Kiyimni loyihalashda ishlatiladigan o'ichov turlari va ularni gavdadan olish yoilari
Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan oMchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi boMgan kishi gavdasini oMchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qoMlarini tushirib tinch turishi kerak. 0‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan odchanadi. 0‘lchashni boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari — bel chizig‘i va boshqalar belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal qilib ilgakyordamidabiriktiriladi. 0‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo‘shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa o‘lchami ami gavdaning o‘ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo‘ksa va hokazolar simmetrik boMmasa ikkala tomon ham oMchanib, natijalar alohida yoziladi. Aylana oMchamlari to‘la odchanadi, lekin bu oMchamning yarmi (yelka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik oMchamlari toMa yoziladi. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘la takrorlamaydi va gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi. Ma’lumki ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada yopishib turishi kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada gavdaga yopishib turishiga qaramay uning ichki о M chain lari odam gavdasining oMchamlaridan katta boMadi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini tuzish uchun gavda oMchamlarining o‘zi yetarli boMmaydi. Kiyim ichki oMchamlarining gavda oMchamlaridan farqining miqdori qo‘shimcha deyiladi va ,,Q“ harfi bilan belgilanadi
Qo‘shimchalar nimaga moMjallanganiga qarab zarur boMgan minimal (texnik) ,,Qtex“ va konstruktiv - de korativ — ,,Qkd“ qo‘shimchalarga boMinadilar.
Qtex — ko‘shimcha bemalol harakat qilishni bemalol nafas olishni ta’minlaydi, gazlama tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasi orasida havo qatlami hosil qilishi imkonini beradi. Bunday havo qatlamining issiqlik almashuvini tartibga solishda katta ahamiyati bor.
Texnik qo ‘shimcha о ‘z navbatida 4 ga bo Minadi:
Minimal qo‘shimchada odamning qon aylanishi, nafas olishi, ovqat hazm boMishi hisobga olinadi.
Kiyim qavati uchun qo‘shimchada asosan ustki kiyimlar uchun ichidan necha qavat kiyilishini hisobga olgan holda bo‘shliq beriladi.Erkin harakatlanish uchun qo‘shimchada asosan kiyimni qayerda kiyilishini hisobga olgan holda olinadi, ya’ni kiyimning vazifasiga, assortimentiga qaraladi. Masalan, sahnada ashula aytadigan xonandaning kiyimiga nisbatan qurilishda kiyiladigan ish kiyimida bir necha marta ko‘p qo‘shimcha boMadi, chunki u yerda odam ko‘p harakatlanadi.
Texnologik qo‘shimchada kiyimni tayyorlash jarayonida uning gazlamasi turiga qalinligiga qarab ishlov berilishiga, ya’ni qotirmalar issiq qatlamlar bilan ishlov berish hisobga olinadi. Konstruktiv-dekorativ qo‘shimchalar o‘z navbatida ikkiga bo Minadi:
konstruktiv qo‘shimcha;
dekorativ qo‘shimcha.
Konstruktiv qo‘shimchalarda kiyimningbichimi hisobga olinadi. Masalan, kiyimning bichimi to‘g‘ri, gavdaga sal yopishgan, gavdaga yopishgan va hokazo boMadi. Bu yerda to‘g‘ri bichimli kiyimlarga eng ko‘p qo‘shimcha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |