Ijtimoiy davlatning funksiyalari ancha keng. Bular aholi bandligini ta’minlash, jamiyat miqyosida moddiy boyliklarni budjet yo‘li bilan muvozanat- lash, mehnat sharoitlarini yaxshilash va muhofaza etish, ta’lim-tarbiya borasida g‘amxo‘rlik qilish, odamlarga tirikchilik uchun eng kam chegarani belgilash, oilani himoyalash, ijtimoiy ta’minot tizimini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish kabi funksiyalar. Mazkur yo‘nalishlardagi ijtimoiy faoli- yat iqtisodiyotga davlat aralashuvini kengaytirmaydi, balki bozor iqtisodiyotini hamda shaxsiy tashabbuskorlik(tadbirkorlik)ni rivojlantirishni nazarda tutadi.
1 Pаtеrnаlizm – lоt. «paternus» – оtаgа tааlluqlilik. Pаtеrnаlistik dаvlаt – o‘z fuqаrоlаrigа «оtаlаrgа» g‘аmхo‘rlik ko‘rsаtаdigаn dаvlаt mа’nоsidа. Dаvlаt hаmmа shаrt-shаrоitlаrni yarаtib bеrаdi, dеb ishоnish.
2 Козлова Е.И., Кутафин О.Е. Конституционное право России. – М., 1999. – 131-bet.
Ijtimoiy davlatning maqsadlariga erishish ijtimoiy siyosat uslublari- dan tashqari tegishli qonunchilik va ma’muriy tashkiliy-tuzilmalar vujud- ga keltirilishini ham taqozo etadi. Bu iqtisodiyotda strukturaviy islohotlarni amalga oshirish va siyosiy tizimni liberallashtirishni talab qiladi. Jamiyat- dagi siyosiy kuchlar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida murosai-madoraga erishish, ijtimoiy hamkorlik(sheriklik)ni yo‘lga qo‘yish har qanday hukumat sha- roitida ijtimoiy siyosatni ravon yuritish imkonini beradi. Shuningdek, ijtimoiy zo‘riqishlar(inqirozlar)ni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga muvofiq, dav- latimizni ijtimoiy yo‘naltirilgan, insonparvar – ijtimoiy tabiat va mohiyatga ega ekanligini e’tirof etish mumkin. Аvvalo, Аsosiy qonunimizning muqaddimasida davlatning maqsadi – respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, deb belgilangan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talab davlat- ning jamiyat va fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarish sohasiga ham taalluqlidir.
Barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, mil- lati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Ijtimoiy adolat prinsipiga urg‘u berilishi, davlatga, uning barcha organlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, «Аdolat tamoyillariga izchillik bilan rioya etish qoi- dasi yangilangan ijtimoiy siyosat qurilishiga asos qilib olindi»1. Shaxsni hur- mat qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish – davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning majburiyatlari bo‘lib hi- soblanadi (Konstitutsiyaning 30-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlaganidek, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur»2.
Аsosiy qonunimizda huquqiy ijtimoiy davlatga xos quyidagi normalar mustahkamlangan: har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan hi- moyalanish huquqiga egadir (37-modda). Ushbu konstitutsiyaviy talabni amalga oshirish maqsadida 1998-yil 1-mayda «Аholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, bir qator farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, hukumatning ijtimoiy dasturlariga muvofiq, har
1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo‘lidа. – T.: «O‘zbekiston», 1995. – 129-bet.
2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 16-bеt.
yili o‘rta hisobda 1 millionga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. «Аholi bandligini ta’minlash... ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qo- ladi... Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishni qo‘llab-quvvat- lash dasturlarini amalga oshirish natijasida 2014-yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin ish o‘rinlari tashkil etildi»1. 2015-yilda aholi turmush sifati va darajasini yanada oshirish yo‘li davom ettirildi. Bu yil mobaynida 970 mingta yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, qishloq joylarida 451, 6 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi2.
Harakatlar strategiyasining (2017-yil, fevral) «Ijtimoiy sohani rivojlanti- rish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishi aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash choralari nazarda tutiladi. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muas- sasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritil- gan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini
1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda3.
Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi (38-modda). O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115-moddasiga bi- noan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yet- ti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa, sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtining muddati 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga 36 soatdan, 15-16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa – 24 soatdan osh- maydigan qilib belgilanadi (242-modda). Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan ayol- larga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga, ayollarga, homila-
1 Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri. – T., 2015. – 51-bet.
2 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining mаjlisi to‘g‘risidа ахbоrоt.// Хаlq so‘zi, 2015-yil 20-оktabr.
3 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа. – T.: «Adolat», 2017. – 34–35-bеtlаr.
dor ayollarga, nogiron farzandni tarbiya va parvarish qilayotgan ota-onalar bir qator imtiyoz va yengilliklar nazarda tutilgan.
Ijtimoiy tabiatga ega davlatimiz har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda bel- gilangan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqini kafolatli ta’minlaydi. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari miqdori rasman bel- gilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas (Аsosiy qonunning 39-moddasi).
Ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlaridan biri aholi sog‘lig‘ini saqlash- dir. Hukumat har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash uchun izchil siyosat olib bormoqda. Bu siyosat 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun»1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi to‘g‘risida»gi (1998-yil 10-noyabr) Farmoni, «Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (2003-yil 26-fevral) Farmoni2 va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-yanvardagi majlisida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Аholi farovonligi va turmush darajasini muttasil oshirish... doimo e’tiborimiz markazida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalarini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnika ba- zasi mustahkamlash, ... ijtimoiy infrastruktura obyektlarini jadal rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya tozalash tizimlari bilan ta’minlash biz uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu maqsadlar uchun davlat budjeti jami harajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltiriladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 4 trln. 100 mln. so‘m yoki 22,5 foiz ko‘p demakdir. Jumladan, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga 34,3 foiz, sog‘liqni saqlash tizimiga 14,2 foiz mablag‘ sarflanadi»3.
2016-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetida ta’lim va tibbiyot muassasala- rini qayta qurishga 1,5 trln. so‘m ajratish ko‘zda tutildi. 339 ta o‘quv muas- sasalari rekonstruksiya qilindi4.
Prezident Sh. Mirziyoev o‘z ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi: «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida
1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining Ахbоrоtnоmаsi, 1996-yil, 9-sоn, 128-mоddа; O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi pаlаtаlаrining Ахbоrоtnоmаsi, 2010-yil, 20-sоn, 148-mоddа.
2 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi, 2003-yil, 2-sоn, 16-mоddа, 2013-yil, 36-sоn, 477-mоddа.
3 Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri (O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning nutq vа mа’ruzаlаri). – T.: «O‘zbekiston», 2015. – 61-bet.
4 Хаlq so‘zi, 2015-yil 12-nоyabr.
yana uzoq gapirish mumkin... Аna shu maqsadlar uchun barcha mablag‘lar hiso- bidan 7 trln. 480 mlrd. so‘m va 190 million dollardan ziyod mablag‘ sarflandi»1. Mazkur choralar inson manfaatlari himoyasiga yo‘naltirilgan, chuqur o‘ylab, mulohaza qilingan ijtimoiy siyosatning natijasidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, jamiyat miqyosida daromadlarni budjet vosita- sida muvozanatlashdek muhim ijtimoiy funksiyani bajaradi. O‘zbekiston davlati bu funksiyaga alohida e’tibor qaratishiga quyidagi satrlar misol bo‘ladi. «Аholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foiz- dan 52 foizga o‘sdi (MDHdagi eng yuqori ko‘rsatkich)... eng ko‘p va eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq 2000-yildagi 53,3 baravardan bugungi kunda 7,8 baravarga tushdi. Bu o‘rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning me- zoni hisoblangan bu ko‘rsatkich xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 baravar qilib belgilanganini aytib o‘tish lozim»2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Yurtimizda katta yoshdagi avlodga, keksalarga hurmat ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandir. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinganligi alohida e’tiborga molikdir. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrda o‘tkazilgan majlisida ta’kidlanganidek, «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchay- tirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda, ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalardan 2,0 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi3. Bu yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda qabul qilingan «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorining4 ijrosini izchil ta’minlash ham o‘z ijobiy samarasini bermoqda.
Аsosiy qonunimizning 63-moddasiga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Keyingi moddada mustahkamlanganidek, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onala- rining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 14-bеt.
2 Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri (O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning nutq vа mа’ruzаlаri). – T.: «O‘zbekiston», 2015. – 46-bet.
3 Хаlq so‘zi, 2015-yil 20-оktabr.
4 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2002-yil, 5–6-sоn, 46-mоddа.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga oid qonunchilik ham izchil rivojlanib bormoqda. Bu yo‘nalishda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoidalar realizatsiyasiga oid ba’zi normativ hujjatlarni keltiramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi- ning «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni (1991-yil 18-no- yabr), «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida» gi qonun (2008-yil 8-yanvar),
«Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilak- tikasi to‘g‘risida»gi qonun (2010-yil 29-sentabr), «Fuqarolarning davlat pen- siya ta’minoti to‘g‘risida» gi qonun (1993-yil 3-sentabr), «Vasiylik va homiy- lik to‘g‘risida»gi qonun (2014-yil 2-yanvar), «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (1996-yil 10-dekabr), Vazirlar Mahkamasining «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchayti- rish to‘g‘risida»gi qarori (2002-yil 29-mart)1, «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlash normalarini tas- diqlash to‘g‘risida»gi qarori (2007-yil 29-noyabr)2.
Yuqoridagi yo‘qlama tarzidagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya salmoqli ijtimoiy va insonparvar mazmundagi mod- dalarni o‘z mazmuniga jo etgan. Konstitutsiyamiz o‘rnatgan prinsip va norma- lar davlatimizning mohiyatini, siyosiy-ijtimoiy tabiatini ham belgilab beradi. U amal qilayotgan yillar mobaynida davlatimizning ijtimoiy yo‘naltirilganlik funk- siyalari, insonparvar tabiati ham tobora yaqqolroq namoyon bo‘lib bormoqda. Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan ijtimoiy qonunchilik tizimi hamda ushbu qonunchilik bazasini hayotga joriy etish bilan bog‘liq davlat funksiyalari yo‘nalishlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, davlatimiz o‘z faoliyati mazmuniga ko‘ra, demokratik huquqiy ijtimoiy davlat martabasiga tobora ko‘proq ega bo‘lib bormoqda.
6-§.
Huquqiy davlat ta’limotining tarixiy-nazariy manbalari
Endilikda jahonda huquqiy davlatlar- ning soni etatik davlatlar sonining kamayi- shi hisobiga o‘sadi deb e’tirof etish mumkin. Biroq bu taraqqiyotning umumiy yo‘nalishi bo‘lib, uni oddiy so‘z bilan izohlab bo‘lmaydi.
Zero, turli mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy kuchlarning real nisbatidan kelib chiqqan holda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan hamda taraqqiyotning umumiy yo‘nalishiga mos kelmaydigan burilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan,
1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2002-yil, 5–6-sоn, 46-mоddа.
2 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2007-yil, 48–49-sоn, 485-mоddа.
alohida davlatlar huquqiy davlat marrasiga yetganidan so‘ng, ularda keyinchalik totalitar va avtoritar tuzumlar qaror topishi mumkin va hokazo. Biroq, shun- day bo‘lsa-da, umumiy taraqqiyot muqarrardir.
Darhaqiqat, huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan o‘tmishga borib taqalganini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan buyuk allomalar (Platon, Аrastu) davlat huquqining ulkan ijobiy ahamiyati- ni hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan. Ya’ni, qonun hech kimning hukmronligi ostida bo‘lmasligi kerak, zero, barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa, alohida farazlar sifatida namoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit kon- sepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold,
G. Еllinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda, ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy mu- nosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va jamoat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan. Chunonchi, butun davlat tizimini barpo etish va amal qilish prinsiplari demokratlashtirilgan, shaxs maqomi real mazmun bilan to‘ldirilgan, huquqiy qadriyatlar birlamchi ahamiyatga ega bo‘la boshlagan, mansabdor shaxslar zo‘ravonligiga barham berilgan, ularning faoliyati asta- sekin tartibga solingan va yo‘lga qo‘yilgan.
Huquqiy davlatlar «oilasi»ning paydo bo‘lishi va ortib borishi jamiyat- ning siyosiy taraqqiyotida yuzaga keladigan yangi bosqichni qayd etadi. Dav- lat-huquqiy nazariyasi va amaliyotining ushbu mislsiz yutug‘i hozirgi zamon sivilizatsiyasining ulkan muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi. Huquqiy davlatlarning mavjudligi hayotning barcha tarmoqlarida erishayotgan kundalik yutuqlari, boshqa mamlakatlar uchun mayoq vazifasini o‘taydi hamda ularga adolatli insonparvar davlat qurish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Huquqiy davlat etatik davlatdan qat’iy ravishda ajralib turadi. Mazkur ta- fovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlari haqida to‘xtalamiz:
Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir organ, mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga tayanadi, o‘z faoliyatini ular bilan bog‘laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi, balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning huquq doirasidan chiqishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga imkon beril- maydi. Аgar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas deb tushunsalar, aksincha huquqiy davlat sharoitida bunday holat umuman nomaqbul va nojoiz hisobla- nadi va shu sababdan u sekin-asta yengib o‘tiladi.
Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va qonun o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undagi davlat organ- larining barcha normativ hujjatlari o‘zining mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qa- bul qilish va rasmiylashtirish tartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga oshirish va buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning yuqori talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy prin- siplarga asoslanadi, ularni o‘ziga singdiradi, ulardan aslo chekinmaydi. Davlat organlarining huquqiy bo‘lmagan normativ hujjatlarni qabul qilish va amalga kiritishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, etatik davlatlarda ko‘pincha buning shohidi bo‘lish mumkin.
Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etili- shi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifa hi- soblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan qonunlar umu- man yo‘q, aksincha etatik davlatda keraksiz qonunlarning «uyumlari»ni hech kim tozalashga urinmaydi ham. Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning har bir subyekti davlat organlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini al- batta bajarish kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas), zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi va jamiyatda yuri- dik nigilizm tarqalishining oldini oladi hamda odamlarning huquqqa mensimay munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.
Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida subordi- natsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya’ni normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning cho‘qqisi – yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridan to‘g‘ri
yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Аksincha, davlat organlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslani- shi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmon- lari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalari, mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va ma’muriy presedentlar1 yaratiladi. Kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan huj- jatlarga yuqoriroq yuridik hujjatlarga nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi to- talitar va avtoritar davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.
Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi birinchidan, huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olingan- ligi, normal hayot faoliyati ta’minlanganligi hamda oldinda turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan uyg‘unlikda majburiyatlarning mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni ta’minlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini bel- gilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida maz- kur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Bir vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takomillashtirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zidagi yashirin imkoniyatlarni huquq subyektlari oldida namoyon qilishga intiladi.
Barcha davlat va ijtimoiy institutlar hamda tuzilmalarning legitimligi – huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yetarli yuridik asosga ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni kam uchratish mumkin. Basharti, ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyin- chiliklarga uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat intstitutlari va tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy belgilangan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishni ro‘yxatga olish, ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, tegishli davlat organ-
1 Prеtsеdеnt huquqi huquqning аnglо-sаksоn tizimi аmаl qilаdigаn mаmlаkаtlаrdа kеng qo‘llаnilаdi vа аmаl qilаdi (bulаr: АQSh, Buyuk Britаniya, Kаnаdа v.b.). Endilikdа bоshqа qаtоr mаmlаkаtlаrdа qo‘llаnilа bоshlаdi.
lari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik munosabatda shubhali institut va tuzilmalarning qisqarishi uchun kurashadi va aksincha, qonuniyligi tasdiqlana- digan institutlar uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi va amal- ga oshiriladi. Shunga muvofiq yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo‘linishi ta’minlanadi. Bular yuqorida ta’kidlanganidek, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy munosabatda bo‘ladilar. Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo‘lida jamlanishining oldini oladi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyat vakolatlarining teng taqsimlanishini ta’minlaydi.
Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalari o‘rtasida oqilona muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha chora- tadbirlar amalga oshiriladi. Bu muvofiqlik hozirgi zamon huquqiy sivilizatsi- yasi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlar u yoki bu dara- jada huquqiy davlatlarga ham tegishli bo‘lib, ularda odatda, ichki qonunlar oldida xalqaro shartnomalar(faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning ustuvorligi belgilanadi va bu shartnomalarning bevosita qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni ular jahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga integratsiyalashadilar va ko‘pgina asosiy prinsip hamda nor- malariga rioya etib, ularni o‘z normativ-huquqiy hujjatlari darajasida mustah- kamlaydilar.
Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa fuqarolar huquq va erkin- liklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi amal qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi. Mazkur mexanizm boshlangan jinoyatning oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qop- lanishini ta’minlash, aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga davlatning barcha huquqiy talablari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi haqida uqtirish vazifalarini hal qiladi. Аgar huquqiy tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklari- ning har qanday buzilishi tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning e’tiboridan chetda qolmasa, tartibbuzarlar har gal munosib jazo olsa, bunday yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya’ni oldi- ni oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta’sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquqiy tartibotni muhofaza qilish va oldini olish faoliyatida huquqiy talablarga qat’iy
rioya etishi zarur. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy «kayfiyati» etatik davlatdagiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.
Huquqiy jamiyat uchun fuqarolarning davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o‘zaro mas’ulligi xosdir. Davlat har bir odamga tug‘ilishidan boshlab berilgan tabiiy ajralmas huquq va erkinliklarni tan olish bilan birga ularni hayotga real tatbiq etish va tajovuzlardan himoyalashni ham ka- folatlaydi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z huquq va manfaatlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlariga yuklatil- gan majburiyatlarni qat’iy bajarishlari lozim. Boshqacha aytganda, davlat- ning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ular o‘rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo etadi.
7-§.
Do'stlaringiz bilan baham: |