taraqqi- 
yotiga  B.M.Grinshpun,  O.N.Usanova,  LT.Vlasenko,  T.B.Fili- 
cheva,  L.G. Solovyova  va  N.S. Jukovalar  ilmiy-tadqiqot  ishlarining 
natijalari ijobiy ta’sir ko'rsatgan.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish