O’g’uz lahjasi haqida
Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hozirgi isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohidaalohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hozirgi turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hozirgi gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuzsaljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (11 —14-asrlar), eski usmonli (14—19-asrlar) va eski ozarbayjon (14—19-asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hozirgi ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrimtatar tilining jan. lahjasini qamrab oladi.
Hozirgi Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillari va ayrim tillarning oʻgʻuz lahjalarida soʻzlashuvchilarning soni hozirgi kunda 77—78 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari). Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g , gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham anchamuncha farqlanadi.
Oʻgʻuz tillarining barchasi 20-asrning 30-yillarigacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalangan, 1928—29 yillardan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtgan; SSSRda yashovchi ozarbayjon va turkmanlar 1940—92 yillarda rus grafikasidan foydalanib, keyin yana lotin grafikasi asosidagi yozuvni joriy etganlar. Bolqondagi ayrim mayda turkiy tillar yunon alifbosi asosidagi yozuvdan, Eron va Afgʻonistonda yashovchilar esa arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.
Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar guruhi. Shuningdek janubi-gʻarbiy turkiy tillar nomi bilan ham mashhur. Osiyoda va Ovroʻpaning janubiy va sharqiy qismlarida tarqalgan
2. Qarqul lahjasi haqida
Qarluq tillari — ikki tarixiy va makoni jihatdan qoʻshni, lekin, mumkin, kelib chiqishi boʻyicha turli turkiy tillar guruhlari: sharqiy qarluq-uygʻur va gʻarbiy qarluq-xorazmiy (chigʻatoy) tillarining birlashmasi.
Qarluq-uygʻur va qarluq-xorazmiy tillari bir-birlari bilan aloqa qilishgan, buning natijasida ular oʻrtasida bir qator oʻziga xos izoglossalar mavjud.
Qarluq-uygʻur va qarluq-xorazmiyga boʻlish N. A. Baskakov tomonidan tavsiya etilgan, lekin amalda har doim ham rioya qilinmaydi: qarluq-uygʻur va qaluq-xorazmiy farqlanmaydi yoki qarluq-uy’gur qarluq ichidan chiqariladi (hammasi yoki qisman) va uygʻur-oʻgʻuz yoki uygʻur-tuqyuy tillari sifatida ifodalanadi.
O. A. Mudrakning turkumlashida orxon-yenisey, qadimgi uygʻur, xalaj (argʻu) va zamonaviy qarluq tillari bir butunni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |