«Og‘riqlarning muolajasi haqida» kitobi



Download 104,97 Kb.
bet1/6
Sana11.06.2022
Hajmi104,97 Kb.
#653705
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharqning buyuk tabib va faylasuflaridan bo


Sharqning buyuk tabib va faylasuflaridan bo‘lgan Abu Ali ibn Sino ilmning na oz, na ko‘p, roppa-rosa 29 sohasiga oid to‘rt yuz ellikta asar yozgan. Ammo, afsuski, bu asarlarning 274 tasigina davrimizgacha yetib kelgan. Buning sababi quyidagicha.

Hamadonda yashagan paytida hayotini asrash uchun yashirincha Isfaxon hokimi bilan maktub yozishgan ibn Sinoni ko‘p o‘tmasdan shahar hokimiga «sotishadi». Hokim esa uni hibs etishlariga buyruq beradi. Sodiq shogirdlaridan biri bu xabarni buyuk tabibga yetkazganidan so‘ng ular ikkalasi qo‘lga ilingan buyumlari va qo‘lyozmalarini olib, Isfaxonga qochishadi. Ulardan salgina keyinroq yetib kelgan otliqlar tabibning uyiga o‘t qo‘yishadi. Afsuski, uyda uning kutubxonasi, xususan, qanchadan-qancha qo‘lyozmalari qolib ketgandi.

Ibn Sino, baribir, qo‘lga tushdi. To‘rt oy zindonda yotadi. Ammo bu ham uning ruhiyatini sindira olmadi. Bugunga qadar yozilgan ilmiy asarlarning eng kattasi hisoblanmish «Shifo» kitobini zindonda yozib tugatdi. Shuningdek, yana uchta asarni boshlab qo‘ydi. Bular:

— Axloqiy-didaktik mavzudagi «Musaffo yo‘l haqida» asari.

— «Og‘riqlarning muolajasi haqida» kitobi.

— “Hayy ibn Yakzon» nomli badiiy asar.

Ayni damda biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan, butun Yevropada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan asar ham aynan shu.

«Hayy ibn Yakzon» asari qahramoni prototip obraz. U real shaxs bo‘lib, hibsxonada unga qaragan kuzatuvchi mirshablarning boshlig‘i. Bu asar nomi tilimizga so‘zma-so‘z tarjima etilsa, “Ayiq­ning farzandi» degan ma’noni anglatadi. Asar qariyaning suhbatlari asosida qurilgan. Qariyaning oqilona nasihatlari, ibratomuz suhbatlari bilan inson metafizik sayohatga chiqadi. Jahannamga tushadi va hokazo…

Sharqning boshqa bir buyuk olimi Ibn Rushd asarni tarjima qilib, butun Yevropaga yoydi. Shundan so‘ng asarning mashhurligi, ovozasi yana kengaydi. Ibn Sinoning vafotidan 150 yil o‘tib, Yevropa adabiyotining asoschilaridan sanalmish Dante Aligeri undan ta’sirlanib, «Ilohiy komediya» asarini yozadi.

XIII-XIV asrlarda yashagan mashhur italyan shoiri 1307 yilda yashab turgan joyi Florensiyadan surgun qilinadi. Ana shundan so‘ng u «Ilohiy komediya»ni yoza boshlaydi.

Ibn Sino ijodini o‘rganadigan olimlar yakdillikda «Ilohiy komediya» buyuk tabibning yuqorida tilga olingan asari ta’sirida yozilgani, hatto anchagina fikrlar, syujetlar ko‘chirma ekanini qayd etib kelishadi.


Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish