20
1.2. 5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari
Oila–mafkuraviy tarbiyaning ijtimoiy omillaridan biri sifatida yoshlar
tarbiyasida, umuman, jamiyat taraqqiyotining asosiy negizi sifatida tavsiflanadi.
Mamlakatimizda istiqlol sharofati bilan oila, onalik va bolalikning ijtimoiy
muhofazasi, ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni shakllantirish, onalar va
bolalarning salomatligini mustahkamlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni va mohiyati oilaning ijtimoiy-
iqtisodiy, ma`naviy-madaniy, huquqiy-estetik, jismoniy jihatlarini yanada yaqqol
namoyon
etdi.
Zero,
oila
avlodlar
vorisiyligini
saqlaydigan,
milliy
qadriyatlarimizni avloddan-avlodga etkazadigan, yoshlarni jamiyatimiz hamda
Vatanimizning munosib fuqarosi etib tarbiyalaydigan, ularning kelajakda o’z
o’rniga ega bo’la oladigan shaxs sifatida shakllanishiga poydevor bo’la oladigan
ijtimoiy institutdir.
Haqiqatan ham «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar»
risolasida milliy istiqlol mafkurasi vazifalaridan biri va eng muhimi «odamlarimiz,
ayniqsa
yoshlarimizning
irodasini
baquvvat
qilish,
iymon-e`tiqodini
mustahkamlashga xizmat qiladigan ma`naviy muhit yaratish»dan iborat ekan, ana
shu muhit avvalo oilada tarkib topadi va yoshlarning hozirgi davrda hayotda o’ziga
to’g`ri yo’l tanlay oladigan, hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga va
yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi.
Albatta, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mavjud ilg`or oilalar asosiy
andoza bo’lib xizmat qiladi. Ammo yangi qurilgan oilalarda juda ko’p muammolar
paydo bo’lmoqda. CHunki har ikkala yosh yashab, ulg`aygan oilaning o’ziga xos
xususiyati, turmush tarzi mavjud bo’lib, yangi oilada bu ikki xil tartib
uyg`unlashishi bir qadar qiyin kechadi.
Bundan tashqari, 80-yillarning o’rtalarigacha oilaviy hayotga tayyorlash
muammosiga etarli e`tibor berilmay, maktab, oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarida
o’smir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand
tarbiyalash, oila a`zolarining oilada sog`lom psixologik muhit yaratish, sog`lom
21
turmush tarzini barpo etish kabi juda ko’p muammolar tadqiqotchilarning
nazarlaridan chetda qolgan edi. Ikkinchi tomondan, farzandlarni oilaviy hayotga
tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida suhbatlar o’tkazish ayb sanalardi.
SHuning uchun ham yoshlar oilaviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni
atrofdagilardan uzuq-yuluq tarzda eshitar edilar. Natijada ularda oilaviy hayot, er-
xotin munosabatlari haqida etarli tushuncha hosil bo’lmas edi.
Uchinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan ilmiy
tavsiya va qo’llanmalar etarli emas edi.
To’rtinchidan, turli axborot manbalari rivojlanib kirib kelayotgan evro’pacha
oilaviy hayot tarzi yoshlarga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. SHuning uchun ham yosh
avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik
yillaridagina har tomonlama e`tibor berilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab,
mahalla, o’quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, har bir fuqaroning mas`ulligiga e`tibor
qaratildi va oila muammosi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Ma`lumki, sog`lom oilaning asoslariga oilada er-xotinning o’zaro muhabbati,
ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalar, aka-uka, opa-singil va
boshqa qarindoshlar, jamiyatga nisbatan burch va mas`uliyati kiradi.
Lekin hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o’smir va
o’spirinlik davri tugashi, ya`ni umumiy o’rta ta`lim va maxsus kasb-hunar ta`limi
jarayoni yakunida to’xtab qolmoqda. Vaholanki, yoshlarning ko’pchiligi aynan
talabalik yillarida yoki uning yakunida oila qurganligi tufayli ham oila-nikoh
munosabatlarida, oila a`zolari bilan muloqotda yuqori darajadagi ma`naviy-axloqiy
va pedagogik-psixologik tayyorgarlik, turmush madaniyatiga ega bo’lishlarini
talab qilmoqda. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik talaba-yoshlar
bunday munosabatga kirishishga tayyor emas.
Ma`lumki, oilaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Oila
kodeksi»da belgilab qo’yilgan. Bular nikoh, er va xotin, ota-ona, farzandlar va
oilaning boshqa a`zolari o’rtasidagi munosabatlardir. SHuning uchun ham oila
qurishda yoshlar dastlab oila va nikoh tushunchasini, uning mohiyatini anglab
etishlari maqsadga muvofiq.
22
Bunga, avvalo, nikoh va oila qoidalarida har bir fuqaroning faqat bitta
nikohda bo’la olishi, u har ikki tomonning roziligi bilan sodir bo’lishi, shaxsiy va
mulkiy teng huquqlilikka ega bo’lishi, majburiyatlarda teng huquqlilik, oilaning
davlat tomonidan muhofaza etilishi, onalikning muhofaza qilinishi va
rag`batlantirib borilishi, o’zaro munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga
solinishi kabi talablarni bilib olishlari va unga rioya qilishlari talab etiladi.
Ikkinchisi, nikohdan o’tayotgan har bir yoshning ixtiyoriy ravishda unga
roziligi. Majburan nikoh tuzish «Oila kodeksi»da ta`qiqlanishini bilishlari muhim.
YOshlar bilishi zarur bo’lgan uchinchi masala – bu necha yoshdan oila qurish
mumkinligi. Albatta yoshlar, ayniqsa, qizlar 17-18 yoshdan balog`atga etadi. Lekin
ba`zi qizlar jinsiy balog`atga etgani bilan hali ko’p jihatdan oilaviy turmushga
ijtimoiy, ma`naviy, maishiy tomondan tayyor emasligi, farzand tarbiyasidagi
tajribasizlik ular oilasining darz ketishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, ularning
ko’pchiligida oilaviy hayot talabalik yillaridan boshlanib, bu «yuk», ayniqsa
qizlarga og`irlik qiladi va salbiy oqibatlarga olib keladi.
Agar yoshlarning nikohdan o’tish davri 19-20 yoshga to’g`ri kelsa, bu
ularning iqtisodiy, ma`naviy, intellektual rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Bu
yoshda nikohga kirgan yigit-qizlar mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega
bo’ladilar.
Respublikamizda o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar nikoh yoshi birmuncha
erta boshlanayotganligini ko’rsatmoqda. qizlarning oilaviy hayotga jismoniy,
ma`naviy, ruhiy, jinsiy tayyor bo’lmaganligi oilaviy hayotda quyidagi salbiy
oqibatlarga sabab bo’lmoqda:
- ajralishlar ko’paymoqda;
- ayollarning farzand ko’rishida oraliq vaqtning qisqarishi yuz bermoqda;
- 17-20 yoshgacha bo’lgan ayollar salomatligi yomonlashmoqda;
- oila qurish imkoniyatlarining pasayishiga olib kelmoqda;
- yigit va qiz bab-baravar voyaga etganligi tufayli oilaning muvofiqligi;
- erta oila qurishi yoki kech oila qurish holatlari oilaviy hayotning barqarorligiga
ta`sir etmoqda.
23
YUqoridagilardan tashqari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda faqat
qizlarga e`tibor berilib, yigitlar nazardan chetda qolmoqda. Agar yigit ham oilaviy
hayotga tayyor bo’lmasa, ular qurgan oila mustahkam bo’lmaydi, albatta.
Demak, yigitlarning ham ma`naviy yuksak, fikr doirasi keng, odobli bo’lishi
bilan birga salomatligini ham kuzatish alohida ahamiyatga ega. Qizlar bilan bir
qatorda yigitlarni ham nikohga kirguncha salomatligini nazoratdan o’tkazish, ular
qurgan oilaning kelajakda buzilishiga sabab bo’luvchi omillarning oldini olishga
yordam beradi. Masalan, har ikki yoshning yuqumli yoki surunkali kasalliklari,
ruhiy xastaligi, aqli zaifligi aniqlansa, ularning nikoh tuzishi man etiladi.
Oila qurishda yaqin qarindoshlar o’rtasida ham nikohga yo’l qo’yish mumkin
emas. YAqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar oqibatida nogiron, aqli zaif
farzandlar dunyoga kelib, oila baxtiga zavol bo’lmoqda.
Oila qurishda yigit va qizlarning voyaga etgan oilalar muvofiqligi ham katta
ahamiyatga ega. Er-xotin o’rtasidagi tenglik - bu nasl-nasab, ijtimoiy mavqei
jihatdan bilimi va saviyasi, did-farosat, iymon-e`tiqod, mulkdorlikda bir-biriga
muvofiq bo’lmasa, bunday nikohdan so’ng, albatta oilada juda ko’p
kelishmovchiliklar sodir bo’lib, buning oqibati ham ajralish bilan tugashi yoki bir
tomonning xiyonatiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham yoshlar oila
qurgunga qadar ular oilaviy hayotga ma`naviy-axloqiy, psixologik-pedagogik
jihatdan tayyor, etarli turmush madaniyatiga ega bo’lsa, oila mustahkam va
barqaror bo’ladi.
Buning uchun esa yoshlarni (oilaviy hayotga tayyorlash ular hayotining
dastlabki yillaridan boshlanadi) oilaviy hayotga tayyorlashda, avvalo bu hayot
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish zarur.
Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar bu sohadagi axborotlar etishmasligi tufayli
to’la shakllanmagan. Bu tasavvurlarning turli yosh va jins vakillarida o’ziga xos
tarzda namoyon bo’lishi, shaxs va guruhlarning hayot tarzi, ma`lumoti, tajribasi,
kasb-koriga bog`liqligini tadqiq etar ekan, oilada ayol va erkakning ijtimoiy-
psixologik mavqei, er-xotinning oilada farzand tarbiyasiga ta`siri, yoshlarda
to’g`ri, maqbul oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-sharoitlari va
24
psixologik omillarini, nikoh va oila, nikoh yoshi, o’zbek oilalarining milliy
qadriyatlari, oilaning mustahkam bo’lishini ta`minlaydigan shaxslik xislatlari, har
ikki jinsga taalluqli xislatlar va ularning namoyon bo’lishi shartlari, oilada erkak va
ayol maqomi, bolalar soni, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, oila
yumushlariga jalb etish yo’llari haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan bog`liq
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarga tayanishni taqozo etadi.
Lekin bu tasavvurlarning shakllanishi jamiyatdagi o’zgarishlar, ijtimoiy muhit
va ana shu muhitda qabul qilingan rasm-rusum, urf-odat va an`analar, har bir
oilada o’zaro munosabatlarning o’ziga xosligi, oilada bolalar soni, ota-onalarning
ma`lumot darajasi, ularning oiladagi obro’si, mavqeiga bog`liq bo’lishi tabiiydir.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda sevgi-muhabbat, oila, uning
xususiyatlari, oilaviy muammolar, ayniqsa, ajralish, bolalar o’limi, farzandsizlik
sabablari, iqtisodiy-xo’jalik ishlarini yurita olmasligi, oilada tarbiya muammolari,
oila a`zolarining kommunikativ vazifalari, bo’sh vaqtdan to’g`ri foydalana
olmaslik, oilada er va xotinning biologik, psixologik, sotsial qovushuvi, oilada
axloqiy-psixologik muhit va unga ta`sir etuvchi omillar, oila a`zolari o’rtasidagi
munosabatlar va ularning qonuniyatlari, jinsiy tarbiyaning ta`siri haqidagi
masalalar bilan bog`liqdir.
Avvalo, oila jamiyatning kichik negizidir, uning iqtisodiy-xo’jalik faoliyatiga
tayyor bo’lish muhimdir. Oilada sarf-xarajat, kirim va chiqimni muvofiqlashtirish,
uy-ro’zg`or ishlarini to’g`ri taqsimlash, bu ishda oila a`zolarining fe`li, mijoziga
e`tibor berish, bolalarda mehnatga qiziqish uyg`otish, uy-ro’zg`or ishlarini
yuritishni bolalarga o’rgatish yoshlarni oila qurgandan keyin ro’zg`or tebratishda
iqtisodiy qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam berishini taqozo etadi.
Zero, oilada bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, jinsiy tarbiyasiga
e`tibor berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash poydevori oilada qurilib, maktab
uni rivojlantiradi va , mustahkamlaydi.
Oilada kommunikativ vazifalari bolalarning ota-onalari bilan bo’lgan aloqasi
ularning aqliy saviyasi, hissiy-emotsional holatining to’g`ri shakllanishi uchun
25
nihoyatda zarur, bu ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi va bunda
televidenie, radio, matbuot muhim o’rin egallaydi .
Oilada bo’sh vaqtdan samarali foydalanish, dam olishni to’g`ri tashkil etishda
bolalarning sport bilan shug`ullanish malakasini oshirish, ijodiy rejalarini ro’yobga
chiqarish, oilaning iqtisodiy-xo’jalik muammolarini hal etish, mamlakat bo’ylab
sayohatlarga chiqish, san`at, badiiy adabiyot bilan oshno bo’lishga o’rgatish
ularning kelgusi hayotida bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil etishga yo’naltirish lozim.
YOshlarni oila qurishdan oldin bu mezonlardan xabardor bo’lishi, ya`ni turmush
qurish arafasida turgan yoshlar ma`naviy, ruhiy, jinsiy ko’nikmaga ega bo’lishlari
alohida ahamyatga ega.
YOshlarni oilaviy hayotga, nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini
ta`minlashda ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter-xususiyatlari va
nihoyat kasb faoliyatlariga e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bitta yoki kam,
shuningdek, ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi, maktab, oila hamkorligi, ota-
onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda
an`analarimizga tayanish muammolariga ko’proq o’zaro munosabatlari, oila va
maktabda o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini
ta`minlash masalalariga diqqatni qaratadiki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy
hayotga tayyorlash muammosi echimini o’zida aks ettiradi.
Zero, O’rta Osiyoda qadimdan oila boshliqlariga farzandlarni uyli-joyli qilish,
farzandli bo’lish va uy qura olish qobiliyatiga qarab baho berishgan. Bu an`ana
avloddan avlodga o’tib, har bir yoshning ruhiyatiga singib ketgan.
CHunonchi, keyingi yillarda yosh oilalarning (bular aksariyati yosh turmush
qurgan oilalardir) ajralib ketish holati yuz bermoqda. Buning sababini quyidagicha
izohlaymiz:
1. Yigit-qizlarning erta, mustaqil hayotga ruhan tayyor bo’lmay turib, ya`ni
qizlar 16-17, yigitlar 18-19 yoshda hali biror hunarga yoki kasb-korga, oila
tebratish malakasiga ega bo’lmay turib, oila qurishlari ota-ona, akalarga qaram
bo’lish, ham iqtisodiy, ham ma`naviy jihatdan kelishmovchiliklarga sabab bo’ladi
va ajralishlarga olib keladi.
26
2.Iqtisodiy jihatdan oilalarda yuz bergan kelishmovchiliklar (bir uy yoki
hovlida bir necha oilaning yashashi) natijasida ajralib ketishlar sodir bo’ladi.
3.Oila a`zolariga tegishli yot illatlar. Yigitlarning nashavandlik,
giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichishga ro’ju qo’yishi, ishsizligi, xiyonat
kabilarga berilganligi bo’lib, bular ham oilaning barqarorligiga salbiy ta`sir etib,
ajralishlar sodir bo’lishiga olib kelmoqda (64).
Lekin, mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda oila masalasining davlat
siyosati darajasiga ko’tarilishi, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning
tiklanishi yoshlar o’rtasida keng targ`ib qilinishi, oilaviy hayotga tayyorlashga oid
ilmiy–amaliy ishlarga e`tibor berila boshlaganligi bu boradagi muammoning asta-
sekin hal etilayotganligini ko’rsatmoqda.
Bu borada milliy tarbiyaga oid an`analarimiz, ya`ni Islomda oilaga va oilaviy
tarbiyaga munosabat va uning bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o’rni,
SHarq mutafakkirlari merosida oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash
masalalari, xalq pedagogikasi manbalaridan bolalarni oilada ma`naviy-axloqiy
tarbiyalashda foydalanish, bolalarni oilada o’zbek xalqining milliy an`analari
asosida tarbiyalash usullari keng tahlil etiladi. Eng muhimi, oila tarbiyasida
maktab, oila, jamoatchilik hamkorligiga va maktab, oila, jamoatchilik faoliyatini
muvofiqlashtirish masalalariga keng e`tibor berish lozim.
Ayniqsa, bu borada «Sog`lom avlod» reja-tadbirlarining istiqbol dasturiga
asosan olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bular:
- o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish uchun o’quv fanlarini o’rgatish
jarayonida sog`lom turmush tarziga doir bilimlar berish;
- yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya gigienasiga doir qisqa kurslar tashkil etish;
- o’smir bolalar va qizlar uchun oilaviy tarbiyaga doir adabiyotlar chop etish;
- Vatan va oila haqida turli mavzularda ko’rik-tanlovlar tashkil etish;
- oila va oilaviy hayotga doir turli mavzularda tadbirlar belgilash;
- oilada bolalarning bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil etish;
- o’smirlar o’rtasida jinoyatchilik, qonunbuzarliklarning oldini olish va hokazo.
27
Umuman, yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarda bolalarni o’quvchilik
davridayoq oilaviy hayotga tayyorlashda salmoqli o’rinni egallaydi.
SHu bilan birga yoshlarning ona Vatan, jamiyat, atrof-muhit, ota-ona,
qadriyatlar, farzand, er-xotinning o’zaro, qarindosh-urug`, qo’ni-qo’shni,
mahalladosh, qariya, nogiron, yordamga muhtojlarga mehribon, xayrixoh qilib
tarbiyalashga e`tibor qaratish darkor.
YOshlar turmush tarzining sog`lom bo’lishida oila ma`naviyatining o’rni va
uning shakllanishi masalalari muhim ahamiyatga ega.
Oilada farzand tarbiyasi, insonda oilaviy burch, oila a`zolarining o’zaro
munosabatlarining shakllanishi, jamiyat va oila oldidagi mas`uliyatni tarbiyalash
muammolarini yoritish orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash , ayniqsa,
yoshlarga, yosh oilalarga maslahatlar muammosi qiziqarli bo’lib, bu borada oila
sotsiologiyasi, psixologiyasi nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega bo’lib,
farzand tarbiyasi hamda oilaviy hayot barqarorligini ta`minlashda muhimdir.
U jamiyatning negizi sanalmish oilani mustahkamlash uchun quyidagi
jihatlarga e`tibor berish zarurdir
oila a`zolarining barchasida tinchlik-xotirjamlikni his etishini ta`minlash;
noxush voqea-hodisalarni engib o’tishda oila a`zolari o’rtasidagi aloqaning
mustahkamligini ta`minlash;
oila a`zolarining umumiy orzu-intilishlari va qiziqishlarini e`tiborga olish;
oilada ruhiy tenglik va adolatlilikni ta`minlash;
oila urf-odatlari, ramzlari, marosimlarini e`zozlash;
barcha oila a`zolari qadriyatlarini hurmat qilish.
Oila jipsligiga zid omillar:
oila a`zolarining nafsi buzuqligi;
xudbinlikning namoyon bo’lishi;
bir-birini ko’ra olmaslik va raqobat;
oila boshlig`i yoki oila a`zolarining talablardan qanoatlanmaslik his-tuyg`usi.
Oila a`zolarining bir-birini yoqtirishi oila jipsligining omili hisoblanadi.
Bunda ularning hamkorligi asosiy rol o’ynaydi. SHuning uchun ham nikohga
28
kirish bo’lg`usi kelin-kuyovlardan ma`lum darajada tayyorgarlikni talab qiladi.
CHunki kelin-kuyovlar nikoh oldidan nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy va ruhiy
tomondan ham oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari kerak. Bunda jismoniy balog`at
yoshlarning fiziologik etilganlik yoshi bo’lsa, ruhiy balog`at-aqliy rivojlanganlik
darajasi, hissiy rivojlanish, ota-ona hamda er-xotin mas`uliyatini bajara olishi
hamdir.
Yigitning ijtimoiy balog`atga etishi-uning o’z oilasini tuzishi, mustaqil
yashashi va kelajakda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi kabilarni o’z
ichiga oladi.
Nikohga kiruvchi - bo’lg`usi kelin-kuyovning o’z o’rnini bilishi muhim rol
o’ynaydi. Juda ko’p yoshlar oilaviy hayot qurgunga qadar aqliy rivojlanishning
zarur darajasini egallagan bo’ladilar. Zotan, har bir yigit-qizdan aqliy rivojlanish,
tafakkur va intellektual qobiliyat, nikohga kirishning mohiyati va kelajakda o’z
oilasi oldida mas`uliyatni his etishi hamda tushunishi talab etiladi.
Agar nikohga kirayotgan har bir yosh kelgusi oilaviy hayotini faqat o’z
tasavvuri va istaklari asosida qurmoqchi bo’lsa, bunda hamkorlikdagi oilaviy hayot
qiyinlashadi. CHunki, oilaviy hayotda er va xotin zaruriyat paydo bo’lganda, o’z
fikrlari, qarashlarini o’zgartirishlari ham mumkin. Ularning faqat haqqoniy fikr
yuritishlarigina bir-birini tushunishiga va vaziyatlarni to’g`ri baholash, xulosalar
chiqarishga olib keladi.
Ma`lumki, yoshlik davrida insonning his-tuyg`ulari jo’shqin holda bo’ladi. Bu
davr hissiy rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. CHunki yoshlikda go’zallik,
to’g`rilik, ezgulik, adolat kabi tuyg`ularning shakllanishi kuchayadi. Bu davrda
ijtimoiy tuyg`ular yuqori bosqichga ko’tariladi. Bunday yoshlar oila qurganda oila
a`zolari bilan muomala-munosabatda ularga in`om etgan baxtli oilaviy hayotdan,
jamiyat hayotida ijodiy, faol ishtirok etayotganligidan qoniqish hosil qiladi. Lekin
ijtimoiy hissiyotning balog`atga etishida chegara bo’lmaydi. Bu jarayon butun umr
davomida davom etishi mumkin.
29
Ijtimoiy balog`atga etishning shakllanishi insonning mehnat faoliyati bilan
ham bog`liq bo’ladi. CHunki nikohga kirish va oilaning moddiy ta`minoti, albatta
iqtisodiy asosga hamda mustaqil oila tebratish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
SHuning uchun oilaviy hayotga tayyorlashda, eng avvalo sevish va sevilish
baxti nimadan iborat ekanligini tushunib etish muhimdir. Lekin hozirgi davrda
ijtimoiy va oilaviy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda oila qurayotgan, ya`ni
nikohga kirayotgan yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, buning uchun salomatlik
bo’yicha maslahat markazlari hamda oilaviy munosabatlar, oilaning turmush tarzi
bo’yicha ruhshunos, pedagog, ijtimoiy maslahatchilar markazlari faoliyatini
jonlantirish maqsadga muvofiq.
YAratilgan
barcha
ishlarda
bayon
qilingan
mutaxassislar
fikrini
umumlashtirgan
holda
yoshlarni
oilaviy
hayotga
tayyorlash
quyidagi
yo’nalishlarda amalga oshirilishi kerak degan fikrga keldik:
1) umumijtimoiy yo’nalish bo’lib, unda mustaqillik sharoitida oilaning oila-
nikoh va demografiya sohasidagi holati, shuningdek oila va uning jamiyatda tutgan
o’rni, oilada nikohlarning barqaror va to’laqonli bo’lishi, nikohsiz oila qurish va
nikohi buzilayotgan oilalarning oldini olish, oilaning darajasi, oila, mustahkam
oila, keksa oilalarning har birining o’z maqomini saqlash va barqarorligi, ko’p
bo’g`inli oilalar turmush tarzi, bunday oilalarda bobo-buvi, ota-ona, nabiralarning
o’z o’rni, oilada bolalar soni, ya`ni serfarzand, kamfarzand oilalar hayot tarzi
haqida ma`lumotga ega bo’lish muhim. Bu jihatlar oilaning moddiy ta`minoti bilan
birga tarbiyaviy tomonlarini ham o’z ichiga oladi.
Masalan, oilada turmush tarzi ijobiy bo’lishi mumkin. Ammo bolalar va ota-
onalar o’rtasidagi kelishmovchiliklar ba`zida uning psixologik muhitiga salbiy
ta`sir etadi. YOki o’zbek oilalaridagi ko’pbo’g`inlilik bobo, buvi, ota-ona
farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir etish bilan birga, oilada uy-joy taqsimoti,
moddiy-maishiy tomondan qiyinchiliklar tufayli ziddiyatlar keltirib chiqarishi
mumkin.
Ma`lumki, oilaning ijtimoiy, o’rni, uning moddiy ta`minoti bilan belgilanadi.
Bunga oilaning kirim-chiqimidagi moslik, uy-joy bilan ta`minlanganligi,
30
ro’zg`ordagi moddiy-maishiy jihozlar, kiyim-kechaklarning etarliligi kabilar
kiradi. Agar oila bu talablarga javob bermasa, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi
past darajaga tushib qolishi mumkin. Agar oila kam ta`minlangan bo’lsa, o’rtacha
daraja, agar oila moddiy tomondan to’la ta`minlangan bo’lsa, uning ijtimoiy-
iqtisodiy maqomi yuqori darajada bo’ladi.
2) Oiladagi ruhiy muhitdir. Bu er-xotin, ota-ona va bolalar hamda ularni
o’rab turgan kishilar bilan munosabatlardir. Bunga oila a`zolarining his-tuyg`ulari
darajasi, o’zaro munosabatlarida bir-birini tushunishi, his etishi va bir-biriga ta`sir
etishi, oila a`zolarining dam olishni qanday o’tkazishi bilan bog`liq. Psixologik
muhit past darajadagi oilalarda nikohning buzilishi, bolalarning oiladan bezishi,
oilada ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
3) Oilaning ijtimoiy madaniyati darajasidir. Bu jihat oila a`zolarining bilimi
va uning oila turmushi hamda tarbiyaviy tomonlariga ta`siri bilan belgilanadi.
Bunday oiladagi ota-onalar oilaning eng yaxshi an`analarini davom ettiradilar,
bolalarning axloqiy, mehnat, huquqiy, estetik tarbiyasi bilan muntazam
shug`ullanib boradilar, oilada sog`lom turmush tarzi yaratadilar.
4) Oilada bolaga munosabat darajasi bilan belgilanib, bu uning qiziqishlariga
bo’lgan hurmat, e`tibor bilan qarashda namoyon bo’ladi.
Oilalar yuqoridagi jihatlari bilan sog`lom va nosog`lom guruhlarga bo’linadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan sharoitda ba`zi yoshlar to’g`ri yo’l topa
olmay, yot ta`sirlarga berilib ketmoqdalar. Natijada oilada nosog`lom muhit
vujudga kelib, bu, avvalo, uning a`zolariga, ayniqsa, balog`at yoshidagilarga salbiy
ta`sir ko’rsatmoqda.
SHuning uchun ham bunday sharoitda oliy o’quv yurtlarida ham yoshlarning
ijtimoiy harakatiga ko’proq e`tibor berish kerak. CHunki, bugungi talaba ertaga
oila rahbari yoki uning a`zosidir. Bu sohadagi muammolarni hal etishda
quyidagilarga asosiy e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:
1. Har ikkala- qiz va yigit oilalarining muvofiqligiga erishish:
a) moddiy;
b) ma`naviy;
31
v) jinsiy sog`lomligi;
g) yoshidagi farqi.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash deganda oilaviy turmush tarziga
tayyorgarlikni tushunmoq zarur.
2. YOshlarning ma`naviy-axloqiy shakllanganligi va muomala odobiga rioya
etishi. Oilada har ikkala jinsga mansub shaxslar bilan munosabatlar me`yorlariga
rioya etish, do’stlik, ota-onaga, kattalarga hurmat, kichiklarga g`amxo’rlik, bolalar
tarbiyasiga e`tibor va bunda ehtiyoj, mas`uliyat, sadoqat, olijanoblik, insoniylik;
oila-nikoh munosabatlarini e`zozlash va qadrlash, oilada burch mas`uliyati va
hokazolarga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
3. YOshlarni huquqiy jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash. Bu yo’nalishda
ularni «Oila kodeksi» va «Nikoh to’g`risida»gi Qonun asoslari, oila a`zolarining
huquq va burchlari qoidalarini bilish, er-xotinning o’zaro, farzandlari, jamiyatga
nisbatan mas`uliyat hissini anglab etishga tayyorlashdan iboratdir.
4. YOshlarni oilaviy hayotga psixologik jihatdan tayyorlash. Bunda ularning
oilada rivojlanganlik darajasi, oila a`zolarining ruhiyati va o’zaro munosabatlar
psixologiyasini shakllantirishga tayyorlashdan iboratdir.
5. Jismoniy-gigienik tayyorgarlik. Bu yo’nalish ham muhim bo’lib, oila
a`zolarining jinsiy, gigienik tayyorgarligi, intim munosabatlar, kun tartibi, har bir
oila a`zosining salomatligidagi o’zgarishlarni kuzatib borish va yordam berishga
tayyorlaydi.
6. Pedagogik yo’nalish bo’lib, bunda ota-onalarni farzand tarbiyasi sohasidagi
pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, ularning pedagogik madaniyatini
oshirishdan iboratdir.
7. YOshlarni oilaviy hayotga estetik munosabatini shakllantirish.
8. YOshlarni xo’jalik iqtisodini yuritishga tayyorlash. Bunda oila byudjeti va
xo’jaligi haqidagi tasavvurlarni boyitish, uni yuritishga oid malaka va ko’nikmalar
hosil qilishdan iborat.
32
O’zbek oilasida bularning barchasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, biz
kelgusida ana shu xususiyatlar va ularni tarkib toptirish imkoniyatlarini keyingi
rejalarimizda fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |