Paxta namligini aniqlash. Materialning namligi deb, uni quritishda yo`qotishi mumkin bo`lgan namlik miqdori tushuniladi. Material namligini yuqori issiqlikda doimiy quruq massagacha quritish yo`li bilan aniqlanadi. Namlikning massaviy nisbati - namlik massasining quruq modda massasiga nisbati (foizlarda). Meyorlangan (hisobiy) namlik - xomashyo yoki mahsulotning konditsion massasini aniqlash uchun meyoriy hujjat bilan belgilanadigan namlikning massaviy nisbatida (yoki namlikning massaviy ulushida) meyoriy namlik ifodalanadigan shartli namlik. Namlik - paxtadagi suv miqdori (foizlarda). Namlikning cheklangan meyori - yuqori namlikka ega bo`lgan xomashyoni qabul qilishni yoki mahsulot ishlab chiqarishni cheklovchi meyoriy hujjat bilan belgilanadigan namlik meyori. Paxta tozalash sanoatida paxta va uning mahsulotlari namligini quritish shkaflarida (Uz-7M, ShSX-1) (110±1,5)°S da va tezkor usulda USX-1, VXS, VXS-M1 va "Sifat" tezkor aniqlovchi o`lchash uskunalarida (195±2)°S da namunani quritish yo`li bilan aniqlanadi. 35 Namlikni aniqlashdan maqsad - quritish shkaflari va tezkor aniqlovchi o`lchash qurilmalarini qoilash yo`li bilan paxta namligining massaviy nisbatini aniqlashdir. Namlikni aniqlash uchun paxtadan namunalar olinadi. Namunani olish va tanlash tartibi va usullari 0`zDSt 644-standartida aniq ko`rsatib o`tilgan. Ushbu standart talablari qo`llanilish sohasi bo`yicha majburiydir. Namlikni tezkor aniqlovchi oichash qurilmalarida namlikni aniqlashda quyidagilar qoilaniladi; - USX-1, VXS-1 va VXS-MI o`lchash qurilmalari byukslar bilan. o`xshash metrologik tavsiflarga ega bo`lgan boshqa quritish shkaflarini qo`llashga ruxsat etiladi; - Aniqligi 4 chi sinfga mansub yuqori tortish cheklanishi 500 g va har bir bo`linmasi 10 mg dan yuqori bo`lmagan umumiy qoilaniladigan laboratoriya tarozisi; Quritish shkaflarida namlikni aniqlashda quyidagilar qoilaniladi: - tarkibiga metall byukslar, shuningdek GOST 9871 bo`yicha shkala bo`limi 2°C boigan kontaktli termometr, GOST 28498 bo`yicha shkala boiimi 0,5°C dan oshmagan nazorat termometri kiritilgan tabiiy havo almashtirgichli UZ-7M tipidagi yoki majburiy havo almashtirgichli SHXS tipidagi quritish shkafi, yoki termoregulyatorli UZ-8 tipidagi qurilma. Ushbu standart talablarini qoniqtiruvchi boshqa oichash qurilmalarini qoilashga ruxsat etiladi. - xlorli kalsiyga ega bo`lgan GOST 25336 bo`yicha eksikator; - aniqligi 2-chi sinfga mansub yuqori tortish cheklanishi 200g boigan laboratoriya tarozisi; - valiklari oraligi (2,0 ±0,2) mm boigan paxta chigitini maydalash moslamasi.