1-tajriba. Sulfat kislotaning metallarga ta’siri. a) To`rtta probirka olib, ularga alohida- alohida qilib mis, rux, magniy, temir qirindisidan oz-oz miqdorda soling va ularning ustiga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan 1 ml dan qo`ying. Probirkalarning qaysi birida reaksiya borishini va qanday gaz ajralib chiqishini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Konsentrlangan sulfat kislotaning metallarga ta’siri. Probirkaga ozroq mis qirindisi yoki mis simi bo`lakchalaridan solib, ustiga konsentrlangan sulfat kislota qo`ying va past olovda biroz qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqayotganini hididan biling (ehtiyot bo`ling !) Tajriba tugagach, eritmaning 1ml miqdorini boshqa probirkaga soling va 4-5 ml suv qo`shing. Eritma rangiga qarab, unda qaysi ion borligini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiyada qaysi modda oksidlovchi va qaysi modda qaytaruvchi ekanligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |