Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


VI  bob.  E SH IT ISH ID A   N U Q SO N I  B O ‘LGAN



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

VI  bob.  E SH IT ISH ID A   N U Q SO N I  B O ‘LGAN 
BOLALAR  N U T Q IN I  SH A K LLA N TIR ISH N IN G  
PSIXOLOGIK  XUSUSIYATLARI
6.1.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar og‘zaki  nutqining 
psixologik  asosi
Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  nutqini  shakllantirish 
muamm olari  I.M . Solovyova,  F.F. Rau,  N .I.Shif,  S.A.Zikov, 
T.V. Rozonova,  N.G. Morozov,  R.M. Boskislar  ilmiy  ishlarida 
tadqiq  etilgan.  Og'zaki  nutq  inson jam iyatida  ilk  nutq  shakli  si­
fatida  namoyon  bo'lgan.  Dastlabki  so'zlar  tovush  komplekslar 
shaklida  bo'lib,  tarixiy  rivojlanish  davrida  m a’lum  tushuncha­
lar  sifatida  aniqlanib,  m ustahkam lanib  borgan.  Lekin  dastlab 
im o-ishora  nutqi  mavjud  bo'lgan  degan  fikr  ham   mavjud.  Bu 
m a’lumotga  ko'ra,  og'zaki  nutq  keyinroq  paydo  bo'lgan.  Im o- 
ishora  va  m im ikalar  orqali  o'z  fikrini  ifodalashda  tovush  taqlid 
so'zlarni  ham   qo'llaganlar.  Psixologik  nuqtayi  nazardan  og'zaki 
nutq sodda sanaladi.  Uni faoliyatga kirishish vositasi tovush fone- 
madir.  Yozma  nutqning  fonemaga  kirishish  vositasi  grafik  belgi 
harfidir.  Og'zaki  nutqni  idrok  etish  eshituv  analizatori  asosida, 
yozma  nutqni idrok etish ko'ruv  analizatori  asosida amalga  osha­
di.  U larning  ifoda  vositalari  ham   turlichadir.  Og'zaki  nutqda  bu 
m im ika,  im o-ishora,  urg'u,  yozma  nutqda  —  bu  uslub,  so'zlarni 
alohida  tanlash  usullari  hisoblanadi.  Og'zaki  nutq,  yozma  nutq 
ham   monologik  va  dialogik  shaklda  bo'ladi.  Dialogik  nutq  psi­
xologik  nuqtayi  nazardan  m urakkab  savol-javob  tarzida  bo'ladi 
va  auditoriyaning  tayyorgarligini  hisobga  olishini  talab  qiladi. 
Monologik  nutq  yengilroq  bo'ladi.  U ning  tuzilishiga,  u  davom 
etayotgan  sharoit  va  m uhit  yordam  beradi.  Bolada  og'zaki  nutq 
atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi.  Eshituv idroki yordam i­
da  bola  atrofdagilar  og'zaki  nutqini  idrok  etadi,  5—6  yoshlarda 
eshituvchilar  tovushlarning  to 'g 'ri  talaffuzini,  lug'at  boyligi  va 
gap  gramm atik  qoidalarini  amaliy  egallaydi.  K ar  bola  bu  yo'l 
bilan nutqni  egallay  olmaydi,  chunki u  atrofdagilar nutqini  eshit- 
maydi.  Agar  eshituvchi  bola  bog'chaga,  maktabga  shakllangan
101


nutq  bilan  borsa,  kar bola  og‘zaki  nutqi  mavjud  bo‘lmagan  holda 
boradi.  Unda  nutqni  boshidan  boshlab  shakllantirish  kerak.  Bu- 
ning  uchun  kar  bolaning  artikulatsion  nafas  olish  va  ovoz  ap- 
paratini  tayyorlash  kerak.  Tadqiqotlar  ko‘rsatishicha,  kar  bolada 
eshituvchi  bolaga  nisbatan  nutqiy  nafas  olish  bir  qator  xususi­
yatlari  bilan  farq  qiladi.  Maxsus  mashqlar  davomida  eshitishida 
nuqsoni  bo‘lgan  bolalarda  nutqiy  nafas  olish  shakllanadi.  U lar­
ning  ovozi  ustida  ham  ish  olib  boriladi.  Ko‘p  miqdordagi  kar- 
larda  ovoz  bo‘g‘iq,  modullashmagan  bo‘ladi.  Maxsus  mashqlar 
jarayonida  o‘qituvchi  kar  o‘quvchi  ovozini  eshituvchi  bola  ovozi- 
ga  yaqinlashtirishga  harakat  qiladi,  lekin  bu  har  doim  ham  ke- 
rakli  natijalarga  olib  kelmaydi.  Kar  bola  nutqi,  ovozi  butun  ha- 
yoti  davomida o‘ziga xos ottenkaga  ega bo‘ladi.  Kar o'quvchilarni 
og'zaki  nutqqa  o‘rgatishning  muhim   qismi  ularda turli  talaffuzni 
shakllantirishdir.  0 ‘zbek tilidagi  har bir fonema  kar bolada  max­
sus usullar bilan qo‘yiladi.  Saqlangan  analizatorlari  ko‘ruv,  sezgi, 
harakat  analizator  faoliyatini  qo‘llab,  o'qituvchi  oyna  oldida  to ­
vush  talaffuzini  ko‘rsatadi  va  taqlid  asosida  talaffuz  qilishni  bo- 
ladan  so‘raydi.  Avvalambor oson  talaffuz  etiluvchi  tovushlar  «р», 
«Ь»,  « т »   qo‘yiladi,  so'ng  bo‘g‘in,  so‘z  birikmalariga  o‘tiladi.  Shu 
tartibda  boshqa  nutqiy  tovushlar talaffuziga  o‘tiladi.
Bu  jarayonni  amalga  oshirishda  eshituv  qoldig‘iga  tayaniladi. 
Kar bolada  og‘zaki  nutqni  shakllantirishda  ko‘ruv,  harakat  va  sezgi 
analizatorlari  yordami  bilan  maydonga  chiqadi.  Eshituvchi  bola  o‘z 
talaffuzini eshitish orqali  nazorat qiladi,  xato qilsa bu xatoni eshitib 
so‘ng  to‘g‘rilaydi.  Kar  bola  talaffuzini  dastlab  oyna  oldida,  so‘ng 
ko‘ruv  va  harakat  sezgilari  orqali  nazorat  qiladi.  Tovush  artiku- 
latsiyasi  qanchalik  aniq  va  yaxshi  bo‘lsa  kinestik  sezgilar  shuncha- 
lik  differensiyalashgan  bo‘ladi.  Bu  sezgi  turi  kar  bola  talaffuzini 
shakllantirishda  muhim  o‘rin  hisoblanadi.  Shunday  qilib,  kar  bo­
lada og‘zaki nutqni shakllantirish faqat o‘qituvchi rahbarligida max­
sus  tashkil  etilgan  sharoitlarda  amalga  oshadi.  Bu jarayon  quyidagi 
vazifalarni  ko‘zda  tutadi:  nutqiy  nafasni  shakllantirishni,  modul- 
lashtirilgan  ovoz  qo‘yish  ustida  ishlashni;  talaffuzga  o‘rgatishni; 
labdan  o‘qishni;  lug‘at  ishini;  grammatik  tizim ni  shakllantirishni 
o‘z  ichiga  qamrab  oladi.
102



Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish