1-tajriba. Ammoniy tuzlarining termik parchalanishi. a) Ammoniy xloridning parchalanishi. Quruq probirkaga 1-2 g ammoniy xlorid soling. Probirkani shtativga tik holatda o`rnatib, uning tuz solingan joyini ohista qizdiring. Kuzatilgan hodisani izohlang va parchalanish reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ammoniy nitratning parchalanishi. Probirkaga 1-2 g ammoniy nitrat solib, mo`rili shkaf tagida qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
v) Ammoniy dixromatning parchalanishi. Probirkaga ozroq ammoniy dixromat tuzidan soling va qizdiring. Tuz qanday parchalanadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |