Oilaning tarbiya jarayonida bolani tarbiyalash va jazolash
Reja:
1. Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi.
2.Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
3.Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari. 2
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
Tarbiya biz uchun yo hayo-yomamot, yo najot, yo haloqat, yo saodat, yo
falokat masalasidir
(A.Avloniy) Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma’naviy taraqqiyoti haqida g‘amxo‘rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Inson o’ziga hos xususiatlari uning mehnatga, ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakll anadi.Jamiyat mustahkam, ma’naviy va ahloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo‘l-yo‘riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi – oilalarning ijtimoiy- iqtisodiy va ma’naviy kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta’bir joiz bo‘lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma’noda 1yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti muhim masaladir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo‘lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota–onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan ma’suliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya
birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha
1 Karimov. I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 - 176 b.
jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishga asos bo‘lmokda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda xam o‘z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov, oilada hukmron bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr bildirib: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh- urug‘lari va yaqin odamlarning, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida
g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.2 deb ta’kidlaganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu xolatlar al,atta farzandlar tarbiyasiga ta;sir etmay qoymaydi. Bu esa tarbiya jarayonida ijtimoiy normalarni amal qilishi yoki buzilishida nomoyon bo’ladi. Ayni shu maslalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart- sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart- sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga
quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.
Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva, M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek ayollarining huquqiy masalalari, oila-nikoh munosabatlarining huquqiy jihatlarini o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa,
Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.
E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindosh- urug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.
E.G‘oziev o‘z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila buzilishlari haqida ham alohida to‘xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha an’ana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qo‘yish, rashk, madaniy hordiq chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar ishlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, E.G‘ozievning bu sohadagi ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning o‘ziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz.
V.M.Karimova o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasida tarbiyaning o‘ziga xos
tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida, sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida oilaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, oilaviy hayot muammolariga doir materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni ilgari surgan. Muallifning fikricha, oiladagi tarbiya nola xayot yolining debochasidir, u murakkab va ko‘p komponentli psixologik tizim bo‘lib, ularning tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik tushunchalar kiradi.
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim- tarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi .
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning
sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan.
M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy yo‘nalishda tahlil qilinadi.
N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy- madaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda qanday kechish holatini aniqlashga erishgan.
M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi va boshqalar kiradi.
Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim .
A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash
zarurligi ta’kidlangan.
X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi.
X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz beradigan nizoli holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar klassifikatsiyasini asoslashda nizo sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tadqiqotlariga tayanib oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish choralari, unda o‘zaro murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi.
O.Shamievaning tadqiqotlari rahbar ayollar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rahbar ayollarning faoliyati ularning ijtimoiy-psixologik tuzilmasini ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan xulqni muvofiqlashtirish jarayonida tarkib topishi, takomillashishi va rivojlanib borishi ilmiy asoslangan. Shuningdek, rahbarga xos shakllangan sifat va fazilatlar (ijtimoiy, psixologik va madaniy) oilada shaxslararo munosabatlarning barqarorlashuviga, undagi tarbiyaviy-psixologik, muhitning yanada yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy- psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil
qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali ham oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida ta’kidlab o‘tadi. F.Ro‘ziqulov ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlari nihoyatda ayanchli, noxush holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek oilalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab tuzilmaliligi, qarindosh-urug‘chilik aloqalarining kuchliligi, oila-nikoh munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-xotinlarning turmush darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi.
Tarbiya har qanday jamiyatini muhim vazifasidir.Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehrg oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |