«Og‘riqlarning muolajasi haqida» kitobi



Download 104,97 Kb.
bet3/6
Sana11.06.2022
Hajmi104,97 Kb.
#653705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharqning buyuk tabib va faylasuflaridan bo

O’rmon (foniy dunyo) va uning atributlari

Aksar diniy ta’limotlarning nuqtai nazari bo‘yicha inson umri foniy va boqiy deb atalmish ikki dunyo – ikki bosqichdan iborat. Shunga ko‘ra barchamiz qachondir albatta ikkinchi dunyoga – dorulbaqoga rihlat qilamiz. Ana shundagina qanday yashaganimiz, aslida kim bo‘lganimizni o‘zimiz to‘la anglab yetamiz. “Komediya”ning dahshatli changalzor changaliga tushib qolgan bosh qahramoni Dante ham bundan mustasno emas edi:

Nel mezzo del cammin di nostra vita…1
Tarjimasi:

Umrimiz sarhadin o‘rta sahnida…2
Shoir yorug‘ olamni tark etish arafasida. Lekin bu vaqtinchalik holdir. Chunki Dantega ruhi tanasini tark etmay turiboq dorulbaqoga borish imkoni berilgan, shuning uchun u o‘zga bandalardan farqli tarzda mazkur “sayohat”dan yana bu dunyoga qayta olardi. Ammo qaytishi va so‘ngra haqiqatda jon taslim qilishidan keyingi hayoti umrining uchinchi hamda to‘rtinchi pallasi bo‘lmaydi. Boisi har ikki olamning eng umumiy mohiyatini anglaydigan Dante uchun ular shunchaki takror, xolos.
Roviy Dante avvaliga zamon to‘g‘risida ma’lumot bergach, tersinaning qolgan misralarida makonga to‘xtaladi:
...mi ritrovai per una selva oscura 3 ché la diritta via era smarrita. (Inferno, I)
Tarjimasi:
Zimistono‘rmongayuzlashdimnogoh,
3 Nechukkim rost yo‘l ham yitmishdi bunda.
Shoir zaminiy umri adog‘ida shunday joyga keldiki, u yer qop-qorong‘i, yurishga yo‘li yo‘q changalzor edi. Bu aslida yovuzlikdan tun tusini olgan, gunohlardan, razolatdan to‘lib, Haq manzili bekilgan o‘tkinchi dunyoning majoziy tasviri bo‘lib, dorulfano – quyuq o‘rmonzorni, undagi kechmishini o‘ylashning o‘zi Dante uchun maholdir.
Andin so‘zlamak-ku dushvordir, evoh, Shu mudhish, yovvoyi, shu bo‘g‘iq o‘rmon Yana dahshat solur xayolan andog‘!” deya nola qiladi shunda jafokash:

Ahi quanto a dir qual era è cosa dura esta selva selvaggia e aspra e forte 6 che nel pensier rinova la paura!
“Qorong‘i” [“Oscuro”] va “Yovvoyi” [“Selvaggio”] changalzor xotirasi bugun ham dilni xuftonu kishini odamovi qiladi. Chunki besh kunlik dunyoning eng mudhish, eng chirkin timsoli bo‘lmish o‘sha ma’vo uchun aynan zim-ziyo va yovvoyilarcha xudbinlik xosdir. O‘z navbatida “Selva” [“O‘rmon”]ning bunday xususiyatlari Dantening yaqin-orada adog‘iga yetguvchi zaminiy umri haqida xulosalar chiqarishni taqozo etardi. Shu xulosalardan dastlabkisi esa birgina metaforada ifodalangan – “La Paura”, ya’ni “Dahshat”! “Komediya” muqaddimasi aynan shunday dahshatdan, shunday tragediyadan iborat.
Mazkur qo‘rqinch timsol ijodkor tashxisi jarayonida yana bir qirrasini ayon qildi: “Ajaldan qolishmas zahri ham chunon; Lek bunda uchramish xayr vasfi-chun Bo‘lak ko‘rganlarim so‘ylayin shu on”, deyiladi navbatdagi tersinada:

Tant’è amara che poco è più morte; ma per trattar del ben ch’i’ vi trovai, 9 dirò de l’altre cose ch’i’ v’ho scorte.
Endi “Dahshat” [“Paura”]ning uchinchi, asosiy funksiyasi shakllandi – “Qorong‘ilik” va “Yovvoyilik” “Amaro”ni keltirib chiqardi. Shunday qilib, bizga “O‘rmon”ning quyidagi uch4 atributi ma’lum: “Oscuro” [“Qorong‘i”], “Selvaggio” [“Yovvoyi”] hamda “Amaro” [“Zahri qotil”, “Zulmkor”].

Shunga ko‘ra, zulmat hayvoniy tamaga sabab, u esa o‘z navbatida zolimlikka doyadir:
“Qora” — “Yovvoyi” — “Zulmkor” Biz esa Danteni tinglashda davom etamiz:


Io non so ben ridir com’i’ v’intrai, tant’era pien di sonno a quel punto 12 che la verace via abbandonai.
Tarjimasi:


Aytolmam u yonga kirdim qay yo‘sun, Haq yo‘ldan toyganim o‘shal ma’voda 12 G‘aflat uyqusida edim bus-butun.
“Dahshat” bois gangigan shoir uning boshlanish yerini bilmaydi. Bunga sabab g‘aflat uyqusi, Hidoyat yo‘lidan g‘ofillikdir. Bu “Uyqu” “O‘rmon”da Dantening Haq manziliga borishiga to‘sqinlik qildi. U – “Dahshat”ning oqibati. Bu “Uyqu”, aniqrog‘i, “G‘ofillik” “Dahshat”dan-da dahshatli. Chunki u nafs orqasida ko‘plarni mast qilib, sarob yanglig‘ aldaydi. Shunday esa-da, mazkur “G‘aflat” muvaqqatdir. Dante asta-sekin bundan voqif bo‘ldi.
Mana, adib tomonidan “Selva” xususida chiqarilgan xulosalarning ikkinchisi: “Sonno” (“Uyqu”, “G‘aflat”)! Endi u shu to‘xtamga tayangan holda vaziyatdan chiqishga intildi:


Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish