JONATAN SVIFT
1.Jonatan Svift qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1667-yil Irlandiya poytaxti Dublinda, kambag‘al oilada.
2. Jonatan Svift qaysi millat vakili? J: Ingliz.
3. Jonatan Svift necha yoshida maktabni tugatadi? J: 14 yoshida.
4. Qaysi universitetni bitirmay Angliyaga ketadi? J: Dublin universiteti.
5. Jonatan Sviftning ish faoliyati? J: Bir necha yil qirollikning sobiq minist-ri Vilyam Templning saroyida kotib.
6. Jonatan Sviftning dunyoqarashlari kengayishiga nima muhim omil bo’ladi? J: Templning boy kutubxonasi.
7. Adibning hajviy kitoblari? J: “Kitobllar jangi” 1697-y. “Bochka cho‘pcha-gi” 1704-y. “Movutfurush xatlari” 1724- y.
8. Yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirgan asari? J: “Gulliverning sayohatlari” romani.
9. “Gulliverning sayohatlari” romanining to‘liq nomi? J: “Lemyuel Gulliver-ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari” 1726-yil.
10. Muallif qaysi asari orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi? J: “Gulliverning sayohatlari” romani.
11. “Gulliverning sayohatlari” romani necha qismdan tashkil topgan? J: 4 qism-dan.
12. “Gulliverning sayohatlari” asarining 1-qismi nima haqida? J: Liliput-mitti odamlar haqida.
13. “Gulliverning sayohatlari” asarining 2-qismi nima haqida? J: Ulkan odam-lar yurti Brobdingnegga sayohati haqida.
14. “Gulliverning sayohatlari” asarining 3-qismi nima haqida? J: Olimlar mam-lakati-Leputadagi sayohat haqida.
15. “Gulliverning sayohatlari” asarining 4-qismi nima haqida? J: Guigngnmlari mamlakati haqida.
16. Liliputiyadagi partiyalar nomi? J: Baland poshnalilar va past poshnalilar.
17. Liliputiya davlatining qo‘shni davlati? J: Blefusku davlati.
18. Liliputiya davlati nima uchun Blefusku davlati bilan nizolashgan? J: Tu-xumni qaysi tomondan chaqish kerak degan fikr tufayli.
19. Yozuvchi liliputlar davlatidagi kelishmovchiliklar orqali nimaga ishora qiladi? J: Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanligiga.
20. Gulliver qaysi mamlakatda teskari holatga tushadi, ya’ni qaysi mamlakat-ning odamlarining tanti, olijanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi? J: Ulkan odamlar yurti Brobdingnegda.
21. Gulliver qayerda umrini behuda sarflayotgan olimlar ishini ko’radi?
J: Olimlar mamlakati Leputadagi Buyuk akademiyada.
22. Qaysi asarda bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir “alloma”ning uyni poy-devoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti loyihasi-buning isboti sifa-tida hasharotlar-asalari va o‘rgimchak faoliyatini misol qilib soxta fan kishilari ustidan kulinadi? J: “Gulliverning sayohatlari” asarining 3-qismida.
23. Yozuvchi qaysi joyga qilgan sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bi-lan tasvirlaydi? J: 4-qismdagi guigngnmlar mamlakatiga.
24. Guigngnmlar mamlakatida kimlar yashaydi? J: Inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun kechiruv-chi otlar.
25. Yexular kimlar? J: Jirkanch, hazar qiladigan darajadagi kimsalar, ya’ni Jonatan Sviftning Angliyadagi vatandoshlari.
26. Qaysi adib dunyo xaritasida yo‘q mamlakatlar haqida roman yozganJ: J. Svift.
27. “Gulliverning sayohatlari” romani o‘zbek tilida necha marta nashr qilingan? J: 6 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |