so'zlaydilar.
Bola so‘zlashuvchilar orasida o‘sadi, so‘ngra bola ma’lum yoshga
yetgach, tilga kirib, so‘zlashadigan bo‘ladi. 0 ‘sayotgan bola tilni
bilib oladi, tilning yordami bilan ajdodlarning to‘plagan moddiy va
ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni vaqtda o‘zining psixik kuchlari
ham kamolga yetadi.
Har bir bolaning ongi olzgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi.
Shu sababli konkret muhitga qarab, o‘sayotgan odam ongi ham har
xil tarkib topadi va rivojlanadi.
Yosh va individual xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va
mantiq-psixofiziologik funksiyalarning dinamikasi hamda orga-
nik ehtiyojlar tuzilishini belgilaydi. Yuqoridagi sifatlar rivojining
muhim shakli ontogenetik evolutsiyadan iborat bo‘lib, ular filo-
genetik dasturga asoslanib faoliyat ko'rsatadi. Yosh va individual
o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta ’siri
ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik
xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta ’sir etib, uning indi
vidual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
lnsonni shaxs sifatida tavsiflashning muhim jihati uning di
namik xususiyatlari bo‘lib, jamiyatdagi maqomi (iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni) orqali
ifodalanadi. Maqom negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi.
Shaxsning ta ’rifl xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor
tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida
joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o'zaro
ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va
mayllari yuzaga keladi. Insonning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy
tarjimayi holi uning shaxs sifatida rivojlanishining asosiy shaklidir.
142
Individ, shaxs va subyektning rivojlanishini o‘rganishda quyidagi
holatlarga e’tibor qilish zarur:
— inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoit-
lar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va
yashash muhiti omillari);
— insonning o‘ziga taalluqli asosiy tavsiflar, uning ichki qo-
nuniyatlari, mexanizmlari, evolutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va
involutsiyasi;
— inson bur butun yaxlit tizimning asosiy tarkibiy qismi ekan-
ligi, ushbu tarkibiy qismlarning obzaro aloqalari, shaxsning tashqi
ta ’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning ta-
komillashuvi va h.k.
Odamning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy foydali
faoliyati jarayonida hayotiy zarur mexanizmlar va ongli faoliyat
ning funksional tizim jarayonlari yuzaga keladi. Ana shular tufayli
odam bilimlarni, koiiikm a va malakalarni, ijtimoiy tajribalarni
o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining idroki, tafakkuri, xayoli,
hissiyotlari va irodasini, bir so‘z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan
ongli munosabatini hamda o‘z harakatlari va xulq-atvorining mo-
tivlarini tarkib toptiradi. Mana shu jarayonda ta’lim va tarbiya
yetakchi o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, taiim -tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning
dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga boigan munosabatini tarkib top
tiradi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga
ta ’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya
muassasalarida, ya’ni bog‘cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda
beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi.
Shunday qilib, psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va tako-
millashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal
etishning ikkita yo‘nalishi mavjud boigan. Ular biologik va ijtimoiy
konsepsiyalari nomini olgan.
Biologik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik omil
lar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning
rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo lish xususi-
yatiga egadir. Ijtimoiy konsepsiyaga ko‘ra shaxs tevarak-atrofdagi
ijtimoiy muhitning bevosita ta ’sirida rivojlanib boradi.
143
Shunday qilib, biologik va ijtimoiy konsepsiyalar shaxs rivojla-
nishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos bo‘ladi. Unisi ham,
bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini
aniqlab beradi.
Yuqorida biz shaxsning me’yorda rivojlanish qonuniyatlariga
to‘xtaldik. Quyida rivojlanishda turli chekinishlar, nuqsonlar, bu
zilishlar kuzatilgan holatlarni ko‘rib chiqamiz. Bunday holatlar
«dizontogenez» nomi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |