Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

rivojlanishining o ‘ziga xosligi
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqi­
batida yuzaga keladi. Meningit, skarlatina, otit, gripp kasalliklarini 
infeksion-yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish m u m k in. Eshitish
74
N


buzilishlari ichki, o ‘rta, tashqi quloq larnin g shikastlanishi natijasi­
da yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan bo'Isa, 
ko'p holatlarda karlik, agar o 'rta quloq shikastlangan bo'Isa eshitish 
pasayishi kuzatiladi. M ak tab davrida ovoz taassurotlarining yuqori 
chastotasi ham , eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobili­
yati pasayishiga olib kelishi m u m k in .
Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga hom iladorlikning n o- 
qulay davom etishi, o n a n in g virusli kasalliklari ham m u h im rol 
o'ynaydi (qizamiq, gripp). Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgi- 
larini tu g 'm a deformatsiyasi, eshitish n ervining atrofi, ximik zahar- 
lanish, tug'ish davridagi travmalar, m exanik travmalar, kuchli ovoz 
t a ’sirlarining akustik ta ’siri bo'lishi m u m k in . Eshitishning buzilishi 
o 'rta q u loq nin g o 'tk ir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi m u m ­
kin. Eshitishning q a t’iy buzilishi b u ru n va halqum (adenoid, xronik 
shamollash) kasalliklari natijasida h am kuzatiladi. Bu kasalliklar 
chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga t a ’sir 
qiluvchi o m illa r orasida ototopsik preparatlar asosan antibiotiklar 
m u h im o'ringa egadir. Eshitish buzilishlari yuzaga kelishida kas- 
biy o m illar h am katta aham iyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar 
oilasiga qaraganda ko'p m iqdorda kar bola tug'iladi. Shuningdek, 
yaqin q a rin dosh la r nikohida va er-xotin yoshi o'rtasida katta farq 
h a m eshitish buzilishlariga sabab bo'lishi m u m k in. A roqxo'r ota- 
onalar, kensok kasalligi, turli xrom asom ali kasalligi mavjud oila- 
lar (uchuvchi va suvga sho'n g'uvchilar)da ham eshitishida nuqsoni 
mavjud bolalar tug'ilishi kuzatiladi.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ru hiy rivojlanish xususiyat­
larini to'g'ri tushunish uchun ularga o 'z vaqtida tashxis qo'yish, 
t a ’lim -tarbiya muassasasini tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu 
bolalarning tasnifi m u h im o 'rin tutadi.
Eshitishida nuqsoni mavjud b o lala rnin g ruhiy rivojlanishi qo- 
nuniyatlari ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar psixik rivoj­
lanishi qonuniyatlariga xos bo'ladi. Rivojlanishida nuqsoni mavjud 
bolalar a trof-m uhit bilan m ulo q otd a qiyinchiliklarga duch keladi- 
lar, ularda shaxs va o 'z -o 'z in i a n g la sh n in g rivojlanishi xususiyatlari 
n a m oyon bo'la boshlaydi. Turli buzilish, nuqsonlarga ega bolalar­
ning ru h iy rivojlanishi tahlili, L.V. Vigotskiy t a ’rifi bilan aytganda
75


nuqson strukturasidan tuzilgan tahlildan kelib chiqadi. Birlamchi 
nuqson bu o 'rin d a — eshitishning buzilishi ikkilam chi, uch lam - 
chi nuqsonlarga olib keladi. Ikkilam chi buzilishlar turli sabablarga 
ko'ra chaqaloqlik, maktabgacha bo'lgan davrda o'xshash holatda 
namoyon bo'ladi. Ikkilamchi nuqsonlar tizimli xarakterga ega 
bo'ladi, funksional o'zaro m unosabatlar strukturasini o'zgartiradi. 
Ikkilamchi nuqson qanchalik birinchisiga yaqin bo'lsa, uni kor- 
reksiyalash shunchalik murakkabdir. M asalan, eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalar talaffuz nuqsoni eshitish buzilishi bilan bog'liq 
bo'lib, uni korreksiyalash m ushkul vazifadir, nutqn ing boshqa ji- 
hatlarini rivojlantirish hali eshitish buzilishi bilan u qadar yaqin 
aloqada emas, shu sababii ularni korreksiyalash birm uncha yengil 
kechadi. Ikkilam chi nuqsonlar eshitish buzilishidagi psixologo- 
pedagogik korreksiyaning asosiy obyekti hisoblanadi. Bola ruhiy 
rivojlanishi o'ziga xosligi ikkilam chi nuqsonlarni erta korreksi­
yalash lozimligi dalillandi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ruhiy tuzilishlarini bar­
t a ra f etish, uning birlamchi nuqsoni ikkilamchi va uchlam chi nuq- 
sonni yuzaga keltirilganligi maxsus tashkil etilgan t a ’lim-tarbiya 
jarayonida amalga oshadi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish