3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda yangilanish jarayoni kechayotgan
hozirgi davrda shu jamiyatning fuqarolari bo’lgan ma`naviy boy, axloqan etuk,
intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol
topgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunday xislatlarga
ega bo’lgan barkamol shaxs esa oilada shakllanadi. SHuning uchun ham jamiyat
mustahkam, sog`lom oila bo’lishidan manfaatdordir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va risolalarida
oila va barkamol avlodni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi eng muhim davlat
ahamiyatiga ega masalalardan qilib qo’yilmoqda: «Bola tug`ilgan kunidan boshlab
oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot orqali jamiyat
talablarini anglaydi, his etadi... Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining
oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan
so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim
qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish, boshini ikki va uy-
joyli qilish», - deb o’zbek xalqining milliy xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
Haqiqatan ham, har bir shaxs dastlab oilada shakllanadi va o’zi tarbiya
topgan oila an`analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z o’rniga ega
bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham oilani mustahkamlash,
bolalarni
tarbiyalash
davlat
ahamiyatiga
ega
bo’lgan muammolardan
hisoblanmoqda. Zero, oila har bir xalqning an`analari, milliy qadriyatlarini
avloddan-avlodga etkazib, ularning rivojlanishiga yordam beradigan, avlodlar
uzviyligini ta`minlaydigan, unda kamol topayotgan har bir yoshni zamon talabi
darajasida barkamol etib tarbiyalaydigan ijtimoiy institutdir.
SHuning uchun ham hukumatimiz, shaxsan O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan «Oila» (1998), «Ayollar» (1999),
«Sog`lom avlod» (2000), «Ona va bola» (2001) yillari deb e`lon qilinishi va shu
munosabat bilan Davlat dasturlarining tuzilishi hamda uning amalga oshirilishi
ham oilada yuksak ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash uchun shart-sharoitlar
4
yaratishga qaratilgan. Bu bilan davlatning asosiy negizini mustahkamlash bilan
bog`liq bo’lgan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va mustaqillik sharofati
bilangina vujudga kelgan azaliy intilishi yuzaga chiqdi. CHunki oila
mustahkamligi bir-ikki yilda amalga oshadigan jarayon emas.
O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da: «Ota-ona o’z bolalarini
tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi
va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog`ligi, jismoniy, ruhiy,
ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo’rlik qilishlari shart», - deyiladi.
Oilada kamolga etayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aql-
idrok sohibi qilib etishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil
insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o’ziga to’g`ri yo’l
topa oladi va boshqa oila a`zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo’lib etishishiga
zamin yaratadi.
Lekin oila va oilaviy tarbiyaga doir barcha olib borilayotgan ishlar
maktabgacha va maktab yoshidagi o’quvchilarga qaratilgan bo’lib, asosan balog`at
yoshiga etgan talaba-yoshlar nazardan chetda qolayapti. Aynan ularning oilaviy
hayotga tayyor bo’lishlari bu davrda oilaviy hayot haqidagi mavjud bilimlari
hamda tarbiyalanganlik darajalariga bog`liq bo’lib, bu bilim va tushunchalarni
rivojlantirish, mustahkamlash zarur.
CHunki, aynan talabalik yillarida g`oyaviy-mafkuraviy sohada ham
yoshlarning moslashuvchanligi, o’ziga yo’l topa olishga intilishi ko’proq namoyon
bo’lib, ular ongiga yot g`oya va mafkura ta`sir etishi mumkin. YOshlarni bu
davrda oilaviy hayotga tayyorlash ularning oiladek muqaddas dargohga, bu orqali
o’z Vataniga sodiq bo’lish, har qanday yot ta`sirlarga berilmay, g`oyaviy
mustahkam inson bo’lib shakllanishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning: «YUrtimizda har bir
inson uchun Vatan tushunchasi avvalo oiladan boshlanadi. SHu bois, oila va
mafkura tushunchalari chambarchas bog`liqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni,
tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab etmasdan, oilaga millat
5
manfaati nuqtai nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata
olmaymiz», - degan fikrida ham xuddi ana shu maqsad ifodalangan.
Zero, oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir.
CHunki oila-jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlarga
ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida
singadi. Bu jarayon ajdodlarimiz tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog`lom muhit – milliy mafkurani shakllantirish manbaidir.
Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni
ta`minlash – milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda
tayanch bo’ladi.
Ma`lumki, keyingi yillarda mamlakatimizga kirib kelgan turli oqimlar
yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbiga salbiy ta`sir ko’rsatib, o’z
tomonlariga olish uchun harakat qildilar. Ba`zi yoshlar bu ta`sirga berilganligining
sabablaridan biri ko’pchilik ota-onalar bu oqimlarga qarshi bo’la turib, uning
mohiyatini o’z farzandlariga tushuntira olmaganlar. CHunki farzand tarbiyasi har
doim jamiyat ijtimoiy hayotidagi muhim masalalardan biridir. Ota-ona
farzandlarining kelajakda jamiyatda tutadigan o’rnini aniq his eta olsa, uni to’g`ri
tarbiyalashga harakat qiladi. Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaviy hayotni ham chetlab
o’tmaydi. U farzandlar tarbiyasiga ham ta`sir etib, uning shakllanishi, kerak
bo’lganda Vatan ravnaqi, oila sha`ni uchun kurashib, illatlarga murosasiz, mard va
jasur insonlar bo’lib etishishiga imkoniyat yaratadi. Ana shunda farzandlar
tarbiyasida ota-onalarning xalq pedagogikasiga tayanishlari maqsadga muvofiqdir.
O’zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’ziga
xos tarbiya tizimiga ega. Xalq donishmandligining yosh avlod ta`lim-tarbiyasida
qo’llanib kelingan usul, vosita, ko’nikma va malakalar majmuidir. Bu malaka va
ko’nikmalar xalqning urf-odatlari va an`analarida sayqallana borib, uning eng
yaxshi orzu-umidlari namunasida ta`lim-tarbiya beradi. SHu jihatdan xalq
pedagogikasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda o’ziga xos tamoyillarga
tayanadi:
- oilaning muqaddasligi;
6
- oila a`zolari o’rtasidagi munosabatlarning mehr-muhabbat va sadoqatga
asoslanganligi;
- bolajonlik va serfarzandlik;
- bolalarni yoshlikdan oilaviy mehnat muhitida tarbiyalash;
- ota-ona va boshqa katta yoshlilarga hurmat kabilardan iborat.
Mazkur tamoyillar oila a`zolarining qon-qoniga singib ketgan va vatanparvarlik
g`oyasi bilan uyg`undir. Bundan tashqari oilalarda o’zaro bir-biriga, keksalar,
qarindoshlar, beva-bechoralarga mehr-oqibat, muruvvat ko’rsatish farzandlar
ongiga singib ketgan. Ayniqsa, sog`lom turmush tarzi: haromdan hazar qilish, oila
sha`ni uchun kurashish, o’z farzandlarini halol luqma bilan boqish ham bolalikdan
singdiriladi.
Ta`lim tizimida hayot ostonasida turgan yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashda yuqorida qayd etilgan tamoyillar xalq pedagogikasining asosi sifatida
xizmat qiladi. Zero, xalq pedagogikasi katta tarbiya maktabi bo’lib, yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlashda asosiy manba hisoblanadi. Bu manbadan o’rinli
foydalanish esa milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuramiz shakllanayotgan
sharoitda ayniqsa muhimdir.
YOsh avlodni oila va oilaviy hayotga tayyorlash muammosi Z.F.Mirtursunov,
A.Munavvarov, G`.SHoumarov, V.M.Karimova, O.Musurmonova va boshqalar
tomonidan o’rgpnilgpn.
V.M.Karimova esa o’zbek oilasi to’g`risidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli
guruh vakillarida namoyon bo’lishini empirik jihatdan o’rgangan. Empirik tadqiqot
jarayonida oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning turli yosh va jins vakillarida o’ziga xos
tarzda namoyon bo’lishi hamda ularning shaxs va guruhlarning hayot tarzi,
ma`lumot darajasi, kasb-kori va hayotiy tajribasiga bog`liqligi asoslangan. Unda
birinchi marta o’zbek ayollari va erkaklarining oiladagi ijtimoiy-psixologik
mavqei, er-xotin munosabatlarining bolalar tarbiyasi va oila muhitiga ta`siri,
yoshlarda to’g`ri, maqbul oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-
sharoitlari va psixologik omillari ishlab chiqilgan bo’lsa, G`.B.SHoumarov oila
munosabatlarida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi bog`liqlik, o’zbek oilalarining
7
o’ziga xos xususiyatlari, er-xotin o’rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy
sabablari va uni hal etish yo’llari, o’smir-yoshlarni oilaga tayyorlashning
psixologik, jinsiy, axloqiy jihatlari, oiladagi axloqiy-psixologik muhit, qaynona-
kelin, qaynona-kuyov o’rtasidagi kelishmovchiliklar va ularning oldini olish,
Musurmonova oila maqomi milliy g`urur va iftixor darajasiga ko’tarilishi
munosabati bilan mustaqillik sharoitida uning kamoloti, tinchligi va farovonligi,
haq-huquqlarini himoyalash kabi muhim muammolar o’z o’z echichini topgan. .
Do'stlaringiz bilan baham: |