Paxta tolalarining elektron mikrofotografiyasi: (a) bo`ylama va (b) ko`ndalang qirqimi.
To'qimachilik va yengil sanoatda xomashyo sifatida ish- latiladigan paxta tolasi, kanop, ipak, jun kabi tabiiy tolalar va har xil sun`iy tolalarga bo`lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. To'qimachilik sanoatida qoilaniladigan xomashyo asosan ikki turga boiinadi: tabiiy va kimyoviy tolalar. Tabiiy tolalarga - tabiatdan hosil bo`lgan, o`simlik mineral tolalar va jonivorlardan olingan jun tolalari kiradi. Ya`ni, paxta, 14 kanoppoyadan, zig`irdan va boshqa o`simliklardan olinadigan tolalar, jun tolasi jonivorlardan olinadi. Mineral tolalarga esa asbest kiradi. Kimyoviy tolalarga-yuqori molekulyar birikma ta`sirida kimyoviy yo`l bilan olinadigan tolalar kiradi. Mustaqil Respublikamizda to'qimachilik sanoatini keng rivojlanishi yoiida, dunyo andozalariga mos keladigan yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanmoqda. Ushbu sanoat o`z ichiga salkam 15 ga yaqin tarmoqlami qamrab olgan. Ishlov berilayotgan xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab, quyidagi tarmoqlargabo`linadi: paxtatolasiga ishlov beruvchi, kanopni qayta ishlovchi, junga ishlov beruvchi, ipakni qayta ishlovchi vaboshqalar. Hozirgi kunda dunyo bo`yicha yiliga 24-25 million tonna paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda Vatanimiz paxta tolasini chet elga eksport qilish bo`yicha uchinchi o`rinda turadi. Shuni ta`kidlab o! tish kerakki, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi dunyoning ko`pchilik mamlakatlariga, jumladan, Rossiya, XXR, Janubiy Koreya, Indoneziya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Paxta va tolaning xo`jalik hamda texnologik ko`rsatkichlari nuqtayi nazaridan bir ko`sakdagi paxtaning va 1000 dona chigitning vazni, tola chiqishi, uzunligi, ingichkaligi, nisbiy uzilish kuchi, pishib yetilganligi, mikroneyr ko`rsatkichi, tolaning bir tekisliligi va tashqi ko`rinishi muhim ahamiyatga ega. G`o`zaning seleksion navi ma`lum morfologik va agroxo`jalik belgilariga ega boiib, ilmiy-tadqiqot muassasasida seleksiyaning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab chiqarilgan va xo`jalik nuqtayi nazaridan qiymatga ega bo`lgan g`o`za navidir. 0`zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g`o`zaning 20 dan ortiqroq rayonlashtirilgan seleksion navlari ekilmoqda. - 7 navi ko`proq Qashqadaryo viloyatida, Xorazm - 127 navi - Xorazm viloyatida, Buxoro - 6, Namangan - 77, S-6524 kabi navlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida ekilib kelinmoqda Yangi navlami ma` lum darajada cheklangan holda paxta ekiladigan xududlarga mo`ljallab yaratilishi maqsadga muvofiqdir, chunki har bir hudud sharoitiga moslashtirilib yaratilgan yangi navlar ertapisharligi, yuqori
PAXTANING SIFAT KO`RSATKICHLARINI ANIQLASH
Paxta tozalash korxonasining texnik nazorat bo`limi Paxta tozalash korxonalarida tayyorlangan paxta va undan olinadigan paxta mahsulotlarning sifatini aniqlash ishlarini texnik nazorat bo`limi amalga oshiradi. Paxta tozalash korxonasi texnik nazorat bo`limi tarkibiga korxona texnologik laboratoriyasi va korxona ixtiyoridagi paxta tayyorlash maskanlari laboratoriyalari kiradi. Tayyorlanayotgan paxta va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini aniqlashni texnik nazorat bo`limi 0`zbekiston Davlat standartlari va tegishli qo`llanma hamda sinov usullariga qat`iy amal qilgan holda amalga oshiradi. Korxonadagi texnik nazorat boiimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - standart va texnik talablarga javob bermaydigan paxtani qabul qilish va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda iste`molchilarga jo`natishning oldini olish; - tayyorlanadigan paxta va ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlari sifatini ta`minlash uchun paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonasining barcha xodimlari orasida ishlab chiqarish, texnologik va shartnoma intizomlarini har tomonlama mustahkamlash. Yuklatilgan vazifalariga binoan texnik nazorat boiimi paxta tayyorlashni, korxonada paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonini texnik nazorat qiladi hamda paxta sifatini va undan olinadigan mahsulot sifatini aniqlaydi. 21 3.2. Tayyorlash maskani hamda paxta tozalash korxonasi texnologik laboratoriyasida ishlatiladigan uskunalar Paxta va undan olinadigan mahsulotlarni, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari sifatini aniqlash uchun korxona texnik nazorat laboratoriyasi jadvalda keltirilgan ro`yxatdagi tegishli uskuna- lardan foydalanib sinovlar o`tkazadi.
Tayyorlash maskani hamda paxta tozalash korxonasi texnologik laboratoriyasi tomonidan o`tkaziladigan sinovlar va bunda ishlatiladigan uskunalar ro`yxati.
Paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonasi laboratoriyalarini texnik jihozlash Paxta va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar sifatini baholash va nazorat qilib borish uchun paxta tayyorlash maskani laboratoriyasi va paxta tozalash korxonasi texnologik laboratoriyasi 12-jadvalda ko`rsatilgan uskunalarga va idishlarga ega boimoqlari kerak. Bundan tashqari laboratoriya GOST 10681 «To`qimachilik materiallari. Namunalami konditsion holatga keltirish va sinash uchun iqlim sharoitlar va sifatlami aniqlash usullari` bo'yicha 25 belgilangan iqlim sharoitlar yaratish uchun kerakli qurilmalar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. GOST 10681 o`rta iqlimli hudud uchun kerakli iqlim sharoitlami belgilaydi: -havoning nisbiy namligi - (65±2) %, -havo harorati - (20±2) °C. Bunda ishlab chiqarish sinovlarini yengil sanoat korxona va tashkilotlarida o`tkazish havo namligi (65±5) % va harorati (20^)C bo`lganda ruxsat etiladi.
Paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonalari laboratoriyalari uchun kerakli laboratoriya asbob uskunalari.
Paxta va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar sifatini baholash va nazorat qilib borish uchun paxta tayyorlash maskani laboratoriyasi va paxta tozalash korxonasi texnologik laboratoriyasi uskunalar va idishlar bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari laboratoriya GOST 10681 «To`qimachilik materiallari. Namunalami konditsion holatga keltirish va sinash uchun iqlim sharoitlar va sifatlami aniqlash usullari` bo`yicha belgilangan iqlim sharoitlar yaratish uchun kerakli qurilmalar bilan jihozlangan bo`lishi kerak. GOST 10681 o`rta iqlimli hudud uchun kerakli iqlim sharoitlami belgilaydi: -havoning nisbiy namligi - (65 ±2) %, -havo harorati - (20±2) °S. Bunda ishlab chiqarish sinovlarini yengil sanoat korxona va tashkilotlarida o`tkazish havo namligi (65±5) % va harorati (20^) °S bo'lganda ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |