Tibbiyotda ahamiyatga ega boʻlgan hasharotlar: bit, burga Qoʻchqorova Shahribonu 55/21 Bitlar - Qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1–6 mm, qanotsiz. Baʼzi B.ning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida B. Qon soʻrayotganida teriga yopishib oladi. 3 juft oyoqlari tanasining 2 yoniga keng yoyilib turadi. Barmoqlarining uchida ilmoqka oʻxshash qayrilgan tirnoqlari yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishib oladi.
Urgʻochi B.lar oʻz hayoti davomida bir necha oʻntadan 300 tagacha sirka (tuxum) qoʻyadi. Sirkasini maxsus yopishqoq sekreta yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishtiradi. Sirkadan bir haftada yosh bitcha (magʻzak)lar chiqadi. B. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi, 18—20 kun yoki undan koʻproq vaqt davomida voyaga yetadi. 300 ga yaqin turi maʼlum. B. Sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi. - Urgʻochi B.lar oʻz hayoti davomida bir necha oʻntadan 300 tagacha sirka (tuxum) qoʻyadi. Sirkasini maxsus yopishqoq sekreta yordamida kiyim yoki soch tolalariga yopishtiradi. Sirkadan bir haftada yosh bitcha (magʻzak)lar chiqadi. B. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi, 18—20 kun yoki undan koʻproq vaqt davomida voyaga yetadi. 300 ga yaqin turi maʼlum. B. Sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi.
B. Sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi. Har bir hayvonning oʻz biti boʻladi. Odamda bosh B.i (Pediculus humanis capites), kiyim B.i (P. Humanis westimenti) va qov B.i (Phthiras pubis, badanning siyrak yungli aʼzolari: qosh, kiprik, qoʻltiq osti, jinsiy aʼzolar atrofida) boʻladi. B.lar toshmali va qaytalama terlama kasalliklarini tarqatadi. Odamlar gʻuj boʻlib yashaydigan joylarda (bogʻcha, maktablar, koʻp bolali oilalar, harbiy xizmat joylari) B.larning tarqalishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Bitlashning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim. - B. Sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qiladi. Har bir hayvonning oʻz biti boʻladi. Odamda bosh B.i (Pediculus humanis capites), kiyim B.i (P. Humanis westimenti) va qov B.i (Phthiras pubis, badanning siyrak yungli aʼzolari: qosh, kiprik, qoʻltiq osti, jinsiy aʼzolar atrofida) boʻladi. B.lar toshmali va qaytalama terlama kasalliklarini tarqatadi. Odamlar gʻuj boʻlib yashaydigan joylarda (bogʻcha, maktablar, koʻp bolali oilalar, harbiy xizmat joylari) B.larning tarqalishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Bitlashning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim.
Burgalar - Burgalar (lotincha: Siphonaptera) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. Uz. 1–6 mm, urgʻochisi erkagidan yirikroq. Tanasi ikki yondan kuchli siqilganligidan hayvonlarning yungi va pati orasida yengil va tez harakat qiladi. Qanotlari ikkilamchi reduksiyaga uchragan. Koʻpchilik turlarining bir juft oddiy koʻzi bor. Ogʻiz organi kesuvchi — sanchuvchi — soʻruvchi tipda.
Oyoqlari (ayniqsa keyingisi) yaxshi rivojlangan, sakrovchi. Urgʻochilari pol tirqishlari, toʻshamalar osti, devor yoriqlari yoki kemiruvchilar iniga bir necha oʻnta tuxum qoʻyadi. Tuxumlardan oyoqsiz, chuvalchangsimon, tanasi tuk bilan qoplangan qurtlar chiqadi. Ular pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Qurtlar hayvonlarning organik qoldiqlari va chirindilar, jumladan B. Axlati bilan oziqlanadi. B. 3 yilgacha, odam burgasi esa 2 yilgacha yashaydi. 1400 ga yaqin turi, shundan 310 turi Oʻrta Osiyoda uchraydi. B. Issiq qonli hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. - Oyoqlari (ayniqsa keyingisi) yaxshi rivojlangan, sakrovchi. Urgʻochilari pol tirqishlari, toʻshamalar osti, devor yoriqlari yoki kemiruvchilar iniga bir necha oʻnta tuxum qoʻyadi. Tuxumlardan oyoqsiz, chuvalchangsimon, tanasi tuk bilan qoplangan qurtlar chiqadi. Ular pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Qurtlar hayvonlarning organik qoldiqlari va chirindilar, jumladan B. Axlati bilan oziqlanadi. B. 3 yilgacha, odam burgasi esa 2 yilgacha yashaydi. 1400 ga yaqin turi, shundan 310 turi Oʻrta Osiyoda uchraydi. B. Issiq qonli hayvonlar va odamda parazitlik qiladi.
Keng tarqalgan turlari: Keng tarqalgan turlari: odam burgasi (lotincha: Pulex irritans) it burgasi (lotincha: Ctenocephalides canis) kalamush burgasi (lotincha: Ceratophyllus fasciatus) olaqurt (lotincha: Vermipsylla alacurt) Odam va kalamush Burgalari odamga oʻlat va terlama kasalligi qoʻzgatuvchilarini yuqtiradi. - Baʼzi B. Gelmintlarning oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Odam B.i qarovsiz qolgan uylarda koʻp uchraydi. Qarshi kurash choralari: uy-joylarni toza tutish, polni karbolning 2—5%li eritmasi bilan yuvish, devor va poldagi yoriqlarni kerosinga hoʻllangan latta bilan artish, B. Uchraydigan joylarga piretrum va xlorpikrin sepishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |