Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol  va  topshiriqlar
1.  Eshitish  nuqsonlarining tasnifi va tarixi  xususida  so'zlang.
2.  Kar va  zaif eshituvchi bolalarga ta’rif bering.
3.  Xalqaro  tasnifga ta’rif bering.
80


У  bob.  E SH IT ISH ID A  N U Q S O N I  BO ‘LGAN  BOLALAR 
BILISH   FAOLIYATINING  XUSUSIYATLARI
5.1.  Eshitishida  nuqsoni bo‘lgan  bolalar  sezgi  va  idrokining  o‘ziga
xos  xususiyatlari
Sezgi  inson  sezgi  organlariga  ta ’sir  qiluvchi  predmet  va  hodisa- 
larning  eng  sodda  ruhiy  jarayonidir.  Inson  sezgisi  tovush,  rang, 
shakl dunyosi haqida m a’lumot beradi.  Sezgidan farqli o‘laroq idrok 
predmet  va  hodisalar  yaxlit  obrazini  o'zida  namoyon  qiladi.  Har 
qanday  anglash  jarayoni  idrok  etish  va  sezishdan  boshlanadi.  Bu 
uning dastlabki sezgi bosqichidir.  Lekin idrok atrofdagi olam haqida 
to‘liq  tasavvur  berolmaydi.  Materiyaning  biz  bevosita  idrok  etol- 
maydigan xossalari mavjud.  Tashqi  olamni  anglash va aks etishning 
eng yuqori  formasi tafakkurdir.  Rivojlanishida  nuqsoni  mavjud bo­
lalar  sezgisi  atrof-muhitni  obyektiv  aks  ettiradi  va  predmet  hamda 
hodisalarni  anglashning  muhim  bosqichi  sanaladi.  Kar  bola  idrok 
va  sezgi  asosida  atrofdagi  predmetlar  rangi,  mazasi,  hidi,  shakli 
haqida  m a’lumot  oladi.
Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  sezgisi  va  idroki  shaklla­
nishining  umumiy  qonuniyatlari  bilan  birga  spetsifik  xususiyatlar­
ga  ega  bo'ladi.  Avvalambor,  bu  bolalarda  asosiy  sezgi  turlaridan 
biri  eshituv  sezgisi  mavjud  bolm aydi.  Bizning  organizmimizga 
doimo  tovush  ta’sirotlari  ta ’sir  ko'rsatadi.  Rivojlanayotgan  bola 
asosiy bilim manbayini eshituv sezgisi,  idroki orqali qabul qiladi.  U 
atrofdagilar  bilan  muloqotga  kirishib,  radio,  musiqa  eshitib,  kino, 
teatrlarni  tomosha  qilib,  ko'p  m a’lumotga  ega  bo'ladi.  Kar  bola 
bunday  imkoniyatlardan  chegaralangan  bo'ladi.  Bu  atrofni  anglash 
jarayonini  qiyinlashtiradi  va  kompensatsiyani  talab  etadi.  0 ‘z  nav­
batida  bu  ko'ruv,  harakat,  hidlash  sezgisi  va  idroki  rivojlanishiga 
salbiy  ta ’sir  ko'rsatadi.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarda  eshi- 
tuv  sezgisi  mavjud  emas,  degan  fikr noto'g'ridir.  Yangi  okustik  ap- 
paralhir yordamida  o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari  ko'rsatishicha, 
eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarning  40  %da  eshituv  sezgisi 
qoldiqlnri  mnvjudligini  ko'rsatdi.  Ulardan ta ’lim-tarbiya jarayonida 
lovdnlnnlsh  mumkin.  XIX  asrda  1.1. Fieri,  so'ng  N.M.Lagovskiy
81


va  boshqa  tadqiqotchilar  ham  karlar  eshituv  qoldig‘i  mavjudligini 
e’tirof etadilar.  N.M.Lagovskiy ta ’kidlashicha, bu eshituv qoldig‘ini 
faollashtirish,  rivojlantirish  mumkin.  Gartm aning  tadqiqotlariga 
tayanib,  N.M.Lagovskiy  eshituv  idroki  darajasiga  ko‘ra  bir  necha 
guruhlarni  tasniflaydi.  Bu  guruhlardan  biriga  kiruvchi  bolalarda 
eshituv  idroki  ma’lum  darajada  mavjud  bo'lib,  u  nonutqiy  tovush- 
larni farqlash imkonini beradi.  Boshqa bolalarda eshituv idrokining 
darajasi  balandroq  bo'lib,  u  unli  tovush,  bo‘g‘in,  so‘zlarni  farqlash 
imkonini  beradi.
Davomiy  mashg'ulotlar  mashqlar  jarayonida  eshitishida  nuq­
soni  bo‘lgan  bolalar  eshituv  idroki  faollashtiriladi.  Bunda  eshituv 
idrokining  rivojlanishi  anatomo-fiziologik  mexanizmining  tiklani- 
shi  evaziga  emas,  balki  eshituv  idrokini  faollash  yo‘li  bilan  amalga 
oshadi.  Kar  bolada  eshituv  sezgisi  va  idrokining  yo'qolishi  sabab- 
li  ko‘ruv  sezgisi  va  idroki  asosiy  o'rin  tuta  boshlaydi.  Kar  bola­
ning  ko‘ruv  analizatori  atrofdagi  olamni  anglashda  asosiy  ahami­
yatga  ega  bo‘ladi.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalardagi  ko'ruv 
sezgi  va  idroki  eshituvchi  bolalar  darajasida  bo‘lish  L.V.Zankov,
I.M. Solovyov,  K.I.Veresotskoy  tadqiqotlarida  dalillangan.  Shu  sa- 
babli  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  eshituvchi  bola  ahamiyat 
bermaydigan  tashqi  olam  xususiyatlari  va  nozikliklariga  ahamiyat 
beradi.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  eshituv  sezgisiga 
qaraganda  ko‘ruv  sezgisining  ustunligi,  harakat  sezgisining,  teri- 
taktil  sezgilarning  faolligi  kuzatiladi.  Eshituvchi  bolalar  karlarga 
nisbatan  yashil,  siyohrang,  qizil,  sabzi  ranglarni  ko‘p  almashtira- 
dilar.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  ranglarni  nozik  farqlay- 
dilar.  L.V.Zankov  va  I.M.Solovyov  ta’kidlashicha,  eshitishida  nuq­
soni  bo'lgan  bolalar  chizgan  rasmlarda,  eshituvchi  bolalar  chizgan 
rasmlarga  nisbatan  ko‘p  detal  va  qismlar  qamrab  olingan  bo'ladi. 
Kar va  eshituvchi  bolalar  rasmlari  taqqoslanganda  eshituvchi  bola­
lar rasmlarida predmetlarning muhim qismlarini tasvirlarda mavjud 
emasligi  ko'rinadi.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  rasmlarida 
bunday  kamchiliklar  kam  bo'ladi,  lekin  ular  fazoviy  munosabat- 
lar  ifodalangan  rasmlarni  qiyinchilik  bilan  chizadilar.  L.V. Zankov 
va  I.M. Solovyov  ta’kidlashicha,  ko'ruv  idroki jarayonida  eshitishi­
da  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  eshituvchilarga  nisbatan  predmetning
82


qo'shimcha  detallariga  ko‘p  ahamiyat  beradilar.  Shu  sababli,  eshi­
tishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarda  idrokning  analitik  tipi  sintetik 
tipidan ustun turadi,  deb ko‘rsatish mumkin.  I.M. Solovyov bu holat 
eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarda  eshituvchi  bolalarga  nisbatan 
ko‘ruv sezgisi  ustun degan xulosaga  olib  kelmaydi,  deb  e’tirof etadi. 
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqi shakllanishida ko‘ruv 
idroki  katta  ahamiyatga  egadir.  Eshituvchi  bola  eshituv  va  ko'ruv 
sezgisi  va  idrokiga  tayanib,  gapirishni  o‘rganadi.
Nutqi  mavjud  bo‘lmagan  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar 
ta’limning  boshlang'ich  bosqichlarida  idrok  etilganini  umumlash- 
tirish  va  sintezlashda,  tasniflashda  qiyinchilik  sezadilar  (masalan: 
boshlang‘ich  sinfdagi  eshitishida  nuqsoni  bo‘Igan  bolaga  qizil 
qalamni  ko‘rsatib,  bu  nima  deb  savol  berilganda,  u  qizil  deb javob 
beradi).  Bu rang va predmet  tushunchasi bola idrokida yetarli  dara­
jada  taqsimlanmaganligidan  dalolat  beradi.  Bunday  differensial 
va  taqsimlash  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bola  nutq  egallaganida, 
uning  nutqida predmet  va  sezgi  m a’nosini  ifodalovchi  so'zlar uning 
lug‘atida  shakllanganida  imkon tug'iladi.
Eshituv  sezgisini  yo'qotish  bilan  eshitishida  nuqsoni  bo'lgan 
bolalarda  ko'ruv  sezgisi  faollashadi,  o'tkirlanadi.  Ko‘ruv  idrokidan 
tashqari, anglash jarayonida hidlash va harakat sezgilari ham muhim 
o'ringa  egadir.  Harakat  sezgilari  inson  badani,  qismlari,  nutqiy  or- 
ganlar  harakati  haqida  signal  beradi.  Eshituv  analizatori  funksiya- 
sining  buzilishida  nutqiy  harakatlar  aniqligi,  differensiallanganligi 
buziladi. I.M. Solovyov va boshqa olimlar ta ’kidlashicha, eshituvning 
yo'qolishini  nafaqat  artikul  apparat  sezgisi,  balki  nafas  olish  appa- 
ratining  harakat  sezgisiga  ham  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Chunonchi, 
mimika,  daktilologiya  kabi  nutq  shakllari  harakat  va  ko‘ruv  sezgi­
lari  asosida  shakllanadi.  Teri  sezgilari  taktil  va  temperatura  sezgi- 
larini  qamrab  oladi.  Ular  birligi  predmet,  uning  shakli,  kattaligini 
ifodalovchi  materialni  anglash imkonini  beradi.  Bu sezgilar retsep- 
torlari barmoq uchlarida,  til uchida joylashgan bo'ladi.  Sezgilar faol 
faoliyatni  talab  etadi  va  retseptorlarni  ta ’sirlovchilar bilan  kontakti 
davomida  yuzaga  keladi.  Teri  sezgilari,  idrok  boshqalar bilan  birga 
predmetni  to‘liq  idrok  etishga  yordam  beradi.  Teri  sezgilari  pred- 
metni  ko‘rish  orqali idrok etishni to‘ldiradi.  Asosan predmetlarning
83


hajmi  va  fazoviy joylashuvida  idrok  etishda,  predmetlarning  tashqi 
qatlamini  sezishda  teri  sezgilarining  ahamiyati  kattadir.  U  mate­
rialni  ko'rish  orqali  anglashga,  ko'rish  esa  o'z  navbatida  sezishga 
yordam beradi.  Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda ko'ruv idroki, 
teri-taktil  hamda  harakat  sezgilariga  tayangan  holda  atrof-olamni 
idrok  eta  olish  imkoniyati  yuqoriligi  rus  psixologi  T.G. Tigranova 
tomonidan  o'rganilgan.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish