G‘AFUR G‘ULOM
1.G‘afur G‘ulom qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1903-yil 10- may, Toshkent-dagi Qo‘rg‘ontegi mahallasida.
2. G‘afur G‘ulom necha yoshida otasidan ayrildi? J: 9 yoshida.
3. G‘afur G‘ulomning otasining ismi? J: G‘ulom Mirzo Orif o‘g‘li.
4. G‘afur G‘ulom necha yoshida onasidan ajraladi? J: 15 yoshida.
5. Qaysi yozuvchining “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmagan? J: G‘afur G‘ulom.
6. G‘afur G‘ulom oilani boqish uchun qanday ishlarda ishlaydi? J: Kosiblik, mixkorlik, aravakashlik, bosmaxonalarda harf teruvchi.
7. G‘afur G‘ulom qayerda tahsil oladi? J: Boshlang‘ich maktabda, rus-tuzem maktabda, muallimlar tayyorlaydigan maktabda.
8. G‘afur G‘ulom o‘qishni tugatgach qanday kasblarda ishlaydi? J: O‘qituvchi-lik, jurnalistik.
9. Birinchi jahon urushi qachon boshlandi? J: 1914-yilda.
10. Rejissor Shuhrat Abbosovning “Toshkent-non shahri” filmida qaysi davr voqealari aks etgan? J: Birinchi jahon urushi davri.
11. G‘afur G‘ulomning dastlabki she’riy mashqlari kimlarga bag‘ishlangan edi?J: Yetim bolalarga.
12. G‘afur G‘ulomning qissalari? J: “Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda”.
13. Ikkinchi jahon urushi davrida adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari? J: “Kuzatish”, “Sen yetim emassan”, “Vaqt”, “Sog‘inish”, “Ona-lar”.
14. 1936–yilda yozilgan bo‘lsada, 60-yillarda qaytadan sayqallangan va nashr qilingan mashhur asar qaysi? J: “Shum bola” qissasi.
15. Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek she’riyatining katta bilim-doni kim? J: G‘afur G‘ulom.
16. 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga a’zo bo‘lgan adiblar kimlar? J: Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom.
17. G‘afur G‘ulom qachon vafot etgan? J: 1966-yil 10-iyunda og‘ir xastalik tufayli.
18. G‘afur G‘ulom 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida qanday orden bilan taqdirlandi? J: “Buyuk xizmatlari uchun”.
19. G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi qachon nishonlandi? J: 2003-yil may oyida.
20. Ushbu misralar kimning qaysi asaridan olingan? “Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g‘animatdir, umruzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy”. J: G’afur G’ulom “Vaqt” she’ri.
“MENING O‘G‘RIGINA BOLAM”
1. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi qanday hikoya hisoblanadi? J: Voqeiy hikoya.
2. Hikoyada tasvirlangan voqea qachon bo‘lib o‘tgandi? J: 1917-yil kuzda sentabr oyi oxirida.
3. 4 ta yetimdan xabar olishga kelib turgan Roqiyabibi kim edi? J: Yetim bola-larning onasining onasi.
4. Roqiya bibini yetim bolalar nima deb atashar edi? J: Qora buvi.
5. Bolalar onasidan qachon ajralib shum yetim bo‘lib qolishgandi? J: 1917-yil ko‘klamda.
6. Bolalar oqshomlari qayerda uxlashardi? J: Oldi ochiq ayvonda, O‘ratepa-ning kir ip sholchasining ustida.
7. Yetim bolalar qatoridan eng so‘nggi bo‘lib joy olgan qora buvi nimaga o‘xshatiladi? J: Ona chumchuqqa.
8. Qora buvining yoshi? J: Saksondan oshgan.
9. Hikoyani so‘zlovchi qahramon uxlab yotgan oqshom qachon uyg‘onib ketdim deydi? J: Uch xo‘roz o‘tgandan keyin (xo‘roz uch marta qichqirganida) yet-tiqaroqchi yulduzi tik kelganda.
10. Yetim bolalar yashaydigan hovli qanday edi? J: To‘rtburchak tanobi hovli.
11. Hovlining atrofi nima bilan o‘ralgan? J: Devor imorat bilan.
12. Hovlining qaysi tomonida amakivachchalari turishardi? J: Shimolda.
13. Amakivachchalari yozda qayerga ko‘chib ketardilar? J: Bog‘ga.
14. O‘g‘rining uyga kelganini qora buvi qanday bilib qoladi? J: O‘g‘ri aksa urib yuborganidan.
15. Qora buvi shipga qarab, og‘ziga nima solib o‘ylab yotgan edi? J: Nos solib.
16. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi yetim bolalar soni nechta? J: 4 ta.
17. Yetim bolalarning nechtasi o‘g‘il, nechtasi qiz? J: 1 ta o‘g‘il, 3 ta qiz.
18. Hikoyani so‘zlovchi bola qaysi gapdan keyin o‘z eshitganlarimni yozaman deydi? J: - Axir buvijon, siz ham birorgina kecha tinchingizni olib uxlasan-giz bo‘lmaydimi, bizning tirikchiligimizning yo‘lini to‘saverasizmi?-debdi o‘g‘ri.
19. Qora buvi o‘g‘riga nimalarni so‘zlab beribdi? J: Boshiga tushgan musi-batni.
20. Kampir necha oydan beri biror soat mijja qoqmagandi? J: 6 oy.
21. Kampir “Tuyaning ko‘ziday non anqoga shapig‘” deydi. Shapig‘ so‘zining ma’nosi nima? J: Nihoyatda tansiq, kam.
22. Yetim bolalarning amakilari qanday tirikchilik qilardi? J: Aravakashlik qilardi.
23. “Turmuchlab” so‘zining ma’nosi? J: Buklab.
24. “Qut-layamut” so‘zining ma’nosi? J: Yetarli ovqat.
25. “Turib yeganga turumtog‘ chidamas” maqoli kim tomonidan aytiladi? J: Qora buvi.
26. Yetimlardan qaysi biri o‘n to‘rtdan o‘n beshga o‘tgan edi? J: Eng kattasi o‘g‘il bola.
27. O‘g‘rining nechta bolasi bor edi? J: 2 ta.
28. To‘rtta chavati non topish uchun o‘zini o‘tga, cho‘qqa, Alining qilichiga uradigan qahramon kim? J: O‘g‘ri.
29. O‘g‘ri kimning o‘g‘li? J: Ayolmand kosibning.
30. O‘g‘rining ota kasbi? J: Kavushdo‘zlik.
31. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida voqealar qaysi podsho davrida bo‘lib o‘tadi? J: Kerinska poshsho.
32. “Sirach” so‘zining ma’nosi? J: Kosiblar ishlatadigan yelim.
33. O‘g‘ri kovush tikish uchun nimalar kerak deydi. Bu narsalarning o‘zi esa ka-vushdan necha baravar qimmat edi? J: Charm, sirach, mix, lok. Uch baravar.
34. Butun qolip-u shon-u so‘zan, bigizlarini ulgurjisiga ikki pud jo‘xori unga movoza qilgan etikdo‘z kim? J: Buvamat.
35. Hikoyada kimlarning rangi pano (rangi o‘chgan, qonsiz) deb ta’riflanadi?
J: Kosiblar, pichoqchilar, bo‘zchilar, konchilar, maktab domlalari, mulla-vachchalar.
36. Kampir o‘g‘riga qaysi boylarnikiga o‘g‘rilikka tushsang bo‘lmaydimi dey-di? J: Chitfurush Karim qori, pudratchi Odilxo‘jaboy, ko‘nchi Matyoqub-boy.
37. O‘g‘ri qaysi boyning hovli darvozasida miltiq ushlagan gorodovoy turadi deydi? J: Pudratchi Odilxo‘jaboy.
38. Boylarning uylari haqida o‘g‘ri nima deydi? J: Paxsasi sakkiz qavat, eshik-lari temirdan, eshakday 2 tadan, 3 tadan iti bor, hovli sahnidan bitta kapa-lak o‘tsa bir hafta vovullaydi.
39. O‘g‘ri Orif sassiqning otxonasidan nima o‘g‘irlagandi? J: 4 ta tovuq va 1 ta xo‘roz.
40. “Murt gardon” so‘zining ma’nosi? J: Hisob-kitobi, javobi.
41. O‘g‘ri o‘g‘riligi fosh bo‘lmasligi uchun kimga xo‘rozni olib borgan? J: El- likboshi Rahmonxo‘jaga.
42. O‘g‘ri bultur ellikboshi Rahmonxo‘jaga 83 so‘m berib nimadan qutulgandi? J: Rabochiyga borishdan.
43. Kampir o‘g‘riga tomdan qanday tushishini aytadi? J: Oshxona yonidan, tutdan sirg‘alib.
44. Kampir o‘g‘riga qanday ish buyuradi? J: O‘tin chopish.
45. Kampir o‘g‘ri tushishiga unamagach olib ketishi uchun nimani taklif qiladi? J: Yarim pudlik qozonni.
46. Hikoya necha qahramon suhbati asosiga qurilgan? J: 2 ta: kampir va o‘g‘ri.
47. O‘g‘ri voqeasida ishtirok etmasada ko‘rib guvohi bo‘lgan bola o‘g‘rini taniydimi? J: Taniydi, lekin hech kimga aytmaydi.
48. Qaysi asarda o‘zbek onasining quyoshdan issiq mehri, oqibati, insoniyligi, shafqati butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi? J:“Mening o‘g‘rigina bolam”.
49. G‘afur G‘ulom hayoti aks etgan asarlari? J: “Sen yetim emassan” she’ri, “Shum bola” va “Netay” qissalari, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi.
50. G‘afur G‘ulomning avtobiografik xarakterga ega hikoyasi? J: “Mening o‘g‘rigina bolam”.
51. 1914-yilda Birinchi jahon urushi davrida qaysi mamlakatning urushda ishti-rokini “O‘lganning ustiga chiqib tepgan bo‘ldi” deb atash mumkin? J: Rossiya-ni.
52. Qaysi hikoya qahramonlari Birinchi jahon urushi davrining tirik qurbonlari hisoblanadi? J: “Mening o‘g‘rigina bolam”.
53. Hikoyaning qaysi qahramoni “juda ham yuzini sidirib tashlagan” emas andi-sha bor, uyat bor, bu ishni majburan qilib yuribdi? J: O‘g‘ri.
54. Amerika yozuvchisi O. Genrining “Darddoshlar” asariga kimning qaysi asari o‘xshash? J: G‘. G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |