Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Kar va  zaif eshituvchi  bolalar tasnifi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Kar va  zaif eshituvchi  bolalar tasnifi
Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarning  bir  necha  tasnifi  mav­
jud.  Eshitish buzilishi  quyidagicha  tasniflanadi:
•   L.V.Neyman tasnifi.
•  Xalqaro  tasnif.
•   R.M.Boskisning pedagogik tasnifi.
78


Eshitish  funksiyasi  buzilganlik  darajasini  aniqlash  uchun 
L.V. Neyman  kar  va  zaif eshituvchi  bolalarni  tonal  audiometriya va 
nutq yordamida tekshirgan.
1.  L.V. Neyman  tasnifi  (1961)
2.  Xalqaro  tasnif (1988)
I  daraja  — 26—40dB  Karlik  (90dB0)
II  daraja  — 41—55dB
III  daraja  -   56-70dB
IV  daraja  — 71—90dB
R.M . Boskisning  eshitishida  nuqsoni boigan  bolalarning 
pedagogik  tasnifi  (XX  asrning  50-yilIari)
Bu tasnif eshitish va nutqning o‘zaro ta’sirini psixologik o‘rganish 
asosiga  qurilgan.  Tasnifning  nazariy  asosini  eshitish  analizatorida 
buzilishlar  boigan  bola  rivojlanishining  o‘ziga  xosligini  belgilay- 
digan  qoidalar sanaladi.
1.  Bolaning eshitish analizatori buzilishini kattalardagi shu kabi 
nuqsondan  keskin  tafovutlari  bilan baholash  zarur.
2.  Eshitishida  nuqsoni  boigan  bolaning  rivojlanishini  to‘g‘ri 
tushunish  uchun  nutqni  mustaqil  egallash  imkoniyatini  hisobga 
olish  muhim.
3.  R.M.Boskis  bolada  eshitishning  yetarli  emasligini  eshitish­
ning  shu  kabi  buzilishida  nutqning  rivojlanganlik  darajasi  nuqtayi 
nazaridan  baholaydi.
79


R.M.Boskis  tomonidan  ishlab  chiqilgan  eshitishida  nuqsoni 
bo'lgan  bolalarning  pedagogik  tasnifi  eshitish  analizatori  funksi- 
yasida  og'ishlar bo'lgan  bolalar rivojlanishining  o'ziga xosligini  hi­
sobga  oladigan  mezonlar  asosiga  qurilgan.  R.M. Boskis  eshitishida 
nuqsoni  bo'lgan  bolalarning  2  asosiy  guruhini  ajratadi:  karlar  va 
zaif eshituvchilar.
Karlar guruhiga  tug'ma  yoki  orttirilgan  karlik  natijasida  og'zaki 
nutqni  mustaqil  egallay  olmaydigan  bolalar  kiradi.  Zaif eshituvchi 
bolalar  toifasida  eshitishning  pasayishi  kuzatiladigan,  biroq  nutqi­
ning  (loaqal  minimal)  rivojlanishi  mumkin  bo'lgan  bolalarni  ki- 
ritishadi.  Nutqiy rivojlanishga  bog'liq  ravishda  zaif eshituvchi bola­
larning  2 guruhi  farqlanadi:
-   kichik  nuqsonlarga  (tovush  talaffuzi  buzilishlari,  nutqning 
grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo'lgan,  nisbatan rivojlangan 
nutqni  egallaydigan  bolalar;
-   nutqiy  funksiya  rivojlanishida  jiddiy  kamchiliklar  (jumlalar 
qisqa,  noto'g'ri  qurilgan,  ayrim  so'zlar juda  qo'pol  tarzda  buzilgan 
va  sh.k.)  bo'lgan bolalar.
Kar bolalarni  ham  nuqsonning yuzaga kelish vaqtiga  nisbatan  2 
guruhga bo'lishadi:
-   eshitishni  hayotining  1-  va  2-yilida  yo'qotgan  yoki  kar 
tug'ilgan bolalar;
-   keyin  kar bo'lib  qolgan  bolalar,  ya’ni  eshitishni  3 -4   yoshida 
yoki  undan  keyin  yo'qotgan,  karlik  ancha  keyin  yuzaga  kelgani 
sababli  nutqni  saqlab  qolgan  bolalar.  «Keyin  kar bo'lib  qolganlar» 
termini shartli xarakterga ega,  chunki bolalarning bu guruhini kar­
lik  yuzaga  kelgan  vaqt  emas,  balki  eshitish  yo'qligi  holatida  nutq­
ning saqlanib  qolgani tavsiflaydi.  Keyin kar bo'lib  qolganlar eshiti- 
shi  pasaygan bolalarning  alohida  toifasini  tashkil  etadi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish