Maruza: Metallar



Download 71,5 Kb.
Sana09.12.2019
Hajmi71,5 Kb.
#28986
Bog'liq
Maruza Metalla-WPS Office

Maruza: Metallar

Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. M.ning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi.

Kimyoviy xossalari. D. I. Mendeleyevning davriy sistemasidagi 109 kimyoviy elementning 87 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni "oddiy metallar", "oraliq metallar", "lantanoid va aktinoidlar" tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metallar oddiy metallar (s- va r-elementlar), qoʻshimcha guruhchaga joylashgan metallar — oraliq metallar yoki (d- va f- elementlar) nomi bilan yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmaslar deb shartli ravishda ikki guruhga boʻlinadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimoʻtkazgich xossalariga ega boʻlgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga koʻra yarim metall boʻlsada, M. deb hisoblash toʻgʻriroqdir. Qalayning metall (Z-Sn) va yarim-oʻtkazgich (a-Sn) modifikatsiyalari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va baʼzi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi oʻtkazuvchi modifikatsiyalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha moddalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga taallukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki kimyoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaksiyalarga elektronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq boʻladi. Koʻpchilik M. vodorod, galogenlar, xalkogenlar bilan faol reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar suv bilan oddiy temperaturalarda, rux va temir kabi M. esa suv bugʻi bilan yuqori temperaturalarda reaksiyaga kirishadi. Azot bilan qator M., mas, litiy xona temperaturasida, magniy, sirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Metall oʻziga qaraganda aslroq metallni oʻsha metall tuzi eritmasidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joylashadi (Beketov qatori): Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Koʻpchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, baʼzi M. murakkab kristall panjara tuzilishida boʻladi. Koʻpchilik M. tashqi sharoitga (tra, bosim) koʻra, ikki yoki undan koʻp modifikatsiyada boʻlishi mumkin. M.ning suyukdanish temperaturalari — 38,87° dan (Hg) 3380° gacha (W), zichligi 0,531 g/sm3 dan (Li) 22,5 g/sm3 gacha (Os). M. oʻziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va boshqa bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash temperaturasining yuqoriligi, sirtidan yorugʻlik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi oʻtkazishi, zarba taʼsiridan yassilanishi va choʻzilishi koʻpchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir.

Zichligi 5 dan kichik M. yengil, 5 dan kattalari — ogʻir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vanadiy, molibden, berilliy, indiy, sirkoniy, lantan, niobiy, tantal, reniy, germaniy, galliy, talliy va boshqa kiradi. "Nodir M." degan ibora shartli ibora boʻlib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bogʻliq; bir vaqtlar "nodir" deb hisoblangan titan endilikda "nodirlar" jumlasigakirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning baʼzi birikmalarida (qotishmalarda ham) metall bogʻlanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bogʻlanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (oltin, platina, kumush), baʼzan mis, qalay va simob sof holda topiladi.

Olinishi. Sanoat miqyosida sof metall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo — metalli ruda nomi bilan yuritiladi. Rudalarga, koʻpincha, qoʻshimcha jinslar — loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan boʻladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan avval uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyitilgan ruda "konsentrat" deb ataladi. Koʻpchilik rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. boʻlsa, ikkinchisi — oksidli rudalar hisoblanadi. Oksidli rudalarga qizil temirtosh Gʻe2 O3, qoʻngʻir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2N,O, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vismut oxrasi BiO3 kiradi. Yer poʻstining chu-qurroq qismlarida M.ning sulfidli rudalari uchraydi, mas, mis kolchedani CuFeS2, mis yaltirogʻi Cu2S, kinovar HgS, qoʻrgʻoshin yaltirogʻi PbS, ruxyaltirogʻi ZnS va h.k. Baʼzan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uchrab, polimetall rudani tashkil qiladi. Baʼzi M. xloridlar, sulfatlar, karbonatlar va fosfatlar bilan birga boʻladi, baʼzilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Yer pustila bir xilda tarqalmagan. Yer poʻstida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kalsiy 2,96%, natriy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% boʻlsa, qolgan barcha M. Yer pusti massasining juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi.

1958 yilda Oʻzbekistonda avitsenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududining polimetallik minerallarini tekshirish jarayonida b i r u nit, nasledovit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i boʻlgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham Oʻzbekistonda topilgan.

Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish jarayonlari natijasida metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshiriladi. Oʻta sof M. olish uchun moddalarni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda zonalar boʻylab suyuklantirish usuli koʻp qoʻllanilmoqda. Bu usul asosida (elektron-nurli lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. M. sof holda kamdankam ishlatiladi. Koʻpincha, qotishma holida qoʻllaniladi. Mac, choʻyan, poʻlat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida M. yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan poʻlatlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa koʻp sohalarda ishlatiladi

Metallarning atomlari valent elektronlarini ancha oson beradi va musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Shuning uchun metallar qaytaruvchilar hisoblanadi. Ularning asosiy va eng umumiy kimyoviy xossasi ana shundan iborat.

Ravshanki, metallar qaytaruvchilar sifatida turli xil oksidlovchilar bilan, jumladan, oddiy moddalar, kislotalar, aktivligi kamroq bo‘lgan metallarning tuzlari va ba’zi boshqa birikmalar bilan reaksiyalarga kirishadi. Metallarning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari galogenidlar, oltingugurtli birikmalari — sulfidlar, azotli birikmalari — nitridlar, fosforli birikmalari — fosfidlar, uglerodli birikmalari — karbidlar, kremniyli birikmalari — silitsidlar, bromli birikmalari — bromidlar, vodorodli birikmalari —gidridlar deyiladi va h.k. Bu birikmalarning ko‘pchiligi yangi texnikada muhim sohalarda ishlatiladi. Masalan, metallarning boridlaridan radiotexnikada, shuningdek, yadro texnikasida neytronli nurlanishni rostlovchi va undan muhofaza qiluvchi materiallar sifatida foydalaniladi.

Metallarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Vodorod ioni oksidlovchi bo'lib, metalldan elektronni biriktirib oladi:

                                                 Ca - 21 = Ca2+ 2H+ + 2e = H, Ca + 2H + = C a 2+ + H

Metallarning aktivligi kamroq metallar tuzlarining suvdagi eritmalari bilan o ‘zaro ta’sirini ushbu misolda ko'rsatish mumkin:

                                               Ni + CuS04 = NiS04 + Cu Ni - 2 eT= Ni2+ | 1 Cu2+ +2F= Cu 2

Bu holda elektronlar aktivroq metall (Ni) atomlaridan ajraladi va aktivligi kamroq metall ionlariga (Cu2+) birikadi. Aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishadi, bunda suv oksidlovchi bo‘ladi. Masalan:

                                                 Na-e = Na+ 2H20 + 2F= H2 + 20НГ 2Na + 2H20 = 2Na+ + 20H“ + H2 T

Gidroksidlari amfoter bo‘lgan metallar, odatda, kislotalarning eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi. Masalan:

                                                  Be + 2HC1 = BeCl2 + H2 T Be + 2NaOH + 2H20 = Na2[Be(OH)4] + H2 t

Shunday qilib, metallarning metallmaslar, kislotalar, aktivligi kamroq metallar tuzlarining eritmalari, suv va ishqorlar bilan o‘zaro ta’siri ularning asosiy kimyoviy xossasi — qaytaruvchilik xususiyatini tasdiqlaydi.

Metallar bir-biri bilan ham kimyoviy birikmalar hosil qilishi mumkin. Ularning umumiy nomi — intermetall birikmalar yoki intermetallidlar. Bularga ba’zi metallarning surma bilan hosil qilgan birikmalari misol bo‘la oladi: Na2Sb, Ca3Sb2, NiSb, Ni4Sb, FeSb (x= 0,72-0,92). Ularda ko'pincha metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalariga xos bo'lgan oksidlanish darajasiga rioya qilinmaydi. Odatda, bular bertollidlar bo'ladi.

Intermetallidlarda kimyoviy bog'lanish asosan, metall bog'lanishdan iborat bo'ladi. Ular tashqi ko'rinishidan metallarga o'xsliaydi. Intermetallidlarning qattiqligi, odatda, ularni hosil qilgan metallarnikidan yuqori, plastikligi esa ancha kam bo'ladi. Ko'pchilik intermetallidlar amalda ishlatiladi. Masalan, surma-aluminiy AISb, surma-indiy JnSb va boshqalardan yarimo'tkazgichlar sifatida ko'p foydalaniladi.

Metallar korroziyasi va qattiq qotishmalar:

Metallar korroziyasi to`g`risida umumiy tushunchalar.

Korroziyaning asosiy turlari.

Metallar korroziyasini oldini olish turlari.

Qattiq qotishmalar.

Hozirgi kunda metallar eng muhim konstruktsion material bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina moddalar bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya tufayli bo`ladigan isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. Binobarin, metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun, ularni korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. Metallar korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini, uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur.

Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat.

Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida yemirilishi metallar korroziyasi deb ataladi.

Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini pasaytiradi.

Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya tekis korroziya deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim joylarigina korroziyalansa, bunday korroziya mahalliy korroziya deyiladi. Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo korroziya deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda korrozion darzlar hosil bo`ladi.

Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin:

Kimyoviy korroziya

Elektrokimyoviy korroziya.

Kimyoviy korroziya. Metallarning elektr o`tkazmaydiganagressiv muhitda, masalan, yuqori temperaturagacha qizdirilgan gazlarda, neft, benzin, surkov moylari va boshqalarda yemirilishi kimyoviy korroziya deb ataladi. Metallarning kimyoviy korroziyalanish jarayoni, asli mohiyati bilan olganda muhitdagi agressiv tarkibiy qismlarning metal bilan birikishidan iborat. Masalan, po`lat gazlar va havo ishtirokida yuqori temperaturagacha kizdirilganda po`lat tarkibidagi temir oksidlanib, kuyundiga aylanadi.

Metallarning yuqori temperaturada gaz muhitida korroziyalanishi korroziyaning nisbatan oddiy turidir. Bu yerda korroziya tezligi, asosan, metalning korroziyalanishi natijasida hosil bo`lgan mahsulot qatlami (pardasi) xossalariga bog`liq. Agar metal sirtida hosil bo`lgan parda muhit aktiv zarrachalarining (atom yoki molekulalarining)metall sirtiga, metall atomlarining esa tashqariga diffuziyalanishi uchun yaxshi qarshilik ko`rsatsa, metallarning korroziyalanish tezligi kichik bo`lib, bu parda qalinlashgan sari korroziya jarayoni kamayib boradi-da, nihoyat to`xtaydi. Metallda korroziya oqibatida hosil bo`ladigan pardaning xossalari metalning tarkibiga, muhitning tarkibiga va sharoitiga (temperatura, vaqt, muhitning harakatlanish tezligi va boshqalarga) bog`liqdir.nisbatan yupqa va zich, shuningdek, metall sirtiga yopishish puxtaligi yuqori pardalarning metalni himoya qilish xossalari yuqori bo`ladi.

Korroziyalanish tezligi temperaturaga ham bog`liq: temperatura qanchalik yuqori bo`lsa, korroziyalanish tezligi ortib boradi, chunki muhit aktiv atomlarining va metall atomlarining diffuziyalanish jarayoni tezlashadi. Korroziyalanish tezligi metalning kislorodga qanchalik beruluvchanligiga ham bog`liq: metalning kisloroga beriluvchanligi qanchalik yuqori bo`lsa, korroziyalanish tezligi shunchalik katta bo`ladi.

Elektrokimyoviy korroziya. Metallarning elektr toki o`tkazadigan suyuq muhitda – elektrolit eritmalarida yemirilishi elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Bunday korroziya elektrolit eritmasida metall zarrachalarining eritmaga o`tishidan iborat. Bir jinsli bo`lmagan metall elektrolit eritmasiga, masalan, dengiz suviga, kislota ertmasiga ishqor eritmsiga va boshqalarga tushirilganda shu metall sirtida ko`pdan–ko`p mikrogalvanik elementlar hosil bo`ladi. Bunda pontentsiali patroq zarralar (qo`shimcha zarralari) esa katod rolini o`ynaydi. Mikrogalvanik elementlarda xam odatdagi galvanik elementlardagi kabi, anod eriy boradi.

Ma'lumki metallar (qotishmalar), ko`pincha bir jinsli bo`lmaydi. Bunday metall elektrolit eritmasiga tushirilganda uning bir jinsli bo`lmagan ayrim donalarida potentsial turlicha bo`ladi, metall massasi orqali orqali o`zaro tutashtirilganidan ko`pdan-ko`p mikrogalvanik elementlar hosil qiladi.. Masalan, ferrit bilan tsementitdan iborat po`lat (evtektoid po`lati) elektrolit eritmasiga tushirilsa, tsementit zarralari bilan ferrit zarralari mikrogalvanik elementlar hosil q.iladi, bunda ferrit zarralari anod rolini, tsementit zarralari esa katod rolini o`ynaydi, natijada ferrit eriy boradi, ya'ni po`lat elektroximiyaviy korroziyalanadi.

Yuqrrida aytilganlardan toza metallar va bir fazali qotishmalarning korroziyabardoshligi fazalar aralashmasidan iborat qotishmalarnikiga qaraganda yuqori bo`lishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Masalan, toblanib, strukturasi .martensitga aylantirilgan po`latning korroziyalanish darajasi yumshatilgan yoki yuqori temperaturada bo`shatilgan (strukturasi perlit, sorbit yoki troostitga aylantirilgan) xuddi shunday po`latnikiga qaraganda past bo`ladi. Ammo bir fazali qotishmalarda ham elektrod potentsiali asosiy metallnikidan o`zgacha qo`shimchalar albatta bo`ladi. Shuning uchun elektroximiya­viy korroziya bir fazali qotishmalarda ham bo`lishi mumkin. Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, elektrolit eritmasiga tushirilgan ikki metalldan qaysi birining potentsiali kichik bo`lsa, o`sha metall yemiriladi (korroziyalanadi). Metallarning potentsiallari qiymati esa ularning kuchlanishlar qatoridagi o`rniga bog`liq. Eng muhim metallarning kuchlanishlar qatorini keltirib o`tamiz:

Na, Mg, A1, Mp, Zn, Cr, Fe, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Sb, Bi, Cu, Ag, Au.

Bu qatorda har bir metall elektr kuchlanishining, ya'ni o`z tuzi eritmasiga solinganda vujudga keladigan potentsiallar ayirmasining qiymatiga qarab joylashtirilgan. Bu qatorga vodorod ham quyilgan va uning potentsiali nolga teng deb olingan. Demak, vodoroddan chapdati metallarning vodorod potentsialiga nisbatan potentsiallari musbat, o`ngdagi metallarniki esa manfiydir. Kuchlanishlar k.atoridagi metallarning poten­tsiallari qiymatini quyidagi jadvalda keltirib o`tamiz.

Metallarning kuchlanishlar qatori amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Masalan, dengiz kemalarining suv ostida bo`ladigan -metall qismlarini korroziyadan saqlashda metallarning kuchlanishlar qatoridan foydalaniladi. Buning uchun kemaning suv osti qismiga kuchlanishlar qatorida ancha chapda turgan metall, masalan, magniy quymasi ulanadi, buning natijasida magniy korroziyalanib, kemaning suv osti qismi saqlanib qoladi. Yerga ko`milgan trubalarni korroziyalanishdan saqlash uchun ham ana shu usuldan foydalaniladi. Bu usul zlektroximiyaviy himoyalash deb, kuchlanishlar qatorida himoyalanadigan metalldan ancha chapda turgan metall, masalan, mag­niy quymasi esa protektor deb ataladi.

Metall sirtida. kimyoviy korroziya natijasida hosil bo`lgan oksid parda metallni elektroximiyaviy korroziyadan ham saqlaydi, chunki u metallni elektrolit eritmasi ta'siridan himoya qiladi. Potentsiallari juda past bo`lgan ba'zi metallarning, masalan, alyuminiy, xrom va boshqalarning korroziyabardoshlik xossalari yuqori bo`lishiga sabab xam ana shu.

Metallar korroziyasining oldini olish uchun qozirgi vaqtda turli usullardan foydalaniladi. Bu usullarning asosiylari metallarni korroziyabardosh metallar va metallmaslar bilan qoplash, agressiv muhitga ishlov berish, elektroximiyaviy xi­moyalash va metallarni legirlash usullaridir.

Korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Korroziyabardosh metallar sifatida xrom, nikel, rux, qalay, kadmiy, kumush va boshqalar ishlatiladi. Metall buyumning korroziyabardosh me­tall bilan koplanadigan yuzasi ёg`, mineral moy, zang, kuyundi va boshqa iflosliklardan mexanikaviy yoki ximiyaviy usulda tozalanadi. Mexanikaviy usulda tozalash uchun jilvirli qog`oz, sim cho`tka, qum purkash apparati va boshqalardan foyda­laniladi. Qum purkash apparatida yirik buyumlar tozalanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, metall buyumning tozalanishi lozim bo`lgan yuzasiga siqilgan havo oqimi bilan birga qum ham purkaladi, bunda buyumning sirti tozalanibgina qolmay, balki qum zarralarining zarbi ta'sirida bir oz gadir-budurrok, bo`lib ham qoladi, natijada uning sirtiga qoplam puxta yopishadi. Mayda buyumlar quruq va toza qumli barabanga solinib, baraban ma'lum tezlik bilan aylantiriladi, bunda buyum sirtiga qum zarralari urilib ishqalanadi, natijada bu­yumning sirti tozalanadi.

Tozalashning ximiyaviy usuli metall buyumning sirtiga sulfat yoki xlorid kislotaning 10—15% li qaynok. (50—80°S gacha isitilgan) eritmasi bylan ishlov berishdai iborat. Kis­lota eritmasi bilan tozalangan metall buyumning o`nqir-cho`nqir joylarida kislota to`planmb qolib, uni o`yib yuborishi ham mumkin, shuning uchun tozalangan buyum darhol yuvib tashlanishi kerak.

Metall buyumning yog bosgan joylari ishqorlarning suvdagi 5—10% li eritmasi bilan, mineral moy bosgan joylari esa benzin bilan tozalanadi.

Yuqoridagi usullar bilan tozalangan buyumninggina sirti­ga korroziyabardosh metall qoplash mumkin.

Sanoatda metall buyumlarni korroziyabardosh metallar bi­lan qoplashning bir necha usulidan foydalaniladi. Ana shu ' usullardan asosiylarini ko`rib chiqamiz.

Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usuli. Bu usulda korroziyabardosh metall sifatida, asosan, rux, qalay va qo`rg`oshin ishlatiladi.

Ruxdan temir (kam uglerodli po`lat) listlar (tunukalar), po`latdan tayyorlangan har xil detallar sirtini qoplashda foydalaniladi. Rux bilan qoplash ruxlash deb x,am ataladi. Buyumni ruxlash uchun u suyuqlantirilgan va temperaturasi 450—480°S ga yetkazilgan ruxli vannaga botiriladi-da, ma'­lum vaqt tutib turilgandan keyin vannadan olinadi, bunda uning sirti rux bilan qoplanib (ruxlapib) qolgan bo`ladi.

Qalaydai temir tunuka, idish-tovok. va shu kabi buyumlar sirtini qoplashda foydalaniladi. qalay qoplat oqartirish yoki qalay yugurtirish deb ham ataladi. Sirtiga qalay yugurtirilishi kerak bo`lgan temir tunuka sulfat kislotaning kuchsiz eritmasi bilan ishlanib, uning sirtidagi oksidlar ketkaziladi, shundan keyin, namni va oksidlarning qoldiqlarini ketkazish uchun, suyuqlantirilgan rux xloridga botirib olina­di. Ana shu tarzda ishlov berilgan tunuka 270—300°S temperaturali suyuq qalay vannasiga tushiriladi va ma'lum vaqt tutib turilgandan keyin vannadan olinib, chigit moyi, mol ёg`i yoki texnikaviy yor qatlami orqali o`tkaziladi. Ёg` qatlami qalay qoplamning qotishini susaytiradi, natijada qoplam bir tekis chiqadi.

Qo`rg`oshin bilan qoplat texnologiyasi xuddi qalay bilan qoplash texnologiyasi kabidir. Farq faqat shundaki, qo`rg`oshin bilan qoplashda 85% R va 15% Sn dan iborat suyuqlanma ishlatiladi va uning temperaturasi 340—350°S qilib turiladi. Qo`rg`oshin bilan qoplash usuli metall buyumlarni ba'zi kislota va eritmalarga chidamli qilish uchun qo`llaniladi.

Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usulining afzalligi shundaki, bu usul ancha oddiy bo`lib, qoplam puxta chiqadi, kamchiligi; qoplam qalinligi bir tekis bo`lmaydi va qoplash metalli ko`p sarflanadi.

Galvanik usul. Bu usulning mohiyati metall buyumga korroziyabardosh metallni elektr toki vositasida qoplashdan iborat. Buning uchun elektrolitik vannaga korroziyabardosh metall tuzining suvdagi eritmasi (elektrolit) solinadi, elektrolitga esa sirti qoplanishi kerak bo`lgan buyum bilan korroziyabardosh metall plastinkasi tushiriladi. Buyum o`zgarmas tok manbaining manfiy qutbiga, plastinka — musbat qutbiga ulanadi. Binobarin, buyum katod, plastinka esa anod bo`ladi. Zanjirdan tok o`tkazilganda elektroximiyaviy protsess sodir bo`ladi, ya'ni anod (korroziyabardosh metall plastinka­si) zarrachalari elektrolit orqali o`tib, katod (buyum) sirtiga o`tiradi, natijada buyum korroziyabardosh metall bilan qoplanadi. Qoplam qalinligi tok kuchiga va tok o`tish vaqtiga bog`liq.

Metallmaslar bilan qoplash. Metallmaslar bilan qoplash. usullari jumlasiga bo`yash, emallash (sirlash), oksidlash, fosfatlash va boshqalar kiradi.

Oksidlash. Oksidlashning mohiyati metall buyumlar sirtida korroziyadan himoyalovchi oksid pardalar hosil qilishdan iborat. Po`lat buyumlar sirtida oksid pardalar termik, kimyoviy va elektrokimyoviy usullari bilan hosil qilinishi mumkin.

Termik, usul buyumni havo yoki suv bug`i muhitida qizdirishdan iborat. Bunda buyum sirtida qalinligi 3 mkm parda hosil bo`ladi. Metallning tarkibi va oksidlash rejimiga qarab, parda har xil tusda bo`lishi mumkin. Buyum 80% o`yuvchi natriy va 20% natriy nitrat aralashmasida 25O...35O°S gacha qizdirilsa, kora tusli, 55% natriy nitrit bilan 45% natriy nitrat aralashmasida qizdirilganda esa ko`k tusli parda hosil bo`­ladi. Po`lat buyum sirtida qora tusli himoya-bezak pardasi hosil qilish uchun u 45O...47O°S gacha qizdirilib, zig`ir moyiga botiriladi.

Termik usul kesuvchi asboblarni va ba'zi mayda detallarni oksidlash uchun qo`llaniladi.

Elektrokimyoviy x.imoyalash. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, elektr o`tkazuvchi suyuklikda (elektrolitda) ishlaydigan metall kismlarga protektor ulanadi. Masalan, dengiz kemasining po`latdan yasalgan suv osti qismiga rux quymasi ulansa, po`lat — rux galvanik jufti hosil bo`ladi va bunda rux korroziyalanib, kemaning po`lat qismi saqlanib qoladi.

Elektrokimyoviy himoyalash usuli kemasozlik, samolyotsozlikda, bug` kozonlari, truboprovodlar va boshqalarda qo`llaniladi.

Metall tuzi eritmasi ta'sirida bo`ladigan konstruktsiyalarni korroziyalanishdan saqlash uchun elektrik himoyalash deb ataladigan usuldan ham foydalaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, himoyalanishi kerak bo`lgan metall konstruk­tsiya o`zgarmas tok manbaining (dinamomashina, akkumulyator yoki tug`rilagichning) manfiy qutbiga ulanadi, tok manbaining musbat qutbi esa biror metall, chunonchi, cho`yan plastinka bilan tutashtiriladi. Natijada metall plastinka anod, konstruk­tsiya metali esa katod bo`lib qoladi. Katodda vodorod ajralib chiqadi, eritmaning anod yonidagi qismi esa ishqorga aylanadi. Binobarin, bu- usuldan ishqorbardosh metallardan tayyorlangan konstruktsiyalarnigina korroziyadan saqlash mumkin.

Legirlash. Qotishmalarni ba'zi elementlar bilan legirlash ham korroziyaning oldini olish usullaridan biridir. Legirlangan qotishmalardan tayyorlangan buyumlar juda agressiv muhitda ham korroziyabardosh bo`ladi, chunki ularda turg`un himoya pardalari bo`ladi. Bunday qotishmalar jumlasiga, masa­lan, korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh po`latlar kiradi.

Diffuzion legirlash. Bu usulda metallarning sirtqi o`avati korroziyabardosh metallar, masalan, alyuminiy, xrom bi­lan to`yintiriladi, natijada metall normal temperaturadagina emas, balki yuqori (900°S gacha) temperaturada ham korroziyalanmaydigan bo`lib qoladi.

Qattiq qotishmalar bir kator metall karbidlaridan tashkil topgan va uch guruxga bo`linadi; volfram-kobaltli qattiq qotishma (VK), titan-volfram-kobaltli qattiq qotishma (TK), titan-tantal-volfram-koboltli qattiq qotishma (TTK).

Volframli qotishmalarning tarkibi kobalt (So) bilan bog`langan Volfram karbidi donalaridan (WC) tashkil topgan. Ayrim hollarda vanadiy (VC), niobiy (NbC) va tantal (TaC) karbidlari ham qo`shiladi.

Titan-volframli qotishmalarning tarkibi kobolt bilan bog`langan titan karbidlari (TiC) va WC-ning ko`p donalaridan tashkil topgan.

Titan-tantal-volframli qotishmalarning tarkibi kobalt bilan boglangan TiC-TaC-WC qattiq aralashma donalaridan va WC-ning ko`p donalaridan tashkil topgan.



Qattiq qotishmalar – qattiq va murt karbid donalaridan va kobalt fazalaridan, tashkil topgan bo`ladi.
Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish