Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya


Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning xotirasi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

9.3. Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning xotirasi
Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va ke­
yinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotirada esda 
olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jara- 
yonlar alohida ajratib ko'rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohi­
da mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida 
shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir m a te ­
rialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba 
orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik ke- 
chadigan faoliyatda qo'llash uchun uni esga tushirish kerak. Ulug' 
m uallim va shifokor Ibn Sino nutq va xotiraning o'zaro bog'liqligiga 
e ’tibor bergan va shunday degan edi: «Bolalar birga bo'lganda doim 
bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o'z xotiralari va nutqlarini 
rivojlantiradilar».
X otiraning bir necha turlari mavjud: ko'rgazm ali-tasavvurli, 
s o'zli-m avhum va oraliq. Bu tu rlar inson yuqori asab faoliyati 
birinchi va ikkinchi signal tiz im la rin in g o'z aro nisbatiga bog'liq 
bo'ladi. Xotira u yoki bu tu rin in g ustunligi, xususan, inson ha- 
yoti va faoliyatining turlari va shart-sharoitlariga bog'liq. Masalan: 
ko'rgazm ali-tasavvurli xotira turi k o'pincha rassom larda uchray- 
di.
Ko'rgazmali-tasavvurli xotira turli xil taassurotlarni eslab q o ­
lishda qanday an alizator u n um d or bo'lishiga qarab farqlanadi. 
Shunga muvofiq harakatlantiruvchi, ko'rish va eshitish xotirasini 
farqlaydilar. Bu turlar alohida ju d a kam uchraydi. Ko'p hollar-
170
V


da aralash tu rin i uchratish m um kin: k o 'rish-harakatlantiruvchi, 
ko'rish-eshitish, eshitish-harakatlantiruvchi.
Xotira h a jm inin g buzilishi bosh miya yarim sharining disfunk- 
siyasiga, taq d im etilgan m a ’lumotlarni tiklash tartibidagi qiyinchi­
liklar esa — o ‘ng yarim s h a m in g disfunksiyasi bilan bog'liq.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar xotirasi bilan bog'liq m uam - 
molar bilan 
G .S .G u m e n n a y a , 
M.I. Belyajova, 
Y.F. Garkusha,
O .N .U sa n o v a va boshqa olim lar shug'ullanganlar. Bunday bolalar­
ning ko'rish xotirasi ko'lami deyarli m e'yordagidan farqlanmaydi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda xotira funksiyalarini tadqiq 
qilish shuni ko'rsatadiki, ularning ko'rish xotirasi m e ’yordan hech 
qanday farq qilm as ekan.
D izartrik bolalarda geometrik figuralarni eslab qolish ehtim o- 
li jud a kam. Bunday bolalarda bu sohadagi past natijalar idrok­
ning buzilish shakllari, fazoviy tasavvurning bo'shligi bilan bog'liq 
(I.T. Vlasenko). Bu bilan birga eshitish xotirasi kam chiliklarining 
darajasi nutq rivojlanishining pasayishiga olib keladi. A .R .L uriy a
va bo sh qalarning «10 ta so'z» metodikasi yordam ida bolalar xoti­
rasi tekshirilganda, nutqida og'ir buzilishlar bo'lgan bolalarda qator 
xususiyatlar aniqlandi: ular vazifalarni bajarish jarayonida sekinroq 
mo'ljal olishadi va u larning natijalari m e ’yordan pastroq bo'ladi.
Moto'r alalik bolalar xuddi shu m etodika asosida tekshirilganda, 
birinchi aytilgandan keyin (eshitib turib) faqatgina 3—4 ta so'zni 
qaytara olishi m a ’lum bo'ldi, bunda ular bir so'zni bir necha m arta 
qaytarishi m u m k in yoki yangi so'zlar bilan alm ashtiradi. Nutqida 
kamchiligi bor bolalar yo'l qo'yilgan xatolarini e ’tiborga olmaydilar 
va tuzatmaydilar. H a m m a bolalarda xatolarni to'g'rilash bir xil past 
darajada bo 'lar ekan. Ular 10 daqiqadan so'ng 5 ta so'zni, ertasi 
kuni — 1—3 ta so'zni eslaydilar. M otor alaliyali bolalar uchun o'nta 
so'zning o'rtadagi qismlarini eslash ayniqsa qiyin kechadi.
M otor alalik bolalarning nutqi m e ’yorda rivojlangan bolalar bilan 
solishtirilganda, eshitish xotirasi va eslab qolish unum dorligi m otor 
alaliklarda anc h a past ekani m a ’lum bo'ldi. M otor alalik bolalar tez- 
tez m urakk ab yo'1-yo'riqlarni eslaridan chiqarib q o'yadilar (uchta, 
to 'rtta pog'onali), berilgan vazifalarning ketma-ketligini alm ashti- 
radilar va b a ’zi belgilarni tushirib qoldiradilar. Bolalar yo'l-yo'riqni


aniqlash maqsadida nutq muloqotiga tayanmaydilar (L.I. Belyakova, 
Y.F.Garkusha, O.N .U sanova, E.L.Figeredo, 1991).
Faoliyat tuzilishining buzilishi yo'l-yo'riqni noaniq va uzuq- 
yuluq idrok qilish faqatgina eshitish xotirasining pasayishi bilan 
emas, balki diqqat xususiyatlari bilan ham bog'liq.
Qayta eslashdagi yo'lga qo'yilgan xatolarni nutq buzilishiga ega 
bolalar odatda sezmaydi va tuzatmaydi. Kechiktirilgan qayta eslash 
barcha nutq nuqsoniga ega bolalar toifasida bir xilda quyi (past) 
bo'lib chiqadi. Masalan: ular 10 daqiqadan keyin beshta so'zni, ke- 
yingi kun da bir-uchta so'zni qayta eslaydi.
Shunday qilib, nutqida kamchiliklarga ega bolalarda quyi- 
dagi xotira xususiyatlari kuzatiladi: ko'rish xotirasi ko'lami deyarli 
m e ’yorga to'g'ri keladi, geometrik figuralarning esda qolishi bundan 
mustasno; eshitish xotirasining um umiy pasayishi; kechiktirilgan 
qayta tiklashning quyi darajasi; m azm unli, mantiqiy eslab qolish- 
ning nisbatan saqlanishi.
A m m o bu turdagi bolalarda, mavjud qiyinchiliklarga qaram as- 
dan fikrlash, mantiqiy eslab qolish imkoniyatlari nisbatan saqlan- 
gan bo'ladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish