Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet40/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

NODAR DUMBADZE

1. Nodar Dumbadze qaysi xalq adibi? J: Gruzin.

2. N. Dumbadze romanlari? J: “Oq bayroqlar”, “Quyoshni ko‘ryapman”, “Abadiyat qonuni”, “Quyosh kechasi”.

3. N. Dumbadze qissalari? J: “Kukaracha”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”.

4. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami? J: “Qishloq bolalari”.

5. Yozuvchining dastlabki yirik asarlari? J: “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi, “Quyoshni ko‘ryapman” romani.

6. N. Dumbadzening qaysi asarlari Nizom Komil tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan? J: “Kukaracha” qissasi, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni” ro-manlari.

7. N. Dumbadzening qaysi asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan ko‘p qissali videofilm namoyish etilgan? J: “Abadiyat qonuni” romani.

8. N. Dumbadzening ilk hikoyalar to‘plami “Qishloq bolalari” asari qachon chop etilgan? J: 1958-yil.

9. N. Dumbadzening dastlabki yirik asari “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi qachon chop etilgan? J: 1960-yil.

10. N. Dumbadzening “Quyoshni ko‘ryapman” romani qachon yaratilgan? J: 1962-yil.

11. N. Dumbadzening qaysi asarlarida II-jahon urushi yillaridagi gruzin qish-loqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan? J: “Qishloq bolalari” hikoyalar to‘plami, “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi, “Quyoshni ko‘ryapman” romani.

12. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi asarlari? J: “Quyosh kechasi” 1967-yil, “Oq bayroqlar” 1972-yil.

13. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi asarlarida qanday fazilatlar ulug‘lanadi? J: Odamiylik, oqibat.

14. N. Dumbadzening qaysi asari nafaqat Gruziyada, balki ko‘plab boshqa yurt-larda ham topib o‘qiladigan mashhur asar? J: “Abadiyat qonuni” romani 1978-yil.

15. N. Dumbadzening qaysi asarida insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘ri-sida keng mushohada yuritilgan? J: “Abadiyat qonuni” romani.

16. Qaysi yozuvchi asarlaridagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiri o‘zining o‘tkir dramatizmi b-n birga samimiy yumori b-n o‘quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi? J: N. Dumbadze.

17. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug‘larni e’zozlash singari insoniy ko‘nikmalar qaysi xalqlarga birdek xos? J: O‘zbek va gruzin.

18. N. Dumbadzening mashhur hikoyasi? J: “Hellados”.

HELLADOS” HIKOYASI

1. Suxumilik grek Xrista Aleksandridning o‘g‘li kim? J: Yanguli.

2. “Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan, yon-atrofdagi tengqur-lari uchun naqd azroilning o‘zi bo’lgan bola kim”? J: Yanguli.

3. Yanguli necha yoshida edi? J: 14 yoshida.

4. Yanguli otasi bilan qayerda yashardi? J: Venetsian ko‘chasi Chalbash daryosi bo‘yida.

5. Yanguli onasidan qachon yetim bo‘lib qolgan ? J: Chaqaloqligida.

6. Yanguli bilan otasining bor-yo‘q davlati nimadan iborat edi? J: Bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshak.

7. Yangulilar nima sotib kun ko‘rardi? J: Oshko‘k, sut-qatiq.

8. “Hellados” hikoyasida “zolim” deb ta’riflangan kim? J: Yanguli.

9. “Hellados” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilingan? J: Jamolning.

10. Jamolning xolavachchasining ismi nima edi? J: Koka.

11. Jamol Yanguli bilan qachon tanishadi? J: 1938-yilning kuzida.

12. Yanguli to‘dasi bilan qayerda uymalanib to‘planishardi? J: Temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda.

13. “Hellados” hikoyasida Yanguli kimni “skripka” deb chaqirardi? J: Jamolni.

14. Yanguli Jamol bilan birinchi uchrashganda nimalarni talab qiladi va qaysi voqeadan keyin dovdirab qoladi? J: Papiros, pul, Jamol cho‘ntaklarini o‘zi ag‘darib ko‘rsatishdan bosh tortganidan keyin.

15. Yangulining do‘stlarining ismlari nima edi? J: Petya, Fema, Kurlik, Pancho, Tena.

16. Yangulining qaysi do‘sti skripka ovozini radiodan eshitgan edi? J: Petya.

17. “Yuragim go‘yo to‘xtab qolganday bo‘ldi, miyamga qon urildi, quloqlarim bitib qoldi”. Jamol qachon shunday holatga tushib qolgandi? J: Skripkasi sindirilgan-da.

18. Yangulining o‘ng qo‘li kim edi? J: Petya.

19. Jamolning singan skripkasini uyiga kim keltirib tashlab ketadi? J: Petya.

20. Jamolning xolavachchasi kim? J: Koka.

21. Kokaning onasi singan skripkani ko‘rib oldin kimlarni, keyin kimni qarg‘aydi? J: Petyani, keyin Yangulini.

22. Jamolning xolasi kimni oyog‘idan osish kerak deydi? J: Jamolni.

23. Jamolninig xolavachchasi kimni boshga bitgan balo va g‘urbat deb ataydi? J: Jamolni.

24. Jamolning onasining ismi nima edi? J: Aniko.

25. Anikoning singlisi kim? J: Kokaning onasi, Nina xola.

26. “Jamol hayotimda yangi davr boshlandi” deganda nimani nazarda tutadi?J: Yashash uchun kurash davri boshlanganini.

27. Yanguli bilan Petya Jamol bilan Kokani qayerda kutib oladi? J: Maktab darvozasi oldida.

28. Jamol Yanguli skripkasini sindirganida qayeriga bir musht solgandi? J: Iyagiga.

29. Yanguli Jamolga qora satin ko‘ylagini yechib nimani ko‘rsatadi? J: Chap to‘shining ustidagi ko‘kish rangda lotin harflarda yozilgan “Hellados” so‘-zini.

30. Yanguli urishishni qachon boshlaydi? J: Petyaning cho‘ntaklaridagi toshlarni tashlatgach.

31. Mushtlashish jarayonida kim urganda atrofdan qarsillagan aks-sado kelardi? J: Yanguli urganda.

32. Kim kimga grekchalab dalda berardi? J: Petya Yanguliga.

33. Yanguli qaysi tilda gapirardi? J: Grekcha.

34. Ikkinchi to‘qnashuvda kim g‘olib bo’ladi? J: Yanguli.

35. Jamol 2-mushtlashuvdan necha kun keyin Yanguli bilan temir yo‘l kesib o‘tiladigan joyda uchrashadi? J: Uchinchi kuni.

36. Jamolni “tbilisilik rangpar laqma” deb, Kokani “Vatan va qabila xoini” deb atagan kim? J: Yanguli.

37. Jamol Yangulini kim shohidligida yana mag‘lub qiladi? J: Faqat eshak.

38. Yanguli Jamolni bolalar oldida tan oish u-n qanday shart qo‘yadi?

J: Birinchilikni Jamolga bermaslik sharti bilan.

39.Yangulini otasi nima uchun uradi? J: Gretsiyadan kelgan paroxodda ota yurti Elladaga ketmayman degani uchun.

40. “Hellados” hikoyasidagi voqealar qayerda bo‘lib o‘tadi? J: Gruziyadagi Su-xumining Venetsian ko‘chasida.

41. Yanguli sevgan qiz kim edi? J: Mida.

42. Mida kim edi? J: Abxaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi, Suxumidagi eng go‘zal qiz.

43. “Hellados” so‘zini Yanguli qanday izohlaydi? J: Vatan ichkariroqda, naq yurakning o‘zida deb.

44. Gretsiyadan kelgan kemaning nomi va rangi qanday edi? J: Oppoq Posey-don.

45. Yanguli qaysi ko‘ylagini yoqtirardi? J: Oldi ochiq qora satin ko‘ylagini.

46. Jamol, ego agapo imana su! Ushbu so‘zlarni izohlang? J: Jamol, oyingni yaxshi ko‘raman!

47. Oradan necha kun o‘tgach qayerdan bir bolaning jasadini keksa baliqchilar topib oladi? J: Bir kun o‘tgach Kelasuri daryosining quyilish joyidan.

48. Keksa baliqchilar topib olgan bolaning jasadini kim qayerdan taniydi? J: Jamol, jasadning ko‘kragidagi yozuvidan.

49. “Hellados” hikoyasidagi ko‘cha bolasi, “O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish” uning kasbiga aylangan bola kim edi? J: Yanguli.

50. “Hellados” hikoyasida qaysi bola raqibining onasi o‘lganini bilib, onasini qo‘shib so‘kkani uchun uzr so‘rashga chog‘lanadi? J: Yanguli.

51. Jamol Yangulidan necha marta kaltak yeydi? J: 2 marta.

52. Jamolning hayotidagi eng fojiali kun? J: Qadrdoni Yangulining o‘imiga shohid bo‘lgan kun.

53. “Hellados” hikoyasida unchalik ko‘p ishtirok etmagan obraz kim? J: Nina xola.

54.Kokaning onasining ismi nima? J: Nina xola.

55. Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida Nodar Dumbadze tashabbusi bilan qan-day bolalar bog‘i barpo etilgan? J: “Mziuri” - “Quyoshjon” bog‘i.

56. “Hellados” hikoyasida nomi tilga olingan daryolar? J: Chalbosh, Kelasuri.

57. Yanguli Jamoldan yengilganidan keyin olishuvning qaysi turiga o‘tishlari haqida kelishib oladi? J: So‘kishish.

58. Jamol bilan Yanguli o‘rtasidagi so‘kishish munosabati qancha yil davom etadi? J: Yarim yil.

59. Yanguli qayerda tug‘ilgan edi? J: Suxumida.




Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish