Kimyoviy xossalari. Xlor molekulasi ikki atomdan tarkib
topgan, unda boglanish qutbsiz kovalent. Xlor metallar bilan o'zaro ta’sirlashganda kuchli oksidlovchilik
xossalarini namoyon qiladi. Bunda metall atomlari elektronlarini
beradi, xlor molekulalari esa ularni biriktirib oladi. Masalan:
Xlor ko'pchilik metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi.Masalan:
2P+3Cl 2 =2PCl 3
2P+5Cl 2 =2PCl 5
Xlor vodorod bilan o'ziga xos reaksiyaga kirishadi. Qorong'ida
xlor bilan vodorod aralashtirilsa, reaksiyaga kirishmaydi. Lekin
kuchli yoritilganda reaksiya juda tez, portlash bilan sodir boiadi:
Xlor kislorod, azot va ko'mir bilan bevosita reaksiyaga
kirishmaydi (ularning birikmalari bilvosita yoi bilan olinadi). Namlik
yo'g'ida xlor temir bilan reaksiyaga kirishmaydi. Bu hoi xlorni
poiat ballon va sisternalarda saqlashga imkon beradi.
Ishlatilishi. Xlor ichimlik suvini zararsizlantirish (suvni
xlorlash), gazlama va qog'oz massalami oqartirish uchun ishlatiladi.
Uning ko'p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida
xlor bo’ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |