Okean tagi relefi va geologik tuzilishi.
Tinch okean tagi relefi va uning geologak strukturasi juda murakkab tuzilgan. Uning relef shakllarini tarkib topishida suv osti botiqlari, chuqur cho‘kmalari, tog‘lari, qirlari, platolar va marjon riflari ishtirok etadi. Tinch okeanning katta qismi Shimoli-G‘arbiy, Shimoli-Sharqiy, Markaziy, Janubiy va Bellinsgauzen botiqlari bilan band. Bulardan tashqari okeanning g‘arbida o‘rtacha kattalikka ega bo‘lgan Filippin botig‘i, Mariana qirlari ajratib. turgan G‘arbiy .va Sharqiy Mariana botiqlari, Eauripik qiri ikkiga bo‘lib turgan G‘arbiy va Sharqiy Karolina botiqlari, Kapingamaranga qirlari va Gilbert tizmasi oralig‘ida Melaneziya botig‘i joylashgan. Avstraliyadan sharq tomonda Shimoliy va Janubiy Fidji botiqlari hamda. Tasmaniya botig‘i joylashgan. Tinch okeanning sharqiy qismida g‘arbiga nisbatan botiqlar juda ham uchraydi. Bular Chili, Peru, Sanama va Gvatemala botiqlaridir.
Shelflar Tinch okean havzasida asimmetrik shaklda joylashgan bo‘lib, ularning kengligi g‘arbda - Bering, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida 700-800 km gacha chuqurligi 150-500 m gacha boradi. Sharqda esa aksincha shelflar juda ham tarqalgan. Amerika sohillarida ularning kengligi bir necha o‘n kilometrdan oshmaydi. Okeanning materik yon bag‘irlari aksariyat hollarda zinapoyasimon -ko‘rinishga ega, vodiyga o‘xshash suv osti kanonlari ko‘p.
Tinch okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlaridan tortib to Yangi Zelandiya oroligacha bo‘lgan masofada cho‘zilib yotgan yoysimon orollar yonida ularga parallel ravishda joylashgan chuqur suv osti cho‘kmalari - Aleut (7822 m), Kuril-Kamchatka (9783 m), Yaponiya (8412 m), Idzu-Bonin (9810 m), Volkano (9156 m), Mariana (11022 m), Filippin (10265 m), Tonga (10882 m), Kermadek (10047 m) kabi cho‘kmalar bor. Okeanning sharqida, Amerika sohillarida Markaziy Amerika (6639 m), Peru (6601 m) va Chili (8180 m) cho‘kmalari mavjud. Shulardan dunyo bo‘yicha eng chuquri Mariana hisoblanadi. Yonma-yon joylashgan yoysimon orollar va chuqur cho‘kmalar yagona tizimga birlashib hozirgi zamon geosinklinal mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqaning harakterli xususiyati vulkanlarning serharaktchanligi va zilzilalarning tez-tez takrorlanib turishidir. Okean tagidagi vulkanlarning otilishi natijasida chiqqan lavalar hajmi materiklardagi lavalar hajmidan uch baravar ortiq.
Okeanning sharqiy qismida yirik geologik strukturalardan biri Sharqiy Tinch okean ko‘tarilmasi joylashgan. U meridian bo‘ylab qariyb 9000 km masofaga cho‘zilgan va bir necha joylarda ko‘ndalangiga. Galapagos, Pasxi, Chellenjer va Menard tektonik yoriqlari bilan kesilgan. Ko‘tarilmaning eng baland nuqtasi Pasxi orolida okean sathidan 539 m ko‘tarilib turibdi, uning etaklarida okeanning chuqurligi 3500-4000 m ga teng. Okeanning janubiy qismida Janubiy Tinch okean ko‘tarilmasi kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.
Avstraliya sohillaridan sharq tomonda meridian bo‘ylab cho‘zilgan va bir-biriga parallel ravishda joylashgan Katta To‘siq rifi, Lord-Xau va Norfolk tog‘lari hamda Kolvill-Lau tizmalari bo‘lib, ular okean tagi relefining murakkab shakllaridir. Yangi Zellandiyaning sharqida Chatek suv osti balandligi va janubida Kemyofell suv osti platosi joylashgan. Okeanning g‘arbiy qismida Shimoli-G‘arbiy tizma, Shatskiy balandligi va Markus-Nekker tog‘i suv tagida ko‘tarilib turibdi.
Okean tagida cho‘kindi jinslar keng tarqalgan.Ularning tarkibitektonika va okean tagi relefi bilan uzviy bog‘liq. Chuqur suv osti, cho‘kmalarida terrigen yotqiziqlar, gil cho‘kindilar va ohaq jinslar uchraydi. Tinch okean g‘arbiy qismining tagida boshqa cho‘kindilar qatori vulkan jinslari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |