ABDULLA QODIRIY
1. “Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo‘lmasa kerak. U faqat o‘zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir”. Ushbu satrlar kimga tegishli?
J: Islom Karimov, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”.
2. Qaysi ijodkor tarjimayi holida : “..bog‘bonlik bilan kun kechiruvchi bir oilada tug‘ilganman”-deydi? J: Qodiriy.
3. Abdulla Qodiriyning 1913-1916-yillarda e’lon qilingan asarlarini toping? J: 1. “Uloqda”, 2. “To‘y”, 3. “Millatimga bir qaror”, 4. “Baxtsiz kuyov”, 5. “Fikr aylagil”, 6. “Juvonboz”, 7. “Ahvolimiz”.
4. Abdulla Qodiriyning she’rlarini toping? J: “To‘y”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylagil”, “Ahvolimiz”.
5. Qodiriyning hikoyalarini toping? J: “Uloqda”, “Juvonboz”.
6. Qodiriyning pyesasini toping? J: “Baxtsiz kuyov”.
7. Qodiriy ilk asarlarida qaysi taxallusini qo‘ygan? J: Julqunboy.
8. Qodiriy eng ko‘p ijod qilgan davr qaysi? J: 20-yillar.
9. “O‘tkan kunlar” romani qachon e’lon qilina boshladi va qachon nashr qilin-di? J: 1922-yildan e’lon qilina boshladi, 1925-1926-yillarda har bir bo‘lim uchta alohida kitob holida nashr etildi.
10. “Mehrobdan chayon” romani qachon yaratilgan? J: 1928-yil.
11. “Obid ketmon” qissasi qachon yaratilgan? J: 1930-yillarda (1934-yil).
12. Qaysi ijodkor mustaqillik yillarida birinchi bo‘lib “Mustaqillik” ordeniga munosib ko‘rilgan? J: Qodiriy.
13. “Uloqda” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilingan? J: Turg‘unboyning.
14. “Obid ketmon” qissasi qanday mavzuda yaratilgan? J: Zamonaviy.
15.Abdulla Qodiriy qaysi Davlat mukofati bilan taqdirlangan? J: Alisher Na-voiy nomidagi.
“ULOQDA” HIKOYASI
1. “Uloqda” hikoyasi bosh qahramoni Turg‘un necha yoshda edi? J: 12 yosh.
2. Turg‘unboyning orqasidan “Oyog‘ing olti, qo‘ling yetti bo‘lib qoldi-a!” deb kimlar kulishdi? J: Dadasi va oyisi.
3. Turg‘unning oti qanday rangda edi? J: Qora qashqa.
4. Turg‘unboy “Ana shundan keyin otga minsak, chin to‘racha bo‘lamiz” deb qaysi narsalarni nazarda tutgan? J: Oq junjuncha kamzulni, o‘ruscha shimni, amirkon etikni, duxoba do‘ppini.
5. Turg‘unboyning akasining ismi? J: Mahkamboy.
6. Mahkam boyvachchaning ota-bobosi uloqchi bo‘lib kelganligi va o‘n ikki yashar ukasining uloqqa qiziqishi haqida gapirgan kim? J: Sobir tegirmon-chining o‘g‘li To‘g‘onboy.
7. Yuz-ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg‘iz uloqni ajratib chiqadigan, uloqning piri deb ta’riflangan kim? J: Turg‘unboyning bobosi.
8. Turg’unboyning bobosi haqida maqtov so‘zlarni kim aytadi? J: Mo‘ylovi shopdek yigit.
9. Turg‘unboy bilan ketayotgan chavandozlar Mahkamga qayerda uchraydilar? J: M…guzarida
10. “Uloqda” hikoyasida uloqqa kelgan odamlar qaysi daraxt tagida dam oladi-lar? J: Sadaqayrag‘och.
11. Qaysi asarda uch-to‘rt qop bodringni qo‘yib “Mirzaqiron bodring, kasir-kasir bodring!” deb bodring sotilgan? J: “Uloqda”.
12. “Uloqda” hikoyasida uloq kimlarsiz qizimasdi? J: Salim chavandoz bilan Murodsiz.
13. Hikoyada kimning oti qozoqi ot, qamchi ko‘tarmaydi, “hayt” desa bas deb ta’riflanadi? J: Salim chavandozning.
14. Uloq necha yosh edi? J: 10 yosh.
15. Uloq boshlanishi oldidan maydonga kirib kelgan, biri ko‘k, ikkinchisi ola otga mingan chapani yigitlar kim edi? J: Salim va Murod.
16. Turg‘unning o‘rtoqlari kimlar edi? J: Nurxon, Haydar soqov, Shokir mishiqi.
17. “Uloqda” hikoyasida biya minib, o‘rtoqlariga kulgi bo‘lgan bolaning ismi? J: Shokir mishiqi.
18. “Uloqda” hikoyasida chavandoz otining umildirig‘i qancha turishini aytib maqtanadi? J: 15 tanga.
19. “Uloqda” hikoyasida Turg‘unga “Saning otdan baxting bor ekan” deb havaslangan bolaning ismi? J: Nurxon.
20. Nurxonning oti qanday edi? J: Ola yo‘rg‘a.
21. Haydar soqovning oti qanday? J: Saman ot.
22.Nurxon otining chopmasligiga nimani sabab qilib ko‘rsatadi? J: Akasi-ning issiq holda suv berganligini.
23. Haydar soqov otining hurkib turishiga nimani bahona qilib ko‘rsatadi? J: Eson ko‘knorining o‘g‘li otini guvala tashlab yuborib hurkadigan qilib qo‘yganini.
24. “Uloqda” hikoyasida kim davra boshi edi? J: Orif sarkor.
25. “Uloqda” hikoyasida kimni ot bosib, vafot etadi? J: Esonboyni.
26. Turg‘unga “Sening otingga hech ot bolasi yetolmaydi” deb kim havas qiladi? J: Haydar.
27. Bulturgi hayitda Turg‘unboyga yarim so‘m hayitlik bergan kim edi? J: Esonboy.
28. Qaysi hikoya oxiri qahramonlardan birining vafoti bilan tugallanadi?J: Abdulla Qodiriy “Uloqda” va Abdulla Qahhor “Bemor”.
29. O‘zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar asosan qanday shaklda yaratilgan? J: She’riy shaklda.
30. Badiiy ijodda yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondashuvchi, sodda jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot asoschilari kimlar? J: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, H. H. Niyoziy, Hoji Muin, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy.
31. Qaysi hikoya 1915-yilda yozilgan, 1916-yilda alohida kitob holida nashr qilingan? J: “Uloqda” hikoyasi.
32. Qaysi asar zamonaviy o‘zbek adabiyotining birinchi realistik hikoyasi hi-soblanadi? J: “Uloqda”.
33. Yozuvchi “Uloqda” hikoyasidagi qaysi holatlar tasviri orqali Turg‘undagi o‘zi qiziqqan ishiga mas’uliyat va jonkuyarlikni ibrat qilib ko‘rsatadi? J: Uloq tomoshasiga astoydil tayyorgarlik ko‘rishida.
34. Kontrast usuli nima? J: Zidlantirish usuli. Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo‘lgan narsa va hodisalar, yorug‘ va qorong‘i, quvonch va g‘amginlik, kul-gi va fojialarni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat paydo etish usu-li.
35. “Uloqda” hikoyasida qanday g‘oya ilgari suriladi? J: Adib quvonch bilan o‘limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutish-ga, behuda narsalarga umrini sarflamay, ma’rifatga, ma’naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |