O’lchash vositalari va usullari



Download 423,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana25.01.2023
Hajmi423,2 Kb.
#902781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’lchash vositalari va usullari

O‘lchash o‘zgartkichi
deb o‘lchash informatsiyasi signalini ishlab berish, 
uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va uni saqlashga mo‘ljallangan, lekin 
kuzatuvchining ko‘rishi (kuzatishi) uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga 
aytiladi. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining turlari juda ko‘p. Odatda, o‘lchash zanjirida 
birinchi bo‘lgan, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o‘lchash 
o‘zgartkichiga birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan 
o‘lchash o‘zgartkichlariga esa oraliq o‘zgartkichlar nomi berilgan.
O‘lchash o‘zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va 
parametrik o‘lchash o‘zgatkichlari kiradi. 
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha datchik deb yuritiladi. Uning 
bevosita o‘lchanayotgan kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan (chuvstvitelnыy) 
element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda-termojuftlik, monometrik 
termometrda-termoballon ana shunday elementlardir. Ba’zida datchik bitta yoki bir 
nechta o‘lchash o‘zgartkichlarining konstruktiv yig‘ilmasidan iborat bo‘ladi.
O‘lchanadigan kattalikning xarakteriga qarab, o‘lchash o‘zgartkichlari 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1.
Elektr kattaliklarni yana elektr kattaliklarga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar 
E => E; 
2.
Noelektrik (elektrmas) kattaliklarni elektr kattaliklariga o‘zgartiruvchi 
o‘zgartkichlar NE =>E. 
1-turdagi o‘lchash o‘zgartkichlariga masshtabli (shunt qarshiligi, qo‘shimcha 
rezistor, kuchlanish bo‘lgichlari, o‘lchash tok va kuchlanish transformatorlari, 
kuchaytirgichlar va h.k.) o‘zgartkichlar, hamda to‘g‘rilagichli o‘zgartkichlar (yarim 
o‘tkazgichli elementlardan ishlangan (diodli) o‘zgartkichlar) kiradi. 
2-turdagi o‘lchash o‘zgartkichlariga noelektrik (elektrmas) kattaliklarni 
(masalan, mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa turdagi) elektr kattaliklariga 
o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar kiradi. Bu turdagi o‘zgartkichlar datchiklar deb 
yuritiladi va o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi. 
Masalan, moment datchigi, siljish datchigi, satx, bosim, issiqlik datchiklari va h.k. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan parametrik o‘lchash o‘zgartkichlarida kirishdagi signal 
turlicha (mexanik siljish yoki ko‘chish, bosim, og‘irlik kabi) bo‘lib, chiqishdagisi 
esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi, elektr yurituvchi kuch va 
boshqalar) bo‘ladi.
Bulardan tashqari elektromexanik turidagi elektr o‘lchash asboblarining 
asosiy qismi bo‘lib hisoblanuvchi turli tizimga oid o‘lchash mexanizmlari ham 
o‘lchash o‘zgartkichlari qatoriga kiradi. Chunki o‘lchash mexanizmlarining ishlashi 


shundayki, ularda o‘lchanadigan kattalik (ya’ni elektr energiya) mexanizm 
qo‘zg‘aluvchan qismini harakatlanishiga, yani burchakli yoki chiziqli surilishiga 
(mexanik energiyaga) o‘zgartiriladi.
Telemexanika va teleo‘lchash tizimlarida (masofadan o‘lchashlar va 
boshqarishda) 
me’yorlovchi (normiruyuщie) o‘lchash o‘zgartkichlari
keng 
qo‘llaniladi. Bu o‘zgartkichlarda har xil elektr (kuchlanish, chastota, quvvat) va 
noelektrik (bosim, harorat va boshqalar) kattaliklar unifikatsiyalangan 
(umumlashtirilgan) elektr signaliga (odatda o‘zgarmas tok signaliga) o‘zgartiladi. 
Bunga “Sapfir” turidagi bosim o‘zgartkichi misol bo‘ladi.
Har qanday o‘lchash jarayonining birdan-bir asosiy elementi operator-
kuzatuvchi hisoblanadi.
O‘lchash o‘zgartkichlarining chiqishidagi o‘lchash informatsiyasining signali 
kuzatuvchining ko‘rishi (kuzatishi) uchun moslanmagan bo‘lganligi sababli bu 
o‘zgartkichlar alohida (mustaqil) o‘lchash vositasi sifatida ishlatilmaydi. O‘lchash 
o‘zgartkichlari faqat o‘lchash asboblari bilan birgalikda yoki o‘lchash qurilmalari 
yoki tizimlarining tarkibida ishlatiladi.

Download 423,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish