Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya


Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Logopsixologiya 
boshqa fanlar bilan cham barchas bog'liq. Nutqiy buzilishlarni kor­
reksiyalash va oldini olish bilan shug'ullanishda nutq buzilishlari 
simptomatikasini bilish, nutqiy faoliyat tizim ida nutqiy bo'lm agan 
belgilar aloqasini o'rganish uchun logopsixologiya boshqa fanlar bi­
lan o'zaro aloqada faoliyat ko'rsatadi.
Bolalarning rivojlanish bosqichlarini psixik to m on dan o'rganishda 
bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya va logopediya fanlari 
o'zaro hamkorlikda ish olib borishi kerak. Bolalar psixologiyasi b o ­
lalarda kechadigan ruhiy jarayonlarni o'rganadi. Bolalar psixologi­
yasi bolani boshqa shaxslar bilan muloqotga kirisha oladigan, m e h ­
nat qila oladigan shaxsga qay tarzda aylanishini ko'rsatib beradi. 
Pedagog bolalar psixik rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini 
aniqlashda va farqlashda yuqorida bayon etilgan bilimlarga tayani- 
shi lozim.
136


Logopsixologiya — m axsus psixologiyaning bir bo'lim i, maxsus 
psixologiya esa um um iy psixologiyaning bir yo'nalishidir. Um um iy 
psixologiya psixikaning tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyat- 
larini m e ’yorida o'rgansa, logopsixologiya a n a shu qonuniyatlarni 
nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda o ‘rganadi. Shuningdek, u m u ­
miy psixologiyada qo ‘llanadigan tadqiqot metodlari, tamoyillar, 
o ‘rganilayotgan holatlarning tushunchalari, atam alari logopsixo- 
logiyada h am qo'llanadi.
1970-yilda A .R .L u riy a tashabbusi bilan bolalar neyropsixologi- 
yasi rivojlana boshladi. Logopsixologiya logopediya bilan bog'liq. 
M a’lumki, logopediya nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning 
t a ’lim -tarbiya tizim ini tashkil etishda logopsixologiya to m on id an 
o'rganiladigan bolalarning gu ru hli, yosh va individual psixologik 
xususiyatlari haqidagi bilimlarga tayanadi.
Logopsixologiya tibbiy fanlar bilan aloqada rivojlanadi. Bu fan- 
lar bir xil o'rganish obyektiga ega. Lekin bu fanlar o'rganish pred- 
metiga ko'ra farqlanadi. Logopsixologiya nevrologiya, psixiatriya, 
fiziologiya fanlari bilan bog'liq. Logopsixologiya nevrologiya, fi- 
ziologiya fanlarini integratsiyalash natijasida nutq nuqsoniga ega 
bo'lgan bolalarning psixik rivojlanish holatini yangi sifat nuqtayi 
n azaridan baholash im kon in i beradi. Funksional tizim lar nazari- 
yasining yaratilishi, bosh miya qobig'i funksiyalarining joylashishi 
(lokalizatsiyasi) haqidagi nazariyaning ishlab chiqilishi, alohida 
ehtiyojlarga ega bolalarda oliy psixik funksiyalarning shakllanishi 
va rivojlanishi nutq kam chiliklarini tahlil etishning yangicha usul- 
larini keltirib chiqardi.
Logopsixologiya — otoloringologiya, nevropatologiya, psixopa- 
tologiya,oligofreniyaklinikasi,pediatriya fanlari bilan ham bog'liqdir. 
Bu fanlarning m a ’lumotlari ovoz buzilishlarini o'rganishda m u h im
ahamiyatga ega. Bu holatda ovoz buzilishlari halqum nuqsonlari 
asosida yuzaga kelgan bo'lishi m u m kin.
Ko'p buzilishlar markaziy asab tizim i buzilishlari bilan bog'liq 
bo'lib, uning tashxisi logoped va vrach-nevropatologning o'zaro 
faoliyati asosida amalga oshiriladi.
Nutq buzilishlarida ruhiy rivojlanishning turli holatlari — emot- 
sional-irodaviy, diqqat, xotira, aqliy m ehn at faoliyati h a m d a shaxs-
137


ning psixik rivojlanishi orqada qoladi. Bu m a ’lumotlar nutq buzi- 
lishini aniqlash va unga kerakli yordam ko‘rsatishda muhimdir. 
Nutqiy buzilishlar miya faoliyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. 
Bunday holatlarda logopedik ish bilan bir qatorda markaziy asab 
tizimi faoliyatini faollashtiruvchi d o ri-darm on orqali ham davolash 
olib boriladi.
Logopsixologiya lingvistika va psixolingvistika bilan o'zaro 
bog'liqdir. Logoped lingvistika fanida berilgan til birliklari va qoi- 
dalarini yaxshi bilsa, bu unga aniq tashxis qo'yishi, to'g'ri korrek- 
siyalashga yordam beradi va logopedik ish samaradorligining oshi- 
shiga ijobiy t a ’sir ko'rsatadi.
Logopsixologiya um umiy va maxsus psixologiya, psixodiagnos- 
tika fanlari bilan bog'liqdir. Logoped bolaning psixik rivojlanish 
qonuniyatlarini bilishi, psixologik-pedagogik tekshiruv m etodlarini 
qo'llay olishi lozim.
Shunday qilib, logoped nutq buzilishlarining turli shakllarini 
farqlashi, intellektual, emotsional va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq 
nutqiy buzilishlarga tashxis qo'yish malakasiga ega bo'lishi kerak.
Psixologiyaga oid bilimlarni bilish logopedga faqat nutqiy bu- 
zilishni emas, balki nutqiy buzilishni ruhiy buzilishlar bilan 
bog'liqligini to'g'ri tushunish imkoniyatini beradi. Bunday bilim 
turli yoshdagi nutq nuqsoni mavjud bolalar bilan muloqotga kiri- 
shishga imkon beradi.
Shunday qilib, maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lgan 
logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi si­
fatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida 
takomillashib bormoqda.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish