Oilalaviy hayotning huquqiy, ma`naviy – axloqiy asoslari



Download 41,02 Kb.
bet1/3
Sana28.04.2022
Hajmi41,02 Kb.
#587136
  1   2   3
Bog'liq
23 - mavzu



23 – Mavzu: Oilalaviy hayotning huquqiy, ma`naviy – axloqiy asoslari.

Rеja:
1-Oilaning huquqiy asoslari haqida tushuncha.
2- Sovchilik, kelin bo’lish odobi.
3- Ro’zg’or tutush odobi.
Tayanch tushnchalar

Oila, Nikoh, Tarbiya, Fuqarolik jamiyati, Davlat, Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Etikеt, Kasbiy odob, Axloqiy tarbiya.


Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.
Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan.
"Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan.
"Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"
1. Professor A.Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima F.Primovannng oila haqida quyidagi Yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"
2. Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha nuqtai - nazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon qardoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan davrga to’g’ri keladi.
Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" olianing tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802-1885): "Oila - jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (1848-1917) "Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etar va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku, agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"
1.Oila - jamiyat taraqqiyotiga faol ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisadir. Uning eng muhim sotsial vazifalari qatoriga inson zotini davom ettirish, oila a’zolarining turmush maishatini, bo’sh vaqtini qondirishni uyushtirish kabilar kiradi. "Oila haqida gapirar ekanmiz, — deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf - odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadagan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor". Xullas, oila - jamiyatning eng kichik yacheykasi va asosiy bo’g’inidir. Unda kishilik urug’ini davom ettirish va uni tarbiyalash vazifalari amalga oshiriladi.
Oilaviy munosabatlar ma’lum huquqiy va axloqiy asoslarga ega. Bu masalalar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga O’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota - onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi:
1) bolalarga ism - sharif va familiya qo’yish;
2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash; o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish;
5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar kiradi.
Oilaviy munosabatlar axloqiy asoslarga ham ega.birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Oila muqararligini ta’minlovchi birinchi omil — Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehr - muruvvati, sadoqoti va vafodorligidir".
Oilaning eng muhim axloqiy asoslariga sevgi - muhabbat, vafodorlik, mehr - oqibatlilik, izzat - hurmatli bo’lish kabilar kiradi. Oilaning asosiy bosh axloqiy asosini ikki jinsga mansub kishilarning erkak va ayolning sevgi va muhabbati, bir - birini anglagan holda birgalikda yashash va ko’payish istagining jamiyatni to’ldirish, ya’ni inson zotini ko’paytirish, o’z avlod ajdodini davomiyligini saqlash, eng muhimi, ularni iqtisodiy va ma’naviy - axloqiy jihatdan mukammallashtirish yo’lida birgalikda qiladigan hatti - harakatlarining jami tashkil etadi. Oilaviy axloq asosini ikki jins o’rtasidagi sevgi - muhabbat tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotlarda sevgi - muhabbatning to’la ma’nodagi ta’riflari yo’q. Falsafiy qomusda: Sevgi - shaxsning boshqa shaxsga beg’araz va beqiyos intilishida namoyon bo’luvchi hissiyotdir, deb ta’riflanadi
1. Etikaga oid qo’llanmalar va lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, sevgi - muhabbat kishilarning o’zaro manfaatdorliga va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi yoshning bir -biriga moyil bo’lishi, bir - birini bir qarashning o’zida tushuna bilishi, bir-biriga hamisha yon bosishlari, bir - birlarini butun umr bo’yi ardoqlashlaridir
2 Professor A. Ortiqovning ta’kidlashicha, sevgi –muhabbatning uchta: tabiiy (biologik), ijtimoiy va shaxsiy mezonlari bor. Masalan, muhabbatning tabiiy mezoniga sevishganlarning nikoh haqida qonunida belgilangan yoshga yetganligi, ularning yoshidagi yaqinligi, har ikki jinsning sog’lomligi va hokazolar kiradi. Sevgining ijtimoiy mezoniga sevishganlar ota - onasining ijtimoiy - iqtisodiy, moddiy ahvoli, Chunonchi bo’lg’usi kelin kuyovlar to’yini qilishga tayyorlik darajasi, ularga maxsus yoki qulay xonalarning mavjudligi, kelin ixtiyoriga mahr belgilashga imkoniyat bor-yo’qligi, bo’lg’usi oilani moddiy jihatdan ta’minlashga tayyor va tayyor emasligi va hokazo masalalar kiradi. Sevgi - muhabbatning shaxsiy mezonlariga sevishganlarning oilaviy munosabatlarga xos dunyoviy va diniy dasturlardan xabardorligi, ularning bir - birlarini har tomonlama yaxshi bilishlari va hokazolar kiradi. Ana shu uch omilga ozmi-ko’pmi javob beradigan sevgi abadiydir, ularga mos kelmaydigani vaqtinchalik, o’tkinchidir. Ana shu uch mezonga javob beruvchi yigit va qiz oila qurishga haqlidir.
3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish;
5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish va hokazolar kiradi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Oila muqararligini ta’minlovchi birinchi omil — Ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehr - muruvvati, sadoqoti va vafodorligidir". Oilaning eng muhim axloqiy asoslariga sevgi - muhabbat, vafodorlik, mehr - oqibatlilik, izzat - hurmatli bo’lish kabilar kiradi.
Oilaning asosiy bosh axloqiy asosini ikki jinsga mansub kishilarning erkak va ayolning sevgi va muhabbati, bir - birini anglagan holda birgalikda yashash va ko’payish istagining jamiyatni to’ldirish, ya’ni inson zotini ko’paytirish, o’z avlod ajdodini davomiyligini saqlash, eng muhimi, ularni iqtisodiy va ma’naviy - axloqiy jihatdan mukammallashtirish yo’lida birgalikda qiladigan hatti - harakatlarining jami tashkil etadi. Oilaviy axloq asosini ikki jins o’rtasidagi sevgi - muhabbat tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotlarda sevgi - muhabbatning to’la ma’nodagi ta’riflari yo’q. Falsafiy qomusda: Sevgi - shaxsning boshqa shaxsga beg’araz va beqiyos intilishida namoyon bo’luvchi hissiyotdir, deb ta’riflanadi1. Etikaga oid qo’llanmalar va lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, sevgi - muhabbat kishilarning o’zaro manfaatdorliga va mayliga asoslangan hissiyoti, ikki jinsdagi yoshning bir -biriga moyil bo’lishi, bir - birini bir qarashning o’zida tushuna bilishi, bir-biriga hamisha yon bosishlari, bir - birlarini butun umr bo’yi ardoqlashlaridir.
Professor A. Ortiqovning ta’kidlashicha, sevgi –muhabbatning uchta: tabiiy (biologik), ijtimoiy va shaxsiy mezonlari bor. Masalan, muhabbatning tabiiy mezoniga sevishganlarning nikoh haqida qonunida belgilangan yoshga yetganligi, ularning yoshidagi yaqinligi, har ikki jinsning sog’lomligi va hokazolar kiradi. Sevgining ijtimoiy mezoniga sevishganlar ota - onasining ijtimoiy - iqtisodiy, moddiy ahvoli, Chunonchi bo’lg’usi kelin-kuyovlar to’yini qilishga tayyorlik darajasi, ularga maxsus yoki qulay xonalarning mavjudligi, kelin ixtiyoriga mahr belgilashga imkoniyat bor-yo’qligi, bo’lg’usi oilani moddiy jihatdan ta’minlashga tayyor va tayyor emasligi va hokazo masalalar kiradi. Sevgi - muhabbatning shaxsiy mezonlariga sevishganlarning oilaviy munosabatlarga xos dunyoviy va diniy dasturlardan xabardorligi, ularning bir - birlarini har tomonlama yaxshi bilishlari va hokazolar kiradi. Ana shu uch omilga ozmi-ko’pmi javob beradigan sevgi abadiydir, ularga mos kelmaydigani vaqtinchalik, o’tkinchidir. Ana shu uch mezonga javob beruvchi yigit va qiz oila qurishga haqlidir. Oilaning axloqiy asosini vafodorlik fazilati tashkil etib, bunday erkak va ayollar har qanday chigal vaziyatda ham do’stlik rishtalarini uzmaydilar, bir - birlari uchun kerak bo’lsa jon fido qilishdan ham qaytmaydilar, ular orasida g’oyat kuchli ma’naviy boylik va sodiqlik, hamkoru hamnafaslik vujudga keladi.1 Oilaning axloqiy asosini mehr - oqibatli bo’lish, bir - biriga izzat - hurmat ko’rsatish ham tashkil etadi. Oilaviy hayotda bunday fazilatlar bo’lmasa, bunday oila azob va mashaqqat maskaniga aylanadi. Shuning uchun mehr - oqibatli bo’lish, bir - birlariga izzat - hurmat ko’rsatish har bir erkak va ayolning hamda farzandlarining muqaddas burchidir.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi dеyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo’lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bеvosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.
Dastlabki axloq maskani bo’lmish oilalar yig’indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o’rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan kеyinroq ro’y bеrsa haa, u albatta davlatni taqozo etadi, ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir bo’lishi kеrak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga kеladi, zеro, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam o’zi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan o’zaro munosabatda bo’lmasdan turib, o’z maqsadiga to’la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga еtishishi yo’lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o’zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o’zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bo’lgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning o’shanday yashashiga olib kеladi.
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining ehtiyojini uning mеhnati vositasida qondirishi barobarida, shu mеhnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi. U o’z a’zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yo’l qo’ymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabaqalardan tashkil topadi. Ular orasida tabaqaviy yoki sinfiy ziddiyat singari hodisalar ro’y bеrishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi o’rinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdеk, ham axloqiy, ham qonuniy jihatdan himoya qilinadi.
Mamlakatimizda hozir erkin, dеmokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, g’arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G’arbda bu borada e’tibor asosan huquqiy yo’nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma’naviy yo’nalishning ustuvorligini ko’rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati G’arb dunyosi uchun o’rnak bo’lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kеlib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, G’arb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lеkin ular uchun «axloqiy o’rin bo’shatishdan» ko’ra «huquqiy o’rinni egallab turish» na faqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mеntalitеtimizda esa, buning aksi – har bir «axloqiy o’rin bo’shatish» o’zbеk qalbiga quvonch, o’z insonlik burchini bajarganlik hissini to’ldiradi.
Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma’lum ma’noda tеzlashtiradigan, G’arb mеntalitеtiga xos bo’lmagan mahallalar bor. O’zbеk mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bеra olsa, o’sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo’ladi, dеsak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy dеmokratik an’analari hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas. Mahallada yashayotgan, hukumat a’zosi ham, millionеr tijoratchi ham, farrosh ham, odiy o’qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. Chunonchi, mahallanig oqsoqoli oddiy o’qituvchi bo’lishi mumkin va ko’p hollarda shunday ham. Hukumat a’zosi yoki millionеr esa, mahallada faqat mahalladoshlik «lavozimida» bo’ladi. Ularning farqlanishi faqat axloqiy jihatlari bilangina bеlgilanadi. Ana shu xususiyatlari bilan mahalla o’z-o’zini boshqarish tuzilmasi sifatida oiladan fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun axloqiy ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Bunday oraliq bog’lovchi tuzilma, yuqorida aytganimizdеk, G’arb olamida yo’q. Dеmak, shunga ko’ra ham, bizda fuqarolik jamiyatiga o’tish nisbatan osonroq kеchadi, dеgan fikr bildirish mumkin. Bu borada Rеspublikamiz Prеzidеnti Islom Karimovning: «Shu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, ta’bir joiz bo’lsa, dеmokratiya darsxonasi, dеb atash mumkin», dеgan so’zlari ayni haqiqatdir.
Buyuk olmon faylasufi Hеgеl davlatni axloqiy g’oyaning voqе bo’lishi dеb ta’riflaydi va tabiiy munosabatlarni ma’naviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani –hissiyotga, fuqarolik jamiyatini – asabning ta’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o’zi uchun asab tizimiga o’xshatadi; u o’z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o’zida ikki holatning taraqqiy topishi bilan bog’liq, bular – oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning ro’yobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi o’z fuqarolarini baxtli qilish dеb hisoblanadi. Agar fuqarolar qiynalsa, ularning sub’еktiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosi – siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bog’liq.
Ko’pdan-ko’p turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat bo’lgan davlatning eng muhim axloqiy vazifalaridan biri-tarbiya. Davlat tomonidan maktabgacha bo’lgan tashkilotlarda, maktablarda va oliy o’quv yurtlarida ta’lim bilan qo’shib olib boriladigan tarbiya alohida ahamiyatga ega. Agar mazkur tarbiyada ommabop usullarning toshi bosib kеtsa, u hol maqtarli emas; yoshlarning o’zligini anglagan shaxs bo’lib еtishuvi mushkullashadi. Shu bois imkon boricha tarbiyada individual yondoshuvga intilish maqsadga muvofiq.
Dеmokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravar tеng, dеgan usulda ish ko’rmasligi lozim; hammaning huquqiy tеngligini tan olgan holda, ijtimoiy tеnglashtirish tamoyiliga yo’l qo’ymaslik kеrak.
Davlatning mavjud bo’lish sharti, eng avvalo, uning suvеrеnitеtida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil bo’ladi va o’z davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. Biz mustaqillikka erishganimizdan kеyin o’z davlatimizni qadimiy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari bilan birga zamonaviy dеmokratik tamoyillar asosida qurishga kirishdik. Davlatimiz ham ma’naviy-axloqiy, ham jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat bеrib kеlmoqda. 2000-yilning «Sog’lom avlod yili» dеb atalishi bеjiz emas; yosh avlod tarbiyasi bizda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mana, ko’rinishidan juda oddiy bir misol. O’zini eng insonparvar davlat dеb e’lon qilgan Sho’rolar Ittifoqi bunyodga kеlganidan boshlab, dеyarli yarim asr mobaynida bola tug’ilgach, onani uch oy ishdan ozod qilardi; ona uch oylik chaqaloqni bog’chaga tashlab, ishga chiqishga majbur bo’lardi, aks holda u buyruq bilan ishdan bo’shatilardi. Kеyinchalik bu tarbiya ta’tili 1 yil qilib bеlgilandi. Bizning davlatimiz esa tashkil bo’lgani barobaridayoq bola tarbiyasini yuksak ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida e’tirof etib, yangi tug’ilgan bola tarbiyasi uchun onaga 3 yillgacha muddat bеrdi. Uch yilgacha onaning ish joyi saqlanib turadi. Shu birgina misolning o’ziyoq totalitar tuzum davlati bilan dеmokratik davlat naqadar katta farq qilishini ko’rsatib turadi. Totalitar tuzum davlati yolg’on, aldov – axloqsizlik instituti. Biz tanlagan dеmokratik davlatning asosida esa yuksak axloqiylik yotadi.
3. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari axloqiy madaniyati bеlgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining bеlgisi hisoblanadi. Zеro axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri-muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Dеfo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy axloqiy mе’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sеrmazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y bеradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfе’llilik singari axloqiy mе’yorlarda namoyon qiladi. Ro’zg’or tutush odobi.
1. Choynakning tagida tuz yig`ilmasligi uchun uni suv bilan to`ldirib, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi soling-da, qaynating. So`ngra qaynoq suv bilan chaying.
2. Go`sht chiqargandan keyin yuvish oson bo`lishi uchun kartoshka yoki bir bo`lak nonni go`shtqiymalagichdan o`tkazing.
3. Grafindagi oq dog`larni ketkazmoqchimisiz? Unda issiq suv solib, 1 choy qoshiq sirka qo`shing. Yaxshilab chayqab tashlang-da, sovuq suv bilan yuving.
4. Chinni idishlarni qaynoq suvda yuvmang. Bo`lmasa idishlarning siri ko`chib, sarg`ayib qolishi mumkin.
5. Shisha idishlarni issiq suv bilan yuvish lozim. 1 litr suvga 1 osh qoshiq tuz va 2 choy qoshiq sirka qo`shing. Yuvgach, toza suv bilan yaxshilab chayib, quruq mato bilan arting.
6. Yog`och qoshiqlarni kir yuvish kukuni bilan isiq suvda yuving. So`ngra sovuq suv bilan chaying.
7. Kumush qoshiq, sanchqi yoki kumush suvi yuritilgan idishlarni limon sharbati bilan tozalash kerak. Yoki limon bo`lagi bilan artib, so`ngra iliq suvda chayish mumkin. Agar qora dog`lar bo`lsa, tish yuvish pastasi yordamida tozalash orqali ulardan xalos bo`lasiz.
8. Sirli idishlarga tuzli sovuq suv solib qo`ying. Yarim soatlardan so`ng suvni to`kib tashlab, toza suv bilan chaying. Shunda ovqat «iz»idan asar ham qolmaydi.
1. Pishloqni toza va ko'rinishi sifatli turishi uchun uni salafan bilan kesib oling. Kesib olingan salafan bo'lagini yana pishloqning qolgan qismiga kiydirib qo'ying. O'shanda pishlog'ingiz yangidek turadi.
2. Tuxumni uzoq vaqt sifatini o'zgartirmay turishini istasangiz, ularni, avvalo,o'simlik moyi bilan artib chiqing, so'ngra idishga terib, sovutgichga solib qo'ying. Qarabsizki tuxumlarni 3-4 haftagacha bemalol tanovul qilsa bo'ladi.
3. Zanjabilni choy qoshiq yordamida tozalasa bo'ladi.
4. Kesilgan tortning ushoqlari likopchaga tushmasligi uchun uni xuddi shunday qilib, buxanka bo'lagi yordamida, tishkavlagich bilan qistirib qo'yamiz.
5. Shunday pishiriqlar borki, uni tayyorlash uchun bir necha tomchi limon suvi kifoya qiladi. Shunday vaqtlarda limon suvidan oz miqdorini olish zarur bo'lsa, uni tishkavlagich bilan teshing va sekingina siqing. Limonni teshik qismini esa skotch yordamida berkiting va sovutgichga solib qo'ying.
6. Mayanez qoldiqlarini olish uchun, idishga sirka yoki ozgina miqdordagi o'simlik yog'i soling. Qarabsizki, salatingiz uchun mayonez tayyor. Idish ham top-toza.
7. Yangi uzilgan mevalaringiz yaxshi turishi uchun oz miqdordagi sirkali suvga ivitib oling. Shunda mevangiz po'kak bo'lib qolmaydi.
8. Piyoz va sarimsoq piyozlarni teshikchali qog'oz paketlarda saqlang. O'shanda ular mog'or bosmasdan kamida 2 oy davomida yangidek turadi.
9. Kesilgan avokado mevasini tozalangan piyoz bilan bir idishda saqlang, shunda u qorayib qolmaydi. Bundan tashqari yana olma sirkasini avokado ustiga sepib qo'ysa ham yaxshi turadi.
10. Olma va kartoshkani bir joyda saqlang. Chunki olma tarkibidagi etilen moddasi kartoshkaning nish urib, o'sib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
11. Idishdagi shokolad qoldiqlarini olish uchun unga uncha ko'p bo'lmagan miqdordagi issiq sut soling va yaxshilab aralashtiring, qarabsizki, issiqqina shokolad tayyor.
12. Mango mevasini tozalashning yana bir usuli.
13. Ananas mevasini yaxshi va uzoq muddat saqlash uchun uni teskari qilib qo'ying. Eng muhimi uning barglarini uzib olishni yoddan chiqarmang.
14. Kashnichni zar qog'oz (folga)da saqlang. O'shanda undan bir oydan keyin ham foydalansangiz bo'ladi.
15. Yong'oqli moy idishni ham teskari qilib qo'ying. Shunda idishdagi yong'oqlarni olish oson bo'ladi.
16. Bananlar qorayib qolmasligi uchun ular tutashgan qismni skotch bilan bog'lab qo'ying. Ana shunda ular 3 – 5 kungacha qorayib qolmaydi.
17. Sarg'ayib, sifatini yo'qota boshlagan ko'katlaringizni tashlashga shoshilmang. Ularni mayda-mayda qilib to'g'rab, muz idishga soling va ustidan keragicha zaytun yog'i soling. Turli salatlar tayyorlayotganingizda as qotadi.
18. Sovutgichga solishdan oldin salat bargini qog'oz paketda saqlang. Shunda u sifatini yo'qotmaydi va barglari yulib olinganda ham o'rta qismi yangidek turadi.
19. Qotib qolgan chipsi va kreker(pechenyenig bir turi)ni ma'lum muddat mikrovolnovkada isitilsa, ilgarigi yumshoq holiga keladi.
20. Xuddi shu usulda xom pishgan bananlarni pishirib olsa bo'ladi.
21. Pitssa bo'laklarini tova yordamida isitib olsa bo'ladi. Taomning ustki qismidagi yog' uning asl tamini qaytaradi.
22. Knopka yordamida tuxumni teshing va suvda qaynating ana shunda qaynatilgan tuxumni tozalash oson bo'ladi.
23. Tuxumni katta kuch bilan 3-4 daqiqa yaxshilab silkiting, so'ngra uni qaynating, qarabsizki oltin tuxum likopchada tayyor.

Download 41,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish