O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKUL’TET “BUGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT” kafedrasi “BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT” FANIDAN
K U R S I SH I
MAVZU: “BANK BALANSI, UNING MODDALARI VA TUZISH TARTIBI” MAVZUSIDAGI Tayyorladi: 3-kurs BI-58-2 guruh
talabasi Kambarov Jamshid Baxramovich Ilmiy rahbar: Н.С.Эрназаров
Toshkent – 2022 yil
Mavzu: Bank balansi, uning moddalari va tuzish tartibi Reja:
1. Bankbalansiva uningtuzilishi
2. Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi
3. Buxgalteriya balansining likvidliligi va to‘lov layoqatining tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Unda xo’jalik yurituvchi su’yektning aktivlari, kapital va majburiyatlar hamda ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bir davrga aks ettiriladi. “Balans” atamasi lotincha bis – “ikki marta”, banx – “tarozi pallasi” so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, A.S. Sotivoldiyev “Balans xo’jalikning hisobot davri oxiriga bo’lgan mablag’lari va ularning manbalari holatini ko’rsatadi. Uning aktiv va passividagi majburiyatlariga asosan alohida bo’lim va guruhlari bo’yicha o’z va unga tenglashtirilgan mablag’lar miqdorini aniqlash, hisob-kitob intizomi ustidan nazorat qilish, bank kreditlaridan foydalanish holatini tahlil qilish, xo’jalikning umumiy moliyaviy holatiga baho berish va shunga o’xshagan muhim xulosalar qilish mumkin”deb yozadi. M. Ostanaqulov esa “Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ko’rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa xuquqiy shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlari aksionerlik jamiyat shaklida faoliyat yuritadigan korxonaning aksiyali kapitalining tavsiloti bilan berilgan ro’yxatini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atashiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishliligidir.” deb tushuntiradi.
О‘zbеkistоn Rеsрublikаsining iqtisоdiу vа ijtimоiу tаrаqqiуоtini уаnаdа rivоjlаntirishni rо‘уоbgа chiqаrish mаqsаdidа Rеsрublikаmiz Рrеzidеnti tаshаbbusi bilаn ishlаb chiqilgаn 2017-2021 уillаrgа mо‘ljаllаngаn “Оzbеkistоn Rеsрublikаsini уаnаdа rivоjlаntirish bо‘уichа hаrаkаtlаr strаtеgiуаsidа mоliуа bоzоrini rivоjlаntirish, milliу iqtisоdiуоt tаrkibidа sаnоаt, хizmаt kо‘rsаtish sоhаsi, kichik biznеs vа хususiу tаdbirkоrlik ulushini kо‘рауtirish, mаhаlliу ishlаb chiqаruvchilаrning mаhsulоtlаri rаqоbаtdоshligini оshirish, kаbi dоlzаrb vаzifаlаr bеlgilаngаn”1.
Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy asos hisoblangan 1-BHMA “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” da buxgalteriya balansini ta’riflovchi maxsus band bo’lmasada 6.6-bandida buxgalteriya balansining maqsadi quyidagicha yoritiladi: “Хo’jalik yurituvchi su’yektning buxgalteriya balansi uning hisobot kunigacha bo’lgan moliyaviy holatini aks ettirishi lozim, bu esa uning imkoniyatlari va moliyaviy tuzilmasini tushunish imkoniyatini beradi”. Albatta, bu tushuntirishning mazmuni iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarga mazmunan juda yaqindir.
Shunday qilib, buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berish maqsadida iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish ularning barchasida bir-biriga o’xshash, umumiy va mazmuniy jihatidan yaqin bo’lgan ta’riflar, tushuntirishlar, fikr va mulohazalarning mavjudligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida mamlakatimizda nashr qilinayotgan iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berishda ancha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini tasdiqlaydi.