O'g'il bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash


Erkaklar kiyimlari uchun andaza tayyorlash



Download 1,01 Mb.
bet24/31
Sana14.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#801129
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
1-22

Erkaklar kiyimlari uchun andaza tayyorlash.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” ta`limga bo`layotgan yuksak e`tibor namunasidir. Bu hujjatlar O`zbekistonning har jihatdan taraqqiy etishini ta`minlabgina qolmay, hamma sohada o`zgarishlar bo`lishini nazarda tutadi. Yuz berayotgan barcha yangiliklar va o`zgarishlarni, bozor iqtisodiyotining o`ziga xos talablarini hayotga tatbiq etgan holda pedagogika kasb-hunar kollejlarida turli kasblar bo`yicha mutaxasisslarni tayyorlash ko`zda tutilgan.
Kasb-hunar kollejlarida “Maktabdan va sinfdan tashqari to’garak tashkilotchisi” mutaxassisligi bo’yicha bichish-tikish to`garagi rahbarlarini tayorlash orqali loyihalovchi - rassom, tikuvchi, bichuvchi kasblariga qiziqishi bor bo`lgan o`quvchilarga yordam beriladi. Umumta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblari bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, ularning mehnatini qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Kasb-hunar kollejlarida esa, aynan tanlagan kasblari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. O’quvchilarni “Tikuvchilik texnologiyasi”, “Tikuvchilik materialshunosligi”, “Tikuv buyumlarini loyihalash va badiiy bezash” va boshqa maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bo`sh vaqtlarini to`g`ri, rejali o`tishini ta`minlash va tikuvchi-bichuvchi kasblarini egallashlarida bichish-tikishga o’rgatish metodikasi fanining vazifasi katta. Tikuvchi-bichuvchi kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini albatta bilishi kerak. Tikuvchilik kasbi eng sharafli kasblardan hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo`qki, bu kasb xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi tikuvchilik to`garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak rahbariga bichish-tikish to`garagi davomida to`garak a’zolariga tikuvchilik kasbi sirlarini o`rgatish usullarini tanlash, ularni har tomonlama tarbiyalashni o`rgatishda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalarni hosil qilish yo`l-yo`riqlarni o`rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo`lajak to`garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo`llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo`llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o`rgatishda qo`llaniladigan yo`l-yo`riqlarini o`rgatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir to`garak tashkilotchisi tikuvchilik mutaxassisligi tavsiyanomasida ko`rsatilgan tikuvchi kasbi 3-4 malaka bajarasini oladigan ishlarni o`zi bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi zarur. Dastur nazariy va amaliy tarzda o`qitiladi. Nazariy bilimlar berishda tikuvchilik sohasida qo`lga kiritilgan yangiliklar, yangi tikuv mashinalari, ishlov berish usullari haqida ma`lumotlar va ko`rsatmalar beriladi. o’quvchilar amaliy ishlarni bajarishda “Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari”va boshqa mutazassislik fanlaridan,”Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyaot jarayonida egallagan bilim, ko`nikma va malakalariga asoslanadi.
Amaliy ishlarni o`tkazishda mavzuga oid ko`rgazmalar tayyorlanadi, mashg`ulot ishlanmalari, namunalar tuziladi. Dastlabki amaliy mashg`ulotlarni kollejning o`zida ramziy dars (dublyor) dan foydalanib o`tilsa bo`ladi. So`ngra albatta bunday darslar otaliq madaniyat uylarida,”Barkamol avlod” bolalar markazlarida yoki maktablar qoshida ochilgan to`garakalarda o`tkazilsa, yaxshi natija beradi.
Bo`lajak to`garak rahbarlari ilg`or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan mashg`ulotlarni kuzatishlari va tahlil etib o`rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o`zlarining ish faoliyatlari davomida qo`llanishlariga e`tabor berishlari zarur.
Bichish- tikishga o’rgatish metodikasi fani jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari kundalik, oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratiladi. Dastur 2 bo`limdan iborat: Barcha konstruksiyalash usullari nazariy tayanchsiz, konstruktorning shaxsiy tajribasi va intuitsiyasiga asoslangani sababli qator davlatlar hamkorligida 1976-yildan 1980-yilga qadar konstruksiyalash umumiy uslubini yaratish uchun kiyim konstruksiyalash sohasida muhim masalalar yechildi [44]: — kiyim konstruksiyalash bo'yicha nufuzli davlatlar tiliga xos atamalar majmui tuzildi; — konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimiga asoslangan kiyim konstruksiyasiga oid texnik chizmalar qoidalari ishlab chiqildi; — erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan kiyimlar yagona konstruksiyalash uslubining nazariy asoslari yaratildi; — kiyimlar asosiy turlarining bazaviy konstruksiyalari tuzildi; — kiyim detallarining asoslangan gradatsiya prinsiplari asoslanib tavsiya qilindi; — konstruksiya tuzishda materiallar xususiyatlarini hisobga olish bo‘yicha tavsiyalar tuz — qo'shimchalar tasnifi va yagona tizimi; — formulalar yagonaligi va konstaiksiya tuzilishining yaxlit ketmaketligi; — kiyim konstruksiyasining yagona asosi va kiyim turlarining bazaviy asosi; — gradatsiyaning yagona prinsiplari; — konstruksiyaga oid texnik chizmaning qat'iy qoidalari; — konstruktiv nuqtalarning bir xil nomlanishi va raqamli belgilanishi; — konstruktorlik hujjatlarining yagona hajmi va mazmuni. Assortimenti, bichimi, vazifasi bo‘yicha farqlanadigan, turli materiallardan yakka tartibda va ommaviy tarzda tayyorlanadigan turli kiyimlar konstruksiyasini ishlashda ushbu uslub dastlabki baza sifatida qo‘llanishi mumkin. Mazkur uslub ilmiy jihatdan asoslangan, chunki uning dastlabki bazasi sifatida nufuzli davlatlar aholisining antropometrik o‘lchamlari, ilmiy jihatdan asoslangan konstruktiv va texnologik qo‘shimchalar tizimi va kontsruksiya qurishda tahliliy hisoblash formulalari ishlatilgan. Asosiy konstruktiv kesmalarning ularga xos o‘lchamlar orqali aniqlanishi kiyim konstruksiyasini tez qurishni va qomatda yaxshi o‘rnashuvini ta’minlaydi. Konstruktiv kesmalarni hisoblash formulalari asosan quyidagicha: AB = К Т. + a. + П ko‘rinishga ega. Bunda: AB — konstruktiv nuqtalari raqamli belgilangan konstruktiv kesma; К — 0‘lchamning qismini ifodalaydigan koeffitsient; T. — standart indeksida o‘lchamlarning raqamlar tartibiga oid belgisi; a. — kesmaga xos absolut had; П — qo‘shimchalar majmui. Tananing tepa qismiga mo‘ljallangan kiyimga oid asosiy konstruktiv kesmaJar hisoblashlari [44] keltirilgan, asosiy konstruksiyasi esa 2.23- rasmda ko‘rsatilgan. Turli tikuv buyumlarining assortimentli guruhlarini konstruksiyalash metodikalari, hisoblashlar namunalari va chizmalari 4-ilovada keltirilgan. 124 91 " г 911 * 12 1 123- l2lg*kb>d23 //ут-^Г /Г 55^ l4‘ 12 \l // /.?[ 113 332 i 34 41 51 15 9 1 «Г 32 331 ^ ~ о~ А 35 3 6 l \ b ^ ' 331 341 3 4 I '3 5 l 3(, 372 470 411 4 4 i 4 4 V 46 511 541 5 4 V 57 47 ->570 911 941 9 4 V 97 b 2.23-rasm. ЕМКО uslubi bo‘yicha tananing yuqori qismiga mo‘ljallangan chizma. 2.4.5. AYOLLAR KO'YLAGINI МГУТД U SLUBI BO ‘YICHA KONSTRUKSIYALASHNING XUSUSIYATLARI Moskva Davlat texnologiya va dizayn Universiteti (МГУТД) tomonidan tuzilgan ayollar ko'ylagini konstruksiyalash uslubi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Konstruktiv chiziqlarni aniqlashda asosan formulalarning birinchi tipi qo‘llangan. Mazkur metod turli usullardan tuzilgan. Yeng konstruksiyasi bevosita old va orqa bo'laklar chizmasida o‘ziga xos usul yordamida quriladi. Uslub hisoblash formulalari va grafik qurishi soddaligi bilan ajralib turadi. Ko‘krak chizig‘idagi buyum kengligi Ti5 ikkinchi ko‘krak aylanasi orqali aniqlanadi. Old bo‘lak kengligi yangi o'lcham T45 — ko'krakning katta kengligi yordamida aniqlanadi. Bu o‘lcham OST 17—326—81 ga kirmagani sababli, uni hisoblash mumkin:



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish