Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya


Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar tafakkuri



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

9.5. Nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar tafakkuri
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo'lib, insonga 
atrof borliqni bilish quroli sifatida xizm at qiladi. Tafakkur inson 
amaliy faoliyati vujudga kelishining asosiy shartidir. Tafakkur nutq 
bilan cham barchas bog'liq. N utq bo'lmasa, til vositalari bo'lmasa, 
inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bo'lmasa, nutq, tilning ham bo'lishi 
m u m k in emas. Bular o'zaro bog'liq kategoriyalardir. Tafakkur bu 
bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini t a ’minlaydigan 
m arkazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy t a ’sir 
ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, nutqqa ta ’sir ko'rsatmay qolmay- 
di.
Nutq buzilishlarini o'rganishda va tuzatishda logopediya va 
logopsixologiya fanlari nutq va fikrning o'zaro bog'liqligi konsepsi- 
yasiga, bolaning rivojlanishidagi um um iy va maxsus qonuniyatlar- 
ning o'zaro munosabatlari.to'g'risidagi nazariy qoidalarga, nutq va 
faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki ha m d a tashqi 
o m illarning o'zaro t a ’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakat- 
lantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.
XX asrning boshlaridayoq bosh miyada «alohida nutq markaz- 
lari» mavjud va nutq funksiyasi m ana shu m arkazlarda lokallashgan
176


degan nuqtayi n azar keng tarqalgan edi. Rus olim i I.P. Pavlov bu 
qarashga yangi yo'nalish berdi. U bosh miya qo b ig'ining nutq funk- 
siyalari lokalizatsiyasi m urak k ab bo'lib qolmay, balki o'zgaruvchan 
xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «din am ik loka- 
lizatsiya» deb atadi.
I.P. Pavlov t a ’limotiga muvofiq nutq bosh m iyaning m urakkab
psixofiziologik funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o'zida 
nam oyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va 
ikkinchi signal tizim lari bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Ikkinchi 
signal tizim i birinchi tizim asosida shakllanadi. A m m o keyincha- 
lik 2-signal tiz im in ing 1-signal tizim ini tartibga soluvchi t a ’siri 
nam oyon bo'ladi. So'z alohida xususiyatning signali, u m u m lash ti­
rish, m avhum lashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizim lari orasidagi 
o'zaro m urak k ab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, 
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o 'rn in i bosish ustida sa- 
m arali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A .N . Leontev, A.R. Luriya va boshqa 
rus olim la rin in g olib borgan tadqiqotlariga ko'ra, h a r qanday psixik 
funksiyalarning asosi alohida m arkazlarda bo'lmay, balki markaziy 
asab sistemasining turli joylarida joylashgan m u rakkab funksiyalar 
tizim i hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, 
tafa k k u r qobiliyatlari shakllanadi. So'zning ah am iyati o 'z -o 'z id a n
um um lashtiruvchi hisoblanadi va shu m unosabat bilan o'zida na- 
faqat nutq birligini, balki tafakkur birligini h am nam oyon qiladi. 
Ular ay nan o'xshash em as va m a ’lum darajada bir-biriga bog'liq 
bo'lm ag an holda paydo bo'ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi 
jarayonida m urakkab, sifat jih a td a n yangi birlik, nutqiy tafakkur, 
nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo'ladi. Nutqiy m u om ala qobiliyatini 
o'zlashtirish o'ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchu n za m in hozir- 
laydi. U tufayli bolaning atrof-m uhit haqidagi tasavvurlari shaklla­
nadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takom illashadi.
S huning uchun nutq buzilishiga ega bo'lgan shaxslarning tafak­
kur xususiyatlari m uam m o si logopsixologiya va neyropsixologiya 
fan larin ing m u h im m u am m o la rid a n biridir. N utq va ta fa k k u rn in g
c h am barch as o'zaro bog'Iiqligini tushunish uchun bolalar psixik
177


funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki qonuniyatlarini 
e ’tiborga olish kerak.
Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L.R ubinshteyn, A .N .L eo ntev
va b.) tom onidan tafakkurning psixik strukturasi masalasi har t o ­
m onlam a ishlab chiqilgan. Um um qabul qilingan tasnifga ko'ra bi­
lish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: ko'rgazmali-amaliy, 
ko'rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.
Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida m iya­
ning organik buzilishlari natijasida tafakkur qo'pol buzilgan bo'ladi. 
Boshqa nutq nuqsonlarida esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) 
tafakkur buzilishi logopsixologiyada c h uqur o'rganilm agan va tax- 
m inim izga ko'ra bu nuqsonlarda tafak kurnin g qo'pol buzilishlari 
kuzatilmaydi, lekin o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi.
Afaziyaning turli shakllarida bem orlarning n utq-tafakkur faoli- 
yatida u m um an olganda buzilishlar kuzatilmaydi, balki bu faoliyat- 
ning ayrim bo'yinlari buzilgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
miya katta yarim sharlaridagi turli bo'lim larn ing shikastlanishi 
so'zlar m a ’nolarini farqlashda m uam m o la r keltirib chiqaradi. Bunda 
so'zlarning analitik-sintetik tahlili buzilgan bo'ladi. Sensor alalik 
va sensor afazik bolada tovushlarning sintetik-analitik tahlili buzil- 
gani sababii u o'zgalarning nutqini tushunm aydi. U ko'p bo'g'inli 
so'zlarni idrok eta olmaydi, fonetik jih a td a n yaqin so'zlarning 
m a ’nolarini farqlamaydi (masalan, sim -shim , uka-ukki).
V.A. Kovshikov, Y.A. Elkin m otor alalik bolalarning tafakkurini 
tadqiq qilar ekanlar, bir nechta tu shunchalarni ajratib ko'rsatdilar: 
bilim - borliqni bilishda o'tgan zam on tajribasi natijalarida shakl- 
langan va fikrlash operatsiyalari uchun m anba bo'lib xizmat qiladi­
gan obrazlar, tasavvurlar, tu sh u n ch alar majmuyi; psixik faoliyatning 
o'z-o'zini tashkil qilishi — bilish faoliyatini va uni boshqarishni 
faollashtirishga qaratilgan yaxlitlik bo'lib, tafakkur jarayonining ke- 
chishi va m uam m oli vaziyatlarni hal qilib berishi uchun kerakli 
sharoit yaratib beradi; shaxsiy tafakkur — m uam m oli vaziyatlarni 
hal qilishga yo'naltirilgan jarayon.
Nutq kamchiliklariga (duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, ala­
liya, afaziya va h.k.) ega bolalarda bilish jarayonining kamchiliklari 
tafakkur jarayoni va natijalariga va o 'z-o'zin i boshqarishning buzi-


lishiga ko'proq t a ’sir qiladi. U larda atrofdagilar to'g'risida yetarli 
h ajm da m a ’lum otlar bo'lmaydi, borliqdagi predm etlarn ing xususi­
yatlari va funksiyalari haqida noto'g'ri tasavvurlar, hodisalarning 
sabab-oqibat aloqalarini o'rn atish da qiyinchiliklar tug'iladi. O 'z- 
o'zini bo shq arish ning buzilishiga hissiyot-iroda doirasidagi k am - 
chilik lar sabab bo'ladi. Bolalar, o d atd a, o'zlariga ta k lif qilingan 
m u am m o li vaziyatga uzoq vaqt kirisholmaydilar, yoki, aksincha, 
vazifani bajarishga juda tez kirishib ketadilar, lekin bunda vazi- 
faning h a m m a jih atlarini hisobga olmasliklari tufayli, uni to'g'ri 
baholay olm aydilar va to'liq bajarishga qiynaladilar. Ayrim bolalar 
esa vazifani bajarishga tez kirishadilar, lekin unga qiziqishlari xuddi 
shunday tez yo'qoladi, hatto vazifa to'g'ri bajarilayotgan bo'Isa ham , 
ishni tu g atm a sd a n uni bajarishdan bosh tortadilar. B unda nutqi 
rivojlanmagan bolalar fikrlash operatsiyalarini to'g'ri bajara ola- 
dilar, lekin ularda psixik jaray o n larnin g (xotira, diqqat, tasavvur, 
tafakkur) rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgani sababli 
fikrlash operatsiyalari to'liq amalga oshm ay qoladi (V.A. Kovshikov, 
Y.A. Elkin).
Nutqi rivojlanmagan bolalarda a n iq obrazli fikrlashning k a m c h i­
liklari faqat ikkilam chi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo'lishi 
m u m k in . Bu holat bosh miya po'stlog'i tepa qism ining jaro h a tla n - 
ganligi bilan bog'liq. Og'ir nutq nuqsoniga ega bolalarda ko'pchilik 
hollarda n u tq n in g rivojlanmaganligi aniq-obrazli fikrlashning 
shakllanm aganligi bilan bog'liq bo'ladi (T.A. Fotekova, 1993). Nutqi 
to'liq rivojlanmagan ko'pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi 
xos bo'ladi (L.I. Belyakova, Y.F. G arg u sh a, O.N. Usanova, E.L. Fi- 
geredo).
M u am m o li bolalar tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan ta s ­
niflanadi. A .R .L u riy a , L.S.Svetkova, I.T.Vlasenko o'z tadqiqot­
larida so'z -m a ntiq tafakkur buzilishi m ex an izm lari m u am m o la rin i 
yoritib berdilar.
S o'z-m antiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N . Le- 
ontev t a ’kidlashicha, so'z m a ’nolarida predm et dunyosi, xossalari, 
aloqalari, m unosabatlari o 'zining moddiy ifodasini topgan. L.S. Vi­
gotskiy bu bog'liqlikni tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushun- 
cha tafakku r jarayonida vujudga keladi.
179


Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bo'lsa, so'z m a ’nosi 
shunchalik to'liq bo'ladi, ya’ni tafakkur jarayonlari, so'z m a ’nosi 
ortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez 
bilan bog'langan.
Nutq bilan tafakkurning birligini l.P. Pavlovning ikkinchi signal 
sistemasi to'g'risidagi ta ’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal 
sistemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga ta ’sir qilgan holda 
n utqning ham , tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil 
qiladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish