Oila va salomatlik g’oyasi Oila



Download 51,25 Kb.
bet8/18
Sana13.03.2022
Hajmi51,25 Kb.
#492423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-amaliy psixogigiyena 4 k

Axloqiy salomatlik
Axloqiylik – inson tabiatidagi shunday ijobiy sifatlar majmuiki, uning ham jismonan, ham ruhan tetiklik va to’kislikni ta’minlovchi omildir. Hayotda atrofga nazar tashlasak, odamlar orasida o’zlarining ahloqan pokliklari, hamisha imon-e’tiqoddagi sobitliklari bilan ajralib turadiganlar borki, ba’zan ular haqida “yuzidan nur yog’ilgan, juda yoqimtoy inson ekan-a”, degan ta’riflarni eshitamiz. Aslida o’sha xulqi-axloqi bilan o’zgalarning havasini keltiradigan odamda qalb va tan salomatligidagi uyg’unlik mavjud bo’ladiki, bu fazilat uning individual xatti-harakatining ijtimoiy faoliyatidagi uyg’unlikni ta’minlaydi. Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bu insonning harakatida o’zgalarga zarar yetkazuvchi sifatlar yo’q, ayni shunga qodir inson ko’zini ham hamisha yomon, yoqimsiz narsalardan, qulog’ini noxush gaplar-u, g’iybatlardan, tanini va ichki a’zolarini zarar yetkazuvchi vositalar, yemish, ichishlardan himoya qilishga qodir bo’ladi. Ushbu qayd etilgan holatlar birinchi navbatda farzandlar, yaqinlar salomatligiga zarar keltirmasa, ikkinchi tomondan, ularga ibrat namunasi sifatida ijobiy ta’sir ko’rsatadi, aynan shunday odamni axloqan sog’lom deyish mumkin bo’ladi.
Demak, ayrim olingan shaxsning axloqan pokligi va salomatligi yaxlit jamiyat va jamoa, oilaning holatini belgilovchi birlikdir. Ya’ni, axloqiylik inson ijobiy xulqining in’ikosi sifatida, tashqi muhit, odamlar e’tirofiga sazovor bo’lganligida ko’rinadi. O’zgalar ma’qul ko’rgan ishlar shaxs ijtimoiy qiyofasining sayqallanib borishi, yanada ko’proq yaxshiliklar qilishga undovchi mexanizm rolini o’ynaydi.
Shaxsning ma’naviy hamda axloqiy salomatligini tashkil etuvchilar bir-biri bilan uzviy bog’liq jabhalarni o’z ichiga oladi va uni psixologik mexanizm sifatida shaxsni oila va jamiyatda tarbiyalashning omili sifatida tahlil etish mumkin.
Quyida ifodalangan axloqiylikni belgilovchi sohalar ma’naviyatli inson fe’li-atvoridagi turg’un sifatlar bo’lib, uning hayotda, odamlar bilan muomalasida uning axloq normalari va tamoyillarini belgilaydi. Oilada ota-ona o’z farzandlarining har birining xulq-atvorining turlicha bo’lishidan kelib chiqib, aynan axloqiy sifatlariga qarab muomala qiladi va u yoki bu yumushlarni taqsimlashda ham aynan shu tamoyillarga e’tibor beradi.

Shasx axloqiy pokligi va salomatligi uning hayotdagi turli vaziyatlardan oson chiqib ketishi va zimmasiga yuklatilgan har qanday mas’uliyatni vijdonan bajarish orqali o’zi uchun ham ma’naviy ozuqa olishini ta’minlaydi. Lekin turmush va uning ziddiyatlari mavjud bo’lgani uchun biz har doimo ham bir xil bo’lolmaymiz, axloqan salomat insonning boshqalardan farqi ham shundaki, u nima bo’lganda ham o’zidagi axloq normalaridan chekinmaydi, turli g’alamis fikrlarga chalg’imaydi, zararli g’oyalarga, chaqiriqlarga yon bermaydi, turli oqimlarga kirib ketmaydi, o’z e’tiqodiga sodiq bo’ladi.



55-rasm. Shaxs axloqiy va ma’naviy salomatligini ta’minlovchi omillar
Axloqsizlik bilan kelisholmaslik ma’naviyati sog’lom insonning asosiy fazilatidir. Shu tufayli ham odamlar, jamoa a’zolari, maktabdagi sinfdoshlar va pedagoglar axloqan sog’ bolani, shaxsni doimo e’tirof etib, uning shu qobiliyati uchun hurmat qiladilar. Axloqan sog’ bolaning jismoniy salomatligi uchun qayg’urish, yoki ta’limini yuksaltirish boshqalarning emas, balki o’sha odamning o’z shaxsiy ishiga aylanadi. Pedagoglar ta’kidlaganlaridek, “tarbiyali bola o’zi ta’lim oladi, yaxshi o’qiydi”. Bundan tashqari, aqllilik, axloqiylik va ruhiy salomatlik xususida “Otalar so’zi” ham bor: “Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim. Odob aqlga bog’liq narsa. Aql ustiga odob ham qo’shilsa, nur ustiga nur bo’ladi. Ulug’lik aqlu odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi”.
Hozirgi bozor iqtisodiyotidagi insoniy munosabatlarda rahbarlar ham menejerlar ham xodimlarning, mutaxasisislarning eng birinchi navbatda ma’naviy qiyofasi va axloqiy normalarga vijdonan bo’ysunishiga qarab baholamoqdalar. Zero, bunday odam birovning haqqiga ko’z olaytirmaydi, jamoadagi ma’naviy muhitni buzmaydi, o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni o’z iqtidori doirasida teran baholab, ishni qiyomiga yetkazib bajaradi.
Klassik iqtisodiyotning namoyondasi bo’lgan Adam Smit ham o’zining “Axloqiy hissiyotlar nazariyasi” kitobida odamning axloqiy mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’lishi to’g’risida shunday yozgan edi: “..o’zgalar dardiga befarq bo’lmagan” – yoqimtoy va “faqat o’z manfaatini o’ylaydigan” - egoist, xudbin odam. Uning fikricha, odamlar nazarida yoqimtoy va kerakli inson eng avvalo ahloqiy hislar sohibiki, u ishlab chiqarish manfaatlari bilan o’z manfaatlarini, kasbdoshlari manfaatlari bilan uyg’un tasavvur eta oladi va hyech kimga ziyon yetkazmaydi, xudbinlik chegarasiga yaqinlashmaydi”. Bu fikrlar bizning globallashuv va bozor qonunlari to’la qaror topgan davrimizda ham o’z dolzarbligini kamaytirgani yo’q.

Download 51,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish