Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

m u am m olariga
  o'zgacha  qarash  im konini  beradi.  Uning 
nazariy ta ’limoti  eshitishida  nuqsoni  b o ig an  bolalarni kompensa­
tor  imkoniyatlarini  tadqiq  etuvchi  eksperimental  psixologik  tad- 
qiqotlarga stimus  sharoitida ta ’sir etgan.  L.S. Vigotskiy safdoshlari 
L.K. Zankov  va  Sh.M. Solovyov  rivojlanishida  nuqsoni  mavjud 
xususan  eshitishida 
nuqsoni  b o r
  bolalar  idrokining  xotirasi  va 
nutqi rivojlanish xususiyatlarini o‘rganuvchi  psixologik tadqiqotlar 
o'tkazdilar. Xususan, K.I. Veresotskaya eshitishida nuqsoni boigan 
bolalarni  predm etlarni  idrok  etish,  L.V. Zankov  va  D .R.M ayns 
ko‘rgazmali  m aterialni  eslab  qolish  malakasini,  M .M .N udelm an 
kar  o'quvchilar  tasavvurlarini,  Z.S.Beyn  ko‘ruv  idrokining  kon- 
stantligini,  N .I.S h if  eshitishida  nuqsoni  b o ig an   bolalarni  rang- 
larni  idrok  etish  xususiyatlari,  M.Y.Votsev  kar  o‘quvchiIarning 
yozma  nutqi  va  o'qish  m alakalarini  tadqiq  etganlar.  Olimlat  to ­
m onidan  olib  borilgan  tadqiqotlar  eshitishida  nuqsoni  boig an  
bolalar  eshituvchi  yoki  aqli  zaif  bolalar  bilan  o ‘zaro  qiyoslashib 
tekshirilar  edi.  Bunday  yondashuv  barcha  kategoriyadagi  bolalar 
bilan  samarali  ishlash  im konini beruvchi  tavsiyalar ishlab  chiqish 
imkonini  berar  edi.
Eshitishida  nuqsoni  mavjud  bolalar  ruhiyatini  o‘rganishda 
psixologiyaning  asosiy  va  yordamchi  metodlari  qoilaniladi. 
Asosiy  m etodlari  turkum i  kuzatish  va  psixologik  eksperiment 
m etodlarini  qamrab  oladi.  Yordamchi  m etodlar  faoliyat  nati­
jalarini  tahlil  qilish,  test  metodi,  anketa  m etodlarini  o‘zida 
namoyon  qiladi.  Surdopsixologiyada  kuzatish  metodi  hodisal- 
arning  keng  doirasi  mu^osabatiga  ko‘ra  qoilaniladi.  Eshitishida 
nuqsoni  b o ig a n   bolalar  maxsus  psixologiyasida  bu  m etod  katta 
ahamiyatga  egaligini  ta ’kidlash  joizdir.  Kuzatish  predmeti  faoli­
yatning  tashqi  komponentlari  —  harakat,  nutqiy  akt,  pantom i- 
ma  va  m im ikaning  o‘ziga  xosligi,  vegativ  reaksiyalarning  yuzaga 
kelishi  b o iish i  mum kin.  Bunda  bolalar  xulqiga  kuzatuvchi  mav- 
judligi  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatishi,  uning  tabiiyligi  buzilishi  mum-
71


kin.  Yuqorida  ta’kidlangan  holat  amalga  oshmasligi  uchun  (kino, 
video  syomka)  qayd  etuvchi  apparatni  qo‘llash  yaxshi  natija  be­
radi.  Xulosa  va  umumlashmalarga  zaruriy  material  olish  uchun 
bolalarning  turli  faoliyatda  o'yin,  o'qish,  uy  vazifalarini  bajar- 
ish,  takrorlanuvchi,  o'zgaruvchi  sharoitlarda  kuzatish  maqsadga 
muvofiqdir.  Bola  nutqiy  rivojlanishining  umumiy  sharoitida  ku- 
zatilayotgan  hodisalarning  xususiy  tom onlarini  aniqlash  imkoni 
yuzaga  keladi.  Eshituvchi  ona  va  kar bola  muloqotini  o‘rganishda 
kuzatish metodini  qo'llashga  doir Amerika psixologlarining tadq- 
iqotini  keltirish  mumkin.  Kuzatish  metodining  amaliy  ahamiya- 
tini  amerikalik  olim lardan  D. Plapinger  va  R. Kretchmerlar  o‘z 
ilmiy  ishlarida  yoritib,  eshitishida  muammosi  bo‘lgan  bolalar  bi­
lan  onalarning  muloqot  shakli,  muloqot  uchun  shart-sharoitlar 
(bolaning tashabbusi  bilan,  yoki  onaning tashabbusi  bilan  yuzaga 
kelganligi)  o‘rganiladi.  U lar  13  oy  mobaynida  turli  sharoitda  ona 
va  bola  o‘zaro  munosabatini  video  registratsiya  yordamida  ku- 
zatganlar.  Registratsiya  turli  holatlarda  va  kunlarda  olib  boril­
gan.  Olimlar  quyidagi  ko‘rsatkichlar  bilan  qiziqqanlar:  kim ning 
tashabbusi  bo'yicha  muloqotga  kirishildi,  nutqiy  muloqot  doirasi 
va  xususiyatlari  qay  tarzda  amalga  oshdi  (gap  turi:  so'rov,  undov, 
buyruq,  his-hayajon).  Olimlar ba’zi  sharoitlardagi  muloqotda  ona 
tashabbuskor bo'lganini  (kitob  o'qish,  kesma  alifbo  bilan  ishlash) 
kuzatishgan.  Bola tashabbuskor bo'lgan holatlarni ham  (o'yinchoq 
o'ynash)  kuzatganlar.  Turli  sharoitlarda  muloqot  miqdor  va  sifat 
jihatdan  farqlangan  holatlari  namoyon  bo'ldi.  Psixologik  ekspert 
ham  psixologiyada  ahamiyatga  molik  m etodlaridan  biri  sanaladi. 
Surdopsixologiyada  psixologik  eksperiment  metodi  muhim  o'rin 
tutadi.  Bu  metod  tekshiruvchining  ijodiy  yondashuvini  ko'zda 
tutadi va inson xulqidagi  o'zgarishlarni  qayd etadi.  Eksperimental 
tadqiqot bir qancha bosqichlardan tashkil topadi:  maqsadni belgi­
lash,  bu  tadqiqot  gipotezasini  ko'zda  tutadi;  rejalashtirish;  tadqi- 
qotni o'tkazish; statistik gipotezalarni tekshirishni ko'zlovchi nati­
jalar tahlili;  xulosa chiqarish  eshitishida nuqsoni  bor bolalar bilan 
psixologik  tadqiqotlarni  o'tkazishda  muhim  holatlarni  hisobga 
olish darkor.  Eshitishida nuqsoni bo'lgan bola berilgan topshiriqni 
tushunganligini  nazorat  qilish  talab  etiladi.  Bu jarayonni  yengil-
72


lashtirish  uchun  im o-ishora  nutqidan  foydalanish  yaxshi  samara 
beradi.  Shuningdek,  surdopsixologiyaning bu  m etodini  qoilashda 
ko'rgazmali  namoyish  etish,  so‘zlashuv  m etodlaridan  birgalikda 
foydalanish  kar  bolaning  unga  berilgan  topshiriqni  to iiq   tushu- 
nishiga  sabab  b o iad i.  K ar  bola  birinchi  topshiriqni  tushunib  ba- 
jargach,  ikkinchi  topshiriqqa  o‘tish  m um kin.  Tadqiqotchi  tad- 
qiqotni  o‘tkazish jarayonida  kar bolaning  xulqiga  ta ’sir o‘tkazadi. 
Eshitishida  nuqsoni  b o ig an   bolalar  bilan  ishlashda  bu  imkoni- 
yatni  hisobga  olish  darkor,  tekshiriluvchilar  guruhini  tanlashga 
ham  katta  e ’tibor  berish  darkor.  Bolaning  taiim -tarbiya  sharoiti, 
eshitishning  buzilish  vaqti  va  darajasi  eshitishning  buzilish  sa- 
babi  unda  mavjud  nutq  shakllari  (og‘zaki,  yozma,  daktil,  imo- 
ishora),  o‘zlashtirish  darajasi,  oila  tipi  hisobga  olinadi.  Sogiom  
va  eshitishida  nuqsoni  b o ig an   bolalarni  qiyosiy  o‘rganish  uchun 
yosh tamoyiliga ko‘ra olinadi,  tekshiriluvchilar bir yoshda  boiishi 
kerak.  Bu  ularning  ruhiy  rivojlanishini  qiyosiy  o'rganishga  yor­
dam  beradi.
Kar  o'quvchilar  psixologik  xususiyatlarini  o‘rganishda  psi­
xologik  eksperimentning  barcha  turlaridan  foydalaniladi.  Bu 
laborator  eksperiment  va  tabiiy  eksperiment  turlarini  o‘ziga 
jamlaydi. 
Laborator  eksperimentda  o‘rganilayotgan  hodisa 
qat’iy  nazorat  qilinadi.  Tabiiy  eksperim ental  kuzatishning  ijo­
biy  qirralari  va  eksperiment  qirralari  jipslashadi  va  namoyon 
b o iad i.  Kuzatuv  m etodi  eshitishida  nuqsoni  b o ig an   bola­
larni  o‘rganishda  ijobiy  samara  berm oqda.  Bu  m etod  yorda­
mida 
tekshiriluvchining 
nafaqat 
bilim i, 
malakasi, 
balki 
uning  shakllanish  holati  ham  o‘rganiladi.  Shuningdek,  kombi- 
natsiyalangan  nuqsonlar  (eshitish  buzilishi,  ruhiy  rivojlanishi 
orqada qolgan va aqli zaiflik) o'rganish va aniqlashda ham  m uhim  
samara  beradi.  T aiim iy  eksperiment  maxsus  psixologiyada  keng 
o‘rinda  qo ilan ilad i.  T.V. Rozonova va  L.I.Tigronova shu metodni 
qo ilag an   holda  eshitishida  nuqsoni  b o ig a n   bolalar bilan  sogiom  
bolalarning  ruhiy  xususiyatlarini  tekshirganlar.  Yordamchi  top- 
shiriqlar  vositasida  faoliyat  natijalari  tah lili  m uhim   o‘rin  tutadi. 
Ruhiy  rivojlanish  bosqichida  bolalar  faoliyati  natijalari  tahlili 
m uhim   o ‘rin  tutadi.
73



Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish