II BOB. YOSHLARNI OILADA TARBIYALASHDA METODLARNING
O’RNI VA SHART-SHAROITLARI
2.1. O’zbek oilalarida yoshlarning oilaviy tarbiya haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgandan keyin ta`lim islohotlarida
yoshlarni milliy qadriyatlar, ajdodlarimizning boy tajribasi asosida tarbiyalashga
keng imkoniyat yaratildi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Xalqning boy,
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining
muhim shartidir», -deb ko’rsatilgan.
Xalq pedagogikasi ana shunday boy, intellektual meros hamda tarbiya manbai
bo’lib, har tomonlama kamol topgan jamiyat va oilada o’z mavqeiga ega bo’lgan
shaxsni shakllantirishda asosiy bilimlar majmui bo’lib xizmat qiladi. SHuning
uchun ham tadqiqotchilar xalq pedagogikasi, uning tarbiyaviy ta`siriga katta
e`tibor berganlar.
Turli manbalarda «Xalq pedagogikasi»ga turlicha ta`riflar berilgan. Masalan,
«Pedagogicheskaya entsiklopediya»da unga: «Xalq pedagogikasi-tarbiyaning
maqsad va vazifalari haqida xalqda ustunlik qiluvchi qarashlarni ifodalovchi,
xalqning ta`lim-tarbiya vositalari, ko’nikma va malakalari majmuidan iborat
bo’lgan xalq ommasining empirik pedagogik bilimlari va tajriba sohasidir», - deb
ta`rif berilgan.
Xalq pedagogikasini tarbiya jarayoni ob`ekti sifatida qaralsa, xalq
pedagogikasining ob`ekti nafaqat tarbiya, balki ta`lim jarayonini qamrab olganligini
ham ta`kidlagan holda uni yosh avlodga bilim, ko’nikma, ijodiy ish metodlarini
o’rgatib kelganligi, bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda o’ziga xos usul va
vositalarni ham qo’llaydi.
Xalq pedagogikasi o’z manbalariga ega. Bu manbalarga: xalq og`zaki ijodi,
milliy urf-odatlar, an`analar, diniy ta`limotlar, xalq o’yinlari, o’yinchoqlar, milliy
35
musiqa, qo’shiqchilik, xalq amaliy san`ati, hunarmandchilik, tasviriy san`at,
me`morchilik, raqs san`ati kiradi.
Mustaqillik yillarida xalq pedagogikasini o’rganish va uni ta`lim jarayoniga
tatbiq qilish uchun katta ishlar qilinmoqda. Lekin bu borada qator ishlar
yaratilib, ularning ko’pchiligi milliy qadriyatlar, milliy xalq an`analari, urf-
odatlari va udumlaridan foydalanishga qaratilganligining guvohi bo’ldik.
Xalq pedagogikasida, asosan, oila, bolalar tarbiyasi, ota-onalar burchi
haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan.
Xalqning oila va nikoh, sevgi va muhabbat, ota-ona va farzand haqidagi
tasavvurlari uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Mazkur tasavvurlar o’zbek xalqining
uzoq yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, sinalgan, tajribada qo’llangan
qoidalarida va xulq me`yorlarida o’z ifodasini topgan.
Ma`lumki, oila va oilaviy munosabatlar o’ta murakkab jarayon. Bunda
oilaning bolalarga ta`sir etish yo’llari, metod va usullari, an`ana va urf-odatlari
ifodalanganligi bilan asosiy vazifani bajargan. SHuningdek, oila bo’sh vaqtni
tashkil etish, bolalarning o’qish va mehnatini amalga oshirishga doir tashkiliy
vazifani, oila a`zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda axloqiy me`yorlarni
belgilovchi vazifalarni ham bajaradi. Bularning barchasi asta-sekin oila
tarbiyasining bir butun tizimini yaratgan. Bu munosabatlar oilada uning ichki
aloqalarini amalga oshirgan, ota-onaning tarbiyaviy vazifalarini aniqlagan,
bolalarga ta`sir etish shart-sharoitlari yaratilgan.
Ana shu vazifalar xalq nazarida bo’lib, xalq pedagogikasida o’z ifodasini
topgan va uning tasavvurida inson uchun eng muqaddas hisoblangan oilaning
tarkib topishiga sabab bo’lgan.
Ma`lumki, eng qadimgi davrlardan boshlab, mustahkam oila sevgi asosida
qurilgan. SHuning uchun ham xalq sevgi-muhabbatni doim ulug`lab kelgan.
YOshlarni nikohga tayyorlash muhim davr hisoblanadi. SHuning uchun xalq
bo’lg`usi oila boshlig`i – yigitlarga bu muhim davrni orqaga surmasligi, qiz
tanlashda o’ta talabchanlik ba`zilarni xato yo’lga boshlashi ham mumkinligini
anglatganlar.
36
SHuningdek, ota-onalar uchun qizlarni vaqtida turmushga uzatish, yigitlarni
vaqti etganda uylantirish ham qarz, ham farz hisoblangan. Buni biz «CHiroying
borida, chinoringni top», «Bosh ikkov bo’lmay, mol ikkov bo’lmas» kabi
maqollardan ham bilsak bo’ladi. Buni xalqning uzoq yillik tajribasida sovchilik
udumlari ulug`langanida ko’rish mumkin. Sovchilar ham ikki yoshning baxtli
hayot qurishiga sababchi bo’lgan.
Xalq oilada er-xotinning janjallari haqida ham juda ko’p hikmatli so’zlar
aytgan va oilaviy janjallarning oldini olishga harakat qilgan. Masalan, xalq
yoshlarga o’z sevgi-muhabbatini saqlashni nasihat qilgan. CHunki, oila qurgan
yosh kelin-kuyovlar bir umr birga bo’ladilar. Ularning kundalik turmushida turli
sabablarga ko’ra kelishmovchiliklar chiqishi mumkin. SHunga ko’ra xalq
donishmandligida bu ziddiyatlarga o’ta jiddiy ahamiyat berilmagan. CHunki er-
xotin o’rtasidagi janjallarning umri qisqa bo’lgan. Ular har bir oilada u yoki bu
tarzda bo’lib, o’z-o’zidan oldi olingan. «Er-xotinning urushi, doka ro’molning
qurishi», «Er-xotinning orasiga esini egan tushadi», «Oshsiz uy bor-u, urushsiz uy
yo’q», «Er-xotin urushar, nodon o’rtaga tushar», kabilar oilada er-xotinning
totuvligini saqlash, ularning janjaliga e`tibor bermaslik, uni o’zlariga qo’yib berish,
ozgina hazil aralash ifodalangan.
Xalq o’z donishmandligi bilan er-xotinlar o’rtasidagi janjalning oldini olishga
harakat qilgan. Bunda er-xotin urushishlari tufayli boshqalar oldida kulgili holatga
tushishlari; bu janjallarga arzimagan holatlarning sabab bo’lishi, ularni aql bilan
ish tutishga yo’llashi, bir-biriga kechirimli bo’lishi va nihoyat, er-xotindan birining
past kelib, janjalning oldini olishga erishishiga e`tibor berilgan.
Ma`lumki, oilada er-xotin o’rtasidagi janjallarga sabab ko’pincha ulardan
birining etakchi bo’lishga intilishi bo’ladi.
Lekin ko’p oilalarda o’z-o’zidan etakchi paydo bo’ladi: kimda ko’proq
ro’zg`or yuritish qobiliyati kuchli bo’lsa, o’sha etakchi bo’ladi. Ammo xalq
donishmandligida oilaviy-maishiy ishlarda ayol etakchi bo’lsa, erkakning qo’li
kerak bo’lgan taqdirda erkak etakchilik qiladi. Bunday oilalarda o’zaro yordam,
37
hamjihatlik mavjud bo’ladi. SHuning uchun ham xalq «Er-xotin - qo’sh ho’kiz»
deb, hazilga moyil iborani bekorga aytmagan.
Xalq ayolning oiladagi o’rnini doimo ulug`lashi bilan birga erkakni ham
uning tayanchi sifatida ta`riflagan.
«Xotin - erning vaziri», «Xotin - uy bezagi», «Ota-bilak, ona-yurak», «Onalik
uyning ori bor, otalik uyning zari», degan maqol va iboralarda oilada ayol va
erkakning o’rni to’g`ri baholangan. Zero, xalq pedagogikasida ayol oila baxti
sifatida baholansa, erkak oila tayanchi, poydevori deb qaralgan. SHuning uchun
ham «YAxshi xotin- yarim baxt» deb ta`rif berilgan.
Xalq yomon xotinlar haqida ham juda ko’p hikmatlarni aytgan. Dangasa,
urushqoq, g`iybatchi ayollar qoralangan. «YAxshi xotin yo’q narsangni bor etar,
yomon xotin keng uyingni tor etar», «Eshik ko’rgan yurt buzar, beshik ko’rgan
yurt tuzar», «Eshik ko’rganni emas, beshik ko’rganni ol» kabi maqollar va iboralar
shular jumlasidandir.
Lekin oila baxti, oilaning eng muhim xususiyati farzand tarbiyasidir. Farzand
tarbiyasiga esa ota-ona mas`ul hisoblanadi.
O’zbeklarga xos xususiyatlardan biri bir necha oilaning bir xonadonda
yashashidir. YA`ni, bu oilalarda bobo, buvi, ota-ona, o’g`il va kelin, nevara,
evaralarning yashashidir. Bunday oilalarda bobo va buvilardan o’g`il va kelin,
nevaralar har tomonlama tarbiya oladilar, oilaviy-milliy urf-odatlar, an`analarni
o’rganadilar. Bolalar nazoratsiz qolmay, mehr-muruvvat og`ushida o’sadilar.
CHunki ko’pincha mustaqil yashaydigan oilalarning farzandlari ba`zida
shaxsiyatparast, mehnatni sevmaydigan, ota-onalarning hurmatini bilmaydigan,
milliy,
oilaviy
urf-odatlar,
an`analardan
begona
bo’lmoqdalar. Xalq
donishmandligida «Qaynonali kelin qarqara kelin, qaynonasiz kelin masxara
kelin», «Ona bo’lmay, ona qadrini bilmas», «Ota bo’lmay, ota qadrini bilmas»,
«Ota-onang davlating, farzandlaring savlating» kabi hikmatlar bekorga aytilmagan.
Qadimdan o’zbek oilalarida hisob-kitob, kirim-chiqim, iqtisodiy-xo’jalik
ishlariga bir kishi rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda har bir oila a`zosining o’zicha
mustaqil harakat qilishi oilaning yirik tadbirlariga mablag` yig`ish, kundalik
38
harajatlarga oqilona sarf qilishdan oila daromadining to’planishiga yo’l qo’ymaydi.
Ayniqa, yosh oilalar sarf-harajatda «sahiy» bo’lib, ertangi kun uchun mablag`
to’plashda tajribasiz bo’lib qoladi.
SHuning uchun ham ota-onalar ko’pincha oila qurgan o’g`il-qizlarini 2-3
farzandlik bo’lib, past-balandni bilib, oqu qoraning farqiga eta boshlagandan so’ng
unga uy-joy qurib, mustaqil oila sifatida ajratib chiqaradi. SHunda yosh oilalar,
albatta, ota-ona tajribasiga tayanib, qoqilmay hayot kechiradilar. Ammo shunda
ham yosh oilaning mustahkam bo’lishi, er-xotinning tinch-totuv yashashi uchun
juda ko’p talablar borki, bularga rioya etish muhimdir. Oilada er-xotin, ya`ni ota-
onaning muhim vazifalari borki, bu avloddan-avlodga o’tib, boyib, yanada
sayqallashib kelmoqda.
Birinchi navbatda, er-xotinning totuvligi, oila yuritish ko’nikma va
malakasiga ega bo’lishidir. Bu borada onaning zimmasiga ko’proq mas`uliyat
tushadi. Bu mas`uliyat kelinning yangi oilaga kirib kelgan kunidan boshlanadi.
Uning kirishishi, shu oilada murosa qilib ketishiga olib keladi. Bunda, ayniqsa,
kelinning barcha oila a`zolariga hurmat bilan muomalada bo’lishi, birortasining
kayfiyati buzilganda sukut saqlab, janjalga aralashmasligi, sabr-qanoati oila
a`zolarining hurmatini qozonishga olib keladi. CHunki turli xulq-atvor, xatti-
harakatlar, har xil turmush tarziga ega bo’lgan ikki oila farzandlari qovushgan
bo’ladi. Agar kelin-kuyov o’zlaridagi barcha yaxshi xislatlarni birlashtirsa, oilada
yaxshi ruhiyat vujudga keladi. Bunda ancha-muncha kamchiliklar ham yopilib
ketadi. Ayniqsa, o’zbekning to’yidan keyin oilada yuz bergan ba`zi qiyinchiliklarni
sezmaganga olishi, yo’qdan bor qilishiga, tejab-tergab, qaynonadan maslahat olib
ish yuritishga harakat qilmog`i zarur.
Oilada turli kelishmovchiliklar, qiyinchiliklar sir sifatida saqlanishi muhim.
Zero, oila tashvishi o’z-o’zidan kelin zimmasiga o’ta boshlaydi va bu «yuk»
ba`zida ayol sifatida unga og`irlik qiladi. Lekin ayol oila mulkini saqlashi, yig`ishi,
keragida uni eriga taqdim etib, xursand qilishi zarur. SHuning uchun ayolni oilada
ustunga o’xshatadilar. CHunki u o’z sabr-bardoshi bilan oilani saqlaydi.
39
Demak, ayol oila degan kichik bir mamlakatni boshqaradi. Oila a`zolariga
tarbiya berish, kirim-chiqimni tartibga solish, oila a`zolarining har biriga topshiriq
berib, uning bajarilishini nazorat etish, ixtiloflarni shirinsuxanlik bilan bartaraf
qilish, qo’ni-qo’shnilar orasiga sovuqlik tushganda ularni yarashtirish ayol
zimmasidadir. Ayol ro’zg`or yuritishda me`yorga rioya etishi, tejamkor bo’lishi,
isrofgarchilikka yo’l qo’ymasligi muhim. Qarindosh-urug`larni hurmat qilishi, eri
keltirganlarni tejab-tergab, oz-ozdan mulk yig`ishi, bu mulkni farzandlari
ulg`ayganda ularga kerak bo’lishi, to’y-hashamlarda sarf etishi uning obro’yini
yanada oshirib yuboradi.
Ayol ma`lum me`yorda eriga itoatli bo’ladi. Bu itoat zamonaviy ayollarga
g`aliz tuyulishi mumkin. Ammo bu umr yo’ldoshiga hurmat sifatida qaralsa, ayol
xulqi mukammalligining mezoni hisoblanadi. Ayol xususiyatlaridan yana biri erga
yolg`on so’zlamaslikdir. YOlg`on oilada ishonchni yo’qotadi va totuvlikka ziyon
etadi.
Demak, ayol borki tinch, totuv, xotirjam, to’kis oilaga ega bo’lmoqchi bo’lsa,
u ilmli, o’z zimmasiga yuklanadigan xizmatlar, ya`ni axloq me`yorlariga rioya
qilish, farovon turmush kechirish, uy-ro’zg`or yuritish, oilani boshqarish tajribasini
o’zlashtirishi zarur, shuningdek, ma`lum ma`lumotga ega bo’lishi ham muhim.
CHunki oila ishlarini yuritish tajribasiga ega bo’lgan ayol oila ko’rki hisoblanadi,
bilimli ayol salbiy fikr va bekorchi vaqtdan xoli bo’ladi. Hunarli ayolning oilasi
farovon bo’ladi, tibbiyot ilmidan xabardor bo’lish, oila a`zolari, xususan
farzandlarining sihat-salomat bo’lishi, eyish-ichish, kiyinish qoidalariga rioya etish
vositasida oila barkamol hayot kechiradi.
Oilaning barkamolligi ayol bilan birga erkakka ham o’ta bog`liqdir. Bunda
erkaklarning vazifasi beqiyos keng. Bulardan eng muhimi ayolga, ya`ni umr
yo’ldoshiga yaxshi muomala qilishdir. CHunki ayol oilada ro’zg`or yumushlari
bilan birga tun uyqusini buzib bolalarni parvarish etadi, hatto erkak zimmasidagi
ishlarni ham bajarib qo’yadi. SHuning uchun ham ayolga muomalada adolat nuqtai
nazaridan munosabatda bo’lish zarur.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |