Оилавий муносабатларни тартибга солиш ва фарзанд тарбиясида ҳадислардан фойдаланиш имкониятлари



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.02.2021
Hajmi0,53 Mb.
#59424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 yoshli bolalar bilim va ijtimoiy rivojlanishida oila tarbiyasi metodlarining tasiri

2.2.

  

5-7 yoshli bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining o’rni va 

hadislardan foydalanish  imkoniyatlari 

 

Xalq  pedagogikasining  talaba-yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashdagi  o’rni 

va  xadislardan  foydalanish  imkoniyatlari  haqida  fikr  yuritishdan  oldin  uning 

tarbiyaviy  imkoniyatlarini  aniqlab  olish  zarur.  Bu  borada  ma`lum  ilmiy-amaliy 

tajribalar to’plangan bo’lib, u xalq pedagogikasining yosh avlodni oilaviy hayotga 

tayyorlashda  qo’llanilishi  muhim  bo’lgan  pedagogik  bilimlar,  tushunchalar, 

tamoyillar sifatida ifodalanadi.  

Bizningcha,  xalq  pedagogikasining  o’rni  va  xadislardan  foydalanish 

imkoniyatlarini  ta`lim-tarbiyaviy  jihatdan  uzviy  birlikda  qaramoq  maqsadga 

muvofiqdir.  SHunga  ko’ra  xalq  pedagogikasining  tarbiyaviy  imkoniyatlariga 

tajribada uning ta`limiy (didaktik) imkoniyatlarini ham kiritish lozimdir.  

Biz yuqorida shu nuqtai nazardan xalq pedagogikasining o’rni va xadislardan 

foydalanishning  ta`lim-tarbiyaga  doir  imkoniyatlarini  «YOsh  avlodni  oilaviy 

hayotga  tayyorlashda  qo’llanilishi  muhim  bo’lgan  pedagogik  bilimlar, 

tushunchalar, tamoyillar» deb ta`rifladik. 

Biz ko’rib chiqayotgan masalamiz xalq pedagogikasining o’rni va xadislardan 

foydalanish,  oilaviy  hayotga  tayyorlash  imkoniyatlari  deganda,  uning    oilaviy 

hayotga doir pedagogik bilimlar, tushuncha va tamoyillarning yoshlarni tarbiyalash 

tizimiga tadbiq etishdagi shart-sharoitlari tushuniladi. 

SHunday  ekan,  oilaviy  tarbiyaga  doir  tushuncha  va  tamoyillar  uning 

manbalari asosida yoshlarga etkaziladi. Bunda xalq pedagogikasining manbalari va 

xadislardan foydalanish aynimuddaodir. 

Aytish  lozimki,  xalq  pedagogikasida  ta`lim-tarbiyaga  doir  empirik  bilimlar 

ko’proq  xalq  og`zaki  ijodida  namoyon  bo’lgan.  Xalq  og`zaki  ijodi-folklor-xalq 

donishmandligi  bo’lib,  xalqning  didi  va  zavqi,  ijtimoiy-tarixiy,  siyosiy,  falsafiy, 

badiiy-estetik qarashlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ana shu qarashlari tarkibida 

turli sohalarga oid bilimlar ifodalanadi. CHunki xalqning butun hayotiy, ijtimoiy-

maishiy turmush tajribasi maqollar va iboralarda aks etadi. 




 

41 


SHuning  uchun  ham  xalq  og`zaki  ijodining  ijtimoiy  qimmati  ma`rifiy, 

g`oyaviy-tarbiyaviy  va  estetik  ahamiyati  bilan  belgilanadi.  Uning  ma`rifiy 

ahamiyati  shundaki,  u  xalqning  tarixi,  urf-odati,  maishiy  turmushi,  dunyoqarashi, 

hayotga  munosabati,  orzu-umidlari  haqida  bilim  beradi.  SHuning  uchun  ham 

talaba-yoshlar  ongiga  milliy  istiqlol  mafkurasini  singdirish  muhim  tarbiyaviy 

ahamiyatga  ega.  Bularning  barchasi  xalq  og`zaki  ijodining  tarbiyaviy  imkoniyati 

katta ekanligini ko’rsatadi. 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                              

YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda «To’y qo’shiqlari» ham katta ahamiyatga 

ega.  To’y  qo’shiqlaridan  «yor-yor»lar  yigit-qizning  baxtini  tilash,  ularning 

kelajagini ulug`lash bilan boshlangan. Bu «yor-yor»da qizning baxtli umrga qadam 

qo’yishdek yupanch hissigina uning ota-onasi bilan xayrlashuviga, balog`at yoshga 

etkizgan ota-ona xonadonidan chiqishda bir yupanch bo’ladi. 

«YOr-yor»  aytuvchilar  ko’z  yoshi  bilan  qadrdon  ota-onasi  va  boshqa  oila 

a`zolari  bilan  xayrlashayotgan  qizni  oldinda  obod  xonadon,  sevimli  yor 

kutayotganini aytib, uni yupatishga harakat qiladilar, yangi oilaga chorlaydilar.    

YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda,  ayniqsa,  diniy  ta`limot  o’ziga  xos 

xususiyatga  ega.  Zero,  asrlar  osha  islom  axloqi  o’z  vaqtida  har  bir  mo’min-

musulmonning axloqiy tarbiyasiga ta`sir etgan. 

Islom dini kishilarda axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda ijobiy ahamiyatga ega. 

YOshlarni  axloqiy  etuk  inson  sifatida  tarbiyalash,  yaxshi  fazilatlar  va  ma`naviy 

xislatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. 

«Qur`oni  karim»da  Olloh  barcha  yaratgan  narsalarni,  mavjudotlarni, 

maxluqotlarni,  odam  va  uning  avlodlarini  juft  qilib  yaratganini  xabar  berib 

shunday deydi: «Er  undirib – o’stiradigan narsalardan, odamlarning o’zlaridan va 

yana  ular  bilmaydigan  narsalardan  iborat  barcha  juftlarni  yaratgan  Olloh  har 

qanday aybu nuqsondan pok zotdir» (YOsin-30). 

Demak,  Olloh  bu  dunyodagi  hayot  bo’lishi  va  odam  naslining  uzilmasligi 

uchun juft bo’lib yashamoqlikni sunnati ilohiysi bilan belgilab qo’ygan (Nahl-72). 



 

42 


«Olloh sizlar uchun o’zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun 

bolalar,  nabiralar  paydo  qildi  va  sizlarni  halol  pok  rizqlardan  bahramand  etdi» 

(Nahl - 72). 

Inson  hayotidagi  eng  muhim  voqea  oila  qurishga  katta  e`tibor  bergan  va 

oyatlarda  oila,  uning  tinch-totuvligi,  mustahkam,  ahil  bo’lishi  haqidagi  ilohiy 

ko’rsatmalar o’rin olgan. 

Islomda  har  bir  inson  o’ziga  doimiy  sukunat  va  orom  baxsh  etishga  sabab 

bo’ladigan  umr  yo’ldoshini  ixtiyor  etishda  shoshilib,  zohiriy  husnu  jamol,  molu 

dunyo  yoki  naslu  nasab  kabi  o’tkinchi  narsalarga  berilmay,  balki  bo’lajak  jufti 

halolining axloqi, odobi va diyonatiga ahamiyat berish targ`ib etilgan. 

Ixtiyor  etilgan  ayol  inson  farzandlarining  onasi,  o’zining  umri  bo’yi  yaxshi-

yomon kunlariga madad bo’ladigan va suhbatdosh turmush o’rtog`i bo’lishi kerak. 

Payg`ambarimiz  Muhammad  S.A.V.  ayol  tanlashda  quyidagilarga  e`tibor 

berish  zarur  ekanligini  bayon  etganlar:  «Ayollarni  to’rt  xislati  uchun  nikohga 

olinadi:  moli  dunyosi  uchun,  chiroyi  uchun,  nasli-nasabi  uchun  va  dinu  diyonati 

uchun, sen  ey  muslim,  dinu diyonatli  ayolni  tanlagin!  CHunki  dinu  diyonatli qiz-

ayol  axloqli,  odobli,  iffatli  bo’lib,  o’zining  va  erining  sharafini  saqlaydirgan, 

erining  ota-onasi,  qarindosh-urug`larining  hurmatini  joyiga  qo’yadirgan,  erining 

halol  rizq  topib  kelishiga  sabab  bo’ladirgan,  farzandlarini  yaxshi  tarbiyalaydirgan 

mehribon ona bo’lishi tabiiy holdir». 

Bunday  ayolga  musharraf  bo’lish  Ollohning  eng  ulug`  ne`matidan  ekanini 

Rasululloh o’zlarining hadislarida bayon qilib shunday deganlar: «Mo’`min banda 

Ollohga  bo’lgan  imonidan  so’ng  erishgan  eng  yaxshi  narsa,  soliha  xotin  bo’lib, 

unga qarasa xursand qiladi va Ollohning amrini bajarishda eriga yordam beradi». 

Ayollarning  faqat  chiroyiga  maftun  bo’lib,  axloq-odobini,  diyonatini,  naslini 

surishtirmay  ixtiyor  etishdan  Rasululloh sallollohu  Alayhi  vassalam  ogoh  etadilar 

va  e`tiqodsiz,  axloqsiz  oilada  voyaga  etgan  ayol-qizlarga  uylanishdan  o’zingizni 

asrang, deydilar. 

«Al-Isro» surasining 23-oyatida esa «Parvardigoringiz yolg`iz. Uning o’ziga 

ibodat  qilishlaringizni  hamda  ota-onaga  yaxshilik  qilishlaringizni  amr  etdi.  Agar 




 

43 


ularning  (ota-onangizning  birovi  yoki  har  ikkisi  sening  qo’l  ostingda  keksalik 

yoshiga  etsalar, ularga  qarab  «uf»  tortma  va  ularning  so’zlarini  qaytarma!  Ularga 

(doimo)  yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanoatini past tut,  

hokisor  bo’l  va:  «Parvardigorim  meni  (ular)  go’daklik  chog`imdan  tarbiyalab 

o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!  

Ushbu ikki oyat Islom barcha mo’min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga 

yaxshilikni  yolg`iz  Olloh taologa  ibodatdan  keyingi ikkinchi  vazifa  qilib  qo’yadi. 

Lekin  ana  shu  oyati  karimada  ota-onaning  huquqini  qozonish  uchun  bola 

tug`ishning  o’zi  kifoya  qilmay,  balki  ularga  ta`lim-tarbiya  berish  kerakligi  ham 

uqtirilgan. 

«Qur`oni karim»da oila va uning mustahkamligi – farzand tarbiyasi, poklik va 

soflik,  insoniy  xislatlar,  adolat  va  mehr-muruvvat,  saxovat  kabilarga  katta  e`tibor 

berilib,  bu  tamoyillar  Hadisu  shariflarda  yanada  rivojlantiriladi.  Hadislarda  ham 

eng  ko’p  ta`riflar  ota-onani  rozi  qilish,  qarindoshlarga  muomala-munosabat,  aka-

uka,  opa-singil  haqida  mehr-shafqat,  karam  haqida,  yaxshi  xulqlar  va  yomon 

illatlar,  shuningdek,  oilaviy-maishiy  yondashmalar  haqida  ham  muhim  fikrlar 

aytilganki,  ular  yoshlarimizni  to’g`ri  yo’lga  boshqaradi.  Bu  fikrlar  oila va  oilaviy 

hayotga  tayyorlagan  barcha  ta`limiy-axloqiy  asarlarga  asos  bo’lgan.  Hozirgi 

davrda esa oilaning mustahkamligi, oilaviy munosabatlarni oqillik bilan yuritishda 

islomiy tushuncha va tamoyillar katta ahamiyatga ega.  

Hadisi sharifda  o’z  ifodasini  topgan  asosiy  tamoyillarda  Ollohni  yagona  deb 

bilish  va  uning  talablarini  bajarishda  asosan  iymon-e`tiqodli  bo’lish  nazarda 

tutiladi. 

«Agar er bilan xotin bir-biriga muhabbat-do’stlik nazari bilan qarasalar, Alloh 

taolo ularga rahmat nazari bilan qarar. Agar er xotinning qo’lidan tutsa, gunohlari 

barmoq  orasidan  to’kilib  ketar»  deyilgan  hadisda  :  oilaning  tinchligi,  ularning 

rohatli turmushi shu oilaning boshida turgan er bilan xotinning oralaridagi do’stlik 

muhabbatlariga  bog`langan.  Er  bilan  xotin  totuv  bo’lib,  birining  ishi  ikinchisiga 

yarasa, biri topgan narsani ikkinchisi qo’lini qo’liga berib ortirishga harakat qilsa, 

bu oilaga Allohning rahmati tashar. Bular uchun dunyo rohat, tinchlik uyi bo’ladi. 




 

44 


Agar er bilan xotinnig orasida do’stlik, muhabbat bo’lmasa, birining ishlagan ishi 

ikkinchisiga  yaramasa,  biri  topgan  narsani  ikinchisi  bittirishga  tirishsa,  ma`lumki 

bular dunyoda rohat, tinchlik ko’ra olmay umrlarini  zoyi` o’tkazadilar. 

“Xotin  erlarining  yarim  qismidirlar”    deyilgan  xadisda  :  turmush  dunyosida 

erlarning  g`ayrati,  tirishqoqligi  naqadar  kerak  bo’lsa,  xotinlarining    ham 

o’shanaday harakat qilishlari kerak. Oila boshlig`i bo’lgan er o’z ishida bor kuchi 

bilan  o’arakai  qilsa-yu  uning  topgan  molni  xotin  ko’paytirishga  tirishmasa,  balki 

kerakmas  o’rinlarga ishlatib birirsa, u  oilaning  turmushi hech  olg`a  keta olmaydi. 

Xotinlar  erlarining  yarim  i  qismi  bo’lgach,  ular  erlarining  turmushlariga  yordam 

bermoqlari  kerak.  Bu  esa  xotinlarning  uquvlariga  bog`liq.  Turmushga  kerak 

bo’lganlaridan  xabari  bor  xotin  erining  dunyosiga  allaqachon  engilliklar  bergan 

holda,  nodonligi  sababli  er  elkasiga  chiqib  olgan  xotin  erining  turmushida  og`ir 

yuk bo’lib turadi.  

“Jannat onalar oyoqlari ostidadir” – bola tarbiyasining eng og`ir, mashaqqatli 

vaqti,  bolaga  odob-axloq  o’rgatish  ona  qo’liga  topshirilgan  vaqtidir.  Odam 

bolasining  turmush  maydonida  topgan  narsalarning  hammasini  ona  qo’ynida 

berilgan tarbiyaning ozig`i deb bilmoq kerak. Dunyoda ham, oxiratda ham tinchlik 

tilagan  kishi  butun  og`irliklarini  ko’targan,  yuragiga  millat  ham  turmush  urug`ini 

sochgan oasining rizoligini olishga, uni tegishigicha hurmat qilish lozim. Onalarini 

ranjitgan,  ularni  hurmat  qilmagan  axloqsiz  bolalar  Alloh  taolo  tarafidan  hech  bir 

vaqt yordam ko’ra olmaydi.  

“Odamlarning yomonrog`i  bor davlati bilan xotin va bola-chaqalariga torlik 

qiluvchi  kishidir”  -  Bahilligi  bilan    kishilik  dunyosiga  foyda  qilmagan  odamlar 

Alloh  oldida,  xalq  oldida  eng  yomon  kishilardan  sanalsalarda,  davlati  bo’la  turib 

oilasini qisgan, ularning tarbiyalariga zarar keltirgan kishi qadar yomoni ko’rilgan 

emas.  Ko’ngilda  bola    shafqati  bo’lgan  ota,  xotin  muhabbati  bo’lgan  erlar 

qiyinchiligik  bilan  topgan  davlatlarining  hammasinishular  foydasiga  qurbon 

etadilar.  Bunday  otalar  xalq  orasida  ham,  Alloh  taolo  oldida  ham  eng  muhtaram 

otalardan  hisoblanadilar.  Ammo  ba`zi  bir  otalar dunyoning  bor  og`irliklarini xotu 

bolalar  ustiga  yuklaydilar.  Bunday  otalarni  Rasuli  akram    odamlarning  eng 




 

45 


yovuzidan  hisolangan.  Zotan  bunday  shavqatsiz,  baxil  ko’ngillik  otalar  shu 

darajada hisoblanadilar. 

“Otaga  bo’ysunmoq,  Allohga  bo’ysunmoqdir.  Otani  norozi  qilmoq,  Allohni 

norozi qilmoqdir” – ota-onalar bolalarning mushkul kunlarida tarbiya qilib, kishilik 

darajasiga  etishiga  sabab  bo’lganliklaridan,  Alloh  taolo  ularga  itoat  qilishni  vojib 

qilib, ularga qattiq so’z aytishdan ham tiygan. Hatto ularga qarshilik qilishni o’ziga 

qarshilik qilish kabi buyuk gunohdan sanalgan. 

“Ota o’zining bolasiga ko’rkam odobdan ortiq hadya bera olmas” – har bir ota 

o’zidan  keyin  qolgan  bolasining  dunyoda  baxli  bo’lishini,  rohatda  yashashini 

istaydilar.  SHu  yo’lda  umrning  oxiriga  qadar  tirishadilar,  bolasining  maishatini 

engil qilish uchun ko’p vaqt allohning buyruqlarini qo’yib, o’z ustiga gunoh ham 

yuklaydi lekin bolasining rohat turmushi uchun eng kerakli bo’lgan ko’rkam xulq 

o’rgatilmaganligidan, bechora otaning necha yillar buyuk kuch, ortiq g`ayrat bilan 

tirishib yig`gan molni bolasi ozgina bir vaqt ichida behudaga sarf qilib qo’yar-da, 

bir  umr  baxtsiz  bo’lib  yashashga  mahkum  bo’ladilar.  Bu  esa,  otalari  qilgan 

xatoliklarning mevasir.    

“Qaysi bir odam ota-onasini e`zozlasa, u kishi baxli bo’lsin. Alloh taolo unga 

uzoq  umr  bersin”-    bolalrni  yosh  vaqtlarida  butun  og`irliklarini  ko’tarib,  tarbiya 

qilish,  ularga  dinu  dunyo  yo’llarini  o’rganish,  ota-onalarning  vazifalari  bo’lib, 

ularda  shu  buyuk  mashaqqatli  vazifalarni  ortiq  kuchu  g`ayrat  bilan  bajarishga 

intiladilar.  Bolalarning  dunyoda  rohatu  saodatlari,  hammasi  ota-ona  qo’lidagi 

tarbiya mevasidir. Ota-onalarning shu buyuk xizmatlriga mukofot o’laroq, ularning 

keksa kunlaridagi butun tarbiyalari bola ustiga yuklatilgan. Bu insoniyatu islomiyat 

burchi  bo’lgan  ishni  kerakligicha  o’tay  olgan  bolalrga  Alloh  tarfidan  katta  baxt 

va`da etilgan va har bir kishi bundan g`ofil bo’lmasligi kerak.   

Hadislarda  insonning  kamolotga  erishishi  uchun  talab  etiladigan  insoniy 

fazilatlar  ifoda  etilgan  bo’lib,  ushbu  fazilatlar  sirasiga  o’zgalarga  meHr-oqibat 

ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan 

muruvvatli bo’lish, ularga g`amxo’rlik qilish, vatanga muHabbat, meHnat va kasb-

Hunarni  ulug`lash,  Halollik,  poklik,  do’stlik,  oliyjanoblik,  raHm-shafqatlilik, 




 

46 


kamtarlik,  rostgo’ylik  va  vijdonlilik  kabi  xislatlar  kiritiladi.  Bundan  tashqari, 

insonning  o’zini  yomon  illatlardan  tiyishi,  yaxshilik  sari  intilishi  kerakligi 

borasidagi  pand-nasiHatlar  Ham  o’z  aksini  topganki,  bularning  barchasi  Qur`oni 

Karimda 


qayd 

etilgan  ko’rsatmalarga 

asoslanilgan  va 

komil 


insonni 

shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. 

Islom  ta`limoti  g`oyalariga  ko’ra  Har  bir  musulmon  eng  avvalo  iymonli 

bo’lishi  kerak.  Qur`oni  Karimda  ta`kidlanganidek,  Islom  dini  ta`limotining 

yaratilishidan  muddao,  murod  kishilarda  iymon,  e`tiqodni  shakllantirishdir. 

Hadislarda  iymonning  mukammal  va  mustaHkam  bo’lishi  quyidagi  uch  shartga 

qat`iy amal qilinishiga bog`liqligi ko’rsatilgan: 

- to’g`ri e`tiqodli bo’lmoq; 

- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq; 

- kishi o’z ustida ishlamog`i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog`i. 

Xulosa  qilib  aytganda,  oilaviy  munosabatlarni  shakllantirishda  va  farzand 

tarbiyasida  hadislardan  foydalanish,  yosh  avlodni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda 

ta`lim-tarbiya  metodlari,  usullari  keng  qo’llanilganki,  o’zining  amaliyligi, 

avloddan-avlodga o’tib, tajribada sinalganligi va hayotiyligi bilan tarbiya tizimida 

katta  ahamiyatga  egadir.  Biz  bu  borada  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda 

qo’llanilgan  metod  va  usullar,  farzand  tarbiyasida  ota-ona  ibrati,  oilada  bolalarni 

aqliy,  axloqiy,  mehnat  va  hunar,  estetik  va  jismoniy  tarbiyasida  xalq    hikmatlari, 

maqol  va  iboralar,  hikoyatlar,  rivoyatlar,  ertaklar,  dostonlarda  xalq  foydalangan 

metod va usullarni hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo’llash 

muhim  hisoblanadi.  

 

 

 



 


 

47 


 

 

UMUMIY XULOSALAR 



  Muhim 

ijtimoiy 

institut 

hisoblangan 

oila 

yoshlar 


ma`naviyatini 

shakllantirishda asosiy tayanchdir. Haqiqatan ham har bir oilaning mustahkamligi, 

oila  a`zolarining  tinch  va  farovon  hayot    kechirishi,  o’zaro  hurmat  va  izzatda 

yashashi 

uchun 

yoshlarni 



kelgusi  oilaviy 

hayotga 


tayyorlashda 

xalq 


pedagogikasining boy tajribasidan foydalanish katta ahamiyat  kasb etadi.  

Keyingi  yillarda  yosh  avlodni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda    milliy 

qadriyatlardan foydalanish  kontseptsiyasi yaratildi. Oilaviy  tarbiya sohasida xalq 

pedagogikasining  imkoniyatlari,  shakl  va  metodlari  ishlab  chiqildi.  YOshlarni 

oilaviy  hayotga  tayyorlashda  xalq  pedagogikasining  imkoniyatlari  va  farzand 

tarbiyasida hadislardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.  

YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ham xalqimiz boy tarbiyaviy merosga 

ega.  Ana  shu  boy  merosimizdan  foydalangan  holda,  yoshlarni  oilaviy  hayotga 

umuminsoniy,  ma`naviy-axloqiy,  huquqiy,    ruhiy,  fiziologik-gigienik,  pedagogik, 

estetik, iqtisodiy-xo’jalik yo’nalishlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 

YOshlarni  mazkur  yo’nalishlarda  oilaviy  hayotga    tayyorlash  o’ziga  xos 

xususiyatga ega bo’lib, bular ularning ijtimoiy huquq va burchlarini egallab olishi, 

o’z-o’zini  anglashini  rivojlantirish  asosida  yoshlarning  kasb  tanlashi  va    oilaviy 

hayotga  tayyorlanishga  oid  shaxsiy  hayot  tarzi  ham    shakllana  boradi.  Bu  davrda 

fiziologik o’zgarishlardan ko’ra,  ijtimoiy o’zgarishlar ko’proq  namoyon  bo’ladi. 

YOshlarning  to’g`ri  kasb  tanlashi,  salomatligini  yo’lga  qo’yishi,  sevgi-muhabbat 

tuyg`usini  jilovlay  olishi,  turmush  tarzi,  bo’sh  vaqtini  to’g`ri  tashkil  eta  olishi 

muhimdir.  

YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  ilmiy  asosga  va  amaliyotga  tayanadi.  

SHunga ko’ra, ayniqsa mustaqillik yillarida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda.  

YOshlarni  oilaviy  hayotga  ijtimoiy-maishiy,  ma`naviy,  ruhiy,  jinsiy 

tayyorlashda  oila  muvofiqligiga  e`tibor,  ma`naviy-axloqiy  shakllanganlik  yoki 




 

48 


muomala  me`yorlariga  rioya  etish,    nikoh  to’g`risidagi  qonun  asoslari    bilan 

qurollantirish alohida ahamiyatga ega. 

Oila  qurishga    psixologik  jihatdan  tayyor  bo’lish;  fiziologik-gigienik 

tayyorgarlik;  pedagogik  bilim  bilan  qurollanish,  oilaviy  hayotga  estetik 

munosabatni shakllantirish  muhim  bo’lib,  bunda oilaning  maishiy  imkoniyatlarini  

bilish,  oilada  ma`naviy-psixologik  muhit  yarata  olish,  qurilajak  oilaning  modelini 

loyihalash  malaka  va  ko’nikmalarini  hosil  qilishdan  iboratdir.  Buning  uchun 

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosini pedagogika fanida ilmiy-amaliy 

jihatdan  ishlab  chiqish,  oilada  yangi  ijtimoiy  sharoitda  mustaqil  fikrlaydigan 

barkamol  shaxs  tarbiyasining  bir  butun  tizimini  yaratish;  mustaqillik  sharoitida 

yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda    milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlardan 

foydalanishda    hozirgi  davr  talablari  bilan  uyg`unlashtirish  yo’llari,  mazmuni, 

shakl va metodlari, vositalari mavjud.  

YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  xalq  pedagogikasi  va  hadislardan 

foydalanishning  imkoniyatlari  katta  bo’lib,  bular    didaktik  va  tarbiyaviy,  ya`ni 

pedagogik  bilimlar, 

tushunchalar, 

tamoyillar 

tarzida  ifodalanadi. 

Xalq 


pedagogikasi va hadislardan foydalanishning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash 

imkoniyatlari  deganda,  oilaviy  hayotga  doir  pedagogik  bilimlar,  tushuncha  va 

tamoyillarning  yoshlar  tarbiyasiga  tadbiq  etishdagi  shart-sharoitlariga  aytiladi. 

Bunda  xalq  pedagogikasi  va  hadislardan  foydalanishning  mazmuni  keng  va  boy 

material beradi.  

Hozirgi  davrda  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda,  avvalo,  ularning  oila 

haqidagi tasavvurlarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Oila-nikoh masalalari, 

oilada  yuzaga  keladigan  turli  vaziyatlar  va  yoshlarning  ularni  hal  etishga  tayyor 

emasliklaridan dalolat beradi.  

Sotsiologlarning  fikricha,  yoshlarning  oilaviy  hayot  haqidagi  tasavvurlarini 

boyitish  maqsadida  oilada  sog`lom  psixologik  muhit  yaratishda  yoshlarni  maxsus 

bilimlar  bilan  qurollantirish,  pedagogik-psixologik  maslahatxonalari  tashkil  etish, 

oila ma`naviyati bilan har bir talabani tanishtirib borish, oila –mahalla-oliy o’quv 

yurti  tizimida  oila-nikoh  masalalarida    ish  olib  boruvchi  faollar  guruhini  tashkil 




 

49 


etish, yoshlarni tibbiy ko’rikdan muntazam o’tkazib borish va tibbiyot hamda xalq 

tabobatiga doir bilimlar  bilan  qurollantirib borish maqsadga muvofiqdir 

SHunga ko’ra  yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning eng maqbul metod va 

shakllarini izlab topish, ularni ta`lim tizimida qo’llash ajdodlarimiz boy merosidan 

o’rinli  foydalanish,  ma`ruzalar  va  amaliy  mashg`ulotlarda  «Oila  pedagogikasi» 

maxsus  kursi  hamda  «Ijtimoiy  va  oila  pedagogikasi»,  «Ijtimoiy  va  oila 

psixologiyasi»  o’quv  fanlari,  «Pedagogika»,  «Pedagogika  tarixi»  kabi  fanlardan 

oila munosabatlari va farzand tarbiyasi to’g`risida ma`lumotlar berib boriladi.  

YUqoridagi  fikrlarga  asoslanib  quyidagilarni  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiq:  

  Oila va Vatan tushunchasidagi uyg`unlikning asl mohiyatini anglab etish; 



  Oila  va  mafkura  tushunchalarining  o’zaro  bog`liqligi,  oilaning  ijtimoiy 

omillardan ekanligini talaba-yoshlar ongiga etkazish; 

  Oilaning  jamiyatdagi  o’rni,  uning  ijtimoiy  institut  sifatida    mavqeini 



ko’tarish;  

  Oilaning tarbiyaviy–axloqiy ahamiyati darajasini oshirish; 



  Oilaning  qadr-qimmatini yuqori ko’tarish; 

  Oila va millat manfaati  uchun faollik ko’rsatish; 



  Oilaning  ma`naviy  tayanchlari,  bobolar  o’giti,  otalar  ibrati,  ona  mehriga 

e`tiborni qaratish; 

  Oila  a`zolarining  o’zaro  munosabatlarini  to’g`ri  yo’lga  qo’yish,  oila 



barqarorligi va mustahkamligini  ta`minlash; 

  YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasi va hadislardan 



foydalanishning mohiyatini chuqur etkazish va boshqalar.  

Xalq  pedagogikasi  namunalariga  tayangan  holda  yoshlarni  oilaviy  hayotga 

tayyorlashning o’ziga xos  kontseptsiyasi mavjud bo’lib, unda mehnat tarbiyasi va 

hunar  o’rganishga    doir  an`analarimizni,  Vatanga  muhabbat  va  vatanparvarlik 

tuyg`ularini  va  barcha    insoniy  xislatlarni  yoshlar  ongi  va    qalbiga  uzluksiz  

singdirib borish, mahalla-oila-oliy o’quv yurti tizimida  barcha tadbirlarni amalga 

oshirish,  oilada  katta  yoshlilarga,  ustoz-murabbiyga  hurmat  tuyg`usini  



 

50 


shakllantirishda  milliy  an`analarimizni  tiklash,  o’zbek  xalqining  mehmondo’stlik  

xislatlarini  xalqlar  o’rtasida  hamjihatlik,  do’stlik,  millatlararo  totuvlik,  ijtimoiy 

hamkorlik    darajasiga  ko’tarish,  turmush  estetikasini  tarkib    toptirish,  tabiatni 

sevish  va  uni  avaylab    asrash,  ko’paytirish  va  boshqa  masalalar  o’z    ifodasini 

topgan.  

Demak,  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  xalq  pedagogikasidan    va 

farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish asosida quyidagi xulosalarga keldik: 

1. Barkamol  shaxs  dastlab  oilada  shakllanadi  va  oila  an`analari  uning 

hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z  o’rniga ega bo’lishda katta ahamiyat kasb etadi. 

SHuning  uchun  ham  oilani  mustahkamlash  davlat  ahamiyatiga  ega  bo’lgan 

muammolardan  hisoblanadi. YOshlarning g`oyaviy-mafkuraviy sohada o’ziga xos 

yo’l    topa  olishiga  intilish  kuchli  namoyon  bo’lib,  ularni  oilaviy  hayotga 

tayyorlash,  oiladek  muqaddas  dargohga,  u  orqali  Vataniga  sodiq  bo’lishga,  har 

qanday  ta`sirlarga  berilmay,  g`oyaviy    e`tiqodi  mustahkam  inson    bo’lib 

shakllanishiga zamin  tayyorlaydi. 

2. YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  muhim  pedagogik  muammo  bo’lib, 

bu  jarayonni  quyidagi  yo’nalishlarda  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiq  deb 

topildi: 

-  yoshlarning  oila  qurishida  har  ikki  tomon,  ya`ni  qiz  va  yigit  oilalarining 

muvofiqligiga e`tibor berish; 

-  fiziologik–gigienik tayyorgarlik; 

-  pedagogik bilim bilan ta`minlash; 

-  hayotga estetik munosabatni shakllantirish; 

-  oila hayotiga iqtisodiy jihatdan tayyorlash; 

3. O’zbek  xalq  pedagogikasida    va  farzand  tarbiyasida  hadislardan 

foydalanish  yosh  avlodni  oilaviy  hayotga tayyorlash  keng  ifodalangan    bo’lib,  bu 

borada    ma`lum  tajribalar  to’plangan  hamda  avloddan-avlodga  o’tib,  sayqallanib 

ma`lum  bir  tizimni  tashkil  etgan.  Bu  tizim  nikoh  va  oilaning  sevgi-muhabbat 

asosiga  qurilishi,  farzandlarni  nikohga  tayyorlash,  ularni  uzatish  va  uylantirishga 

doir talablar, ota-onalar va  farzandlarning burch hamda vazifalaridan iborat bo’lib, 




 

51 


oila  qurishda  ma`lum  bir  kontseptual  asosni  tashkil  etadi  va  katta  imkoniyatlar 

yaratadi.  Mazkur  imkoniyatlar  o’zbek  xalq  og`zaki  ijodi,  milliy  urf-odatlar  va 

an`analar,  diniy  ta`limotlar,  xalq  amaliy  san`ati  va    hunarmandchiligi,  milliy 

musiqa  va  qo’shiqchilik  san`ati,  tasviriy    san`at,  tarixiy  yodgorliklar  va  milliy 

me`morchilik,  raqs    san`ati,  mutafakkirlarning  boy  ilmiy,  ma`naviy-axloqiy 

merosida  namoyon  bo’lib,  ular    asosida  yoshlarni  oilaviy  hayotga    tayyorlashda 

turli metod va vositalardan foydalaniladi. 

4. YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashni  zamon  talablari  asosida 

takomillashtirish,  bunda  ijtimoiy,  ma`naviy-axloqiy,  huquqiy,  psixologik, 

fiziologik,  gigienik,  pedagogik,  estetik,  iqtisodiy  omillar  hisobga  olindi  va  talaba 

yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashni  tashkil  etishda  ma`ruzalar  va  amaliy 

mashg`ulotlarda eng ilg`or metodlardan foydalanish, testlar, suhbatlar, ovozli ekran 

vositalaridan  foydalanish,  mutaxassislar  bilan  uchrashuvlar,  bahs  va  munozaralar 

o’tkazish,  adabiyotlar,  vaqtli  matbuot  materiallari  muhokamasi  samarali  natijalar 

beradi. 

 

5.YOshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  samaradorligini  oshirish  uchun 



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko’rsatmalari asosida yoshlar va 

oila muammolarini hal etishga e`tibor qaratildi: 

 

-Vatan  va  vatanparvarlik  g`oyasini  yoshlar  ongiga  singdirish  asosida  ona-



Vatan, oila muqaddasligini uyg`un holda ularga etkazish; 

 

-oila va mafkuraning o’zaro bog`liqligi; 



-  oila-jamiyat negizi ekanligi; 

-  oilaning tarbiyaviy-axloqiy qadr-qimmati; 

-  oilaning ma`naviy tayanchlari; 

-  sog`lom muhit-sog`lom oila tayanchi ekanligi; 

-  oilaning 

mustaqillik 

yillarida 

ravnaq 


topishi 

masalalari 

uning 

samaradorligini oshirishda asosiy mezon qilib olindi. 



 


 

52 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish