X I II bob. K O ‘R VA Z A IF K O ‘R U V C H I B O L A L A R N IN G
B I L I S H FA O LIYATI
13.1. Ko‘r va za if ko‘ruvchilarning sezgisi
H a r qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanar ekan.
Oddiy tilda gapiradigan b o ‘lsak, sezgilar bizni borliq bilan bog‘lab
turuvchi vosita, ko'prikdir. K o ‘rish, eshitish, hid bilish, ta ’m bi
lish, teri sezgilar va boshqalar b izn in g sezgi bilim larim izga asos
bo ‘la oladi. Sezgi b ilim la rim iz n in g tarkibi, tuzilishi inso nn ing
sensor tiz im in i tashkil etadi. I n s o n n in g sensor tuzilishi uning
tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti davom ida shakllanib,
uning hayot va
faoliyat m a z m u n in i belgilaydi. Shu bois, ko'rish tizimi boshqa
analizatorlardan ustun turadi. In so n m e h n a t faoliyati jarayonining
asosida ko‘rish -tak til-kin estetik b o g i a n i s h la r va optik-vestibulyar
yo'nalganlik yotadi. K o'rish a n a liza to rin in g to'la yoki qism an b u
zilishi zaif ko'rishga, ko'rlikka olib keladi. B un ing natijasida analiza-
torlar orasidagi bog'liqlik buziladi. M utanosiblik yo'qoladi. Buning
oqibatida in sonn in g sensor tuzilishida, b irinchi navbatda mantiqiy
bilish va tajribada m e ’yordan chetga chiqish kuzatiladi. Agar inson
ruhiyati d in am ik lik k a va egiluvchanlikka ega bo'lm a ga nda edi, bu-
larning bftrchasi qaytarilm as, tak ro rla n m a s
oqibatlarga olib kelishi
m u m k in edi.
1880-yillardan boshlab tiflopsixologik tadqiqotlarda sezish chega-
ralarini o'rganish boshlangan edi. Qism an yoki zaif ko'ruvchilardagi
sezgi chegaralari o'ziga xosligi bilan, nuqson chuqurligi bilan, uzviy
bog'liqligi bilan ajralib turadi. Q ator tadqiqotlarda absolyut sezish
chegarasiga oid turli qarashlar, m a ’lum otlar bor. N orm al bolalarda
gi sezish chegaralari bilan yaqinligi haqida h a m m a ’lumotlar yetar
li. K om pensator o'zgarishlar h a m o'ziga xos tarzda amalga oshar
ekan. Turli sezgilarning o'zaro t a ’siri oqibatida ayrim analizatorlar
faoliyati tezlashadi, ayrim larining faoliyati susayadi.
Ayrim hollarda
sezgilararo aralashuvlar ha m yuz berar ekan.
Tiflopsixologiya fan bo'lib shakllana boshlagandan buyon qaysi
sezgilar yetakchi bo'lishi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi
yillardagi ilmiy tadqiqotlarning isbot
etishicha, ko'rish nuqsoni oqi-
batida asosan taktil va kinestetik analizatorlar faoliyati faollashar
ekan. Total ko'rlarda haqiqatan shunday holat kuzatiladi. Bu haqida
ikkilanish kerak emas. A m m o , qisman ko'ruvchi (0,005 dan yuqori)
shaxslarda esa bu holat o'ziga xos m azm un kasb etadi. Lekin zaif
ko'ruvchi bolalar, kattalarda esa asosiy sezgi sifatida ko'rish qo-
laveradi. Ko'rish sezgilari ko'rish analizatori
faoliyatining natijasi,
mahsuli sifatida qoladi. Bunda ko'rish retseptorlari, ko'rish asab
tolalari qo'zg'alishlarni bosh miyaga uzatuvchi sifatida, bosh miya
orqa qismida joylashgan ko'rish analizatori yadrolari m a ’lum da ra
jada ko'rish jarayonining vazifalarini bajaradi. Ko'rish analizator-
lari ayrim qism larining zararlanishi uning faoliyatini qisman buzsa,
analizator to'la buzilsa, ko'rlik yoki zaif ko'rishga olib kelishi m u m
kin. Ko'rishning chuqur buzilishi natijasida eshitish sezgilarida
ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bu holat ko'rlik oqibatida
yuz bermaydi. Balki, eshitish analizatorining boshqa bir analizator-
ning zararlanishi oqibatida faollashishi yuz beradi. Ko'rlarda eshi
tish normal taraqqiy etadi. Bu narsa ko'rish
qobiliyati buzilgan
shaxslarning to'laqonli bilim olishlari va olgan bilimlarini am alda
qo'llay olish im konini beradi. Norm al ko'ruvchi shaxslarda narsa va
atrof-muhitidagi holatlar ko'rish orqali idrok etilsa, ko'rlarda esa,
teri sezgilari asosiy rol o'ynaydi. Shuning oqibatida ko'rish n u q
soni bor shaxslarda tan a a ’zolarining, ayniqsa inson bilish faoli
yatida, xususan m ehnat jarayonida tutgan, egallagan o'rni keskin
oshadi. Buning oqibatida sensibilizatsiya - taktil sezgilarining orti-
shi kuzatiladi. Taktil sezgilar ko'rlarning barcha a ’zo terilarida yuz
berm asdan, balki ayrim qismlaridagina yuz beradi. Ayniqsa, qo'l,
kaft qismida bu holat sezilarli darajada bo'ladi. Tadqiqotlarning is-
bot etishicha, ko'r barmoqlaridagi sezgilar norm al shaxslarnikidan
ancha ustun ekan. Bunday o'sish ko'r shaxslarning o'qish tizimi
- Brayl bilan uzviy bog'liqdir. Bunda asosiy rolni o'ng qo'ldagi
ko'rsatkich b arm oq egallaydi. Nafaqat teri sezgilar, tuyg'ulari balki,
bu bolalarda harorat sezish qobiliyati ham , og'riq tuyish qobiliyati
ham birm uncha orta r ekan. Bu sezgilar faoliyat jarayonida rivojla-
nadi va shakllanib boradi. Haroratni sezish sezgilari ham bu bola
larda ancha o'sishga moyil ekan. Teri sezgilari majmuasida (kom-
pleksida) yorug'lik va rang t a ’sirlariga javob berish ham o'ziga xos
218
m az m un ga ega ekan. «Teri orqali ko'rish» fenomeni — qobiliyati
azaldan m a ’lum. Tadqiqotlar natijasida m a ’lum bo'lishicha, b uning
asosida tok, tok magnit tebranishlari yotar ekan. Harakat an ali
zatori inson hayotining dastlabki kunlarid an oq yetakchi o'ringa
chiqadi. Faoliyat jarayonida harakat analizatori differensirlashib
boradi. Bunda ko'rish nazorati talab ham etilmaydi. Ko'rish faoli
yatining
kamayishi, b a ’zan yo'qolishi natijasida kishida tebranish
sezgilari orta boradi. M a ’lum ki, total ko'rlar m a ’lum masofa uzoq-
likda turgan qim irlam as narsalar: daraxt, devor va boshqa na rsa
larni sezadilar. Bu sezgilar predm et m ohiyatdan yiroq bo'lib, ko'rlar
u narsa haqida m a ’lumot berolmaydilar. Ko'rish a ’zolari m e ’yordagi
kishilar uchun t a ’m bilish va hid bilish unchalik rol o'ynam aydi,
a m m o ko'rlar uchun bu sezgilar nisbatan katta aham iyat kasb etadi.
M a ’lum bo'lishicha, ko'rlar norm al ko'ruvchilardan ko'ra bir q a n
cha darajada hidni, u n in g yo'nalishini yaxshi bilar ekanlar. Total
ko'rlarda vestibulyar a p paratn in g roli nisbatan ortadi. Tana muvo-
zanati uchun bu ap p a ra tn in g vazifasi katta. Bu apparat vazifasi-
ning o'zgarishi uning sezgirligining ortishiga olib kelar ekan. Qator
tadqiqotlarning ko'rsatishicha, total ko'rlarda vestibulyar apparat
norm al ko'ruvchi shaxslarnikidan yaxshi rivojlanar ekan. Ko'rish
nuqsoni bo'lgan shaxslardagi turli
sezgilarning faollashishi, rivojla
nishi ularning hayotda oson moslashishlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: