Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja



Download 88,7 Kb.
bet16/59
Sana30.12.2021
Hajmi88,7 Kb.
#96293
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU

Okeanda hayotning tarqalishi.Dunyo okeanining mo‘l-ko‘l va xilma-xil hayvonot olami uning doirasida notekis taqsimlangan. Okeanda ikkita hayot zonasi yoki oblasti ajratiladi: pelagial (suv yuzasi, suv qalinligi) va bental (okean tagi).

Pelagial zonada organik hayotning eng tarqalgan joyi suvning 50 m qalanlikkacha bo‘lgan yuqori qismi hisoblanadi. Lekin bu yerda ham hayot bir xilda tarqalmagan. Biologik hayot ochiq okeanga nisbatan qirg‘oqqa yaqin joylarda juda quyuqlashgan. Bunga sabab daryolar okean va dengizlarga quyilish zonasiga katta miqdorda biogen elementlar olib kelib qirg‘oqbo‘yi suvlarini ozuqa moddalar bilan boyitadi. Shuning uchun shelfda ochiq okeanga nisbatan tirik organizmlar ko‘p tarqalgan.

Bental zonasining qirg‘oqqa yaqin 50-100 m chuqurlikdagi suv tagi qismi ham organik hayotning eng rivojlangan va hayvonlarning ko‘p tarqalgan qismi hisoblanadi. Okeanning suv yuzasi (pelagial) va suv osti (bental) zonalarida qirg‘oqlardan uzoqlashgan sari hayotning zichligi siyraklasha boradi. Bu zonalarni hayot siyrak bo‘lgan oraliq zona bir-biridan ajratib turadi. I.A. Suyetovaning (1976) ma’lumotiga ko‘ra Dunyo okeani tagining 200 m chuqurlikkacha yotgan 7,6% maydonida okeandagi jami biomassaning 59% i, 200 m dan 3000 m chuqurlikkacha yotgan 17,2% maydoni biomassaning 31,1 % i va 3000 m dan ziyod chuqurlikkacha yotgan 75,9 % maydonida biomassaning atigi 9,5 % i to‘plangan.

Dunyo okeani chuqurliklarida hayot sharoiti bir xilda taqsimlanmagan. Chunki okean sathidan chuqurlashgan sari yorug‘lik kamayadi, harorat pasayadi, biogan elementlar siyraklashadi, gidrostatik bosim orta boradi. Natijada okeanda vertikal biologik zonallik vujudga keladi. Dunyo okeani tagida hosil bo‘lgan hayot zonalari quyidagilardan iborat: litoral yoki qirg‘oq zonasi (suv ko‘tarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral zona (200 m chuqurlikkacha), batial zona (2500-3000 m gacha), abissal zona (6000 m gacha) va ultraabissal zona (6000 m dan chuqur).




Download 88,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish