Ayollar kiyimlari kiyimlari andazasini gazlamaga joylashtirish
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi.
Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi.
Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda model’er-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi.
Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq.
Kiyimning yakka buyurtma yo’li bilan bilan tikishda o’lchab-hisoblab konstruktsiyalash metodi juda mos keladi, chunki bu metod aniq o’lchangan tufayli gavdaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtdagi hamma o’lchab-hisoblab va proportsional-hisoblab tuzish metodlari kiyim bo’laklarini chizmasini tuzishning tarkibiy usulidir. Yangi modelning manekenda yoki gavdada yaxshi turishiga kiyimni kiydirib ko’rish yo’li bilan erishiladi.
164-96-100 razmerining qomatdan olingan o’lchamlari.
№
|
Qomat o’lchamlarining nomi
|
Belgilar
|
Qomat o’lchamining miqdori
|
|
Bo’y
|
R
|
164
|
|
Bo’yin asos nuqta balandligi
|
Vb a n
|
140.6
|
|
Bo’yin nuqta balandligi
|
Vb.n
|
141.7
|
|
Yelka nuqta balandligi
|
Ve.n
|
135.4
|
|
Orqa qo’ltiq osti burchagining balandligi
|
Voqob
|
18.6
|
|
Ko’krak balandligi
|
Vk
|
39.4
|
|
Bo’yin aylanasi
|
Ob
|
19.8
|
|
Ko’krakning birinchi aylanasi
|
OKI
|
51.5
|
|
Ko’krakning ikkinchi aylanasi
|
OKII
|
58
|
|
Ko’krakning uchinchi aylanasi
|
OkIII
|
56
|
|
Bel aylanasi
|
Obel
|
46.3
|
|
Bo’ksa aylanasi
|
Obo’k
|
58
|
|
Yelka aylanasi
|
Oel
|
34.8
|
|
Yelka kengligi
|
Shel
|
13.6
|
|
Gavda old qismining belgacha uzunligi
|
Dold.bel
|
46.2
|
|
Orqa yeng o’miz balandligi
|
Vort.eng.o’miz
|
18.6
|
|
Ko’krak turtib chiqqan nuqtalarini hisobga olgan holda ort bo’lak uzunlik
|
Dor.bel
|
40.8
|
|
Yelka qiya balandligi
|
Velka.qIya
|
45.3
|
|
Orqa bel chizig’idan bo’yin asos nuqtasigacha bo’lgan oraliq
|
Dor.bel1
|
44.3
|
|
Ko’krak kengligi
|
Shk
|
18.8
|
|
Ko’krak markazi
|
Sk
|
11.4
|
|
Gavda ort qismining kengligi
|
Shor
|
20
|
|
Tirsakkacha qo’l uzunligi
|
Dqo’l.tir
|
32.6
|
|
Qo’lning bilakkacha uzunligi
|
Dqo’l.bil
|
56.4
|
Ko’krak, bel va bo’ksa aylanasi qo’shimchalari
1
|
Ko’krak aylanasi
|
POk
|
1.5-2.5
|
2
|
Bel aylanasi
|
PObel
|
0.5-1
|
3
|
Bo’ksa aylanasi
|
PObo’ksa
|
0-0.5
|
4
|
Yelka aylanasi
|
POelka
|
2.5-3.5
|
Ayollar ko’ylagi asos chizmasiga beriladigan konstruktiv
qo’shimchalar qiymati
Ko’krak chizig’i bo’ylab
|
-orqa
|
Porqa
|
1
|
-eng o’mizi
|
PSheng.o’miz
|
2.5
|
-old
|
Pold
|
1
|
-bel aylanasi
|
PObel
|
2
|
-bo’ksa aylanasi
|
PObo’ksa
|
1
|
-elka aylanasi
|
POelka
|
5
|
-proyma chuqurligi
|
PGeng.o’miz
|
4
|
-kurak turtib chiqqan nuqtalarini hisobga olgan holda ort bo’lak belgacha uzunlik
|
PDort.bel
|
1
|
-orqa bel chizig’idan bo’yin asos nuqtasigacha bo’lgan oraliq
|
PDort.bel1
|
1
|
-gavda old qismining belgacha uzunligi
|
PDold.bel
|
1.5
|
-ko’krak balandligi
|
PVk
|
0.7
|
-ko’krak markazi
|
PSk
|
0.3
|
Ayollar ko’ylagi asos konstruktsiyasini qurish
Konstruktiv bo’lak belgisi
|
Siljitish yo’nalishi
|
Hisob formulasi va hisoblar
|
Konstruktif bo’lak qiymati
|
Ayollar ko’ylagi bazis gorizontal to’g’ri chiziqlarini aniqlash
|
1-2
|
Gorizontal bo’yicha o’ngga
|
1-2=Shel+PShel=18.2+1
|
19.2
|
2-3
|
Gorizontal bo’yicha o’ngga
|
2-3=dold.ort.қG‘l+P dold.ort.қG‘l=10.8+2.5
|
13.3
|
3-4
|
Gorizontal bo’yicha o’ngga
|
3-4=Shk+(OkII-Ok1)=17.2+(50.2-45.7)
|
21.7
|
1-4
|
Gorizontal chiziq
|
1-4=19.2+13.3+21.7
|
54.2
|
Ayollar ko’ylagi bazis vertikal to’g’ri chiziqlarini aniqlash
|
1G
|
Vertikal bo’yicha
|
1G=Vort.eng.o’m+PVort.eng.o’m=17.8+4
|
21.8
|
1T
|
Vertikal bo’yicha
|
1T=Dold.bel+PDold.bel=40.4+1
|
41.4
|
TB
|
Vertikal bo’yicha
|
TB=0.5Dort.bel=0.540.4
|
20.2
|
1N
|
Vertikal bo’yicha
|
1N=110+2
|
112
|
Ort bo’lak
|
1-5
|
Gorizontal bo’yicha o’ngga
|
1-5=1|3SbG‘yin+PObG‘yin=18.3:3+1
|
7.1
|
5-6
|
Vertikal bo’yicha yuqoriga
|
5-6=1|4(1-5)+0.5=7.1:4+0.5
|
2.1
|
6-7
|
Vertikal bo’yicha pastga
|
6-7=Velka
|
6.4
|
7-8
|
Vertikal bo’yicha o’ngga
|
7-8=Shelka
|
13.3
|
8-9
|
Vertikal bo’yicha o’ngga
|
Psalқi=8-9=2.5+0.5
|
3
|
6-8
|
Qiya chiziq ↘
|
6-8=Shelk+Pvitoch+Psalqi=13.3+2.5+0.5
|
16.3
|
1-10
|
Gorizontal bo’yicha pastga
|
1-10=0.3(Dort.bel+PDort.bel)=0.3(40.4+1)
|
12.4
|
10-11
|
Vertikal bo’yicha o’ngga
|
10-11=0.5(Short+PShort)=0.5(18.2+1)
|
9.6
|
6-12
|
|
6-12=1|4 6-8=1|416.3
|
4.0
|
TT1
|
T nuqtadan gorizontal bo’yicha o’ngga
|
TT1 =1.0 ∻1.5 sm
|
|
Avollar kiyimlari kiyimlari bichish va tikish.
Ta’lim sifatini oshirishga kuchli ta’sir qila oladigan didaktik vositalar, masofadan o`qitish dasturlari, qurilmalar, elektron pochta, elektron kutubxonalar, masofadan o`qitish dasturlari, animatsion, ya’ni tasvir va tovushni o`zida mujassamlashtirgan ko`rgazmali qurollar barchasi aynan kompyuter texnikasiga va amaliy mashg’ulotlarni to`gri tashkil etishga asoslanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini ham bevosita qamrab olgan. Zero, birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki o`rta maxsus ta’lim jarayonida shunday o`qitish metodlarini tadbiq etish joizki, ular oxir – oqibatda o`quvchilarni mustaqil o`qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o`rgatsin, o`quvchilarni o`ziga xos fikrlashga yo`llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o`qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o`z faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko`nikmalarini shakllantirsin.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida aynan shuni e’tiborga olishimiz kerakki, bolalarni kasbga qiziqtirish o`rta maxsus ta’lim jarayonidan boshlanishi lozim. Shuni hisobga olib умумta’lim maktablarida mehnat ta’limi darsalarida o`quvchilarni kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish lozim.
Zamonaviy moda yo`nalishi milliy ko`ylaklarimizda ham o`z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko`ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari va yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki, milliy ko`ylak asosan koketka, qop va yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko`ylak to`g’ri siluetli, koketka chizig’i bo`ylab burmali bo`ladi. Old bo`lagida koketka bo`laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. An’anaviy milliy ko`ylak yoqali va yoqasiz bo`ladi. Yoqali bo`lsa yoqa o`mizi bo`ylab o`tkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog`lanadigan (galstuksimon) bo`lishi mumkin. Yenglari o`tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo`lak bilan yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba hakozo bo`lishi mumkin.
Hozirgi kunda milliy ko`ylak bichimlarida juda katta o`zgarishlar ro`y bergan. Masalan: etak qismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko`ylaklar. Bunday qopli ko`ylak yengi ham konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko`ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to`lqinsimon shaklga ega bo`ladi.
Milliy ko`ylak bichimlari bir xil bo`lsa-da, uning yoqa o`mizlari turlicha o`yilishi mumkin. 2,3- rasmlarda to`g’ri bichimli milliy ko`ylakni turlicha yoqa o`mizli koketka turlari tasvirlangan. 4,5,6,7 - rasmlarda esa yoqa o`mizi va koketka tashqi shakli turlicha bo`lgan milliy ko`ylak modellari namunalari ko`rsatilgan.
1 – rasm. Ayollar milliy ko`ylagining model turlari
Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar va munchoq (biser) lar bilan bezab tikish mumkin.
Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo`lishi mumkin. Quyida turli bichimdagi va shakldagi zamonaviy milliy ko`ylak namunalarini tavsifini keltiramiz.
Munchoqlar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari
Kashta va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari
2, 3- rasmlarda milliy ko`ylak koketkalarining turli tuman ko`rinishdagi yoqa o`mizlari va bichimlari tavsiya etilgan. Bu turli ko`rinishdagi koketkalarni kishi gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart. Ko`pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar har doim go`zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo`lgan kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi.
Agar gazlama elastik, cho`ziluvchan bo`lsa koketka o`tkir burchakli bo`lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko`rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o`rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo`lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.
2- rasmlarda biserlar (munchoqlar) bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari ko`rsatilgan bo`lib, bu modellar bichimi yuzasidan bir biriga o`xshasada, bezak ko`rinishlari, yoqa o`mizlari o`yiqlarining turli tumanligi bilan farq qiladi. Ushbu modellarimizni yosh kelinlarimizga, o`rta yoshli ayollarimizga tavsiya qilamiz.
4, 5- rasmda esa koketkalari turli bichimda bo`lgan, buf va vafli choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari berilgan. Bu modellar asosan yosh qizlarimiz, yosh kelinlarimizga mos keladi. Ularni shifon, krepdishin, shoyi kabi gazlamalardan tikish mumkin. Bezak buflarni munchoqlar bilan xam bezash mumkin. Agar ko`ylak kundalikda kiyiladigan bo`lsa, bezak toshlarni kamroq ishlatgan ma’qul.
Hozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylaklarimiz yana urf bo`lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko`ylaklarni juda ko`p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to`ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko`rkam va jozibador ko`rinishga ega bo`ladi. 5-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari berilgan.
Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, tesmalar, ryushlar bilan ham bezab tikish mumkin. 5-rasmda quyma burmali ko`ylak namunalari keltirilgan.
Quyma burmali ko`ylaklarni ko`pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga tavsiya qilinadi. Yoshi katta, to`la gavdali ayollarimiz esa burmali ko`ylaklarni kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo`rttirib ko`rsatadi.
Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo`lishi mumkin. Undan tashqari hozirgi kunda ko`ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini do`konlarimizda ko`plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o`ylaymiz.
Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan xotin qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko`ylak uchun bichim va bezak tanlashda modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o`ylaymiz. Ana shundagina tanlagan kiyimi o`ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa, zamonaviy kiyim elementlarini joyida qo`yib ishlatishlari kerak.
Kiyimlar qadim qadimdan kashta choklari bilan bezab kelinadi, Lekin kashta chok bilan bezak berishda har doim ham kiyim tashqi ko`rinishiga zeb bermaydi. Chunki kiyimga kashta chok solishda uni texnologiyalariga, rang tasvir qoidalariga, kishi salohiyatiga e’tibor berish lozim bo`ladi. Ayrim tikuvchilar bu kashta hozir modaga kirgan deb barcha kiyimlarga ham uni tikaveradi. Kiyimni tashqi ko`rinishini ochgan bilan kiyimni kim kiyganiga qarab kashta chok bezagini tanlash zarur hisoblanadi. Kiyimga kashta chok solishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- kiyimga kashta chok bilan bezak berishda kashta gullarini kiyim gazlamasi gullariga moslash, gazlama gullarini bug’masdan uni yanada yorqinroq, chiroyliroq qilib ko`rsatadigan gul elementlarini tanlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |