Antarktika oblasti tabiiy sharoiti jihatidan Arktika oblastiga o‘xshash bo‘lib, suvining harorati doimo past, muzlik rejim uzoq davom etadi va h.k. Uning janubiy qismi Sirkum qutbiy kichik oblastiga, shimoliy qismi Notal – Antarktika kichik oblastiga qaraydi. Antarktika suvlaridan dengiz olabug‘asi, kit, kasholot, kasatkalar ovlanadi. Baliqlar va sut emizuvchilar keng tarqalgan qisqichbaqasimon krilllar bilan oziqlanadi. Antarktika uchun pingvinlarning bir necha turlari harakterli. Qirg‘oqqa yaqin joylarda dengiz mushugi, dengiz fili, dengiz qoploni, tyulenlar yashaysdi. Janub kiti, kichik kit, kurak oyoqlilarning ayrim turlari endemik hisoblanadi.
2-MAVZU: TINCH OKEANIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF. TINCH OKEANI SUVLARI: SHO’RLIGI, HARORATI, OQIMLARI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.
Do'stlaringiz bilan baham: |