QIZIMGA MAKTUBLAR”
1. O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asarining janri? J: Publitsistik xotira-qissa.
2. “Qizimga maktublar” asarining kichik epigrafi? J: Mangu dunyo bo‘sag‘a-sida
3. “Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog‘i bor… Mangu dunyo abadiy unu o‘z quchog‘iga oladi”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan olingan? J: O‘lmas Umarbekov “Qizimga maktublar”.
4. “Qizimga maktublar” qachon yozilgan? J: 1994-yil.
5. Yozuvchi qaysi asarida 90-yillar boshlarida og‘ir xastalikka uchrasa ham ijodiy faoliyatdan to‘xtamaganini aytib o‘tadi? J: “Qizimga maktublar”.
6. “Qizimga maktublar” xotira–qissasida qalamga olingan voqealarni necha davrga, necha qismga ajratish mumkin? J: 2 ta davr, 2 ta qism.
7. “Qizimga maktublar” xotira-qissasida qaysi davrlar aks ettirilgan? J: 1-davr: qahramon, ya’ni yozuvchi O‘lmas Umarbekovning kasallik tarixi, aniqrog‘i, muolaja qilish davolash u-n bo‘lgan harakatlar tafsiloti.
2-davr: Yozuvchining yaqinlari, qarindoshlari haqidagi, 2-jahon urushi va undan keyingi yillardagi bolalik, o‘smirlik va balog‘at pallalari xotiralari.
8. Yozuvchining qizining ismi? J: Umida.
9. “Qizimga maktublar” xotira-qissasining qahramoni qanday inson? J: Sinov-larda toblangan, umr bo‘yi yaxshilik qilishga intilgan, pokiza hayoti, halol mehnati b-n jamiyatga ham, do‘stlariga, yaqinlariga ham foyda yetkazadi-gan inson.
10. Qissaning qahramoni kimlarga o‘git beradi? J: Qiziga va qizi orqali avlod-larga.
11. Quruq pand-u nasihat qilib, noxushlik uyg‘otadigan safsatabozlikdan mutlaqo yiroq, tafakkurga oziq, ko‘ngilga yoqimli tuyg‘ular beradigan, qiziqish va e’tiboringizni oshiradigan hayotiy lavhalar asosidagi ibratlar hikoya qilina-digan asar qaysi? J: O‘lmas Umarbekov “Qizimga maktublar”.
12. “Yetti pushtini bilmaydigan, ajdod-avlodini tanimaydigan kimsalarni marqut derlar” deb qaysi ijodkor yozgan va bu fikrlar kimning asarida o‘z aksini topgan? J: O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” qissasida o‘z aksini topgan, M. Behbudiyning fikrlari.
13. “Manqurt” yoki “marqut” so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Ongidan ajralgan, ota-onasini tanimaydigan, hatto o‘ldirishdan ham toymaydigan, xotirasiz, zoti betayin odam.
14. “Qizimga maktublar” asarida yozuvchi kimlarni yodiga soladi, kimlar haqi-da ibratli hikoyalar aytadi? J: Yozuvchining ota-onasi, buvi va xolasi, kichik tog‘asi.
15. Yozuvchining qaysi qarindoshlari taniqli polvon bo‘lgan va quloq qilingan? J: Amakilari.
16. Yozuvchi qissasida kim misolida o‘zbeklarning halol mehnati b-n hech qa-chon va hech qayerda xor bo‘lmaganini, mashaqqatlardan qo‘rqmay, qiyinchilik-lar b-n kurashib, yengib yashagan xalq ekanini ko‘rsatib beradi? J: Hakimbek amakisi.
17. Yozuvchining otasining ismi? J: Rahimbek.
18. Qissadagi qaysi qahramon ko‘rinishi, bo‘y-basti polvonsifat inson deb ta’rif-langan? J: Otasi Rahimbek.
19. Qissadagi qaysi qahramon umrining so‘ngigacha o‘zgalarga yaxshilik qilib, mehr-oqibat ko‘rsatgan? J: Rahimbek.
20. Qissadagi qaysi qahramon o‘zlari 7 jon bo‘lishiga qaramay, joylari torligini o‘ylamay, Rossiyaning urush bo‘layotgan yerlaridan ko‘chirib keltirilgan oilani bag‘riga olib, 4 yil bir oiladek bo‘lib yashagan. Bu bag‘ri keng inson kim? J: Otasi Rahimbek.
21. Qissadagi qaysi qahramon ziyoli inson bo‘lgani u-n farzandini hamisha “siz” lab gapiradi, o‘z zamonasining mashhur san’atkori shoirlari b-n yaqin aloqa qilib, bordi-keldi munosabatlari bo‘lgan. Abdulla Avloniy b-n mahalladosh, hamsuhbat bo‘lgan? J: Otasi Rahimbek.
22. Qissada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini yashirincha o‘qib yig‘lab o‘tirgan qahramon kim? J: Onasi (yozuvchining).
23. Yozuvchining otasi farzandlariga qaysi taqiqlangan kitobni o‘qittirmoqchi bo‘ladi? J: Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini.
24. Qissadagi Do‘simboy ismli boyning farzandi kim? J: Yozuvchining buvisi.
25. Qissadagi katta go‘rg‘onni, butun xo‘jalikni boshqarib, oilasini tinch, fara-vonlikda yashashini ta’minlovchi, mehnatkash, muruvvatli, aqlli, zukko, uzoqni ko‘ra biluvchi, harakatchan, hurmat-e’tibori baland ayol kim edi? J: Yozuvchi-ning buvisi.
26. Qissada chevar, pazanda, mirishkor deb ta’riflangan ayol kim? J: Yozuvchi-ning xolasi.
27. Yozuvchining o‘zbek ayollari haqida to‘lqinlanib yozgan sahifalari orasida kim haqidagi xotiralari alohida e’tiborni tortadi? J: Onasi va vafodor rafiqasi.
28. Onasining matonati va buyuk qalbiga bitilgan qasidadek tuyuladigan asar? J: “Qizimga maktublar”.
29. Yozuvchi kasallikdan qattiq azoblanib toliqqanida kimga xayolan murojaat qiladi? J: Onasiga.
30. Yozuvchi kim tufayli umri uzayayotganini aytdi? J: Rafiqasi.
31. O‘lmas Umarbekov “Qizimga maktublar” asarini qog‘ozga tushirganidan so‘ng yana qancha yil umr ko‘radi? J: Bir yil.
32. “28- oktyabr, 1993-yil. O‘n kun davom etgan tekshirish, o‘rganishlardan so‘ng qandaydir aniqlik paydo bo‘ldi”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan? J: O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asaridan.
33. Yozuvchini davolovchi doktor kim? J: Tatyana Dmitriyevna.
34. Yozuvchining xotinining ismi? J: Zuhra.
35. Yozuvchi Toshkentda necha marta nurlanadi? J: 10 marta.
36. “Oq qaldirg‘och” nomli kitob muallifi kim? J: O‘lmas Umarbekov.
37. O‘lmas Umarbekov 60- yillarning oxirlarida Bulg‘oriyada bo‘lganida qaysi Bulg‘or adibining “Oq qaldirg‘och” nomli hikoyasini o‘qigan edi? J: Emin Pelik.
38. “Qizimga maktublar” qissasida qaysi ijodkorning asaridagi umid b-n yasha-gan qiz qissasini esga oladi? J: Emin Pelik “Oq qaldirg‘och”.
39. Yozuvchi qissasida nimani mening oq qaldirg‘ochim deb ataydi? J: Kimyo-viy terapiyani.
40. Yozuvchining ikkinchi qaldirg‘ochi kim edi? J: Qizi Umida.
41. Yozuvchini Moskvaga uzatish u-n kimlar chiqadi? J: Ukasi, singlisi.
42. Yozuvchining qizi qaysi fanlardan besh baho olayotgandi? J: Ingliz tili, ma-tematika, fizika.
43. “Qizimga maktublar” qissasining qahramonlari? J: Tatyana Dmitriyevna, Zuhra, Umida, Akmal aka, Bobobek polvon, Rahima amma, Hakim polvon, Karimbek polvon, Rahimbek, Zilfiya amma, Mirobid aka, To‘laganbek amaki, Yusufbek, Muzrob.
45. Yozuvchi qissada bobolarimiz va momolarimiz deb kimlarning ismini kelti-rib o‘tadi? J: Temur, Ulug‘bek, Bobur, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, A. Yas-saviy, Beruniy, Xorazmiy, Cho‘lpon, Botu, Avloniy, Qodiriy, Usmon Nosir, Oybek, G‘afur G‘ulom.
46. Yozuvchi asli qayerlik edi? J: Toshkentlik (Toshkentning hozirgi “Rossi-ya” mehmonxonasi b-n vokzalga boradigan tramvay yo‘li o‘rtasi).
47. Yozuvchining hovlisidan qaysi mahalla boshlangan? J: Mirobod.
48. Rahimbek akaning 3 akasi va opasi? J: Karimbek polvon, Bobobek pol-von, Hakim polvon va Zulfiya amma.
49. Qissada tasvirlangan baland bo‘yli, yelkador, juda kelishgan odam kim? J: Karimbek polvon.
50. Baland bo‘yli, mo‘ylovdor, ovozi uyni titratadigan odam kim edi? J: Karim-bekning o‘g‘li Turg‘unbek.
51. Chilonzorda yashaydigan Rahima amma kimning qizi edi? J: Bobobek polvonning.
52. Qissada urushdan oldin qazo qilgan, ko‘mish marosimiga nafaqat Toshkent-dagi, balki Farg‘onadagi polvonlar ham kelgan polvon kim edi? J: Bobobek polvon.
53. Rahimbek akaning eng kichik akasi, ko‘kko‘z odam kim edi? J: Hakimbek polvon.
54. Baland bo‘yli, to‘la emas, qotmadan kelgan odam kim edi? J: Rahimbek.
55. Yozuvchining Zulfiya ammasi qaysi amakisidan kichik edi? J: Karimbek va Bobobekdan.
56. Baland bo‘yli, qirra burun, baquvvat, polvonsifat, ko‘zlari yirik ayol kim edi? J: Zulfiya amma.
57. Bir qarashda dag‘al, qo‘pol ko‘rinsalar ham, dillari bo‘sh, salga ko‘zlari namlanadigan, ammo tez o‘zlarini tutib oladigan ayol kim? J: Zilfiya amma.
58. Zulfiya amma qaysi o‘g‘illari b-n qo‘sh hovlili uch hovli uyda turar edilar? J: Katta va kenja o‘g‘illari b-n.
59. Zulfiya ammaning o‘rtancha o‘g‘li qayerda yashardi? Ismi va kasbi nima edi? J: Mirobodda, o‘qituvchi, hozirgi “Paxtakor” stadioni tushgan Egarchi mahallasida.
60. Mirobod kimga uylanadi? J: Mirobod bozorda sabzi sotib kun ko‘radigan Yakkasaroy mahallasining obro‘li keksasi, qarindoshi To‘laganbek amaki-ning qiziga.
61. Yozuvchining dadasining qarindoshlari qayerda yashardi? J: Egarchi, O‘q-chi, Mirobod mahallalarida.
62. Yozuvchining oyisining avlodlari qayerda yashardi? J: Tezikov bozorining orqasi Yakkabozorga tutash Damariq, Qushbegi, Qumariq mahallalarida.
63. Yozuvchining qaysi amakisi quloq qilinib Ukrainaning Nikolayev shahrida 10 yil yashagan? J: Hakimbek.
64. Yozuvchining Hakimbek amakisining o‘g‘lining ismi? J: Muzrob.
65. “O‘zi yaxshigina dehqon edi. U yerda yeryong‘oq, qovun, tarvuz, jo‘xori ekib ikki-uch yil ichida o‘zini eplab olibdi”. Ushbu fikrlar kim haqida? J: Hakimbek amakisi haqida.
66. Yozuvchining otasi nimaga quloq qilinmay qoldi? J: Novkatdagi ortiqcha yerini va imoratini hukumatga topshirgani u-n.
67. Yozuvchining otasi qachon olamdan o‘tgan? J: 1956-yil 22-dekabr (juma kuni qabrga qo‘yiladi).
68. Yozuvchining otasining vasiyati nima edi? J: Rakatdagi Yunusbek tunu-kachi va To‘lagan amakidan olingan qarzlarni to‘lash kerakligi haqida.
69. Yozuvchilarning xilxonalari qayerda edi? J: Minorda.
70. Yozuvchidan kim otasining qarzini olmay duo qilib, omad va baxt tilaydi? J: To‘laganbek amaki.
71. Yozuvchining otasini nima deb atashardi? J: “Mulla Rahimbek”, “Rahim-bek oqsoqol”, “Rahimbek polvon”.
72. “Dvukolka” nima? J: Ikki g‘ildirakli ikki kishilik izvosh.
73. Rahimbek aka ishga nimada borib kelardi? J: Dvukolkada.
74. Rahimbek akaning juda chopqir va yo‘rg‘a oti qanday edi? J: To‘q qizil to‘riq ot.
75. Yozuvchi urush boshlanganini qachon eshitib qoladi? J: 1941-yil 22-iyun yakshanba kuni kunduzi.
76. Nemislar bosib olgan shaharlardan kelgan qochoqlar asosan nima u-n yozuv-chi istiqomat qiladigan mahallalar tomonga joylashishardi? J: 3 ta sababi bor: 1. Temir yo‘l vokzali shu tomonda edi. 2. O‘rta Osiyodagi eng katta gospital bor edi. 3. Bir chaqirimcha berida Mirobod bozori, Tezikov bozori bor edi.
77. Yozuvchining maktabining yarmini kimlar egallashdi? J: Ukraina va Belorussiyadan ko‘chib kelganlar.
78. Yozuvchi maktabdan keyin nima ish qilardi? J: Molga qarar, sut sotardi.
79. Qish kunlarining birida yozuvchining dadasi uyiga kimlarni boshlab keldi? J: Leningraddan kelgan rus chol-kampir b-n o‘rta yashar ayolni.
80. Leningradlik mehmonlar necha yil yozuvchilarnikida turishdi? J: 4 yildan ziyod 1946-yilning yozigacha.
81. Yozuvchining qaysi qarindoshlaridan birinchi bo‘lib qora xat keldi? J: Ammasining o‘g‘li Ahmaddan.
82. Qaysi jangdan keyin o‘zbek oilalarida yig‘i-sig‘i ko‘paydi? J: Stalingrad.
83. Qora xat kelgan Ahmad akaning xotini kim edi? J: Nazira.
84. Otasidan qoraxat kelgandan keyin tutqanoq kasaliga chalinib, tuzalmay ancha yillardan keyin qazo qilgan kim? J: Hakima (Naziraning katta qizi).
85. Nazira kelinoyisi qachon vafot etgan? J: 1988-1989-yil.
86. Yozuvchi harbiy kazarmani nimaga o‘xshatgan? J: Katta karvonsaroyga.
87. Yozuvchining oyisi asli qayerlik edi? J: Toshkentlik, tug‘ilgan joyi: Yakka-saroy, Gubrbog‘ mahallasining pastida, Damariq mahallasida.
88. Yozuvchining oyisi kimning nevarasi?J:Do‘simboy yilqichi savdogarning.
89. Yozuvchining oyisining oyisi kim edi? J: Hojar otin.
90. Yozuvchi qizi Umidani kimga o‘xshatadi? J: Hojar otinga.
91. Yozuvchi Hotamtoy, Xorun ar-Rashid, Layli va Majnun haqidagi afsonalar-ni, “Ming bir kecha”dek davom etadigan ertaklarni kimdan eshitgan? J: Hojar otindan.
92. O‘rta bo‘yli, qirra burun, qizil mag‘iz, qomatlari tik, qo‘llari tekis, panjalari uzun, yumshoq deb ta’riflangan, yozuvchi o‘zbek ayollarining yorqin timsoli edi deb aytgan kim? J: Hojar otin.
93. Yozuvchi Hojar otindan meros bo‘lib qoldirilgan, uch bo‘limdan iborat po‘lat sandiqda nimalar turardi? Sandiq kimniki edi? J: Do‘simboy yilqichi savdogarniki, u qiziga qoldirgan, qizi Hojar otin esa yozuvchining onasiga, yozuvchining onasi esa o‘g‘liga. 1-bo‘limida tanga, pul, 2-bo‘limida quruq meva, 3-bo‘limida: chaqmoq qand.
94. Yozuvchining buvilari va bobolari o‘z davrida ancha to‘q, ahil, totuv, bir-birini hurmat qilib yashaganlaridan nishona nima edi? J: Po‘lat sandiq.
95. Yozuvchining qo‘li gul chevar xolasi kim? J: Savri xola.
96. Yozuvchiga dadasi tomonidan qarindoshligi bo‘lgan buyuk shoir kim edi? J: A. Avloniy.
97. Yozuvchilarnikiga qanday adiblar, san’atkorlar kelib turishardi? J: Yunus Rajabiy, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, G‘afur G‘ulom, Karim Mo‘minov.
98. Yozuvchi oyisining qaysi kitobni yashirincha o‘qib, yig‘lab o‘tirganida ko‘rib qoladi? J: A. Qodiriy “O‘tkan kunlar”.
99. Yozuvchi qissasida qaysi kitobni “ulug‘ kitob” deb qadrlaydi? J: “O‘tkan kunlar”ni.
100. “Qizimga maktublar” xotira-qissasida A. Avloniyning qaysi so‘zlarini yo-zuvchi dadasidan eshitganini ta’kidlaydi? J: “Millat bari arbokash-u hammol-dir, afti-angori qaro, kiygani juldur-juldur”.
101. Yozuvchi chinakam o‘zbek ayoli deb ta’riflagan qahramon kim? J: Onasi.
102. Yozuvchi xatlarining so‘ngida qiziga kimga o‘xshab ikki maslahat beradi? J: A. Qahhorga.
103. Yozuvchining qiziga qilgan nasihati? J: 1. Opasini asrashi (Umidaning onasini). 2. Halol mehnat, poklik, odamiylikni qadrlashni.
104. “Qizimga maktublar” asari nechanchi yil yozilgan? J: 1994-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |