I BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA
FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR
1.1 SHarq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro
munosabatlariga oid qarashlari
Inson bolasi o’zi tug`ilib o’sgan oilasida ilk bor ijtimoiy munosabatlarga
kirishadi. Uning ijtimoiylashuvi avvalo o’z oilasidagi shaxslararo munosabatlar
tizimida amalga oshadi. U bilan dastlabki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi
odamlar: uning ota-onasi, aka-opasi va oilasidagi boshqa a`zolardir. Bolaning
kelajakda shaxs sifatida shakllanib, etuk inson bo’lib etishuvida, hayotda o’z
o’rnini topib ketishida uning qanday oilada tarbiyalanganligi, oilada qanday
psixologik iqlim hukm surganligi, o’z ota-onasi bilan bo’lgan o’zaro
munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. SHuning
uchun ham insoniyat madaniyati tarixining ilk davrlaridanoq shaxslararo
munosabatlarning aynan shu turiga, yaoni oiladagi shaxslararo munosabatlarga,
ayniqsa, ota-ona va farzandlar munosabatlariga, oilada bolalarning o’zaro
munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o’tmishga ega
ekanligini biz deyarli barcha millatlar xalq og`zaki ijodiyoti namunalari misolida
ko’rishimiz mumkin.
Masalan, xalqimizning ming yillik tarixga ega bo’lgan buyuk dostoni
«Alpomish», «Go’ro’g`li», shuningdek, SHarq mamlakatlari xalqlari uchun katta
maonaviy manba bo’lmish hind xalq dostonlari «Maxobhorat», «Ramayana»
kabilarda mazkur munosabatlar tizimi yorqin tasvirlangan. Ular ming yillar
davomida xalq og`zaki ijodiyoti namunalari tarzida avloddan-avlodga uzatilib,
kelajak avlodlar maonaviy dunyosi, ruhiy olami, milliy qadriyatlarining
shakllanishida munosib o’rin egallab kelmoqda.
Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo’lmish «SHirin bilan
SHakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona ma`suliyati va
burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati,
ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida eotibor berilgan. Doston
9
qahramonlari aka-uka SHirin bilan SHakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga
muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan.
SHuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga
chiqadi. SHoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, SHirin bilan
SHakarni o’limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko’rgan SHirin va SHakar undan yuz
o’giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun
chekayotgan iztiroblari, ko’z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo’msaydilar.
Doston xotimasi sharqona an`ana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh
farzandlarini hech o’ylamay-netmay o’limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta.
Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo’l qo’ymaydi. CHunki bu
mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud
bo’lib, odamlarni kechirimli bo’lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya
talablariga ko’ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo’y, mo’otabar zot hisoblanadi.
Farzand otaga eotiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo’y bo’lishi lozim. Otaning
duoibadi, qarg`ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning
ko’plab tilga olinishi ham misol bo’ladi.
Barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini
bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida,
ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so’zlar aytishdan, yomon
ishlardan saqlanish lozimligi ta`kidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday
xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan
uyg`onib o’g`lidan «suv ber» deb so’radi. O’g`li suv keltirguncha, otasi yana uxlab
qolgan edi. O’g`li «otam balki yana suv so’rar», deb uxlamasdan otasinig
uyg`onishini kutib tong otguncha o’tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli
barchasida farzand o’z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga
daovat etiladi. Insoniy g`oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan
nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo’ygan.
Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli
bo’lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish
masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba
10
bo’lib xizmat qilganligi shubhasiz. SHariat qonunlarida, islom taolimotida,
Qurooni karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o’rin
egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr,
do’st, hayotda yo’lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida
ulug`lanadi. SHuning uchun ham Quroon taolimotiga ko’ra oilada ota-ona eng
muqaddas zot.
Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg`iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni
hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har
ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va
ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun,
mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va: «Parvardigorim, meni
(ular) go’daklik chog`imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-
shafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya
taokidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko’ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni
bevosita o’ziga ibodat qilish bilan teng qo’ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib
qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi
jihatlarga urg`u berilgan:
1.
Hech qachon ularga «uf» demaslik.
2.
Beadablik bilan so’zini qaytarmaslik.
3.
Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo’lish, yaxshi gapirish.
4.
Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo’lish.
5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so’rash.
Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik
aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar
doirasida ham muhim o’rin tutgan. SHuningdek, hadislarda oila va oila a`zolari,
ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar,
shaxs va jamiyat o’rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon
etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va ma`naviy
yordam, ularning amriga bo’ysunish, ota-ona dunyodan ko’z yumgach, ularning
qarindosh-urug`lari, do’stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom
11
ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So’nggi
yillarda bu borada ko’plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar
eotiboriga havola etilmoqda.
Xalq og`zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas
ekanligi, ota-onaning farzandlari oldidagi, bola va farzandning o’z ota-onasi
oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o’g`il bolalar) tarbiyasida
shariat ko’rsatmalarining aks etishi ming yillar davomida oila instituti
shakllanishida ijobiy taosir ko’rsatib kelgan.
SHarqning buyuk allomalari bo’lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy,
Burhoniddin Marg`inoniy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qoshg`ariy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Hojib, Kaykovus,
Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Saodi SHeroziy, Alisher Navoiy, Bobur,
Ahmad Donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi
ko’plab mutafakkirlarimiz bu borada o’zlarining tegishli fikr-mulohazalarini
kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. Ularning bu mavzuga oid ilmiy merosi
bugungi kunda ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning
asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga, oilada bolalarning shaxslararo munosabatlariga oid qarashlari
taosirchan obrazlarda ifodalangan hamda ular xalq ruhiyatiga, milliy
psixologiyasiga chuqur singib ketgan.
SHarq mutafakkirlari taolimotlarini g`oyaviy jihatdan birlashtirgan yagona
asos shuki, ular o’z asarlarida shaxs tarbiyasi va shakllanishida oilaning o’rniga,
ota-ona hamda yaqin kishilarning etakchi va tarbiyaviy funktsiyasiga alohida
eotibor berganlar. Odamlarning o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladigan
yuksak fazilatlar (halollik, poklik, mardlik, mehribonlik va h.) avvalo oilada tashkil
topadi, rivojlanadi va avloddan-avlodga uzatiladi. Umuman, oilaning va oiladagi
o’zaro munosabatlarning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy taosiri masalasiga oid
qimmatli fikrlar hamda bu boradagi amaliy ko’rsatmalar SHarq mutafakkirlarining
falsafiy-etnik va ijtimoiy psixologik qarashlarida o’zining munosib aksini topgan.
12
Abu Nasr Forobiy (870-950) va Abu Rayhon Beruniy(973-1048)larning
oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida eotiborga loyiq.
Forobiyning inson kamoloti, baxti, taolim va tarbiyasi, axloqi va dinga
munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan
iborat o’git bo’lsa Beruniyning "Mineralogiya", "Hindiston", "O’tgan avlodlar
obidalari" kabi asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga taorif
beriladi. Masalan, Beruniy o’zining "Mineralogiya" asarida bo’lajak ota-onaning
farzand oldidagi masouliyati haqida, onaning homiladorlik paytidan homilasiga
eotiborni kuchaytirish, unga yumshoq munosabatda bo’lish va shu paytdan
eotiboran uni tarbiyalab borishni uqtirib o’tadi. Bolani tarbiyalashda ota-ona bir xil
talab va maqsad qo’ymog`i lozimligini taokidlaydi.
SHuningdek, Beruniy bola tabiat inoom etadigan chiroyga ega bo’lishi va
sog`lom, baquvvat tug`ilishi uchun ona qornidayoq zamin tayyorlanishi lozimligi
haqida to’xtalib o’tadi. Bola qiyofasi, yaoni uning tashqi tuzilishi go’zal bo’lishi
uchun onani eozozlab, ranjitmay parvarish qilish zarurligi, bolaning ichki
maonaviy go’zalligiga esa u tug`ilgandan so’ng tarbiya orqali erishilishi hamda
unda xulq-odobni tarbiyalash uchun zarur muhit va tegishli sharoit yaratish
lozimligini aytadi. Beruniy: «Bola xulqini mo’otadillikda saqlashga alohida eotibor
berish kerak, bunga esa bolani qattiq g`azablanish, qo’rqish, xafalik va
uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi», - degan fikrni bildiradi. Bolalarning
yoqtirgan narsasini topib berishga va sevmagan narsasini ko’zidan uzoqlashtirishga
doimo tayyor bo’lib turish kerak. Bu ishning ikki tomonlama foydasini, bir
tomondan – bolaning ruhiyatiga foyda qilishi va bora-bora unga xushxulqlik odat
bo’lib qolishini ko’rsatadi. Aks holda yomon xulq turli mijoz buzilishini keltirib
chiqarishini aytib o’tadi. Masalan, g`azab kuchli qizdiradi, qayg`u kuchli ozdiradi,
xafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo’shashtirib mijozni balg`amlikka moyil qiladi.
Ikkinchidan, xulqning mo’otadilligi natijasida ham nafas, ham badan sog`lom
bo’ladi. Demak, xulq mo’`tadilligi bilan odob-axloq tarbiyasini amalga oshirish va
bolalarda yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligi, bu bilan ularda mehr-muhabbat
hislari ham shakllanib borishini taokidlab o’tadi. SHu bilan birga oilada ota-ona va
13
farzandlar o’zaro munosabatining shakllanishi uchun ham ota-ona o’z xulq-atvori
bilan bolalariga namuna bo’lib, ularning bir-birini hurmat qilishini, bir-birining eng
yaqin yordamchilari bo’lib, farzandlari oldida obro’ qozonishi kerakligini
taokidlaydi.
Beruniy qarindosh-urug`chilik munosabatlari to’g`risida shunday deb yozadi:
"Inson jamiyatda o’z qarindosh-urug`lari bilan birgalikda yashashga majburdir,
bundan maqsad bir-birini qo’llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o’zini,
ham boshqalarini taominlash uchun zarur ishlarni bajarishdir.
Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o’zining diqqatga sazovor qarashlari
bilan farqlanib turuvchi SHarq mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sinodir
(980-1037). Ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda
qurilgan bo’lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyillarning qo’llanishini
yoqlab chiqib, ota-onalar bolani qattiq tana jazosidan ko’ra, shaxsiy ibrati orqali
tarbiyalashi samaraliroq ekanligini uqtiradi [73].
Ibn Sino "Qonun-fit-Tibb" asarida yosh bolalarni tug`ilganidan boshlab
tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor beradi. Bola tug`ilganidan boshlab oyoqqa
turguncha ma`lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu – o’z vaqtida
ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash kabilardan iborat. Bularni ham maolum
qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim
vositalar – asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib,
ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga,
musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli
sharoitda maolum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga maslahatlar
beradi.
SHuningdek, bu asarda otalarning ham burch va vazifalari belgilab beriladi.
Bola balog`atga etguncha ota o’z vazifasini bajarib borishi kerak. Avvalambor,
otaning majburiy vazifalaridan biri o’z farzandiga yaxshi nom berishdir. Bolani
emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy
tarbiyasiga kirishuvi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada o’rni bilan bolani
maqtash, jazolash ham kerakligini ko’rsatib o’tadi.
14
Ibn Sino o’zaro munosabatlarda axloqiy tarbiyaning roli katta ahamiyatga
ega ekanligini ko’rsatib o’tadi. Unga ko’ra bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan,
bolalikdan boshlanishi kerak. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan
uning nafsoniyatiga, g`ururiga tegmagan holda yakkama-yakka suhbatda bo’lish,
unga nasihat qilishdir. Nasihat qilishda suhbatdoshiga nihoyatda hurmat bilan
yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so’z aytib, uni zeriktirmaslik zarur.
Bir xil nasihatlarni qaytara berishlik uning taosir kuchini yo’qotadi. Ibn Sino
shunday yozadi: "Sening fikrlaring (bolaning) yuragiga etib borib, unga o’ylab,
fikr yuritib ko’rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so’zlaringga va
nasihatingga e`tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko’chir.
SHuningdek, Ibn Sinoning "Donishnoma", "Risolai ishq", "Uy xo’jaligi"
kabi qator asarlarida ham ota-ona va farzandlar munosabatlari psixologiyasi va
tabobat masalalariga oid qimmatli mulohazalar keltirib o’tilgan. Ibn Sino oilaviy
munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, avvalambor, oila aozolari oldiga
qator talablarni qo’yadi. "Ota-ona, - deb yozadi u,- ham nazariy, ham amaliy
jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o’zlashtirmog`i lozim. Agar ular
tajribasiz bo’lsa, o’z oila aozolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi
ijobiy natijalarga erisha olmaydi. YOmon tarbiya ko’rgan bola nafaqat ushbu oila,
balki qo’shnilarga, mahalla-ko’yga ham yomon zarar keltirishi mumkin". SHu
sababli ham u oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan
qatoiy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi. Ota-ona davlat
boshlig`imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas`uldir. Ibn
Sinoning ushbu fikrlari o’sha davrda qanchalik ilg`or va dolzarb bo’lsa, bugungi
kunimizda ham u o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Hojib o’zining "Qutadg`u bilig"
– "Saodatga boshlovchi bilim" – kitobida o’zining oila va oilaviy munosabatlarga
oid qarashlarini bayon etadi. Uning fikricha, farzand ko’rish va unga tarbiya berish
har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning maonosi yo’q. Lekin bu narsa
ota-onaga juda katta masouliyat yuklaydi, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-
ona uchun ham farz, ham qarzdir. SHuning uchun ham oilaviy tarbiyani YUsuf
15
Xos Hojib bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan: "Agar bolaning
xulqi yomon bo’lsa, bunda bolaning aybi yo’q, hamma ayb – otasida". SHuning
uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta e`tibor bermog`i lozim.
Kaykovus Unsurulmaoniy (1021 y.) O’rta Osiyo va umuman, SHarq
donishmandligiga munosib hissa qo’shgan olimdir. U "Qobusnoma"ni yozib, unda
o’zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalariga oid fikr-
mulohazalarini bayon etgan. Kitobdagi asosiy g`oya – yoshlarni ota-onani hurmat
qilishga, e`zozlashga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning "Ota-
ona haqqini bilmoq zikrida" nomli bobda bayon etilgan. Olim va alloma Kaykovus
ota-ona o’z farzandi uchun hatto "o’limga ham tayyor" ekanligini taokidlab, o’z
navbatida, ularni aslo ranjitmasliklari, aksincha, shirinsuxanlik bilan munosabatda
bo’lish lozimligini uqtirib: "Har bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, ota-ona mehr-
muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay", - deydi hamda bu fazilat aqlli va dono
farzandga xos narsa ekanligini qayd etadi. "Qobusnoma"da bola dunyoga
kelgandan keyin birinchi vazifa unga eng yaxshi nom qo’yish deb ko’rsatiladi.
Bola o’qish yoshiga etgach maktabga beriladi.
SHuningdek, "Qobusnoma"da ota-onalarning boshqa burch va vazifalari
ham belgilab berilgan. "Agar sen, - deydi Kaykovus, - o’g`lingni tarbiyalamasang
zamon, sharoit tarbiyalaydi." Bu erda Kaykovus kimni ota-onasi tarbiyalamasa, uni
kechalar, kunlar tarbiyalaydi, degan hikmatli so’zni keltiradi. Har bir ota-ona o’z
farzandiga bilim, taolim-tarbiya va hunarni meros etib qoldirishi kerak, chunki
tarbiyadan ko’ra yaxshiroq meros yo’qdir. "Nima eksang shuni o’rasan"- degan
o’zbek va tojik xalqlarida keng tarqalgan maqolni ishlatib, u oilada bola
tarbiyasining qo’yilishi ana shu muhim maqol asosida qaralsa, maqsadga muvofiq
bo’lishini taokidlaydi.
"Qobusnoma"da ilgari surilgan fikrlar mashhur hind masali "Kalila va
Dimna", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma",
Ahmad YUgnakiyning "Xibatul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul-
qulub", "Vaqfiya"si kabi asarlar qatorida hozirgi kunda ham ota-onalar uchun,
16
ayniqsa, o’smir va o’spirinlik yoshidagi yigitlarni tarbiyalashda muhim qo’llanma
vazifasini o’tay oladi.
XIII asrda Eronda yashab ijod etgan SHayx Saodi SHeroziy o’zining
"Guliston" va "Bo’ston" asarlarida bola tarbiyasi, ota-ona va farzandlarning o’zaro
munosabatlari masalalariga alohida ahamiyat qaratgan. "Bola mevadir, umrning
lazzati" – deydi. Har bir ota-ona o’z farzandiga kichik yoshdan boshlab taolim-
tarbiya berishi va ilm-hunar o’rgatishi zarur.
"Kimda kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo’lgach, baxtli bo’la
olmaydi. Ho’l novdani istagancha bukish mumkin, quruq novdani esa faqat olov
bilan to’g`rilash mumkin" – deb taokidlaydi u. Bu bilan Saodi bolalar kichik
yoshidagina tarbiya taosiriga beriluvchan bo’lishlarini, shuning uchun ularni
kichiklikdan boshlab tarbiyalash kerakligini katta bo’lgach, tarbiyalash g`oyat
qiyin bo’lishligini qayd etadi.
Alisher Navoiyning (1441-1501) asarlari bu mavzuga oid fikrlarga boydir.
Har bir oila farzand ko’rmog`i va uni tarbiyalab voyaga etkazmog`i kerak.
Farzand ota-onaning o’rinbosari. Farzand ko’rmoq, uni tarbiyalab o’stirmoq har bir
ota va onaning burchidir. SHuningdek, inson uchun kelajak avlodni yaratishdan,
uni tarbiyalab etuk inson qilib etishtirishdan ko’ra xayrli va lazzatli narsa yo’qdir.
Uningcha farzand "mehri anvor" (yorug` quyosh)dir. Uyni yorug`lantirgan va obod
qilgan bolani Navoiy – "chu farzand erur jonga payvand erur" – deydi. SHuning
uchun farzand ko’rgan har bir kishi uni sevishi kerak.
Navoiy bolaning rivojlanishida unga beriladigan to’g`ri tarbiyaning
ahamiyatiga alohida eotibor qaratadi. Tarbiya bilan bolaning kelajakda foydali va
mukammal kishi bo’lib etishishiga ishonadi.
Navoiy ota-onalarni ulug`lab, ayniqsa, onalarni muqaddas inson sifatida
quyidagicha taoriflaydi:
Onalarning oyog`i ostidadur
Ravzai jannatu jinon bog`i
Ravza bog`in visolin istar esang,
Bo’l onangning oyog`in tufrog`i.
17
Ulug` shoirning "Saddi Iskandariy" dostonidagi shox Iskandar onasi bosib
o’tgan ostonaning tuprog`i bo’lmaganidan afsuslanadi. Joni ajal iskanjasida zo’rg`a
qalqib turganda o’kinchlarini ifodalab onasiga yo’llagan maktubida shunday deydi:
"...Esimni tanigan, aql miyamga borgan kundan boshlab senga o’g`illik qilsam,
yaoni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo’lar ekan, aslida sening oyog`ing
tuprog`iga aylansamu, uning otini men shoxlik deb bilsam bo’lur ekan...".
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1539) asarlari etnopsixologiya va
oilaviy munosabatlar psixologiyasi taolimotlarini rivojlantirdi. "Boburnoma"da
keltirgan tarixiy voqealarning manzarasi, tarixiy shaxslarning portreti va xarakteri,
tabiat lavhalarini chizib berish bilan birga shoh va amir-amaldorlar turmushidagi
ota va farzandlarning, aka va ukalarning o’zaro munosabatlarini ro’yi-rost
ifodalaydi. Masalan, ota va o’g`illarning, aka va ukalarning saltanat, toju-taxt
uchun talashishlarini Sulton Husayn Boyqaroning o’z o’g`li Badiuzzamon bilan
urushi Abdullatif Mirzoning otasi Ulug`bek Mirzoni shahid qilishi] va boshqa bir
qancha misollarda ko’rish mumkin. Bularning barchasi bu tarixiy manbadan
tanqidiy foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bobur Ulug`bekni buyuk donishmand
sifatida taoriflab, uning padarkush o’g`li Abdullatifni laonatlaydi va "... bu besh
kunlik o’tar dunyo uchun andoq donishmand va qari otasini shahid qildi. Bu
padarkush podsholikka munosib emas, agar podsho bo’lib qolsa ham, 5-6 oydan
nariga o’tmaydi", – deydi.
Boburning farzandlariga otalik mehri va muhabbati haqidagi maolumotlar
uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"sida batafsil bayon etilgan. Unda
Boburning mehribon va g`amxo’r padar ekanligi, farzandlarining har birini jonidan
ham aziz ko’rishi; ayniqsa o’g`li Humoyun betob bo’lib qolganida, Bobur
"...Xudoyo, agar jon o’rniga jon berish mumkin bo’lsa, menki Boburman, umri-
jonimni Humoyunga bag`ishlayman", – deb nola qilganligi, o’zi o’lim to’shagida
yotganida esa, lahza o’tmay o’g`li Hindolni so’rab, uning kelishiga intizor
bo’lganligi to’g`risida gapiriladi. Bobur o’g`illarini hamjihat bo’lishga, bir-biriga
mehribon va sadoqatli bo’lishga undaydi.
18
XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan SHarq mutafakkirlarining ijodini
ilmiy tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular fan taraqqiyotiga, jumladan, ijtimoiy
fanlar taraqqiyotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib, axloq-odob, oila
masalalari bo’yicha qator ilg`or fikrlarni bayon etganlar. Ularning barchasida
o’ziga xos milliylik, sharqona dunyoqarash ko’zga tashlanadi, ularda oilaviy
munosabatlar borasidagi uyg`unlik targ`ib qilingan.
Fan va ilmu-maorifat taraqqiyotida muhim o’rin tutgan XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan olimlar va
maorifatparvarlar – Ahmad Donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat va
Abdulla Avloniy kabilar ham o’tmish mutafakkirlari qoldirgan maonaviy merosga
asoslangan holda oilaviy munosabatlar psixologiyasiga oid qator asarlar yaratdilar.
Ularning asarlarida ham xalq hayoti, turmush tarzi, oilaviy hayot, ayniqsa, ota-ona
va farzandlar munosabati masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan
maorifatparvar Ahmad Donish "Navodirul-vaqoe", "Risola yo muxtasare va tarixi
saltanati xonadoni manitiya", "Muntaqabul-ahkom" kabi asarlarida oila va oilaviy
munosabatlar to’g`risida falsafiy – axloqiy va maorifiy qarashlarini ifoda etadi.
Ahmad Donish ota-onalar huquqini belgilash haqida gapirar ekan, ular
bilan bolalari o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida to’xtalib, o’z huquqlarini
suisteomol qiladiganlarning chegarasiz huquqqa ega ekanligini aytib, ularning
huquqlarini chegaralashni taklif etadi. Uning fikricha, shunday qilgan taqdirdagina
ular hurmatga sazovor bo’ladilar va agarda bolalarini to’g`ri yo’lga yo’naltira
olmasalar, bolalar ularning topshiriqlarini bajarmaslikka haqlidirlar. SHuningdek,
Ahmad Donish barcha oilaviy kelishmovchiliklarni ota-ona huquqi bilan bolalar
huquqining chegarasi aniq bo’lmaganligidan, bolalarning o’z ota-onasiga qachon
va qanday vaqtda, qanday masalada itoat qilishi kerakligi, oilada ichki hayot
qoidalari to’g`ri belgilanmasligidan kelib chiqadi, - degan fikrni bildiradi.
YUqorida keltirilgan barcha mutafakkirlar singari Mahmudxo’ja
Behbudiyni ham ota-ona va farzandlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, oilada bola
tarbiyasi, taolim-tarbiya sohasida ota-onaning roli kabi muammolar qiziqtirib
19
kelgan. Behbudiy yashayotgan davrdagi oilaviy muhit va ota-o’g`il munosabatlari
"Padarkush" asarining yaratilishiga asos bo’ldi. Asardagi voqea Boy bilan uning
o’g`li Toshmurod (ota-bola) o’rtasidagi oddiy bir muomaladan boshlanadi. Asarda
boy o’zi savodsiz bo’la turib, o’g`li Toshmurodni ham o’qitmaganligi, uning
tarbiyasiga befarqligi, natijada bola odobsiz, maqtanchoq, o’jar, mol-dunyoga o’ch
bo’lib voyaga etayotganligi tasvirlanadi. Asarning ichiga chuqurroq kira borgan
sari bolaning otaga, otaning bolaga o’zaro juda mos, bir-biriga juda munosib, bir
olmaning ikki pallasiday o’xshash ekanini idrok etamiz. Asar Toshmurodning
ichkilikbozlikka va maishiy buzuqchilikka berilib ketishi, Boyning o’z o’g`li
qo’lida o’ldirilishi bilan yakunlanadi. Behbudiy asardagi bu voqeani tasvirlash
bilan bola shaxsining shakllanishida asosan oila, ota-ona masoul ekanligini
ko’rsatib o’tadi.
YUqoridagi tahlillarimiz shuni ko’rsatadiki, musulmon olami, SHarq
mutafakkirlari orasida oila muammolari bilan qiziqqan va shu xususda o’zlarining
qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko’p bo’lgan. Biz
ularning ayrimlariga to’xtaldik, xolos. Ular SHarqning boy madaniyati, maonaviy
qadriyatlari
borligidan,
har
bir
millatda
insonning
ruhiy
qiyofasi
takrorlanmasligidan darak beradi. Bu fikrlar va qarashlarni zamon talablari asosida
o’rganib chiqish katta psixologik va pedagogik ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |