ALISHER NAVOIY
1. Qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1441-yil 9-fevral Hirot shahrida.
2. Alisherning otasining ismi? J: G‘iyosiddin Muhammad “Kichkina baho-dir”.
3. Onasining ismi? J: Ma’lum emas.
4. Alisher necha yoshidan she’r yod oladi? J: 3-4 yoshidan.
5. Alisher necha yoshidan maktabga bordi? J: 5 yosh.
6. Podshoh Shohruhmirzo qachon vafot etgan? J: 1447-yil.
7. Alisherlar oilasi nima uchun Iroqqa ko‘chadi? J: Mamlakatda notinchlik bo‘lgani uchun.
8. Alisher tasodifan kim bilan uchrashib qoladi va u necha yoshda edi? J: 6 yoshida tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan.
9. Alisherlar xonadoni nechanchi yilda Hirotga qaytadi? J: 1451-yil.
10. Alisher cho‘lda yolg‘iz qolib ketganida necha yoshida edi? J: 10 yoshida.
11. Abulqosim Boburmirzo qachon taxtga chiqdi? J: 1452-yil.
12. Alisherning otasini kim qayerga hokim qilib tayinlaydi? J: Abulqosim Boburmirzo, Sabzavorga.
13. Alisherlar oilasi nechanchi yillarda Sabzavorda, keyin qayerda yashashadi? J: 1452- 57-yillarda Sabzavorda, keyin Mashhadda.
14. Alisher qaysi buyuk adiblarning asarlarini sevib o‘qiydi? J: Farididdin Attor, N. Ganjaviy, Shayx Sa’diy, X. Dehlaviy.
15.Yosh Alisherning xayolini kimning kitobi egallab olgan edi? J: F. Attor “Mantiq uttayr” (“Qush tili”).
16. Alisher necha yoshidan she’r yozishni mashq qila boshladi? J: 7-8 yoshidan.
17. Alisher Navoiy o‘zbekcha she’rlariga qanday taxallus qo‘lladi? J: Navoiy.
18. A. Navoiy forscha asarlariga qanday taxallus qo‘lladi? J: Foniy.
19. “Navoiy” so‘zining ma’nosi? J: Navo, kuy.
20. “Foniy” so‘zining ma’nosi? J: Forscha “vaqtincha”.
21. Navoiy necha yoshida o‘z she’rlari bilan Mavlona Lutfiyni hayratga soldi? J: 12 yoshida.
22. 90 yoshlik mavlono Lutfiy Alisherning qaysi she’rini eshitib qoyil qolgan? J: Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘ach quyosh.
23. Abusaidmirzo nechanchi yil taxtga chiqdi? J: 1457-yil.
24. Alisher Hirotga 1464-yil kelgach, ko’p o‘tmay qayerga ketishga majbur bo‘ldi? J: Samarqandga.
25. Navoiy Samarqandda nechanchi yilgacha yashadi? J: 1469-yilgacha.
26. Navoiy nechanchi yilda vazirlik martabasiga ko‘tariladi? J: 1472-yilda.
27. Navoiy nechanchi yillarda Astrabodda hokim bo‘lib ishlaydi? J: 1487-88-yillarda.
28. Navoiy nechta she’riy devon tuzgan? J: 7 ta devon.
29. “Panj ganj” (“Besh xazina”) asari kimniki? J: Nizomiy Ganjaviyniki.
30. Navoiy nechta nasriy asar yozgan? J: 10 dan ortiq.
“HAYRAT UL-ABROR” dostonidan
1. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolati nima haqida? J: Rostlik va to‘g‘rilik haqida.
2. “Har kishikim, tuzlik erur peshasi, Kajrav esa charx ne andeshasi” misralari kimning qalamiga mansub va qaysi asaridan olingan? J: A.Navoiy. “Hayrat ul-abror” 10- maqolati.
3. 10-maqolatda to‘g‘rilik nimalarga qiyoslangan? J: O‘qqa, nayza, sarvga, mistar (chizg‘ich), sham, nay, oyna, sokin turgan suvga.
4. So‘fiylar nima uchun nayni yaxshi ko’radi? J: To‘g‘ri bo‘lgani uchun.
5. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida nima to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan ofat ko‘rmay doim ko‘m-ko‘k deb ta’riflanadi? J: Sarv daraxti.
6. “Hayrat ul-abror” dostonida qaysi o‘simlik yuzini egriligi qora qiladi deb ta’riflangan? J: Sunbul.
7. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida qanday kishilar haqiqiy sog‘lom kishilar deb ta’riflangan? J: Xatni to‘g‘ri yozadigan.
8. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida nima tug‘ilishidan egri bo‘lgan-ligi aytilad? J: Ko‘z.
9. “Hayrat ul-abror” da to‘g‘rilik yo‘li nechta xil bo‘ladi deyilgan? J: 2 xil: 1-xil: So‘zi va o‘zi to‘g‘ri. 2-xil: Yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalga-nidan “To‘g‘ri!” deydi.
10. “Hayrat ul-abror” da Navoiy to‘g‘rilikning qaysi yo‘lini yomon emas deydi? J: 2-xilini.
11. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida kimlar kambag‘allik, yetish-movchilikdan boshqa narsani bilmaydilar deb ta’riflanadi? J: To‘g‘ri gapirish-ga odatlanganlar.
12. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida egrilik va to‘g‘rilikka berilgan ta’rif? J: Yolg‘on egrilikdan, to‘g‘rilik haqiqatdan iborat.
13. Navoiyning qaysi asarida qanday kishini musulmon deb bo‘lmaydi deyilgan? J: Yolg‘on gapirishni odat qilgan.
14. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida qanday kishilarning aybi yuvi-lib ketadi deyilgan? J: Qizishib turib ont ichgan bo‘lsa, onti yolg‘on bo‘lsa.
15. “Hayrat ul-abror”da Navoiy egrilik va to‘g‘rilikning isboti uchun kimlarning ishini misol qilib keltiradi? J: Bog‘bon va dehqonning.
“SHER BILAN DURROJ” HIKOYATI
1. “Sher bilan durroj” hikoyati kimning qaysi asaridan olingan? J: Navoiyning “Hayrat ul-abror” 10-maqolati.
2. Durroj nima? J: Kaptarning bir turi, qirg‘ovul.
3. “Sher b-n durroj” hikoyatida sherning ajralmas boyligi nima edi?J: Farzandi.
4. Sherning bolalarini har safar nima o‘ldirar edi? J: Chumolilar talab o‘ldi-rardi.
5. Sherga doim nima g‘am va motam edi? J: Durrojdan cho‘chib bolasini yarador qilib qo‘yish.
6. “Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo‘q. Xotirjam bo‘lib, meni o‘zing-ga ishonchli do‘st deb bil”. Ushbu satrlar kimga tegishli? J: Sherga.
7. “Sher b-n durroj” hikoyatida nimaga osmonning o‘zi ham hasad qilardi deya ta’rif berilgan? J: Sher b-n durroj o‘rtasidagi do‘stlikka, mehr-muhabbat-ga.
8. “Sher b-n durroj” hikoyatida sher boshida durrojning aylanib parvoz qilishi nimaga qiyoslangan? J: Sultonning tepasida humo qushi aylanishiga.
9. Sher durrojga qanday pand qilardi? J: Yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi. To‘g‘rilar oldida yolg‘on qoralanadi.
10. Durroj nima uchun ovchilarning tuzog‘iga tushib qolganda sher yordamga
kelmadi? J: Rostni ham yolg‘on deb o‘ylagani uchun.
11. “Sher bilan durroj” rivoyati qanday rivoyat? J: Ramziy rivoyat, majoziy hikoyat.
12. Navoiyning qaysi dostonida ahil yashash, qo‘shnichilik munosabatlari hiko-yatda aks ettirilgan? J: “Hayrat ul-abror” (“Sher bilan durroj”) hikoyatida.
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA TO‘G‘RILIK VA EGRILIK TO‘G‘RISIDA
1.A.Navoiyning “Xamsa” asarining birinchi dostoni qanday nomlanadi?J: “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”).
2. “Hayrat ul-abror” necha bob, necha maqolatdan iborat? J: 63 bob, 20 maqo-lat.
3. Navoiyning “Xamsa” asaridagi qaysi dostonda voqealar maqolatlarga bo‘lib berilgan? J: “Hayrat ul-abror”.
4. “Hayrat ul-abror” dagi har bir maqolatdagi mavzuni yoritish uchun nimalar-dan foydalaniladi? J: Qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar, eng so‘ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyatdan.
5. Navoiyning qaysi asarida do‘stlik, xayrixohlik, loqayd bo‘lmaslik kabi tushunchalar hayotiy misollar asosida izohlangan? J: “Hayrat ul-abror”da-gi “Sher b-n durroj” hikoyatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |