Oila va salomatlik g’oyasi Oila



Download 51,25 Kb.
bet16/18
Sana13.03.2022
Hajmi51,25 Kb.
#492423
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-amaliy psixogigiyena 4 k

Fikrlash gigiyenasi
Sog’lom turmush tarzining inson salomatligini mustahkamlashdagi roli beqiyos. Lekin bu ham yetarli emas. Doktor Neverestning yozishicha, “Fikrlash gigiyenasi – inson o’z ongli hayotida amal qilishi lozim bo’lgan o’ta muhim qoidadir. Fikrlash tarzi to’g’ri bo’lgan odamda muammolar ham kam bo’ladi, salomatlik ham mustahkam bo’ladi”. Zero, har birimiz hayotimiz mobaynida necha marta “yomon xayollar, fikrlar kallaga kelganligi tufayli” aziyat chekkanmiz. Vaholangki, “Qo’rqqanga qo’sh ko’rinar” deganlaridek, nimadan qochsak, ko’pincha aynan o’shanga borib urilamiz. Yaxshi narsalarni, yaxshilikni o’ylasak-chi? Yomonlik ham silliqroq o’tadi, chunki yaxshi fikr ishonchni tug’diradi, ishonch esa kerak bo’lsa, “o’lganni ham tiriltiradi”. Demak, yaxshi fikrlarimiz bizning eng yaxshi qurolimiz, faqat uni o’rinli ishlata bilishimiz lozim.
Olimlar ba’zan ayollardagi fikrlash tarzi sog’lomroqmi yoki erkaklardami, degan savolga javob qidiradilar. To’g’ri, ayolning oiladagi o’rni beqiyos, uning kayfiyati, muomalasi, muammolarga qarashiga ko’p narsa bog’liq. Tarix ayolning oiladagi muammolarni yechish orqali o’z atrofida ijobiy muhitni hosil qilish orqali juda katta, global muammolarni hal qilishga ham qodirligini biladi. Xalq tabobatida yaxshi gap, ishonch hosil qilish orqali odamlarni davolaydigan tabiblar orasida ham ayolar ko’p. Demak, ma’lum ma’noda ayollarning mental maydoni erkaklarnikidan kengroq va samaraliroq ekanligi to’g’risidagi xulosaga kelishimiz mumkin.
Umuman, oila a’zolarining oddiy o’zaro suhbatlashish mahorati, ularning o’zaro muloqotda bo’lish vaqtlarining ko’lami oiladagi ijobiy psixologik muhitga bevosita ta’sir qilishini bilamiz. Bunda o’sha oila a’zolarining fikrlash tarzi, intellektual salohiyati, muomalaga ustaligi ustivor rol o’ynaydi. Masalan, ko’plab adiblar, san’atkorlar, olimlar oilasidagi o’ziga xos ma’naviy muhit haqida ko’p yozilgan. Masalan, yozuvchi adibimiz Abdulla Qahhor va uning rafiqasi Kibriyo Qahhorovaning o’zaro munosabatlari, bir-birlariga mehri, do’stona muomalalari haqida juda ko’p yozilgan. Bunday oqil munosabatlar o’z navbatida adiblarning ijodlariga ijobiy ta’sir ko’rsatib, umrlari davomida sog’lom turmush tarzini boshdan kechirganlar.
Bunday oilalar O’zbekistonda juda ko’p, ular boshqalarga o’rnak bo’lib, uni mustahkamlab turgan narsa avvalo shirin so’z, samimiy muloqotdir va bu oilada a’zolarning salomatligida ham muammolar kam bo’lishidir. Demak, har birimizda aqlimiz, fikrlash tarzimiz va intellektual salohiyatmizga bog’liq ravishda o’zimizga xos mental energiyamiz bor ekanki, aynan shu maydon tufayli biz o’z salomatligimizni ongli tarzda boshqarishimiz mumkin. Rus olimasi L.G. Puchko11 aynan shu energiya vositasida ko’plab kasalliklarni diagnostika qilish va davolash yo’llarini ko’rsatgan.
Shaxsiy gigiyena insonning o’z tani va ruhiyatiga nisabatan befarq emasligida ifodalanadi. Taniqli rus yozuvchisi L.N. Tolstoy haqida Stefan Sveyg shunday yozgan: “Tolstoy umrining oxirigacha ham astoydil xastalanmagan; uning sezgi a’zolari hamisha safarbar holatda bo’lgan, ularni ataylab nimagadir undash shart emas edi. Masalan, ataylab tetiklantiruvchi omillar, may yoki qahva ichish shart emas; suzish orqali, hirslarini qondirish orqali o’zini tinchlantirish unga yot; aksincha, uning sezgi organlari shunchalik intizom bilan unga bo’ysunar ediki, har qanday istak, faollik uchun ular hozir edi. 67 yoshida u velosipedda yurishga, 70 yoshida – konkida uchishga o’rgandi.., 80 yoshida – har kuni mushaklarini gimnastik mashqlar bilan chiniqtirardi”. Bularning barchasi buyuk so’z ustasining shaxsiy gigiyenaga rioya qilish uchun ruhiy quvvatga ega bo’lganligidandir.
Yuqoridagi kabi oddiy, odatiy xatti-harakatlarni muntazam bajara borib, inson o’zining ruhiyatini barqarorlashtiradi, xotirjam bo’ladi, kasal bo’lmaydi.


Download 51,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish