ADABIYOT - SO‘Z SAN’ATI
1. Adabiyot so‘zining ma’nosi nima? J: Arabcha, “Odoblar xazinasi”.
2. Obrazli (timsolli) fikrlash nima? J: Bir narsani boshqasiga solishtirish, hamma narsani so ‘z yordamida jonlantirishga harakat qilish.
3. Insonning orzu-xayoli, umid va armonlarini badiiy so‘z yordamida ifoda etish nima deyiladi? J: Adabiyot.
4. “Shodon kunim gul otgan sen,Chechak otgan izimga, Nolon kunim, yupatgan sen,Yuzing bosib yuzimga”. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan. J: M. Yusuf “Vatanim” she’ridan.
5. “Nolon” so‘zining ma’nosi? J: Qalbi tirnalish, qiynalganda.
6. “Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘, Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish”.Ushbu satrlar kimning qalamiga mansub? J: A. Navoiy.
7. Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Alisher Navoiyning haykali o‘rnatilgan moviy gumbaz ostida qaysi misralar bitilgan? J: Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘, Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
8. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu satrlar kimga tegishli?J: I. Karimov, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”.
9. Badiiy adabiyot turlari? J: She’riyat, nasr, dramaturgiya.
10. She’riyatga nimalar kiradi? J: She’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar.
11. Adabiyotning nasriy turiga nimalar kiradi? J: Ertaklar, hikoya, ocherklar qissa va romanlar.
12. Adabiyotning dramaturgiya turiga nimalar kiradi? J: Drama, komediya, tragediya, intermediya.
13. She’riyat qanday usulda yoziladi? J: She’riy usulda.
14. Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi? J: Hikoya usulida.
15. Dramatik asarlar qanday usulda yoziladi? J: Dramaturgning ixtiyoriga ko‘ra she’riy yoki nasriy yo‘l bilan.
16. Adabiyot nima? J: Millatning tarjimayi holi.
17. “Adabiyot atomdan kuchli…” deb ta’rif bergan adib kim? J: A. Qahhor.
18. Nasriy asarlarni kimlar yaratadi? J: Nosirlar, yozuvchilar.
MAQOLLAR
1. Maqol nima? J: Aslida arabcha “so‘z” degan ma’noni bildiradi.
2. Maqolni yana nima deb ataydilar? J: Otalar so‘zi.
3. Maqollar badiiy adabiyotda qaysi janrlarda ko‘p ishlatiladi? J: She’r, doston, hikoya, romanlarda.
4. Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asar qaysi va bu asarda nechta maqol keltirilgan? J: Gulxaniyning “Zarbulmasal”i, 400 dan ortiq maqol. 5. “Ochun” so‘zining ma’nosi? J: Dunyo.
6. “Bitik” so‘zining ma’nosi? J: Kitob.
7. Ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari, tajribalari asosida kelib chiqqan xulosa so‘zlari nima deyiladi? J: Maqol.
8. Qaysi janrda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘ladi. Bu belgilar qaysi janrga xos? J: Maqol.
9. “Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas”. Maqoldan ichki qofiyani toping? J: Omon va somon.
10. Maqol va topishmoqning o‘xshash jihatlari? J: Ichki qofiya borligi.
11. Maqol va topishmoqlarning farqli jihati? J: Maqolda xulosa, hukm bor. Topishmoqda esa sirlilik bor.
12. Maqollar qanday shaklda bo‘ladi? J: She’riy va nasriy.
13. Maqollarda millatning nimasi aks ettiriladi? J: Tarixi, urf-odati, turmush tarzi, fe’l- atvori, ruhiyati.
14. Ko‘chma ma’nodagi maqollar? J: “Qazisan, qartasan-axir aslingga torta-san”, “Olmaning tagiga olma tushadi”, “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qi-maydi”.
15. Muxtasar so‘zining ma’nosi? J: Qisqa.
16. Mufassal so‘zining ma’nosi? J: To‘liq, batafsil.
Do'stlaringiz bilan baham: |