7-mashg’ulot
Qushlar (Aves) sinfi. Kaptarning ichki va tashqi tuzilishi. Kaptarning skeleti va pat tuzilishi.
Ko’k kaptarning sistematik holati:
Xordalilar (Chordata) tipi.
Umurtqalilar (Vertebrata) kenja tipi.
Qushlar (Aves) sinfi.
Haqiqiy qushlar (Neornithes) kenja sinfi.
Kaptarsimonlar (Columbiformes) turkumi.
Kaptarlar (Columbidae) oilasi
Kaptar (Columba) urug’i.
Ko’k kaptar (Columba livia) turi.
Kerakli material va jihozlar:
1. Endi o’ldirilgan ko’k kaptar (boshqa tur qushlar ham bo’lishi mumkin).
2.Ichi yorilib, fiksasiya qilingan.
3.Vannacha.Taxtacha.PinsetQaychi.Preparoval nina.Shisha naycha.Paxta.Doka.
Vazifa
Qushlarning tashqi tuzilishi bilan tanishib bo’lgach, uni yoring va asosiy organlar tizimining tuzilish xususiyatlarini ko’ring. Rasm daftaringizga quyidagi rasmlarni chizing:
Pat.Ichki organlarning umumiy joylashuvi.Qon aylanish tizimi.Siydik-tanosil tizimi.
Tashqi ko’rinishi
Qushlarning gavdasi nisbatan kichik boshdan, uzun buyin, zich tanadan, quchli reduksiyalangan dum, qanot va keyingi oyoqlardan tashkil topgan.
Qushlarning terisi, tumshuq va keyingi oyoqning pastki qismidan tashqari, pat bilan qoplangan. Qushning dumi yoki qanotidan bir dona kontur patni yulib oling va uning tuzilishi bilan tanishing. Patning pastki, teriga kirib turgan qismiga qalam uchi (Calamus; 63-rasm,1) deyiladi, u ko’ndalang kesimida aylana shaklida bo’lib, ichi bo’sh bo’ladi. Patning ustki qismi egiluvchan pat-tanasi (rhachis; 63-rasm,2) deb ataladi. Pat tanasidan bir muncha yumshoq va elastik plastinka- tashqi hamda ichki yolpig’ichlar chiqadi. Yolpig’ichlar bevosita pat tanasidan chiqqan birinchi tartibli tolalar (63-rasm,3)dan va ulardan chiqqan ikkinchi tartibli tolalar (63-rasm,4)dan tashkil topgan. Ikkinchi tartibli tolalar uchida ilmoqchalar (63-rasm,5) bo’ladi. Bularni hammasi yolpig’ich (vexillum) hosil qiladi. Tashqi yolpig’ich (63-rasm,6) kambar va ichki yolpig’ich (63-rasm,7) biroz serbar bo’ladi. Patning bunday tuzilishi uning yengilligini va mustahkamligini ta’minlaydi. Elastik tolalar urilganda egiladi, ilmoqchalari ochilib ketadi va yolpig’ichda yoriq hosil bo’ladi. Qush bunday hollarda tumshug’i bilan patni to’g’rilab qo’yadi, keyin ilmoqchalar yana ulanadi va yolpig’ichni yaxlit yuzasi tiklanadi. Pat tanasining pastki qismidagi tolalarni ilmoqchalari bo’lmaydi va yolpig’ichning bu qismini patli qism (63-rasm,8) deb ataladi.
Qush terisining yopib turuvchi, yolpig’ichlari va tolalari bo’lgan patlarga kontur patlar deyiladi. Terisining pat bilan qoplangan joyiga pteriliy, bularning orasidagi patsiz joyga apteriy deyiladi. Kontur patlardan tashqari pteriliyada ipsimon patlar (64-rasm,A) bo’lib, ularning tanasi juda ingichka va yolpig’ichlari quchli reduksiyalangan bo’ladi. Yana parsimon patlar (64-rasm,B) bo’lib, bularning pat tanasi reduksiyalangan, tolalari ingichka va uzun, lekin ilmoqchalari yo’q
64-rasm. Patning maxsus xillari. A-ipsimon pat; B-parsimon pat.
Kontur patlar qushning uchishining ta’minlaydi, suv o’tkazmaslik va issiqlikni saqlash vazifalarini bajaradi. Parsimon patlar kontur patlarni ostida joylashib, issiqlikni saqlash, ipsimon patlar esa tuyg’u vazifalarini bajaradi.
Qanot yuzasini qoquv patlari hosil qiladi. Qoquv patlari odatdagi kontur patlardan kattaligi, mustahkamligi bilan farq qiladi. Qoquv patlari uch guruhga bo’linadi: panja suyaklariga birikkan birinchi tartibli qoquv patlari, yoki katta qoquv patlari (65-rasm,1) va bilak suyagiga birikkan ikinchi tartibli qoquv patlari yoki kichik qoquv patlari (65-rasm,2) hamda yelka suyagiga birikadigan uchinchi tartibli qoquv patlari (65-rasm,3). Murtak holida bo’lib birinchi barmoqda to’p-to’p bo’lib joylashgan patlarga qanotcha (alula; 65-rasm,4) deyiladi. Dum yirik rul patlaridan tashkil topgan bo’lib, bularni yo’llantiruvchi patlar ham deb ataladi.
65-rasm. Qanot skeleti va qovuv patlarining joylashishi sxemasi:1-katta qoquv patlari, 2-kichik qoquv patlari, 3-uchinchi darajali qoquv patlari, 4-qanotcha.
Nisbatan kichik va yumaloq boshining oldingi uchidagi tumshuq asosan suyakdan tashkil topgan, uning ustidan shox moddali qin (rhamphotheca) qoplab turadi. Ustki jag’ning shox qoplami ustki tumshuq, pastki qoplami pastki tumshuq deb ataladi. Ustki tumshug’ining asosida tashqi burun teshiklari joylashadi. Kaptar, to’ti, yirtqich qushlarning ustki tumshug’ini asosida bo’rtib chiqqan yumaloq terili patsiz joy bor, buni voskovisa deb ataladi. Voskovisa sezuvchi tanalarga boy bo’lib, uning asosida juft burun teshiklari bor. Burun teshiklari hidlov bo’shlig’iga ochiladi, bu xoanalar orqali og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun yolpig’ichi olib tashlangan pat o’qini tiqib ko’rishingiz mumkin.
Boshning ikki yonida yirik ko’zlari joylashadi. Ko’zida harakatchan ustki va pastki qovoqlari hamda ko’z ichki burchagida yupqa, tiniq yumg’ich pardasi bor. Ko’zlarining orqa va past tomonida tashqi quloq teshigi joylashgan, u quloqning nog’ora pardasiga borib taqaladi. Nog’ora parda orqali ajralib turgan o’rta quloq og’iz bo’shlig’i bilan ingichka yevstaxiyev nayi orqali qo’shiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun nog’ora pardani nina bilan teshib, undan qil o’tqazilsa, uning uchi og’iz bo’shlig’idan chiqadi. Og’iz burchaklarini qaychi bilan kesib tumshuqni yon tomonlariga qaytarib qo’ying va og’iz bo’shlig’ini tuzilishi bilan tanishing. Hozirgi zamon qushlarini jag’larida tishlari bo’lmaydi og’iz bo’shlig’ining tubida uzun harakatchan, uchi o’tkirlashgan til joylashgan. Tilning orqa yuzasida ovqatni yutishga yordam beruvchi o’simta popukchalar bor. Tilning orqa tomonida hiqildoq yorig’i joylashagan, bu ustki hiqildoqqa (larynx) olib keladi. Bu hiqildoq uchta tog’ay bilan uralgan, hiqildoq yorig’ini orqa tomonida halqum joylashgan va bu qizilo’ngachga ochiladi. Og’iz bo’shlig’iga bir nechta so’lak bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi.
Dumning asosida, tananing pastki yuzasida ko’ndalang yoriq-kloaka teshigi bor. Dum asosining orqa yuzasida juft dumg’oza bezi bor. Parlarni ochib, undagi surg’ichlarni ko’rish mumkin.
Kaptarning soni va boldiri ham pat bilan qoplangan. Sevkasi va barmoqlari shox qalqonchalar bilan qoplangan va bular sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga gomologdir. Barmoq falangalarining uchi shox tirnoq bilan qoplangan. Qushlarning keyingi oyoqlarida odatda to’rtta barmoq bo’ladi. Bittasi (birinchisi) orqaga, uchtasi (II-IV) oldinga qaratilgan.
Yorish
1. Kaptarning oyoqlarinig yozib, orqasi bilan mum solingan vannachaga yoki taxtachaga yotqizing.
2. Ko’krak qismini o’rtasidan skalpel bilan terini bo’yiga kesing. Qaychini o’tmas bo’lagini kesilgan joyga kiritib, terini oldingi tomonidan to pastki tumshuqgacha, keyingi tomondan esa to kloaka teshigigacha kesing. Barmog’ingiz bilan terini kesilgan joydan yon tomonlarga qarab suring (66-rasm,A). Shu vaqtada ko’krak tojini ikki yonidagi quchli muskullar ochiladi. Katta ko’krak muskullari (musculus pectoralis major; 66-rasm,2) ni qisqarishi tufayli qanotlar pastga tushiriladi.
3. Skalpel yordamida ko’krak toji atrofini chuqur kesing, kesimni ko’krak muskuli tagidagi yaltiroq muskul ko’ringuncha davom etiring, natijada kichik ko’krak muskuli (musculus pectoralis minor; 66-rasm,3) ni ko’rasiz. Bu muskul uchganda qanotni yuqoriga ko’tarish uchun xizmat qiladi.
4. Skalpel bilan ko’krak muskullarini suyakdan ehtiyotlik bilan ajrating (66-rasm,B). Chunki ko’krak muskullarining ustida yirik qon tomirlari bo’ladi. (66-rasm,B).
66-rasm. Kaptarni ketma-ket yorish. A-terini kloaka teshigidan to’liq o’qqacha kesish va uni yon tomonlariga yotqizish; B-ko’krak toji yon tomonlarining muskullarini skalpel bilan kesib yon tomonlariga yotqizilib, to’sh suyagini yalang’ochlash; V-to’sh suyagiga birikkan qovurg’alarni, korakoid bilan kesish:
1-ko’krak toji suyagi, 2-katta ko’krak muskuli, 3-o’mrov osti muskuli, 4-ayri suyak, 5-korakoid, 6-ko’krak muskullariga boruvchi qon tomirlari, 7-qovurg’alar.
5. Qorin bo’shlig’ini ochish uchun uning devorini o’rtasidan kesib, hosil bo’lgan parchalarni yon tomonlarga ag’darib qo’ying.
6. Qaychi bilan ayri suyakning ikkalasini ham kesing. Keyin barmog’ingiz bilan toj suyagidan ushlab ko’taring va skalpel bilan yupqa pardalarni kesing va ko’krak qafasini ajratib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |